Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid barcha ma'lumotlar va hujjatlar elektron platformada shakllantiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-sentabrdagi “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 492-son qaroriga ko’ra, 2023-yil 1-noyabrdan boshlab respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari) inson resurslarini boshqarishga oid barcha ma’lumotlar va hujjatlar elektron platformada shakllantiriladi va yuritiladi (harbiylashtirilgan tuzilmalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bundan mustasno);
davlat organlari elektron platformani joriy qilish va yuritish bo‘yicha sarf-xarajatlarni o‘zlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiradi.
Shuningdek, mazkur qaror bilan Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid ma’lumotlar va hujjatlarni “hrm.argos.uz” elektron platformasida shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Mazkur Nizom respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid ma’lumotlar va hujjatlarni “hrm.argos.uz” elektron platformasida shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.