March 9, 2025

the life of hired assassin 

1-bob

Qorong‘u xiyobonda uch kishi jim o‘tirardi. Suhbat shunchalik past ohangda kechardi-ki, ularni yon-verida turgan odam ham eshita olmasdi. Havo sovuq, nam va xotiralar bilan to‘la edi.

Naksu – yarim yapon, yarim koreys qiz. Uning shafqatsizligi haqida mish-mishlar butun yer osti olamida tarqalgan edi. “Shinigami” – bu laqab unga bejiz berilmagan. U o‘ldirgan odamlarning ko‘zi doim ochiq qolardi, go‘yo o‘lim farishtasini ko‘rish baxtiga muyassar bo‘lgandek. Uning nigohi o‘tkir, harakatlari esa yashin tezligida edi. Qizning qo‘llari qonga belangan, ammo bu unga ahamiyatsiz edi.

Yonida Woo Do Hwan – “Kurakage”. Uning ishi tinchlikni yo‘q qilish edi. U hech qachon iz qoldirmas, odamlar esa faqat soyalar orasida qanday qilib hayotdan mahrum bo‘lganlarini tushunolmas edilar. U har qanday jangda o‘ziga ishonardi, chunki bilardi – tezlik va aniqlik hamma narsani hal qiladi.

Ularning yonida Lee Sang Yi – “Akuma”. U faqat laqabi bilan ham dahshat uyg‘otardi. Akuma hech qachon o‘z nishonini oddiy o‘lim bilan o‘ldirmasdi. Uning uslubi shafqatsiz va san’at darajasida edi. U o‘ljasining yuragi urishdan to‘xtaguncha kulib turardi.

Bu uchlik Seulning eng shafqatsiz qotillari edi. Ular kim uchun ishlashsa ham, natija bir xil bo‘lardi – o‘lim va qonga belangan shahar.

Ammo ularni kuzatayotgan yana bir kishi bor edi. Kim Mingyu. Kim Group vorisi. Hammaning nazarida u oddiy merosxo‘r edi, lekin aslida u ko‘proq narsani bilardi. Naksu, Kurakage va Akuma haqida… Ularning uslublarini, harakatlarini, qoldirgan izlarini. U ularni kuzatardi. O‘rganardi. Va bilardi – bir kun kelib, bu uch qotil bilan yuzma-yuz turishiga to‘g‘ri keladi.

— Bugun necha odam? — past ovozda so‘radi Naksu, soyalar orasida sharpaday turgancha.

— To‘rt, — javob qildi Do Hwan. Uning ovozi xuddi bo‘g‘iq pichirga o‘xshardi.

— Oson bo‘ldi? — Naksu unga qiziq ko‘z tashladi.

— Hech qachon qiyin bo‘lmagan, — jilmaydi Akuma. U lablarini til bilan yalab qo‘ydi. — Biroq, bittasi qochib qoldi.

Naksuning yuzi tundlashdi.

— Qochdi?

— Bo‘pti, ko‘p uzoqqa bora olmaydi, — Do Hwan yelka qisdi. — Men ortidan ketaman.

— Yo‘q, — Naksu uning yelkasiga qo‘l qo‘ydi. — Qiladigan ishimiz bor.

Do Hwan jim qoldi. U bilardi – Naksu qandaydir reja o‘ylayotgan bo‘lsa, unga aralashish mantiqsiz edi.

— Nima qilamiz? — so‘radi Akuma.

— Kim Group vorisi… — Naksu chuqur nafas oldi. — U bizni kuzatayapti.

— Bilaman, — Do Hwanning jilmayishi yanada qorong‘u tus oldi.

— Balki undan qutulish kerakdir? — Akumaning nigohi yaltiradi.

— Yo‘q, — Naksu bosh chayqadi. — Avvaliga o‘yin o‘ynaymiz.

— Nima o‘yini? — Do Hwan qiziqdi.

— Qo‘rqinch, — Naksu xotirjam jilmaydi. — Biz unga soyalar qanday o‘ldirishini ko‘rsatamiz.

Kim Mingyu oynavand binoning baland qavatida turib, pastdagi uch soyaga qaradi. Ular suhbatlashayotgandi. U ularni aniq kuzata olmasdi, lekin sezardi – ular uni bilishadi.

Nimadir bo‘lmoqda… Va bu nimadir o‘ta xavfli.

Lekin u chekinmaydi. Qancha vaqt kerak bo‘lsa ham, u ularni fosh qiladi.

Ammo Mingyu tushunmasdi – ba’zi sirlarni bilish qimmatga tushadi. Ayrim haqiqatlar esa… O‘limga olib boradi.

Kim Mingyu deraza yonida turib, qo‘lidagi viskidan mayin ho‘pladi. Pastga, uch soyaga qaradi. Ular nimanidir muhokama qilishayotgandi. Mingyu ularga uzoq vaqt e’tibor qaratgan, har bir qotillikni, har bir yo‘qolgan jasadni kuzatgan. Ammo hozir… nimadir boshqacha edi.

Naksu, Do Hwan va Sang Yi. Bu uchlik oddiy qotillar emasdi. Ular mukammal ishlardi. Hech qanday iz, guvoh yoki omon qolgan nishonlar yo‘q edi. Ularning uslublari turlicha bo‘lsa ham, natija har doim bir xil bo‘lardi: o‘lim.

Mingyu shuni bilar va shu sabab ularni kuzatardi. Lekin bugun… bugun ularning nigohi unga qadalgan edi.

Go‘yo ular uni allaqachon sezib bo‘lgandek.

Mingyu beixtiyor kaftlarini musht qildi. Yuragi tez ura boshladi. Bu mumkin emas…

Shu payt telefon jiringladi.

— Gapir, — dedi u sovuqqina.

— Janob Kim, hammasi aniq bo‘ldi. Biz ularning so‘nggi joylashuvini topdik. Shu yerdan unchalik uzoq emas, — dedi betoqat ovoz.

— Qayerda?

— “Ximera” yer osti klubi.

Mingyu kulimsiradi.

— Demak, men ham o‘sha yerda bo‘laman.

“Ximera” – jinoyatchilar makoni.

Bu yerga faqat qonxo‘rlar kelardi. Jinoyatchilar, yollanma qotillar, noqonuniy ishbilarmonlar. Qoidalar yo‘q, faqat kuchlilar omon qolardi.

Naksu, Do Hwan va Sang Yi zinadan pastga tushisharkan, atrofni kuzatib borishardi. Bu yer ularning maydoni edi. Kimningdir joni, bugun albatta, shu yerda uziladi.

— Yana kim? — pichirladi Sang Yi, ko‘k ichimligidan bir qultum olib.

— Kim Groupning yollanma qo‘shiluvchilari, — dedi Naksu past ovozda.

Do Hwan jilmaydi:

— Hm… Demak, Mingyu bizni kuzatibgina qolmayapti, balki sinab ham ko‘rmoqchi.

— Unda unga saboq berish kerak, — Akuma tilini lablariga tegizdi.

Naksu bir oz o‘ylab turdi.

— Biz uni o‘ldirmaymiz.

— Nima?! — Do Hwan unga qaradi. — Sen hazillashayapsanmi?

— Yo‘q. U hali kerak.

Sang Yi ko‘zlarini qisdi.

— Demak, biz unga signal beramiz…

— Ha, — Naksu jilmaydi. — Yashirinib yurishdan foyda yo‘q. U baribir biz haqimizda bilib bo‘ldi. Demak, endi unga haqiqiy soyalar qanday o‘ynashini ko‘rsatamiz.

Mingyu klubga kirarkan, yuragi bir oz tez urayotganini sezdi. Bu tuyg‘u unga yoqmadi. U har doim bosiq, har doim nazorat ostida bo‘lgan. Lekin hozir… nimadir unga sezgir bo‘lish kerakligini aytardi.

Orqa tarafdan uch ko‘lanka sekin yaqinlasha boshladi.

— Kim Mingyu… — past ovozda pichirladi kimdir.

U shartta o‘girildi, ammo hech kim yo‘q edi.

Keyingi lahzada esa belidan pichoq taqab turgan Naksuni ko‘rdi. U Mingyuga shafqatsiz jilmayish bilan qarardi.

— Sen biz haqimizda bilishni juda istayapsan-a?

Mingyu hech nima deya olmadi. U faqat o‘z yurak urishini eshitardi.

Orqada esa Akuma va Kurakage xotirjam kulib turishardi.

Bugun tun uzoq bo‘lishi aniq edi.

Mingyu bo‘g‘zi qurib, chuqur yutindi. Naksu belidan bosib turgan pichoq terisini kesib yuborishiga bir baxya qolgandi. Akuma esa sekin oldinga egilib, past ovozda shivirladi:

— Demak, sen biz haqimizda hamma narsani bilmoqchisan?

Mingyu ularning ko‘ziga tik qarashga harakat qildi. Faqat qorong‘u va tubsiz bo‘shliqni ko‘rdi.

— Sen… meni o‘ldirmoqchimisan? — past ovozda so‘radi u.

Do Hwan kulimsiradi.

— Agar o‘ldirmoqchi bo‘lganimizda, allaqachon o‘lik bo‘larding.

Naksu pichoqni biroz oldinga surdi, lekin terisini kesib o‘tirmadi.

— Savol berishga o‘rganib qolibsan, Mingyu, — dedi u past, sovuq ovozda. — Lekin bu yerda savollarni biz beramiz.

— Mendan nimani xohlaysizlar? — Mingyu o‘zini bardam tutishga harakat qildi.

Akuma past ovozda kuldi:

— Aksincha… sen bizdan nimani xohlaysan?

Naksu pichoqni asta tortib oldi, lekin baribir Mingyudan uzoqlashmadi.

— Necha oydan beri bizni kuzatyapsan?

Mingyu ichidan so‘kindi. Ular bilishadi…

— Yetarlicha uzoq, — dedi u yelka qisib.

Do Hwan shartta uning oldiga keldi.

— Unda nega haligacha o‘lmading?

Mingyu bir lahza jim turdi. Bu savol unga juda begona tuyuldi. Boshqa odam bo‘lganda, bu uchlik allaqachon uni yo‘q qilib bo‘lardi. Lekin ular buni qilmagan…

— Chunki sizga qiziqman, — dedi u sekin. — Hamma joyda shuncha o‘lim, shuncha dahshat… Lekin hech qanday iz yo‘q. Kimdir bunday jinoyatlarni bilib ham, hali ham tirik bo‘lishi uchun… sababi bo‘lishi kerak.

Naksu unga o‘ychan tikildi.

— Ajoyib javob, — dedi u sokinlik bilan.

— Lekin bu yetarli emas, — Do Hwan ogohlantiruvchi ohangda gapirdi.

Akuma esa yon chizig‘idan pichog‘ini chiqarib, asta barmoqlari orasida aylantirdi.

— Sen hozir omon qolding, — dedi u past ovozda. — Lekin keyingi safar bunchalik omading kelmasligi mumkin.

Mingyu buni yaxshi tushundi. Lekin u ortga chekinmaydi.

— Yana ko‘rishamiz, — dedi u.

— Albatta, — Naksu jilmaydi. — Lekin keyingi uchrashuvimiz do‘stona bo‘lmasligi aniq.

Uch qotil sharpaday yo‘q bo‘ldi. Ular qanday qilib ketishganini Mingyu hatto sezmay ham qoldi.

U chuqur nafas oldi. Yuragi hamon tez urardi.

Bu faqat boshlanishi edi

1-bob (yakunlandi)