BLOOD LOVE
Y/N POV
Jungkookning nigohi menga qadalgancha, u sekin oldinga qadam tashladi. Yuragim tez ura boshladi. Bu qanday savol? Men uni tark etishni xohlaymanmi yoki yo‘qmi?
— "Men shunchaki… bu uy juda g‘alati ko‘rinayotgani haqida gapiryapman," dedim chaynalib.
Jungkook yengil iljaydi, lekin ko‘zlari sovuq edi.
— "Bu yer sening uying, Y/N. Buni unutma."
U shunday deya eshikni ohista yopdi. Men esa joyimda qotib qoldim. Bu yer sening uying... Bu gap haqiqatdan ham shundaymi?
Ertasi kuni ertalab uyg‘onganimda, boshim qotib yotardim. Ko‘nglim g‘ash edi. Ortiq bunday yashay olmasdim. Bu joy menga qamoqxonadek tuyulardi.
Pastga tushganimda, Jungkook stol boshida o‘tirar, qarshisida esa RM bo‘lib, qahvasini kavlashtirardi. U meni ko‘rib jilmaydi.
— "Yaxshi uhladingmi, Y/n?" dedi RM ovozida qandaydir kinoya bilan.
Men unga javob bermadim. Jungkook esa RM tomonga jiddiy qarab qo‘ydi, xuddi unga ogohlantirgandek.
Shu payt xizmatkor ichkariga kirib, Jungkookning oldiga xat qo‘ydi. Jungkook qog‘ozni ochdi, va nigohi bir zumda o‘zgardi. Ko‘zlari keskinlashdi, lablari qattiq siqildi.
— "Bu kimdan?" deb so‘radi RM.
Jungkook javob bermay, xatni chimdib ushlagancha tishlarini g‘ijirlatar edi. Nihoyat, u past ovozda dedi:
— "Sugadan."
Xonaga og‘ir sukunat cho‘kdi. Suga... Demak, u yana harakatga tushgan.
Jungkook xatni stolga tashladi. Men qog‘ozga qaradim, lekin o‘qishga ulgurmadim — Jungkook uni qo‘limdan tortib oldi.
— "Bu sening ishing emas, Y/N," dedi u qat’iy ohangda.
Men labimni tishladim. Nega hamma narsani mendan yashirishadi?
RM esa ichki bir tabassum bilan dedi:
— "Suga yana qandaydir reja tuzayotgan bo‘lsa kerak?"
Jungkook unga qattiq tikilib qaradi.
— "Men bu ishni o‘zim hal qilaman."
Lekin men his qilardim… Bu xat men bilan bog‘liq edi.
Shu kuni tushlikdan keyin xizmatkor Y/Nning oldiga kelib, past ovozda pichirladi:
— "Sizga kimdir xat qoldirdi, xonim."
Men hayron bo‘ldim.
— "Kim?"
Xizmatkor bosh chayqadi.
— "Ism aytmadi, lekin bu juda muhim ekanligini ta’kidladi."
Xizmatkor menga kichik qog‘oz parchasi uzatdi. Yuragim shiddat bilan urar edi. Uni ochdim va shivirlab o‘qidim:
"U sening zaif tomonlaringni hali tushunmagan. Lekin men tushundim. Seni qo‘riqlayotgan odam aslida seni eng katta xavfga yaqinlashtirmoqda. Yaqinda bu o‘yinda sen eng muhim bo‘lasan. Kutaman. — S"
Qo‘lim titray boshladi. Bu nimani anglatadi?
Jungkook menga nimalarnidir yashiryaptimi? Bu xatni yuborgan odam aslida kim?
* * * * * * * * * * * * *
Jungkook kechasi ham uyga qaytmadi. Bu birinchi marta emas, lekin har safar shunday bo‘lsa, ichim g‘ash bo‘lib ketardi. U qayerda? Nima ish qilib yuribdi?
Ertalab uyg‘onganimda, xizmatkorlar hamma joyni tartibga solayotgan edi. Xuddi mehmon kutishayotgandek.
— "Nima bo‘lyapti?" deb so‘radim oshxonada ovqat tayyorlayotgan xizmatkordan.
U menga bir zum qarab oldi-da, past ovozda dedi:
— "Janob Jungkook bugun mehmon kutyaptilar."
— "Kim?"
Xizmatkor ikkilanib turdi, keyin yelka qisdi.
— "Bilmadim, xonim. Biz faqat buyruq bajaramiz."
Bu gap menga yoqmadi. Jungkook har doim sirli edi, lekin oxirgi paytlarda u yanada g‘alati bo‘lib qolgandi.
Kechga yaqin u nihoyat uyga qaytdi. U charchagandek ko‘rinar, lekin baribir mukammal holatda edi.
— "Bugun mehmon kutyapsanmi?" dedim unga yaqinlashib.
Jungkook menga bir qarab oldi.
— "Ha."
Men kutdim. U esa hech narsa qo‘shmadi.
— "Kim?" deb yana so‘radim.
Jungkook kurtkasini yechib, sekin stolga tashladi. Uning harakatlari har doimgidek xotirjam, lekin ko‘zlarida qandaydir sovuqlik bor edi.
— "Sen bilishing shart emas, Y/N."
Yana sir. Yana shunday javob. Ichimda nimadir g‘ashimni keltirdi.
— "Bu odam xavfli emasmi?"
Jungkook menga keskin qaradi.
— "Senga kimdir nimadir dedi?"
Men bosh chayqadim.
— "Yo‘q… faqat… bilmayman, shunchaki ichim sezayapti."
Jungkook bir necha soniya jim turdi, keyin oldimga kelib, yuzimni qo‘llari orasiga oldi.
— "Y/N, sen hech narsani o‘ylama. Bu uyda sen xavfsizsan."
Men uning ko‘zlariga qaradim. Lekin sen mendan nimanidir yashiryapsan, Jungkook.
Shu payt tashqarida mashina ovozi eshitildi. Jungkook asta yonimdan o‘tib, eshik tomon yurdi. Men esa yuragimni hovuchlab, mehmon kimligini bilishga urinardim…
Lekin ich-ichimda his qilardim — bu odam men uchun balki juda xavfli.
Tashqaridan kelayotgan mashina ovozidan yuragim yana tez ura boshladi. Kim kelayotgan bo‘lsa ham, Jungkook bu haqda menga aytishni istamadi.
Jungkook eshik tomon yurarkan, men ham ortidan ergashdim. U esa to‘xtab, menga o‘girildi.
— "Yuqoriga chiq, Y/N."
Bu buyruq edi. Men esa bunga bo‘ysunishni xohlamasdim.
— "Nega? Kim kelayotganini bilishim mumkin emasmi?"
Jungkook menga jiddiy nigoh tashladi, lekin javob bermadi. Shu payt eshik ochildi va ikki kishi ichkariga kirdi.
Birinchi bo‘lib ichkariga baland bo‘yli, o‘ta rasmiy kiyingan erkak kirdi. Uning sharpasiyoq bu odam oddiy emasligini bildirardi. Uning ko‘zlari keskin va sovuq edi.
Ikkinchi kishi esa boshqa dunyodan kelgandek ko‘rinadigan ayol edi. U juda nafis kiyingan, yuzida esa qandaydir mag‘rurlik bor edi.
Jungkookning ota-onasi.
Men buni sezdim. Ularning nigohi, yurish-turishi, shunchaki harakati ham buni aytib turardi.
Ayol mendan nigohini olib qochmay, bevosita yuzimga tikildi. So‘ng xuddi tekshirib ko‘rgandek, ko‘zlarini qisdi va Jungkookga qaradi.
— "Bu… sening xotiningmi?"
Uning ovozi meni sovuq shamolday kesib o‘tdi. Mendan nafratlanayotgandek edi.
Jungkookning otasi esa umuman menga qaramay, o‘g‘liga shunchaki bosh irg‘ab qo‘ydi.
— "Kelinglar," dedi Jungkook, har doimgidek jiddiy ohangda.
Ularni mehmonxonaga boshlab bordi. Men esa joyimda qotib turardim. Nima qilishim kerak? Boraymi? Yoki bu odamlar meni ko‘rishni ham istamayaptimi?
Jungkook menga o‘girilib qaradi. U hech narsa demadi, lekin uning nigohi yetarli edi.
Men ham ularga ergashdim.
Bu odamlar kim? Nima uchun kelishdi? Mendan nimani xohlashadi?
Ichimda qandaydir bezovtalik kuchayib borardi. Men bu oilaning bir qismi emasdim. Ular ham meni shunday ko‘rayaptimi?
Men mehmonxonaga kirganimda, bu ikki odamning nigohi yana menga qadaldi. Jungkookning ota-onasi.
Ayol – Jungkookning onasi – bir necha daqiqa menga sinchiklab qaradi. Ko‘zlarida hayrat va biroz yoqtirmaslik alomati bor edi.
— "Demak… sening xotining shu?" – uning ovozi juda vazmin va sovuq eshitildi.
Jungkook esa juda xotirjam edi. Xuddi bu holatni kutgandek.
— "Ha," – dedi qisqagina.
Ayol bosh chayqadi.
— "Senga kimdir bilan uylanishingni aytdimmi?"
Jungkook indamadi. Otasi esa jahl bilan qo‘llarini birlashtirdi va o‘g‘liga qattiq tikildi.
— "Jungkook, bu qanday o‘zgarish? Sen bizga bu haqda aytishing kerak edi! Biz endi buni qanday tushunishimiz kerak?"
Men esa joyimda muzlab qoldim.
Ular bu haqda bilishmagan.
Jungkook ularga aytmagan.
Onasi mendan nigohini olib qochmadi. Uning ko‘zlari meni o‘rganayotgandek edi. U meni yoqtirmayotgani aniq edi.
— "O‘g‘lim, sen bunday muhim qarorni qanday qilib bizsiz qabul qilding?"
Jungkook esa xotirjam ohangda javob berdi:
— "Bu mening hayotim. Kechirim so‘ramayman. Xohlasangiz qabul qilasiz, xohlamasangiz yo‘q."**
Otasi g‘azab bilan chuqur nafas oldi.
— "Bu shunchaki shaxsiy hayot emas, Jungkook. Sen qaysi oiladan ekaningni unutdingmi?"
Onasi esa yelkasini qisib jilmaydi. Lekin bu jilmayish mehribonlik ifodasi emasdi.
— "Xo‘sh, hech bo‘lmasa bu qiz kim? Kimning qizi? Kim uni bizning oilamizga loyiq deb o‘ylagan?"
Ovozidan uning meni bu oilaga munosib deb bilmayotgani sezilib turardi.
Jungkook esa onasiga sovuq nigoh tashladi.
— "Bu sizning ishing emas."
Ota-onasi bir-biriga qarashdi. Men esa o‘zimni qo‘rqoq his qildim.
Bu odamlar meni qabul qilmaydi.
Jungkook esa bu holatdan umuman ta’sirlanmagandek edi. U shunchaki oldinga qadam tashlab, ota-onasiga tikildi.
— "Sizlar xohlasangiz, men bilan birga kechki ovqat yeysiz. Xohlamasangiz, bu yerda uzoq turmang."
Onasi yana bir bor mendan nigohini olib qochdi va shivirlagandek gapirdi:
— "Bu qiz… bu uyga mos emas."
Meni qabul qilishmayapti.
Ichimda qandaydir sovuq his paydo bo‘ldi. Jungkook ularning e’tirozlariga ahamiyat bermayotgandek ko‘rindi.
Lekin men… Men bunday muhitga moslashib keta olamanmi?