𝐄𝐍𝐒𝐋𝐔𝐕
Jungkook asta-sekin Y/nning boshini yostig‘iga qo‘ydi va muloyimlik bilan uni o‘rab turgan adyolni to‘g‘riladi. U endi tinch uxlayotgandi.
Qizning yuziga qararkan, Jungkookning ko‘zlarida mayinlik paydo bo‘ldi.
— "Sen menikisan, Y/n." — dedi u shivirlab. "Har doim meniki bo‘lasan."
Shundan so‘ng sekin yotoqxonadan chiqdi va pastga tushdi.
Hamma xizmatkorlar o‘z ishlari bilan band edi, lekin Jungkookning fikri faqat bitta narsada edi: ertaga Y/nning tug‘ilgan kuni.💥
U buni ajoyib qilib o‘tkazishni istardi.
“Nimalar qilishim mumkin?” — deb o‘yladi Jungkook.
Uning yuragida g‘alati his bor edi. Y/n falaj bo‘lsa ham, bu tug‘ilgan kunni o‘ziga xos va unutilmas qilishni xohlardi.
U xizmatkorlardan birini chaqirdi.
— "Ertaga maxsus kun bo‘ladi," — dedi u qat’iy ohangda. "Hamma tayyor bo‘lsin. Hech kim xato qilmasin."
Xizmatkor boshi bilan tasdiqladi va darhol ishga tushdi.
Jungkook xonaga qaytib, oynaga tikildi.
"Y/n..." — u mayin kuldi. "Ertaga sening tug‘ilgan kuning bo‘lsa ham, aslida bu kun men uchun maxsus. Chunki sen tug‘ilgansan."
Jungkook uzoq vaqt deraza yonida turdi. Kech tushib borayotgan edi.
U xayollar ichida ertangi kunni rejalashtirar, barchasi mukammal bo‘lishini xohlardi.
Shu payt eshik ochilib, Taehyung ichkariga kirdi.
Taehyung divanga o‘tirdi va og‘ir xo‘rsindi.
— "Bugun juda ko‘p joylarga bordim. Ishim ham anchagina."
Jungkook indamay turardi.
— "Ertaga..." — dedi u bir oz pauzadan so‘ng. "Y/nning tug‘ilgan kuni."
Taehyung bir lahzaga jim qoldi. So‘ng hayron ohangda so‘radi:
— "Rostdanmi?"
Jungkook asta bosh irg‘adi.
— "Ha."
Taehyung fikrga cho‘mib, sekin yonboshiga og‘di.
— "Nima rejalashtirganing bor?"
Jungkook yuzidagi mayin tabassumni yashira olmadi.
— "Men unga unutilmas kun qilishni istayman."
— "Balki... unga tashqariga chiqishga ruxsat bersang?" — dedi Taehyung sekin.
Jungkookning yuzi birdan tundlashdi.
— "Yo‘q."
— "Nega?" — Taehyung uni kuzatdi.
Jungkook jiddiy ko‘zlarini unga tikib:
— "U juda zaif. Tashqarida sovuq. Bundan tashqari, uni xavf ostiga qo‘ya olmayman."
Taehyung chuqur nafas oldi, lekin bahslashmadi.
Bu mavzu hozircha yopildi.
— "Yaxshi. Unda hech bo‘lmaganda tug‘ilgan kunini iliq muhitda o‘tkazishga harakat qil."
Jungkook unga bir qaradi va bosh irg‘adi.
— "Men buni albatta qilaman."
Jungkook divanda o‘tirgancha o‘z rejalari haqida o‘ylardi.
"Y/n hech kim bilan tanishmagan..."
U bir qarorga keldi.
— "Ertaga ishxonadan ba’zi odamlarni chaqiraman."
Taehyung unga qarab qoshlarini ko‘tardi.
— "Ishxonangdan?"
— "Ha. Hatto kotibam Sohyunni ham."
Taehyung unga shubha bilan qaradi:
— "Sohyun? Shu senga ochiqdan-ochiq suykaladigan qizni aytyapsanmi?"
Jungkook jilmayib:
— "Hamma Y/nning kimligini bilsin. Hamma uni mening xotinim ekanligini tushunsin."
Taehyung bir oz o‘ylab turib, unga qo‘shilishga qaror qildi.
— "Yaxshi. Do‘stlaring ham bo‘lsa, barchasi yaxshi chiqadi."
Jungkook bosh irg‘adi.
"Bu kun Y/n uchun maxsus bo‘lishi kerak."
Ertalab uy xizmatkorlari shoshilinch harakatlanardi. Uy ichida bezaklar osilib, katta stol Y/n uchun maxsus shirinliklar bilan to‘ldirilayotgan edi.
Jungkook har doimgidek nonushta uchun Y/nni nogironlar aravachasiga o‘tqazdi.
— "Bugun tug‘ilgan kuning, qizaloq." U Y/nning sochlarini mayin silab qo‘ydi.
Y/n unga biroz ajablanib qaradi:
— "Tug‘ilgan kun...?"
Jungkook kulib bosh irg‘adi.
— "Ha. Senga yoqadigan qilib o‘tkazamiz. Juda chiroyli kun bo‘ladi."
U Y/nni sekin ovqatlantirdi, keyin dori berish vaqti keldi. Y/n bu safar ko‘p qarshilik qilmadi.
— "Bugun hech qanday tashvish bo‘lmasin, xo‘pmi?" Jungkook uning yonoqlaridan mayin o‘pib qo‘ydi.
Oradan bir necha soat
Mehmonlar birin-ketin kela boshlashdi. Jungkookning ishxonadagi tanishlari, do‘stlari va Sohyun ham kelgan edi.
Sohyun ichkariga kirib, atrofga qiziqib qaradi.
— "Shu yerda yashaysizmi, Jungkook-nim?"
Jungkook bosh irg‘adi.
— "Ha. Hali xotinimni ko‘rmading, to‘g‘rimi?"
Sohyun ajablanib kulimsiradi.
— "Ha, men siz uylanganingizni bilardim, lekin u haqida hech kim gapirmaydi... Men uni tanishishni sabrsizlik bilan kutyapman!"
Jungkookning yuzi biroz qorayib ketdi. "Hech kim gapirmaydi" degan gap unga yoqmadi. Bugun hamma Y/nning kimligini bilishi kerak edi.
Shu payt, xizmatkorlardan biri pastga tushib Jungkookga yaqinlashdi.
— "Janob, xonim hozir tayyor."
Jungkook bosh irg‘adi va yuqoriga qarab yurdi.
Endi hamma Y/nni ko‘radi.
Jungkook Y/nning yoniga keldi.
— "Tayyormisan?" U sekin egilib, Y/nning sochlarini to‘g‘riladi.
Y/n unga savol nazari bilan qaradi.
— "Boshqalar oldiga tushishim shartmi?"
Jungkook yumshoq kulimsiradi.
— "Bu sening tug‘ilgan kuning, azizam. Hammaning oldida bo‘lishing kerak."
U Y/nni ehtiyotkorlik bilan nogironlar aravachasiga o‘tqazdi va uni pastga olib tushdi.
Mehmonlar gaplashib turgan joyda birdan sukunat cho‘kdi.
Hamma ko‘zlarini katta ochib, Y/nga qaradi.
U chidab bo‘lmas darajada chiroyli edi. Uning kashtan rangli uzun sochlari yelkasiga tushib turardi, ko‘zlari esa marvariddek jozibali edi.
Ammo...
U falaj edi.
Mehmonlarning yuzlaridan hayrat aralash tushunmovchilik o‘tdi.
"Direktorning xotini... nogiron ekan?!"
Sohyun ham o‘zini yo‘qotib qo‘ydi.
— "Bu... Bu qanday bo‘lishi mumkin?" U ovozini pasaytirib o‘ziga pichirladi.
Jungkook esa barcha nigohlarni sezdi.
U past egilib, Y/nning qo‘llarini mahkam ushladi.
— "Bu mening rafiqam." Uning ovozi qat’iy edi. "Va men uni hammadan ko‘proq sevaman."
Hamma sukunat ichida qotib qoldi.
Y/n esa Jungkookning bu so‘zlarini eshitib yuragi qattiq urib ketdi.
Mehmonlarning orasida turgan Taehyung ham bu manzarani kuzatar edi. U bir narsani aniq tushundi— Jungkook haqiqatdan ham Y/nni juda qattiq sevardi.
Mehmonlar ovqatlanishar, shampan ko‘tarib tabrik so‘zlarini aytishardi.
Lekin Y/n barcha mehmonlar ichida bir kishidan ko‘z uzolmasdi.
Sohyun.
U Jungkookga juda yaqin turardi, doim unga tegmoqchi bo‘lganday qo‘lini uzatardi.
— "Direktor, kecha ishxonada juda erta ketib qoldingiz sizsiz zerikdim." Sohyun yumshoq kulib unga nigoh tashladi.
Jungkook e’tibor bermaslikka harakat qilardi, lekin Y/n bu vaziyatdan norozi edi.
"Bu nima, ochiqdan-ochiq unga suykalayapti-ku!"
Y/n Jungkookning qo‘lini sekin tortdi.
Jungkook unga savol nazari bilan qaradi.
— "Nima bo‘ldi, azizam?"
Y/n erka ohangda pichirladi.
— "Menga birinchi tort bo‘lagini o‘zing yedir."
Jungkook kulib yubordi.
— "Albatta, hayotim."
U tortdan bo‘lak kesib, o‘zi ushlab Y/nning labiga yaqinlashtirdi.
— "Qani, og‘zingni och."
Y/n bu manzarani maxsus Sohyun ko‘rib turishini xohlardi. Juda erkalanganday, sekin og‘zini ochib tortni tanovvul qildi.
Jungkook sezilarli mehr bilan uning lablaridagi kremni barmog‘i bilan artib qo‘ydi.
Sohyun esa bu manzaraga qarab, ich-ichidan yonib borardi.
— "Direktor, menga ham tortdan kesib bering." U ovozini mayinlashtirdi.
Lekin Jungkook Y/nga qarab jilmaydi.
— "Kechirasan, Sohyun, men bugun faqat rafiqam uchun xizmatdaman."
Y/nning ichida g‘urur ko‘tarildi.
"Ko‘rdingmi, Sohyun? Bu yerdagi qirolicha menman." (Ichgi ovozda)
Taehyung esa barcha bo‘layotgan voqealarni kuzatib turar va bir narsa aniq edi— Y/n yolg‘ondan erkalik qilayotgan bo‘lsa ham, Jungkook buni jon-dilidan qabul qilardi.
Bayram qizg‘in davom etardi. Mehmonlar muzqaymoq va shirinliklardan bahramand bo‘layotgandi. Jungkook har doimgidek Y/nning yonida edi.
Sohyun esa Y/nga yaqinlashib, muloyim tabassum bilan gap boshladi.
— "Y/n, sizning yuzingiz shunchalar tiniq, yumshoq va chiroyli ekani hayratlanarli! Qanday kosmetika ishlatasiz?"
Y/n unga biroz hayron qaradi.
"Men hech qanday kosmetika ishlatmayman-ku?" (Ichki ovoz)
Jungkook esa shundoqqina yonida turgan edi, uning nimaga aytishini kutayotganday edi.
Y/n sekin jilmayib javob berdi.
— "Men hech qanday kosmetika ishlatmayman."
Sohyun uning javobidan ajablandi.
— "Rostdanmi? Unda qanday qilib yuzingiz shunchalik silliq va tiniq bo‘lishi mumkin?"
Jungkook gapga aralashdi.
— "Chunki u tabiiy chiroyli."
Sohyun Y/nga biroz hasad bilan qaradi.
— "Hmm… Juda qiziq."
Y/n kulimsirab davom etdi.
— "Ko‘rinishim tabiiy, ehtimol bu menga berilgan sovg‘adir."
Jungkook yengil kuldi va Y/nning sochlarini sekin siladi.
— "Menga ham aynan shu tabiiyligi yoqadi."
Sohyun bunga javoban bir so‘z ham aytolmadi, lekin ich-ichidan bu juftlikka nisbatan g‘ashlik his qilardi.
Bayram davom etardi. Mehmonlar o‘zaro suhbatlashib, ovqatdan bahramand bo‘lishar, lekin ularning nigohi baribir stolning boshida o‘tirgan Jungkook va Y/n tomonga tortilar edi.
Jungkook mehmonlarning e’tiboriga parvo qilmay, har doimgidek Y/nni ehtiyotkorlik bilan ovqatlantirar, bu esa atrofdagilarga g‘ayrioddiy ko‘rinar edi.
Sohyun va boshqa xodimlar orasida pichirlash boshlandi.
— “Siz buni ko‘ryapsizmi? U xotinini o‘zi ovqatlantiryapti...”
— “Shunchalik sevib qolganmi?”
— “Hech qachon bunday mehribonligini ko‘rmagandim.”
Jungkook esa bularning hech biriga ahamiyat bermasdi.
Jungkook unga har bir luqmani sekin og‘ziga tutib turardi.
Y/n mehmonlarning nigohidan o‘zini noqulay his qildi.
— “Jungkook… buni o‘zim ham uddalay olardim…” — u shivirladi.
Jungkook esa uning so‘zlarini inkor qilib, sekin jilmaydi.
— “Sen meni yolg‘on gapirishga majbur qilma, jagiyah.”
Y/n uning qanchalik e’tiborli ekanidan yuragi hapqirdi.
Bu holat mehmonlarni yanada hayron qoldirdi.
Sohyun o‘ziga sig‘dirolmay, stakandagi sharobdan bir qultum ichib yubordi.
— “Bu qanday sevgi? Bunday narsa filmlarda ham bo‘lmaydi!”
Lekin bu faqat haqiqat edi.
Sohyun va boshqa xodimlar Jungkookning Y/n bilan muomalasini kuzatib, tobora hayratga tushishardi. Ular bunday iliqlikni ilgari hech qachon ko‘rishmagan edi.
Pichirlash boshlandi.
— "Y/n nega nogiron aravachasida o‘tiradi?" — past ovozda so‘radi xodimalardan biri.
— "Ha, men ham qiziqayapman... Bu nimadan bo‘lgan?" — Sohyun ham bunga befarq bo‘lmadi.
Sohyun bir oz o‘ylab turdi-da, Jungkookka yuzlandi.
— "Jungkook-ssi, xotiningiz... qanday qilib nogiron bo‘lib qoldi?" — so‘radi u, ko‘zlarida qiziqish va shubha bilan.
Jungkookning yuragi bir lahzaga urishdan to‘xtaganday bo‘ldi.
Bu savol... kutmagan joyidan kelib tushdi.
Qanday javob berishi kerak?
Chunki haqiqatni hech kim bilmasdi. Faqat u bilardi. Bu uning aybi edi.
Ammo... buni aytolmasdi.
Jungkook yuzidagi ifodasini nazorat qilib, sokinlik bilan javob berdi:
— “Bu tug‘ma holat.”
Sohyun va boshqalar bir-biriga qarashdi.
— "Tug‘ma?" — takrorladi Sohyun.
— “Ha.” — dedi Jungkook qattiq ovozda. Uning ovozi hech qanday shubha qoldirmasdi.
Lekin ich-ichida bo‘g‘ilib borardi. Yana bir marta yolg‘on gapirishiga to‘g‘ri keldi.
Y/n hech narsa demay bu suhbatni jim kuzatdi. Jungkook yolg‘on gapirganini aniq bilar edi.
Lekin hozircha sukut saqlashni afzal bildi.
U atrofdagi nigohlarni sezib turardi—hamma ham unga achinish yoki hayrat bilan qarashardi.
Bu esa unga yoqmasdi.
Y/n chuqur nafas oldi va muloyim tabassum bilan dedi:
— "Sham puflaylik."
Uning ovozi yumshoq, lekin yetarlicha qat’iy edi.
Hamma diqqatini yana bayramga qaratdi.
Jungkook esa Y/nning yuziga qaradi.
U sezdi.
Y/n unga ishonmayotganini sezdi.
Lekin hozircha bu haqida hech narsa demadi.
Bu esa Jungkookni yanada asabiylashtirdi.
Jungkook tortni Y/nning oldiga yaqinlashtirdi.
U sekin Y/nning qo‘lini ushladi, go‘yo unga tayanch bo‘lishni istayotganday.
Y/n esa tabassum bilan unga qaradi va yumshoq ohangda dedi:
— "Birga puflaylik."
Jungkook bir zum jim qoldi.
Bu so‘zlar unga yoqdi.
U chuqur nafas oldi va Y/n bilan birga shamlarni pufladi.
Shu payt Taehyung telefonini ko‘tardi va bu onni suratga oldi.
Chiroqlar bir muddat o‘chdi, lekin tort ustidagi shamlarning yorug‘ligida Jungkook va Y/nning yaqinligi yaqqol ko‘rindi.
Hamma olqishlar bilan Y/nni tug‘ilgan kunini tabrikladi.
Sohyun va boshqa xodimlar Jungkook va Y/nning yaqinligidan hayron bo‘lib, pichirlashib gaplashayotgan edi.
— "Jungkook xotini bilan juda muloyim, lekin... u negadir boshqacha," — dedi Sohyun shubha bilan.
Jungkook esa hech kimga e’tibor bermasdi. U Y/nning yonida turib, unga iloji boricha g‘amxo‘rlik qilardi.
Tort tarqatildi, mehmonlar yayrab suhbat qurardi, lekin Taehyung jim edi.
U telefondagi suratga yana qaradi. Unga nimadir tinchlik bermayotgan edi.
Bayram tugadi, mehmonlar ketishni boshlashdi.
Hamma Jungkook va Y/nning yaqinligidan hayratda edi. Ayniqsa, Sohyunning ko‘zlari hech narsa sezdirmasa ham, ichida nimadir g‘ashlik paydo bo‘ldi.
Sohyun mehmonlar bilan xayrlashib chiqayotib, orqasiga qaradi. U ko‘rgan manzara esa uni yanada o‘ylantirdi.
Jungkook o‘zining hashamatli mehmonxonasida Y/nni tizasiga o‘tqizgan holda, sovg‘alarni ko‘rib chiqayotgan edi.
Y/n zaif tanasi bilan unga suyanib, asta-sekin uxlab qoldi.
Uning mayin nafasi Jungkookning ko‘kragiga urilardi.
Jungkook qo‘llarini uning beliga ohista o‘rab, unga ehtiyotkorlik bilan tikildi.
Bu yigit— shafqatsiz, sovuqqon va hech kimga mehr bermaydigan Jungkook edi...
Lekin hozir u butun dunyoni unutib, yonidagi kichik va zaif qizchaga mehr bilan boqardi.
Sohyun esa buni uzoqdan kuzatib turardi.
— "Bu qanday sevgi?" — deb o‘zidan so‘radi u.
Jungkook haqiqatdan ham Y/nni sevadimi? Yoki bu boshqa narsa?
Sohyun chuqur nafas oldi va ortiga burilib, mehmonxonadan chiqib ketdi.
Jungkook mehmonlar ketib, atrof tinchigandan keyin haliyam Y/nni bag‘rida ushlab o‘tirardi.
Uning kichik va zaif tanasi, mayin nafasi Jungkookning yuragiga qandaydir iliqlik bag‘ishlardi.
U asta Taehyungning stol ustida turgan telefonini ko‘rib qoldi.
Ekranni ochdi…
Va u yerdagi rasmlar ichidan Y/nning hozirgina tushgan bir nechta suratlari borligini ko‘rdi.
Bu suratlar haqiqatan ham mukammal edi.
Y/nning chuqur yashil ko‘zlari, mayin jilmayishi, tabiiy chiroyi — bularning barchasi Jungkookning yuragiga tegdi.
U suratlarni asta varaqlay boshladi…
Va bir rasmni tanladi.
Y/n tort oldida, shamlarni puflash arafasida, beg‘ubor jilmayib turgan surat edi bu.
Jungkook chuqur nafas oldi. Uning ko‘zlarida Y/nni bo‘g‘ayotgan haqiqat va uni shunday go‘zal, beg‘ubor ko‘rinishda ko‘rish istagi o‘zaro kurashardi.
U shunchaki bu qizni hech kimga bermasligini, uni faqat o‘zi uchun saqlab qolishini yana bir bor his qildi.
Shu o‘ylar bilan suratni yuklab, telefonining ekrani va blokiga qo‘ydi.
Endi, har safar telefoniga qaraganida, u Y/nning beg‘ubor jilmayishini ko‘rardi.
Ammo Jungkookning ichida kechayotgan his-tuyg‘ular faqatgina muhabbat emasdi…
Bu narsa undan ham kuchliroq, undan ham xavfliroq edi.