𝐄𝐍𝐒𝐋𝐔𝐕🍃
Lia birdan hayrat bilan Y/Nga qaradi va so‘radi:
— "Voy, siz asal oyiga qayerga borgan edingiz? Parijgami? Bali oroligami? Yoki, bilmadim, shunchaki shinam bir kurortgami?"
Y/N bir oz noqulaylik sezib, nigohini pastga tushirdi.
— "Biz... hech qayerga bormadik."
Lia bunga ishonmay, katta ko‘z ochdi.
— "Nima?! Qanday qilib? Jungkook shunchalik boy bo‘lsa-yu, sizni asal oyiga olib bormagan bo‘lsa? Ishonmayman!"
Taehyung ham qiziqib, Jungkookga qaradi.
Jungkook birdan jiddiylashib, lablarini mahkam qisdi. U bu mavzuning ochilishidan rozi emasdi.
— "Kerak emas edi."
Lia bunga qo‘shilmasdi.
— "Voy, yo‘q, yo‘q! Har bir qiz asal oyiga borishga loyiq! Bu juda romantik bo‘ladi-ku!"
Y/N kulimsirab Jungkookka qaradi.
— "Asal oyisiz ham bizda hamma narsa bor."
Jungkook Y/Nning bu gapidan bir oz yumshadi, lekin baribir ichida noqulaylik sezdi.
Lia bu mavzudan qoniqmay, shunchaki bosh chayqadi:
— "Baribir, siz uchun juda afsusdaman, Y/N... shunaqa narsalar har bir qiz uchun maxsus bo‘lishi kerak."
Taehyung gapni boshqa tomonga burish uchun tezda kulib dedi:
— "E, qo‘y, Lia! Ehtimol, ular asal oyini hozir rejalashtirayotgandir?"
Jungkook hech narsa demadi, faqat Y/Nning qo‘lini mahkam ushladi.
Kechki sohil salqin shabada esayotgan edi. To‘lqinlarning sokin shovqini va masofada ko‘rinib turgan shahar chiroqlari kechaga ajoyib joziba bag‘ishlardi.
Jungkook Y/Nning aravachasini to‘xtatib, unga qaradi. Y/N esa charchagani sezilayotgan bo‘lsa ham, yuzida mamnuniyat bor edi.
Jungkook shunchaki kulib, sochlarini orqaga surdi. Keyin bir soniya o‘ylab turib, hech narsa demasdan Y/Nni qo‘liga oldi.
— "Men seni mashinagacha shunday olib boraman."
Y/N birdan uyalib ketdi:
— "Jungkook, men og‘ir bo‘lsam-chi..."
Jungkook sekin kuldi, so‘ng yonidagilarni unutib faqat Y/Nga pichirladi:
— "Sen shunchalik yengilsanki, hatto ko‘nglimni ham ko‘tarasan."
Moshina uy oldida to‘xtadi. Jungkook haydovchiga minnatdorchilik bildirib, orqa o‘rindiqda yotgan Y/Nga qaradi. U safar davomida charchoqdan uxlab qolgan edi. Yuzida yengil tabassum, lablari esa biroz ochiq qolgan.
Jungkook muloyimlik bilan Y/Nni qo‘liga oldi. Uning engil tanasi Jungkook uchun havas qilib bo‘lmaydigan darajada mo‘rt tuyulardi. U uni shunday ehtiyotlik bilan ushladiki, go‘yo qo‘lidagi inson emas, balki qimmatbaho shisha figurin edi.
Lia va Taehyung orqadan kuzatib borishardi.
— "Qarang, qanchalar mehribon..." — deya pichirladi Lia, Jungkookning Y/Nga bo‘lgan g‘amxo‘rligidan hayratda qolgan holda.
Taehyung jimgina ularning ortidan ergashdi, hech narsa demadi. Uning ichida qandaydir g‘ashlik bor edi, lekin o‘zini bilmaganga oldi.
Jungkook Y/Nni yotoqxonasiga olib kirib, ehtiyotkorlik bilan yotoqqa yotqizdi. Keyin unga ko‘rpasini yopib, biroz vaqt uning yuzini kuzatib turdi.
Shu onda Y/N yengil qimirladi, lekin uyg‘onmadi. Jungkook unga yaqinroq egilib, pichirladi:
— "Sen tushlaringda ham men bilan bo‘lishing kerak."
So‘ng sekin boshini silkib, o‘rnidan turdi va xonadan chiqib ketdi.
Jungkook xonadan chiqib borayotganda, mehmonxonada Taehyung va Liani bir-biriga yaqin turgan holda ko‘rib qoldi.
Taehyung Lianing yuziga sinchkovlik bilan tikilib turardi. U asta-sekin qo‘lini Lianing yelkasiga qo‘ydi, so‘ng sekin pastlab, qo‘llari uning beli tomon sirg‘aldi.
— “Taehyung, qo‘ysang-chi...” — dedi Lia kulimsirab, lekin uning ovozida unchalik qarshilik sezilmadi.
— "Qo‘yib yuboraymi?" — deya shaytonona jilmaydi Taehyung. So‘ng qo‘lini yana sekin Lianing beli atrofida harakatlantirdi. (Onasini emasin o‘zim ham rashk qilib ketyapmam🤦🏻♀️😂)
Lia uning ko‘zlariga tikildi, so‘ng birdan o‘zini ortga tashlab qah-qah otib kulib yubordi.
— "Sen hech o‘zgarmabsan, Taehyung!"
— "Senga ham shunday yoqishimni bilaman."
Jungkook ularning bu holatini kuzatdi-yu, boshini chayqab ichkariga kirib ketdi. "Ahmoqlar…" deya pichirladi u o‘zicha. U hozir Y/Nni o‘ylardi va boshqa hech kim unga qiziq emasdi.
Taehyung Liaga yalinib, zo‘rg‘a uni ko‘ndirdi.
— "Lia, yur, charchagandirsan, yotoqxonaga chiqamiz." — dedi u sekin, qo‘llari bilan Lianing barmoqlarini o‘ynatib.
Lia unga shubhalanib qaradi.
— "Menga nimalardir reja qilib qo‘ygandek gapiryapsan, Taehyung."
— "E, nimani o‘ylayapsan o‘zi?" — deya ustidan kuldi u, go‘yo hech qanday niyati yo‘qdek.
Lia yana bir oz turib, chuqur nafas oldi va yelka qisdi.
— "Mayli, faqat... o‘zini yaxshi tut."
Taehyung kulimsirab unga joy berdi va uni sekin mehmonlar uchun ajratilgan yotoqxonaga boshlab kirdi.
Eshik ortidan Taehyungning yengil kulgusi va Lia “Ehtiyot bo‘l!” degan ovozi eshitildi...
Jungkook ehtiyotkorlik bilan Y/nning yoniga yotdi. U har doimgidek Y/nni qiynab qo‘ymaslik uchun juda sekin harakat qilardi. Y/n allaqachon uyquda edi, lekin Jungkook uning nozik qo‘llarini silab, mayin ovozda pichirladi:
— "Bugun charchading, kichkintoyim... Dam ol, men yoningdaman."
Y/n bir oz qimirladi, lekin ko‘zlarini ochmadi. Jungkook uning yuziga e’tibor bilan tikilib, sekin lablariga engil o‘pich qo‘ydi.
Bu vaqtda esa Taehyung va Lianing yotoqxonasida vaziyat butunlay boshqacha edi.
Taehyung eshikni yopishi bilan Liaga yaqinlashdi. U bir lahzada Lianing kiyimini yechishga tushdi. Lia esa hayratda:
— "Taehyung! Juda shoshayapsan-ku!"
Taehyung uning so‘zlariga ahamiyat bermay, bo‘yinlaridan o‘pib, belidan mahkam quchoqladi. Lia uni itarishga harakat qildi, lekin Taehyung bo‘sh qo‘yishni o‘ylamayotgandi.
— "Menga yetishmayotganingni bilasan-ku, Lia..." — deb shivirladi u, yuzini uning bo‘yniga yashirib.
Lia bir lahza jim qoldi, keyin esa o‘zini bo‘sh qo‘ydi...
Y/N Jungkookning lablari teginishi bilan asta uyg‘ondi. Uning hali ham ko‘zlari yumuq edi, lekin yuragi tez urayotganini his qildi. Jungkook yana bir bor lablarini Y/Nning peshonasiga bosdi.
Y/N uning yuziga muloyim qarab, beixtiyor lablarini Jungkooknikiga yaqinlashtirdi va uni ohista o‘pdi. Jungkookning ko‘zlari hayratdan keng ochildi, lekin u Y/Nning bu qadamidan mamnun bo‘lib, o‘pichni chuqurlashtirdi.
— "Kichkintoyim..." — deb shivirladi u, Y/Nning yuzidan silab.
Y/N kulimsirab, boshi bilan Jungkookning ko‘kragiga suyanib oldi.
Bu vaqtda Taehyungning xonasida vaziyat yanada qizig‘roq edi.
Taehyung Liani quchoqlab olib, ohista karavot tomon yo‘naltirdi.
— "Sen menga yetishmayapsan..." — dedi u shivirlab, Lianing qulog‘iga lablarini tekkizarkan.
Lianing yuzi qizarib ketdi. U Taehyungni turtmoqchi bo‘ldi, lekin Taehyung uni yanada mahkam bag‘riga bosdi.
— "Taehyung..." — dedi Lia, unga ma’yus boqib.
Taehyung hech qanday javob bermadi, u Lianing belidan ushlab, uni asta-sekin yotoqqa yotqizdi...
Hahe bo‘ldi tugati berilib ketmanglar😂 Hot ertaga bo‘ladi, meni so‘kmanglar😜🫶