𝐒𝐄𝐂𝐑𝐄𝐓 𝐀𝐆𝐄𝐍𝐓𝐒
Y/N reja tuzish uchun katta ekran oldida turardi. Agentlar unga diqqat bilan quloq solib, har bir gapini yozib olishardi. U lazer ko‘rsatkichini olib, xaritani ko‘rsatdi:
— Biz asosiy binoning yon tomondan kiramiz. U yerda qo‘riqchilar kamroq bo‘ladi. Keyin biz uchinchi qavatga chiqamiz va Daxsetning bosh serverini yo‘q qilamiz. Bu ularning butun tizimini ishdan chiqaradi.
Jungkook jilmayib, qo‘lini ko‘tarib gapga aralashdi:
— Bekajon, bu rejang juda yoqimli, lekin sen bir narsani unutding.
Y/N qoshini ko‘tarib unga qaradi:
— Nimani unutdim?
Jungkook xotirjam stulga o‘tirdi va oyoq-qo‘lini xoch qilib qo‘ydi:
— Birinchidan, yon tomondan kirish – bu tuzoq. Ular sen o‘ylagandek ahmoq emas. Ikkinchidan, uchinchi qavatda server yo‘q. Ular uni yer ostiga yashirishgan. Uchinchidan…
U qoshlarini chimirib, haritaga qaradi.
— Agar biz shunday reja bilan hujum qilsak, 10 daqiqa ichida yo‘q qilinib ketamiz.
Agentlar bir-birlariga qarab, shivir-shivir qila boshlashdi. Y/N qo‘llarini ko‘kragiga chalishtirib, unga qattiq tikildi:
— Bo‘pti, agent. Sen ayt, qanday reja bo‘lishi kerak?
Jungkook qoshlarini qimirlatib qo‘ydi:
— Juda oddiy. Biz ularning e’tiborini chalg‘itamiz, so‘ngra men yashirin yo‘ldan ichkariga kiraman. Men Daxsetning ichki tizimini yaxshi bilaman. Server yer ostida bo‘lsa ham, men uni topa olaman. Siz esa ustki qavatlarga hujum qilib, ularni chalkashtirasiz.
Y/N lablarini tishlab, unga sovuq tikildi:
— Juda yaxshi… lekin biz baribir mening rejam bo‘yicha ketamiz.
Jungkookning og‘zi ochilib ketdi:
— Nima?! Sen men rejam eng yaxshi deb tushuntirganimni eshitmadingmi?!
Y/N yelka qisdi:
— Eshitdim. Lekin men hali ham o‘zimning rejamga ishonaman.
Jungkook lablarini qimtib, jiddiy ko‘rinishga harakat qildi:
— Bo‘pti, tushunarli. Demak, ayollar bilan bahslashish befoyda ekan.
U agentlardan biriga o‘girildi:
— Menga iltimos, bitta qora ro‘mol va oq bayroq beringlar. Operatsiya paytida menga kerak bo‘ladi.
Y/N ko‘zlarini qisib unga qaradi:
— Nega?
Jungkook ma’yus ohangda javob berdi:
— Chunki sening rejang bilan hujum qilsak, men ularni oldiga borib, Iltimos, meni o‘ldiring, chunki bu reja bilan tirik qolishning imkoni yo‘q deb taslim bo‘lishim kerak bo‘ladi.
Xonadagi agentlar qotib qoldi. Bir nechtasi zo‘rg‘a kulgisini tiya oldi. Y/N esa kulishini bildirmaslikka harakat qilib, qo‘llarini beliga qo‘ydi:
— Juda kulgili, agent Jungkook. Lekin men ham senga shuni aytmoqchiman: Agar men seni rejang bo‘yicha yurishga ruxsat bersam, keyin men seni taslim bo‘lishingdan oldin o‘ldiraman.
Jungkook barmoqlarini qarsillatib jilmaydi:
— Haqiqatan ham menga shunaqa xavfli xotin yoqadi.
Xonada yana kulgili shivir-shivir boshlandi. Lekin Y/N uni jiddiy qarash bilan ta’qib qilardi. Oxir-oqibat Jungkook qo‘llarini ko‘tardi va taslim bo‘lganday qildi:
— Mayli, mayli, bekajon. Sen qanday desang, shunday bo‘ladi. Faqat keyin meni men aytuvdim-ku deb mazax qilma.
Y/N jilmaydi:
— Bo‘pti, azizim. Endi esa tayyorgarlikni boshlaymiz!
Shu bilan operatsiya oldidan hammada kayfiyat ko‘tarildi. Lekin bu jang juda ham qiyin bo‘lishini hamma yaxshi tushunar edi.
Operatsiya kuni yetib keldi. Y/N va uning agentlari tayyorgarlikni tugatishdi. Ular qorong‘u kiyimlar va maxsus niqoblar bilan jihozlangandi. Jungkook ham qora kiyim kiygan, lekin u hali ham hazillashishni to‘xtatmadi.
— Xo‘sh, bizni oldinda o‘lim kutmoqda, — dedi u yengil ohangda, qo‘lida qurolini aylantirib. — Kim hozir o‘lib ketishdan oldin menga qarzini to‘lamoqchi?
Agentlardan biri unga hayron qaradi:
— Qanaqa qarz?
Jungkook yelka qisdi:
— Men hali bilmayman, lekin hozir buni bahona qilib pul so‘rashim mumkin edi.
Y/N uni tirjaygancha turtib qo‘ydi:
— Jungkook, iltimos, biz professional agentlarmiz. Jiddiy bo‘lish vaqti keldi.
Jungkook chuqur nafas oldi va jiddiy ohangda gapirdi:
— Ha, seni eshitdim, komandir. Qandaydir so‘nggi daqiqada hazil qilish odatim bor-da.
Y/N unga yonbosh qarab kulimsiradi. Ularning hammasi tayyor edi. Shundan so‘ng reja amalga oshirila boshlandi.
Daxset binosi
Tungi osmon ostida Qora Kapalaklar agentlari Daxset binosiga yaqinlashishdi. Y/Nning rejasiga ko‘ra, ular bir necha guruhlarga bo‘linib, binoga turli tomondan hujum qilishlari kerak edi.
Jungkook esa o‘zicha pichirlardi:
— O‘ngdan kiraylik dedim, eshitmadi. Server yer ostida desam, quloq solmadi. Mayli, endi men faqat fon rasmi bo‘lib qolaman shekilli.
Y/N unga tarsaki tushiradigan darajada bo‘ldi, lekin bunday qila olmadi. Chunki hozir jiddiy vaziyat edi.
— O‘zing istagancha gapiraver, lekin reja meniki.
— Albatta, bekajon, — Jungkook tirjayib javob berdi.
Hamma joyiga yetib borgach, hujum boshlandi. Portlashlar, otishmalar, shovqin-suron—hammasi bir zumda avj oldi. Y/N va uning agentlari binoga tezlik bilan kirishdi. Lekin ular hali bilishmasdi… bu tuzoq edi.
Daxset allaqachon ularni kutayotgan edi. Ularning atrofini qo‘riqchilar o‘rab olishdi.
Jungkook chuqur nafas oldi va past ovozda shivirladi:
— Sen reja tuzasan, keyin biz tuzoqqa tushamiz. O, beqiyos komandir…
Y/N tishlarini g‘ijirlatib, qurolini mahkam ushladi. Endi ular nafaqat rejani bajarish, balki omon qolish haqida ham o‘ylashlari kerak edi…
Jang boshlanishi
Y/N va uning agentlari qurollarini ko‘tarishdi. Ularning oldida Daxsetning eng kuchli jangchilari turardi. Bu qanchalik qiyin bo‘lishidan qat’i nazar, Y/N va Jungkook hech qachon taslim bo‘lishmaydi.
Jungkook asta Y/N tomonga egildi va pichirladi:
— Bilasanmi, agar bu yerdan chiqib ketsak, men senga kechalari yetti kunlik dam olishga ruxsat beraman.
Y/N ko‘zlarini suzib javob berdi:
— Agar bu yerdan chiqib ketsak, men seni o‘zim jazolayman!
— Xo‘sh, endi motivatsiyam ikki baravar oshdi, — dedi Jungkook kulimsirab va birdan qurolini ko‘tarib o‘q uza boshladi.
Jang qizigandan qizidi. Y/N epchillik bilan dushmanlarning orasidan o‘tib, bir-birining ortidan yiqitardi. Jungkook esa o‘z uslubida jang qilar, harakatlari nafis, lekin o‘ta halokatli edi.
— Shunday harakat qilayotganingni ko‘rib, seni oddiy odam deb o‘ylagan vaqtlarimga achinaman, — dedi Y/N yana bir dushmanni yiqitib.
— Men esa senga ovqat pishirishni o‘rgataman deb o‘ylagandim, — dedi Jungkook. — Bilganimda, dushman agent ekaningni o‘ylab, tezroq qochardim.
— Hali ham qochishga kech emas, azizim, — Y/N qo‘lidagi pichoqni aylantirib, yana bir jangchini yiqitdi.
Ularning orqasida Daxsetning eng kuchli jangchisi – Kapitan Kang paydo bo‘ldi. U ularga sovuq nigoh tashlab, shivirlagancha gapirdi:
— Sizni birgalikda ko‘rish… Qiziq bo‘ldi.
Jungkook va Y/N bir-biriga qarashdi. Shundoq ham ahvol yomon edi, endi esa yanada murakkablashdi.
Jungkook qoshini ko‘tarib qo‘ydi:
— Yaxshi. Agar bizni ushlab olsang, men va Y/N bir jamoada ekanimizni tan olaman. Lekin agar sen mag‘lub bo‘lsang… men sening ismingni “qovoqcha” deb o‘zgartiraman.
Kapitan Kang qattiq kuldi:
— O‘zingning oxirgi hazilingni aytayapsan, Jungkook?
— Yo‘q, — dedi Jungkook qurolini ko‘tarib. — Bu faqat boshlanishi!
Y/N va Jungkook bir-biriga qarashdi va jangning eng muhim bosqichi boshlandi…
Hal qiluvchi jang
Kapitan Kang shiddat bilan hujumga o‘tdi. U Daxsetning eng kuchli jangchilaridan biri edi, tajribasi va kuchi bilan mashhur edi. Y/N va Jungkook ham bir zum bo‘lsa ham ehtiyotkorlikni yo‘qotmasligi kerak edi.
Jungkook yengil harakat bilan yon tomonga o‘tdi, Y/N esa oldinga intildi va hujumga o‘tdi. Kang buni kutmagan edi, lekin tezda javob qaytardi.
— To‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qilish, Y/N? Senda bundan aqlliroq harakatlar bo‘lishi kerak-ku, — dedi Kang uning zarbasini to‘xtatarkan.
Y/N tirjayib qo‘ydi:
— Shunchaki chalg‘itish edi.
Shu zahoti Jungkook orqadan hujum qildi, lekin Kang buni sezib, tezda chetga chiqdi.
— Siz juda yaxshi tandem ekanligingizni tan olishim kerak. Lekin men bitta oddiy narsa bilan ham sizni mag‘lub eta olaman, — dedi Kang.
U cho‘ntagidan kichik bir qurilmani chiqardi va tugmachani bosdi. Birdan atrofga qizil chiroqlar yondi. Bu signal edi. Bir necha soniya ichida butun Daxset agentlari atrofni o‘rab oldi.
Jungkook chuqur nafas olib, Y/Nga qaradi:
— Ehtimol, biz juda uzoq hazil qildik…
— Ha, — dedi Y/N. — Lekin men hali ham seni jazo kutayotganini unutganim yo‘q.
— Hali o‘zimiz omon chiqishimiz kerak, shundan keyin jazolash haqida o‘ylayver, — dedi Jungkook.
Kang mag‘rur ohangda davom etdi:
— Endi qochish yo‘q. Siz yo taslim bo‘lasiz, yoki shu yerda halok bo‘lasiz.
Y/N va Jungkook bir-biriga qarashdi. Ularning ko‘zlarida hech qanday qo‘rquv yo‘q edi.
— Men hech qachon taslim bo‘lmayman, — dedi Y/N.
— Men esa hech qachon o‘zimdan kuchsizlarga yutqazmaganman, — dedi Jungkook.
Birdan Y/N tizzasini bukib, qo‘lidagi pichoqni havoga otib yubordi. Bu belgisi edi. Shu zahoti shift yorilib, Qolgan Qora Kapalaklar agentlari shiddat bilan pastga tushib kelishdi.
— Yo‘q! — Kang ortga tisarildi.
Jungook Y/Nga kulib qaradi:
— Ishonchim komil edi. Sen hamisha reja tuzib yurasan.
— Men rejasiz yashay olmayman, — dedi Y/N tabassum bilan.
Qattiq jang boshlanib ketdi. Y/N va Jungkook yelkama-yelka turib, Daxset agentlariga qarshi jang qildilar. Kapalaklar agentlari ham tezlik bilan harakatlanib, Daxset agentlarini birma-bir yo‘qota boshlashdi.
Jungkook Kang bilan yuzma-yuz qoldi.
— Endi nima qilasan? — dedi Kang unga.
— O‘ylashimcha, men seni yutdim, qovoqcha, — dedi Jungkook ko‘zlarini suzib.
— O‘zingni juda ishonchli his qilma! — deb baqirdi Kang va hujumga o‘tdi.
Jungkook undan qochib, Y/N tomonga qaradi:
— Azizam, yordam kerak!
Y/N qo‘lidagi to‘pponchasini unga uzatib, qoshini ko‘tarib qo‘ydi:
— O‘zing ham uddalay olasan-ku!
Jungkook qurolni tutib, Kangga qaradi va jilmaydi:
— Ha, lekin senga murojaat qilish menga yoqadi.
Keyingi soniyada u tezkor harakat bilan Kangning oyog‘ini nishonga oldi va uni yiqitdi.
Daxset agentlari yengildi. Kapalaklar agentlari ularni asirga olishdi. Y/N va Jungkook bir-biriga qarab, chuqur nafas olishdi. Nihoyat, jang tugagan edi.
— Xo‘sh, endi nima qilamiz? — so‘radi Jungkook.
Y/N jilmayib dedi:
— Endi biz Daxsetni butunlay yo‘q qilamiz.
Jungkook boshini chayqadi:
— Ajoyib. Hali oldinda juda ko‘p qiziq sarguzashtlar bor ekan…
Ular orqalariga qarab, mag‘lub bo‘lgan Daxset agentlariga bir nazar tashladilar, Dasxet asoschisi Hyujin allaqachon qochib ketgan. Endi bu urush butkul tugamagan edi, lekin ular oldinda birga ekanliklarini bilishardi.
Jungkook asta-sekin Y/N tomonga egildi va pichirladi:
— Xo‘sh, dam olish haqida va’da bergan edim…
Y/N kulib qo‘ydi:
— Avval Daxsetni yo‘q qilaylik, keyin sening "dam olish" rejalaring haqida o‘ylab ko‘raman.
Jungkook yelkasini qisdi:
— Shoshilma. Balki biz Daxsetni yo‘q qilish jarayonidan ham zavq olishimiz mumkin.
Y/N boshini sarak-sarak qildi va yurishni boshladi. Jungkook esa orqasidan ergasharkan, yana gap qotdi:
— Menga yangi qurol kerak. Va yangi kostyum. Oldingisi jangda biroz yirtiq bo‘ldi.
— Qo‘rqma, men senga maxsus kostyum tayyorlataman, — dedi Y/N jilmayib.
— Agar u qizil rangda bo‘lsa, rozi bo‘laman, — dedi Jungkook hazilomuz.
Ular orqalariga bir qarab, kulib qo‘yishdi. Endi urush boshlangandi… Va ularni hali oldinda yanada katta sarguzashtlar kutayotgan edi.