Red dragon
Seulning qorong‘u burchaklarida yashiringan mafiyaviy dunyo ochiq hayotdan butunlay uzilgan edi. Bu yerdagi qonun faqat kuch va sadoqat bilan belgilanardi. “Red Dragon” – janubiy hududlarning eng shafqatsiz sindikati bo‘lib, shahar bo‘ylab qotillik, kontrabanda va noqonuniy savdo bilan shug‘ullanardi. Ularning ismiga haybat qo‘shgan narsa esa shafqatsizlik edi.
Men – Takayami Naksu. Bu dunyoga xato qilib tushib qolgan bo‘lishim mumkin, lekin chiqish yo‘q edi. Bolaligimda bu yerga qanday kelganimni ham eslolmayman. “Red Dragon” mening yagona oilam edi. Lekin bu oilada faqat tirik qolganlargina so‘zlay olardi.
Bugun yana bir qon to‘kiladigan kun edi. Kecha “Baekho” mafiyasi bizning odamimizni o‘ldirdi. Xiyonatning javobi esa faqat bitta – qasos.
G‘ira-shira yoritilgan xonada Choi San va men stol atrofida o‘tirardik. Uning qo‘lida qora sigareta bor edi, tutun esa shiftga qarab taralardi.
— “Biz ularning boshini olib kelamiz.” — Choi San ohista gapirdi, ko‘zlari yaltirab turardi.
— “Birinchi bo‘lib ular qayerda ekanligini aniqlashimiz kerak.”
Men stolda yotgan hujjatlarni ko‘zdan kechirdim. Bu yerda “Baekho” guruhining barcha joylashuvi haqida ma’lumot bor edi. Eng asosiy shaxs – Han Seok. Ularning yetakchisi.
San kulimsiradi. Unga shunday kulgi yarashardi, lekin men bilardim – bu kulgining ortida shafqatsizlik yotardi.
— “Nima bo‘ldi, Naksu? Qo‘rqyapsanmi?”
Men unga qaramay javob qaytardim:
— “Sen bilan birga bo‘lsam, o‘lishdan ham yomonroq taqdirga duch kelishim mumkin.”
San qattiq kulib yubordi. Bu shunchaki qotillik emas edi. Bu o‘yin edi. Biz esa shunchaki hayot va o‘lim orasidagi chizig‘ida harakatlanayotgan piyodalar edik.
Tungi Seul jimjit edi. Biz qorong‘ulik ostida harakat qilardik. Mening qo‘limda qora pichoq bor edi, San esa har doimgidek o‘zining ishonchli to‘pponchasini ko‘tarib olgan.
— “U yerda ikki qo‘riqchi bor.” — men past ovozda aytdim.
San lablarini tishlab qo‘ydi. U shunday qilganda, xuddi boladek beozor ko‘rinardi. Lekin men bilardim – bu ko‘zbo‘yamachilik.
— “Bu oson bo‘ladi.” — u xotirjam javob qaytardi.
San bir qadam oldinga chiqdi va ikki soniya ichida ikkala qo‘riqchini ham tinchgina qulatdi. Birortasi ham baqirib ulgurmadi. Men uning harakatlariga mahliyo bo‘ldim. Bu odat edi.
Men eshikni ochdim. Ichkarida Han Seok o‘z odamlari bilan o‘tirardi. U bizni ko‘rib jilmaydi.
— “Red Dragon faralari. Nihoyat kelishdi.”
San unga yaqinlashdi va stulni tortib, unga qarama-qarshi o‘tirdi.
— “Menga seni o‘ldirishim uchun yaxshi sabab ber.”
Han Seok kuldi. Bu kulgi men uchun yoqimsiz edi.
— “Sizlar shunchalik o‘ylamasdan harakat qilasizlarki, bu menga yoqib qolgan.”
Men pichog‘imni stolga sanchib qo‘ydim.
— “Sen bizning odamimizni o‘ldirding.”
— “Bu faqatgina biznes, Naksu. Ammo siz juda shaxsiy qabul qilib yubordingiz.”
San orqasiga suyanib, sigaretasini yoqdi.
— “Sen shunchaki vaqt yutmoqchi bo‘lyapsan.”
— “Bu mening uslubim.” — Han Seok yana jilmaydi.
Lekin men ham jilmaydim. Chunki men bilardim – bugun u o‘lishi kerak. Va men unga bitta imkoniyat ham qoldirmayman.
Mening qo‘limdagi pichoq asta-sekin ko‘tarildi.
Qon to‘kilishining vaqti keldi.
Han Seok hali ham o‘zini xotirjam tutardi. U stulga bemalol suyanib, sigaretasini ohista tortdi. Uning atrofidagi yigitlari esa qurollarini mahkam ushlagancha bizga tikilib turishardi. Men bunday ko‘rinishlarni juda ko‘p ko‘rganman. Hammasi bir xil: qo‘rqmayotgandek ko‘rinishga harakat qilishadi, lekin qo‘llari titraydi.
San esa umuman boshqa olamda edi. U barmoqlari bilan stolni ohista taqillatib, xuddi zerikayotgandek turardi. Lekin men bilardim: agar u zerikib qolsa, kimdir tez orada o‘lishi aniq.
— “Han Seok, qiziq odam ekansan,” — dedi San, past ovozda. — “O‘lishdan oldin biz bilan hazillashmoqchimisan?”
— “Men hazillashmayapman,” — Han Seok ohista javob qaytardi. — “Siz bu o‘yinni tushunmayapsiz. Mafiyada hech narsa shunchaki qasos uchun qilinmaydi. Hammasi biznes. Agar hozir meni o‘ldirsanglar, o‘rnimga boshqasi keladi. Senlar uchun bu nimani o‘zgartiradi?”
Men pichog‘imni stol ustida aylantira boshladim.
— “Bizning odamizni o‘ldirgansan. Uni o‘ldirish ham biznesmidi?”
— “Yo‘q. Bu shunchaki ogohlantirish edi.”
San birdaniga stulini orqaga tashlab, o‘rnidan turdi. U Han Seokka juda yaqin bordi va sekin pichirladi:
— “Demak, bu ogohlantirish edi? Unda biz ham senga bitta ogohlantirish beramiz.”
Han Seokning odamlaridan biri qurolini ko‘tarishga ulgurmay, San uning bilagidan ushlab, qurolini polga tushirdi va birdan pichoq bilan bo‘ynini kesib yubordi. Hamma joy qon bo‘lib ketdi.
Men ham o‘rnimdan turdim. Xonadagi vaziyat bir zumda o‘zgardi. Han Seokning qolgan odamlari bizga qarata o‘q uzishga tayyorlanishdi, lekin men ularning harakatidan ilgariroq edim.
Qo‘limdagi pichoqni eng yaqin yigitning bo‘yniga sanchdim. U g‘uv etib orqaga yiqildi. Ikkinchi odam qurolini chiqarishga harakat qildi, lekin San allaqachon harakatga tushgan edi.
Bir soniya ichida u yigitning ko‘kragiga ikkita o‘q uzdi. Xonada faqat Han Seok qoldi.
U endi jilmaymasdi. Yuzi oqarib ketgan, qo‘llari esa titray boshlagan edi.
— “Sizlar… sizlar aqldan ozgansizlar…” — dedi u qaltiragan ovozda.
Men stolga suyanib, unga tikildim.
— “Yo‘q. Biz shunchaki bu o‘yinni sen bilganingdan ham yaxshiroq o‘ynaymiz.”
San pichoqni qo‘liga oldi va Han Seokka qaramay dedi:
— “Seni tirik qoldirishimiz mumkin. Lekin buning uchun sabab bormi?”
Han Seok ko‘zlarini yumib, chuqur nafas oldi.
— “Men sizlarga ma’lumot beraman… Hammasini.”
San menga qaradi. Uning nigohida “Nima qilamiz?” degan savol bor edi.
Men esa allaqachon qaror qilib bo‘lgandim.
Men qo‘limdagi pichoqni mahkam ushladim va Han Seokka bir qadam yaqinlashdim.
Keyingi soniyada xonani yana qon qopladi.
Bu o‘yin qoidalariga ko‘ra, kuchsizlarga joy yo‘q edi.
Xonada endi faqat bizning nafasimiz eshitilardi. Qonning o‘ziga xos hidi havo bilan aralashib, og‘ir muhit yaratgan edi. Han Seok stulda qimirlamay o‘tirardi – uning ko‘zlari ochiq, lekin hayot alomatlari yo‘q.
San o‘sha mashhur beparvo tabassumi bilan pichog‘ini artib, mendan so‘radi:
Men stol ustidagi qonga botgan hujjatlarga qaradim. Bu shunchaki oddiy qasos emas edi. Biz yangi urushni boshlab yuborgan edik.
— “Endi bu shahar bizni ovlaydi.”
— “Qani endi buni amalga oshira olsalar.”
U stulini ohista orqaga surdi va devordagi soatga qaradi.
— “Bizda bu joyni tark etish uchun o‘n daqiqa bor.”
Men Han Seokning jasadini oxirgi bor kuzatdim. U shunday tez o‘ldi, hattoki, kim ekanligi haqida gapirishga ham ulgurmagan edi. Endi uning jasadi faqat mafiyaning boshqa guruhlari uchun ogohlantirish bo‘lib xizmat qilardi.
San eshik tomonga yurdi. Men ham uning ortidan yo‘l oldim.
Chiqishdan oldin u to‘xtab, yana bir marta xonaga qaradi va jilmaydi:
— “Baekho endi rahbarsiz qoldi. Bu shunchaki boshlanishi.”
Men unga qaradim. San hech qachon shunchaki odam o‘ldirish uchun o‘ldirmasdi. U har doim keyingi qadamni o‘ylab yurardi.
— “Demak, sen ularning bizga hujum qilishini istayapsan?”
— “Agar bu shahar bizni yo‘q qilmoqchi bo‘lsa, mayli. Lekin men sendan so‘rashni unutgan ekanman, Naksu…”
U sekin oldinga egildi va ko‘zlarini qisib qaradi.
— “Sen ovchi bo‘lishni xohlaysanmi yoki o‘lja?”
Men javob berishga hojat yo‘qligini bilardim.
Biz allaqachon ovchilarga aylangan edik.
Biz sokin va qorong‘i ko‘chalarda yurib borardik. San sigaretasini yoqdi va tutunni sekin havoga chiqarib, shivirladi:
— “Ertangi kun yanada qiziqarli bo‘ladi.”
Men jim edim. Chunki bilardim – bu shunchaki qotillik emas. Bu – urush boshlanishi edi.