The life of hired assassin
Naksu esa, bu gapga hech qanday javob qaytarmadi. Shunchaki o‘zgarmas sovuq nigoh bilan Mingyuga tikildi. Uning bu nigohi go‘yo “Sen hozir qanday ahmoq gap aytganingni bilasanmi?” deyayotgandek edi.
Mingyu buni payqab, o‘zgacha ma’noda jilmaydi:
— Ko‘rdingmi? Men senga ishonib bo‘lmasligini bilardim.
— Senga ishonish shart emas, — dedi Naksu nihoyat. — Har kim o‘z yo‘lidan yuradi.
Mingyu boshini qimirlatib, yana orqaga suyanib oldi.
— Juda to‘g‘ri fikr. Lekin baribir men Shinigamini topaman. Va agar u haqiqatan ham mening dushmanim bo‘lsa… uni yo‘q qilish uchun nima qilishim kerakligini ham bilib olaman.
Bu gapdan keyin xonada sukunat cho‘kdi. Sang Yi va Do Hwan Naksuga qaradi. Chunki ular bilar edi — Shinigami allaqachon bu stol atrofida o‘tiribdi.
Mingyu esa, hech narsani bilmagan holda yana ichimligini ho‘plab qo‘ydi. Uning ichida faqat bitta narsa bor edi — Shinigamini topish. Lekin u hech qachon tushunmaydigan narsalar bor edi.
Mingyu ichimligini tugatib, soatini tekshirib qo‘ydi.
— Afsus, lekin men ketishim kerak, — dedi u qizlarning biriga ko‘z qisib. — Bugun yana boshqa ishlarim bor.
Sang Yi va Do Hwan bosh irg‘ab qo‘ydi. Naksu esa biror narsa demadi, faqat unga befarq qarash bilan kuzatdi. Mingyu stulidan turib, kiyimining yoqasini to‘g‘riladi va Naksu tomon egilib pichirladi:
— Shinigami haqida qanday yangilik bo‘lsa, menga ham xabar ber.
Kulgi bosayotgan Do Hwan va Sang Yi ortga qarab oldi, lekin yuzlarini jiddiy tutishga harakat qilishdi. Naksu esa, hech qanday his-tuyg‘usiz, shunchaki bosh irg‘adi.
— Ko‘ramiz… — dedi u qisqa qilib.
Mingyu chiqib ketgach, xonada bir necha soniya sukunat hukm surdi. Oradan uch soniya o‘tar-o‘tmas, Do Hwan birdan qah-qah otib kulib yubordi.
— HAHAHA! Ey, bu bola shunaqangi ahmoq! — dedi u qornini ushlab.
Sang Yi ham yelkasini qisib kuldi:
— U butun shaharni ostin-ustun qilib, seni izlayapti, Naksu! U hattoki sening o‘z oldida o‘tirganingni ham bilmaydi!
Naksu esa ularga sovuq qarash bilan tikildi. Ammo Sang Yi va Do Hwan uning yelkalari ozgina titrab turganini sezib, hayratda qolishdi.
— Ey, sen ham kulayapsanmi?! — deb Do Hwan hayrat bilan qaradi.
Naksu oxiri jilmaydi va ohista bosh chayqadi.
— Kim Mingyu… — dedi u past ovozda. — Bu dunyoda hech qachon mendan kuchliroq bo‘la olmaydi.
— Ha-ha! U seni o‘z tomoniga og‘dirmoqchi bo‘ldi-ya! — dedi Sang Yi qo‘llarini qovushtirib. — Aytgancha, agar u Shinigami kimligini bilib qolsa, nima bo‘ladi?
Naksu stol ustidagi stakanini sekin aylantirib, asta jilmaydi.
— U hech qachon bilmaydi… to o‘lishiga bir necha soniya qolguncha.
Sang Yi va Do Hwan bir-biriga qarashdi. Keyin esa yana qah-qah otib kulib yuborishdi
Mingyu ketganidan keyin Sang Yi ichimlikidan bir qultum olib, beparvo ohangda gap boshladi:
— Aytgancha, sizlarga bir yangilik bor. Shinigami ishi bo‘yicha Kriminalizmga qarshi bo‘lim ish ochibdi.
Do Hwan stulida orqaga suyanib, qiziqib so‘radi:
Sang Yi barmoqlari bilan stolni ohista chertib, davom etdi:
— Bo‘lim boshlig‘i Kim Namjoon. Juda aqlli va ehtiyotkor yigit. Unga yordamchilar sifatida Yongi, Jin, Taehyung, Hoseok, Jimin va Jungkook biriktirilgan. Hammasi jinoyat dunyosida taniqli nomlarni ushlagan odamlar.
Bu gapdan keyin Do Hwan va Naksu bir-biriga qarashdi. Keyin esa Naksu kutilmaganda kulib yubordi.
— Hah… endi qiziq bo‘lyapti, — dedi u o‘zini bosishga harakat qilib.
— Nega kulayapsan? Ular seni topishsa-chi?
Naksu stakani bilan o‘ynab, ko‘zlarini qisdi:
— Ular hech qachon meni topisholmaydi. Lekin baribir harakat qilishayotganini bilish juda kulgili.
Do Hwan esa birdan shishasini stolga qo‘yib, hayajon bilan gapirdi:
— Bilasizlarmi? Balki… o‘yin o‘ynarmiz?
Sang Yi qoshlarini ko‘tarib, qiziqib qaradi:
— Agar ular Shinigamini ushlash uchun o‘yin boshlagan bo‘lsa… unda nega biz ham o‘yin boshlamasligimiz kerak? Ularni adashtirish, noto‘g‘ri yo‘nalishga burish, hatto ichlaridan birini aldash — bu juda ham qiziq bo‘lardi.
Naksu o‘ylab qoldi. Bu fikr unga yoqib tushgandi. Chunki u har doim o‘ljasi ovchiga aylanganida qanday his qilishini ko‘rishni xohlagan.
— Hmm… — dedi u past ovozda. — Bu juda qiziqarli bo‘lishi mumkin.
Sang Yi jilmayib, ularga tikildi:
— Demak… Kriminalizmga qarshi bo‘lim hozir bizning o‘yinchoqlarimizga aylanadimi?
— Ha. Qani, o‘yin qoidalarini belgilaylik…Kim Namjoon va uning jamoasi Shinigamini ushlashni istashadi. Biz esa ularning bu niyatini chil-parchin qilamiz.
Naksu barmoqlarini ohista bir-biriga chertib jilmaydi:
“Kimdir ularni himoya qilayaptimi?” deb o‘ylardi Mingyu.
U har doim Park, Lee va Woo oilalarining biror zaif tomonini topmoqchi bo‘lardi. Lekin bu oson emas edi. Shu sababli, u o‘zining eng ishonchli odami, Choi Sunghoni chaqirdi. Sungho — Kim oilasining eng tajribali josuslaridan biri, har qanday axborotni topish va tahlil qilish bo‘yicha mohir edi.
— Men Park, Lee va Woo oilalarining vorislari haqida to‘liq ma’lumot istayman.
— Haqiqatan ham shularni o‘rganishni xohlaysizmi? — so‘radi Sungho. — Ular hech qachon shubhali ishga aralashishmagan.
— Men shubhalanyapman, Sungho. Ularning bolalari hech qayerda ularning shaxsiy hayotlari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Bu g‘alati emasmi?
— To‘g‘ri… — Sungho chuqur o‘yga toldi. — Bu oddiy yashirin hayotdan ham ortiqroq bo‘lishi mumkin.
Mingyu stolda turgan stakanni qo‘liga olib, asta aylantirdi. Ko‘zlari qattiq yaltirab turardi.
— Men ularning kimligini bilishni xohlayman. Har qanday yo‘l bilan. Men ular bilan doim ko’rishganimda kozlarida shubhali narsani sezaman ular oddiy vorislar emas
Sungho bosh irg‘adi va ortga burildi.
— Menga biroz vaqt bering. Har bir tafsilotni qazib chiqaraman.
Mingyu jilmaydi. “Ko‘ramiz, sizlar aslida kim ekansiz.”
Sang Yi ichimligini tugatib, stakanni stolga qo‘ydi va kaftlarini bir-biriga urdi.
— Xo‘sh, qani ko‘raylik, qanday qoidalar bilan o‘ynaymiz?
Do Hwan jilmayib, past ovozda gapirdi:
— Oddiy. Kriminalizmga qarshi bo‘lim biz haqimizda bilgan hamma ma’lumotlarini bizdan o‘zlari himoya qilish uchun ishlatadi. Biz esa ularga yolg‘on ip uchlarini tashlab, noto‘g‘ri yo‘nalishga boshlaymiz.
— Demak, ularning o‘z qurollaridan foydalanamiz?
— Aynan. Masalan, Kim Namjoon bizni juda aqlli deb o‘ylaydi. U o‘z fikriga ortiqcha ishonganida esa — biz allaqachon harakatga o‘tib bo‘lgan bo‘lamiz.
Do Hwan birdan o‘rnidan turdi va har doimgidek energiyali ovozda dedi:
— Yaxshi! Lekin hozircha, bu haqda unuting. Chunki men tungi klubga borishimiz kerak deb o‘ylayapman.
— Nega? Yana kim bilandir raqs tushmoqchimisan?
— Albatta! — dedi Do Hwan ko‘zini yumib. — Bundan tashqari, bu yerdan chiqib, kayfiyatni ko‘tarishimiz kerak. Hamisha jinoyat haqida o‘ylayverish yaxshi emas.
Naksu lablarini qimirlatib jilmaydi:
— Qiziq, bu gapni mafiya a’zosi aytyapti.
Sang Yi bosh chayqadi va o‘rnidan turdi:
— Mayli, tungi klub bo‘lsa, tungi klub. Hech bo‘lmasa, dam olish ham kerak.
Do Hwan xursand bo‘lib qo‘llarini kaftiga urdi:
— Juda yaxshi! Sizlarni shunday joyga olib boramanki, hayron qolasizlar.
Naksu qoshlarini bir oz ko‘tarib, unga qaradi:
— Umid qilamanki, bu yomon g‘oya emas.
— Men hech qachon yomon g‘oya bermayman, Shinigami.
Sang Yi qah-qah otib kulib yubordi, lekin Naksu unga sovuq qarab qo‘ydi. Do Hwan esa hech narsa bo‘lmagandek eshik tomon yo‘l oldi.
— Qani, yuringlar! Bugun kechasi qiziqarli bo‘ladi!
Uchlik tungi klub sari yo‘l oldi
Sang Yi, Do Hwan va Naksu mashinada shaharning eng mashhur tungi klublaridan biriga yetib kelishdi. “Black Rules” — bu yer shunchaki tungi klub emasdi, mafiya a’zolari, qora bozordagi yirik odamlar va jinoyat olamining ta’sirli shaxslari tez-tez kelib turadigan joy edi. Boshqacha aytganda, bu joyda kim kimligini bilib olish uchun bitta kecha kifoya edi.
Do Hwan mashinadan tushib, shoshilmay ichkariga qarab yurdi. Old eshik oldida qora kiyimdagi qo‘riqchilar turgan bo‘lsa ham, ularga hech qanday e’tibor bermasdan o‘tib ketdi. Chunki u bu yerning doimiy mijozlaridan biri edi.
Ichkariga kirishlari bilan quloqlarini kuchli bas ovoz va chiroqlarning harakatlanishi tutib oldi. Mayoqdek yonib-o‘chayotgan yorug‘liklar ichida odamlar raqs tushishar, VIP zonalarda esa jiddiy suhbatlar kechardi.
— Mana shu kayfiyat! — dedi Do Hwan hayajon bilan, qo‘llarini ochib.
Sang Yi esa atrofga sinchkovlik bilan qarab chiqdi.
— Juda ko‘p taniqli odamlar bor bu yerda…
— Bo‘lmasa-chi? — dedi Do Hwan jilmayib. — Bu yerdagi ko‘pchilik bizni tanimaydi, lekin Park, Lee va Wo oilasi haqida hamma eshitgan.
Naksu esa shunchaki stolga borib o‘tirdi va ichimlik buyurtma qildi. U bugun faqat kuzatuvchi bo‘lishni istayotgandek edi. Tungi klubda odamlarni kuzatish — bu ham o‘ziga xos san’at.
— Sen bu yerga kelib, shunchaki burchakda o‘tirib ichimlik ichmoqchimisan?
Do Hwan esa bu gapni eshitib, bosh chayqadi:
— Yo‘q, yo‘q. Hech bo‘lmasa, raqs tushishga chiqishing kerak. Bu hayotda o‘limdan tashqari ham qiziqarli narsalar borligini eslatib qo‘yay.
Naksu unga sovuq nigoh bilan qaradi:
— O‘ylashimcha, menga bu eslatma kerak emas.
Shu payt VIP zonaga qizil jiletli bir yigit kirdi. Uning yonida ikki nafar qora kostyumli qo‘riqchi bor edi. U ichkariga qarab yurarkan, atrofdagi odamlar unga yo‘l berishdi.
— Ey, kim u? — deb pichirladi Sang Yi.
Do Hwan ham unga qaradi va jilmayib qo‘ydi:
— Kim Namjoon. Kriminalizmga qarshi bo‘lim boshlig‘i.
Bu gapni eshitib, Naksu bir soniya o‘zini tutib turolmadi va kulib yubordi.
— Demak, o‘yin boshlanibdi… — dedi u past ovozda.
Kim Namjoon VIP zonaga kirdi. U atrofni kuzatar, ammo hech kimga ortiqcha qarash tashlamasdi. Uning yonida har doimgidek Kriminalizmga qarshi bo‘limning eng ishonchli odamlaridan Jin, Yoongi, Taehyung, Hoseok, Jimin va Jungkook bor edi. Ular barchasi qora kostyumda bo‘lib, politsiyachilarga o‘xshamaslik uchun kiyinishgan. Lekin harakatlari va ko‘zlaridagi hushyorlik ularning oddiy mijoz emasligini aytib turardi.
Namjoon VIP zalning markaziga yo‘l oldi. Bu yerda shahar mafiya olamidagi eng kuchli kishilar yig‘ilgan edi. Ba’zilari shunchaki ichimlik ichib, kulib o‘tirgan bo‘lsa, ba’zilari past ovozda qattiq gaplashardi.
Namjoon o‘tirib, yonidagi odamlarga qaradi. Stol atrofida turli mafiyalar bor edi. Ulardan biri Shim oilasining vakili, biri Kwonlar, yana biri Han oilasining yirik odami edi.
U stolni ohista barmog‘i bilan chertdi va bemalol gap boshladi:
— Bilaman, sizlar meni bu yerda ko‘rishni kutmagansiz.
Mafiyalar jim bo‘lib, unga qarashdi. Kim Namjoon politsiya boshlig‘i bo‘lsa ham, u hech qachon bunday ochiq joyda ularga duch kelmagan edi.
— Sizga nima kerak, Namjoon? — deb so‘radi Kwon oilasining vakili.
Namjoon jilmaydi va ichimligidan bir qultum ichib, davom etdi:
— Hammani biladigan Shinigami degan qotil bor. Kriminalizmga qarshi bo‘lim hozir u haqida hamma narsani o‘rganmoqda. Lekin sizlar ham yaxshi bilasizlar… mafiya dunyosida ba’zi odamlar ko‘zdan yashirin bo‘lishni juda yaxshi uddalaydi.
Bu gapdan keyin VIP xonadagi atmosfera birdan taranglashdi. Hech kim gapirmasdi.
— Xullas, — dedi Namjoon bemalol ohangda. — Sizlar men bilan ishlasangiz, hamma uchun foydali bo‘ladi.
Han oilasining vakili kulib yubordi.
— Politsiya biz bilan ishlamoqchi? Qiziq gap ekansan, Namjoon.
— Politsiya emas, — dedi Namjoon ko‘zlarini qisib. — Men.
VIP xonada bir necha soniya sukunat hukm surdi. Shahar mafiyalari o‘ylay boshladi. Chunki Kim Namjoon hech qachon bo‘lmag‘ur gap gapirmasdi.
Lekin birinchi bo‘lib Shim oilasining vakili so‘z oldi:
Namjoon stulga suyanib, ohista jilmaydi:
— Shinigami haqida hamma ma’lumotni. Kim u, qayerda yashirinmoqda, kim bilan ishlaydi… Buning evaziga men sizlarni “himoya” qilishim mumkin.
Taehyung va Yoongi hech qanday harakat qilmasdan, hamma atrofni kuzatib turishardi. Jungkook esa ichimlik olib kelayotgan ofitsiantlarga qarab, ehtiyot bo‘layotgandi.
Han oilasining vakili past ovozda pichirladi:
— Sen Shinigamini topishingga ishonasanmi?
Namjoon bir oz jilmayib, bosh irg‘adi:
— Men har doim izlagan narsamni topaman.
VIP xonada yana og‘ir sukunat cho‘kdi. Bu yerda turganlarning hech biri Shinigami kimligini aniq bilmasdi. Lekin kimdir aniq Shinigami bilan aloqador bo‘lishi mumkin edi.
Va aynan shu daqiqada, bir necha metr narida, oddiy stol atrofida Park Naksu, Lee Sang Yi va Wo Do Hwan bu suhbatni jimlik bilan kuzatib o‘tirardi.
Naksu esa ichimligidan bir qultum olib, jilmaydi.
— Bu juda qiziq bo‘lyapti… — dedi u past ovozda.
Sang Yi ichimligidan bir qultum olib, VIP xonaga qarab ko‘z qirrasi bilan kuzatdi. Keyin kulimsirab Naksu va Do Hwan tomonga ohista egildi.
— Balki biz ham kirarmiz? — dedi u qiziqib. — Axir Park, Lee va Wo oilasi shahrimizdagi eng nufuzli oilalar qatorida. Bunday suhbatdan chetda qolish bizga to‘g‘ri kelmaydi.
Do Hwan barmoqlari bilan stolni chertib, kulib yubordi:
— Sang Yi, bilasanmi, sen ba’zan haddan tashqari ishtiyoqlisan.
— Bu shunchaki imkoniyat, — dedi Sang Yi beparvolik bilan. — Qani, ko‘raylik-chi, Kriminalizmga qarshi bo‘lim boshlig‘i biz bilan qanday gaplashadi?
Naksu esa jim o‘tirardi. Uning qizil lablari yengil jilmayib turardi. Nihoyat, u ichimligini tugatib, stakanni stolga qo‘ydi.
— Juda qiziq fikr, — dedi u. — Lekin Namjoon bizni yaxshi tanib olmasligi kerak.
— Shunchaki yosh vorislar sifatida kiramiz. Biror ahmoqlik qilib qo‘ymasak, hech narsa bo‘lmaydi.
— Kim ahmoqlik qilarmish? — dedi Naksu unga sovuq qarab.
Do Hwan yelkasini qisib jilmaydi:
Sang Yi kulib yubordi va o‘rnidan turdi:
Uchovlon VIP xonaga yo‘l olishdi. Eshik oldida turgan qo‘riqchilar ularni ko‘rib, bir-biriga qarashdi. Lekin hech narsa demasdan yo‘l berishdi. Axir Park, Lee va Wo oilasi shahrimizdagi eng katta ta’sir kuchiga ega oilalardan edi.
Namjoon, Yoongi, Jin, Taehyung, Hoseok, Jimin va Jungkook VIP stol atrofida o‘tirganlarida yangi kelgan uch kishiga e’tibor qaratishdi. Namjoon ularni ilgari ko‘rgan edi, lekin hech qachon yaqin suhbatlashmagan.
— Qiziq, — dedi u asta jilmayib. — Park, Lee va Wo oilasining vakillari… Sizlarni bu yerga nima yetaklab keldi?
Sang Yi stulga ohista o‘tirarkan, qulay holatda joylashdi va ichimlikdan bir qultum oldi.
— Oddiy qiziqish, Namjoon-ssi, — dedi u bemalol. — Axir biz ham ozroq mafia olamining bir qismimiz. Bizni hamma joyda kutishadi, shu jumladan, bunday muhim suhbatlarda ham.
Do Hwan shoshilmay joylashdi va stoldagi ichimliklardan birini olib, xotirjamlik bilan kulib qo‘ydi.
— Bundan tashqari, — dedi u Namjoonga qarab, — Shinigami haqida gap ketayotganini eshitib qoldik. Axir bu odam shunchalik sirli va qo‘rqinchliki, hamma u haqida gapirishni yaxshi ko‘radi.
Naksu esa o‘zini orqaga tashlab, stol chetiga suyanib turdi. Uning ko‘zlari sokin, lekin quvlik bilan porlab turardi.
Namjoon ularga diqqat bilan tikildi. U bu uch kishini juda ehtiyotkor va xavfli deb eshitgan edi. Lekin hozir ular shunchaki yosh vorislar sifatida bu yerda o‘tirishardi.
— Xo‘sh, — dedi u oxiri. — Sizlarning fikringiz qanday? Shinigami kim bo‘lishi mumkin?
Naksu bosh qimirlatib jilmaydi:
— Balki siz bizga aytarsiz? Axir siz bu ishi bilan jiddiy shug‘ullanyapsiz.
Jin, Yoongi va Taehyung shubhali nigoh bilan uchovlonni kuzatishdi.
— Hozircha ma’lumotlarimiz yetarli emas, — dedi Namjoon. — Lekin bilganimiz shuki, u shahar tarixidagi eng xavfli qotil. Va u mafiya dunyosida ba’zi odamlar bilan yaqin aloqada.
Do Hwan birdan kulib yubordi va ichimligidan bir qultum ichdi.
— Demak, siz bizning oramizdan Shinigamini izlayapsiz?
— Balki. Balki yo‘q. Lekin sizlarning Shinigami bilan aloqangiz yo‘qligiga ishonch hosil qilishimiz kerak.
Sang Yi bemalol jilmaydi va stakanni stolga qo‘ydi:
— Xo‘sh, unda qanday qilib bizni tekshirib ko‘rmoqchisiz? Bizga yolg‘on detektori qo‘yib berasizmi?
VIP xonada bir zum jiddiy sukunat cho‘kdi. Hamma bir-biriga sinchkovlik bilan tikilib turardi.
Naksu esa ko‘zlarini qisib jilmaydi va ichida shivirladi:
— O‘yin endi haqiqatan ham qiziq bo‘lyapti…
Naksu Namjoonga o‘qdek nigoh tashlab, qoshlarini biroz ko‘tardi. Ichimligidan bir qultum olib, lablariga yengil tabassum yugurdi.
— Bilasizmi, Namjoon-ssi, — dedi u ovozini pasaytirib, — Shinigami bu shahar tarixidagi eng xavfli qotil deyishingiz mumkin. Lekin siz faqat bitta Shinigami bor deb o‘ylasangiz, adashasiz.
VIP xonadagi havo bir zumga sovuqlashdi. Jin va Yoongi xuddi ichimlik yutayotgan odamdek, sekin harakat qilishdi. Jungkook va Jimin esa Naksuga tikilib qoldi.
— Nima? — Namjoon stulida biroz oldinga engashdi.
Naksu ichimlikni stolga qo‘yib, yengil kulimsiradi.
— Shinigami bilan birga yana ikki eng xavfli qotil bor.
Sang Yi va Do Hwan bu gapni eshitib, bir-birlariga qarashdi. Ular aniq bunday oshkoralikni kutishmagan edi. Lekin Naksu shunchaki bo‘sh gapirmasligini ham bilishardi.
— Ularning taxalluslari… “Kurakage” va “Akuma ”.
Namjoon ovoz chiqarmay, qotib qoldi. Jin unga qaradi, Yoongi qo‘lidagi stakanni stolga asta qo‘ydi, Taehyung esa ko‘z qisib, Naksuni diqqat bilan kuzata boshladi.
— Demak, — dedi Namjoon oxiri, — bizda uchta eng xavfli qotil bor.
— Ha, — dedi Naksu tabassum bilan. — Shinigami, Kurakage va Akuma. Ularning ismlari butun jinoyat olamida afsonaga aylangan. Lekin hech kim ularning kimligini bilmaydi.
Sang Yi ichimligidan ichib, beparvo ovozda gap qotdi:
— Balki, ular o‘rtamizda o‘tiribdi.
Do Hwan esa yelkasini qisib, jilmaydi:
VIP xonadagi har bir odam bu gaplarni eshitib, endi atrofni sinchiklab kuzata boshladi. Namjoon esa o‘zini yo‘qotmas, balki qiziqish bilan Naksuga tikilib turardi.
— Qiziq, — dedi u oxiri. — Agar sening aytganing rost bo‘lsa, demak, biz butun jinoyat olami haqida qayta o‘ylashimiz kerak.
Naksu ohista jilmaydi va past ovozda pichirladi:
— Men aytgan har bir so‘zim rost.
VIP xonada og‘ir sukunat cho‘kdi. Uch nafar eng xavfli qotil Namjoon va uning odamlari bilan bir stol atrofida o‘tirardi. Lekin hech kim buni bilmasdi.
Do Hwan yana bir qultum ichimlik ichib, so‘ng o‘rnidan turdi. U yelkasini qisib, Sang Yi va Naksuga qaradi.
— Balki, ketarmiz? — dedi u beparvo ohangda.
Sang Yi qo‘lidagi ichimlikni stolga qo‘yib, muloyim jilmaydi.
— Ha, bugun yetarlicha qiziqarli narsalarni eshitdik.
Naksu ham hech qanday shoshilmasdan o‘rnidan turdi va Namjoonga ohista bosh qimirlatib qo‘ydi.
— Suhbat uchun rahmat, Namjoon-ssi, — dedi u yumshoq ovozda. — Lekin esda tuting, ba’zi haqiqatlar juda xavfli bo‘lishi mumkin.
Namjoon Naksuga qiziq nigoh tashladi.
— Men doim ehtiyot bo‘laman, — dedi u jilmayib.
Yoongi, Jin va Taehyung hamon bu uch kishini shubha bilan kuzatishardi. Lekin hech kim ortiqcha so‘z aytmadi. VIP xonada havo tarang edi, ammo uchovlon hech qanday bezovtalik sezmayotgandek xotirjam chiqib ketishdi.
Ular xonadan chiqib, klubning shovqinli, rang-barang yoritilgan maydoniga yetib kelishgach, nihoyat kulib yuborishdi.
— Namjoonning yuz ifodasini ko‘rdilaringmi? — dedi Do Hwan qotib kularkan. — U bizni shunchaki yosh vorislar deb o‘ylardi, endi esa butun jinoyat olamini yangidan o‘ylab chiqishi kerak.
— Juda qiziqarli bo‘ldi. Lekin biz hali ularga hech narsa oshkor qilmadik, — dedi u.
Naksu esa chuqur nafas olib, atrofga ko‘z yugurtirdi. Klubdagi shovqin, musiqaning baland ovozi va raqs tushayotgan odamlar unga qiziq tuyulmasdi.
— Bu hali faqat boshlanishi, — dedi u ohangida sezilarli sovuqlik bilan.
Do Hwan qo‘lini cho‘ntagiga solib, xotirjam yurishni davom ettirdi.
— Kim bo‘lishidan qat’i nazar, ular bizni izlashni boshlaydi. Va bizga biroz harakat qilishga to‘g‘ri keladi.
— Shuning uchun ham qiziq emasmi? Bizni topish oson bo‘lsa, o‘yin zavqli bo‘lmaydi.
Naksu kulib yubordi va sochlarini ortga tashladi.
— Unday bo‘lsa, o‘yin qoidalarini biroz o‘zgartiramiz.
Ular uchovlon shovqinli tungi klubning ichida quvnoq va beparvo ko‘rinishda yurishardi. Ammo aslida, bu shahar jinoyat olamining eng xavfli qotillari aynan ular edi.
Uchovlon klubdan chiqib, mashinalari turgan avtoturargohga yetib kelishdi. Hamma joyda baland musiqa yangrab, kechki shahar yoritgichlari rang-barang porlab turardi.
Do Hwan mashinasining eshigini ochib, xotirjam ohangda gapirdi:
— Menimcha, bugun yetarlicha ko‘ngil ochdik. Endi uyga qaytib, ertangi kun haqida o‘ylash vaqti keldi.
Sang Yi ham mashinasining kalitini chiqarib, bosh irg‘adi:
— Ha, ertaga kompaniyada majlis bor. Vorislar sifatida barcha qarorlarni nazorat qilishimiz kerak.
Naksu sochlarini qulog‘i orqasiga tashlab, chuqur nafas oldi. U nafaqat jinoyat dunyosida, balki biznes olamida ham o‘z o‘rnini mustahkamlash uchun harakat qilardi.
— Kompaniyani boshqarishga tayyorlanishimiz kerak, — dedi u xotirjam ohangda. — Park oilasining nomiga dog‘ tushishiga yo‘l qo‘ymaymiz.
— Xuddi shunday, — dedi Do Hwan jilmayib. — Jinoyat olamida qanday kuchli bo‘lsak, biznes dunyosida ham shunday bo‘lishimiz kerak.
Ular har biri o‘z mashinasiga o‘tirib, har xil yo‘nalishda uylariga ketishdi.
Ertangi kun ular uchun yangi qoidalar va yangi qaltis o‘yinlarni boshlardi.