𝓦𝓲𝓽𝓱𝓲𝓷 𝔂𝓸𝓾 𝓵𝓲𝓮𝓼
4-bob
Shaharning gavjum qismlarining birida yana bitta ko‘zga tashlanmas uy borki, tashqarida o‘tgan odam bu uyning ham hammaga o‘xshab oddiy oila uyi deb o‘ylaydi. Uyga kirib chiqadigan odam yo‘qligini, ba’zan bir yigit kelib turishini bilgan qo‘shnilarni bu qiziqtirmaydi. Bu hududda hamma o‘z holicha yashaydi, hech kimning boshqalar bilan ishi yo‘q. Aynan shu narsa Yoongi Minga qulay edi.
U yolg‘iz qolishni, qattiqqo‘l bobosining uyidan qochib ketishni istagan vaqtlarida o‘z uyiga kelib olar edi. Bu uyda uni kutadigan onasi bor edi bir vaqtlar. So‘ng onasi turmushga chiqib ketgach, mehribon buvisi va bo‘lak bobosi bilan yashashga chidab kelgan. Ammo hozir u bu uyga yolg‘iz qolish uchun kelmagan edi.
Bir kishilik divanda telefonini aylantirib o‘tirarkan, ichidagi yagona bir ma’lumotdan foydalanish yoki foydalanmaslik haqida o‘ylardi. U hech qachon bunday ishga qo‘l urishini tasavvur qilmagan.
Qarshisidagi o‘rtacha kattalikdagi, och ko‘k choyshablar yozilgan yotoqda uxlab yotgan qizdan bir soniya ham ko‘z uzmasdi. U bu kunni uzoq kutgan, oxiri nimalar bo‘lishini ham o‘ylab chiqqan, keyingi rejalarini ham tayyorlab qo‘ygan edi. Hayotida hech qachon qarorlarida hozirgidek chalg‘ish bo‘lmagan.
Yunho Hanning qizini shu yerga olib kelguncha ozmuncha vaqt ketmadi. Uch oy davomida uni kuzatdi, har kuni qachon qaerga borishi, nimalar sotib olishi, qo‘shimcha mashg‘ulotlari barchasini bilib oldi. Hech qanday harakat qilmay yurganida esa qiz o‘zi mashinasi oldiga tushib qoldi.
O‘sha kuni ham uchrashuvga taklif qilganida, kuchli uyqu dorisi solingan suvni har ehtimolga qarshi olib yurgan edi. Qiz ichishini bilmasdi, lekin baribir ehtiyot bo‘lgan. Qasosini bugun olmoqchi edi, ammo hushsiz qizga bunga qo‘li bormadi.
Ammo boshqa rejasini amalga oshirdi.
Endi Y/N uyg‘onsa, keyingi bosqichga o‘tadi. U ishni shunday qilishi kerak ediki, Yunho Han ortiqcha shovqin ko‘tarmasin, qizini ham jim yurishga majburlasin, isnoddan qo‘rqsin.
Tong otmoqda, uyqudagi malika Y/N esa hanuz chuqur uyquda yotar edi. Sochlari butun yostiqqa yoyilib, yuziga tolalari tushib qolgan. Qo‘llarining biri ko‘ksida, biri yonida edi.
Bir lahza Yoongi uning uxlayotganiga oshiq bo‘ldi, ammo bu haqiqiy uyqumi yoki dori ta’siri bilan bo‘lyaptimi — bilmasdi. Uyqu dorisi bilan uxlagan odamning farqi bo‘ladi, deb o‘yladi.
Nihoyat Y/N yotgan joyi qimir etdi, qiz ko‘zlarini ochib-yumib qo‘ydi. Nimadir bo‘layotganini tushunishga harakat qilardi. Uyg‘onish qiyin, ko‘zlari og‘irlashgan edi. Yodida faqat mototsikl haydagani va keyin o‘zini yomon his qilgani bor edi. Keyin asta-sekin tasvirlar jonlana boshladi:
Yoongi uni mashinasiga ko‘targani...
Qaergadir olib kelgani...
Begona uyga olib kirgani...
Yotoqqa yotqizgani...
Tasvirlar uzilib, yana paydo bo‘ldi:
Unga suv ichirgani...
Kiyimlarini echgani...
Yana qorong‘ulik...
Y/N ko‘zlarini keskin ochib yubordi. Uyg‘oq bo‘lib ketdi, vahima bilan boshini ko‘tardi. Ustidagi kiyim... o‘zi emas, begona kiyim edi. Qo‘rqinch bilan kiyimning egasini qidirdi — Yoongi bir kishilik divanda qo‘l qovushtirib o‘tirardi.
— Siz… — dedi Y/N tomog‘i achishib, ustidagi Yoongi’ning futbolkasini tortqilab. — Men bu yerda nima qilyapman? Kecha nimalar bo‘ldi?
U kiyim qanday qilib egniga kiygizilganini tushunmay qolgan edi.
Qo‘rqinchli yuzi bilan Yoongi javob berishga shoshilmadi.
— Eslo olmayapsanmi? — dedi u kinoya bilan. — O‘zingni mening qo‘limga tashlab yubording. Keyin seni shu yerga olib keldim. Keyin… ko‘p narsalar bo‘ldi. Eslamaganing yaxshi.
— Kimsiz o‘zi?.. — dedi Y/N og‘ir yutinib.
Ko‘z oldida bo‘layotganlarning birortasini hazm qila olmadi. Miyasida javoblar yo‘q edi. O‘ziga ham to‘liq kelib ulgurmagan.
Nahotki… nahotki u shunchalik oson ishonib qo‘ygandir?..
Agar, Yoongi tunda unga hushsiz holda nimadir qilgan bo‘lsa, unda aniq manyak! Va bu yerdan tezroq qochib ketishi kerak, keyin nima qilish kerakligini o‘ylab ko‘radi.
— Kimman?, — Yoongi o‘zini nari oldi, — Balki, otangdan so‘rarsan, u meni juda yaxshi taniydi.
Uning otasi bu yigitga nima qilishi mumkinligini tushunmadi. Faqat bir narsani angladi, yigit bekorga uning atrofida emasdi. Shunchaki chiroyli muomilalik kishilarga aldanish oson ekanini tushundi. Bu uydan tezroq chiqib ketishi kerak, Yoongining burgut ko‘zlari oldida uni battar qo‘rquv qamrab olmoqda.
— Menga nima qildingiz? Bu nima? Nega bu kiyimdaman?
O‘rnidan turishga shoshilmadi, kiyim kaltaligini biladi. Tursa ochiq sonlari shundoqqina ko‘rinadi.
— Kechasi yaxshi uxlay ol degandim, — mazax qildi Yoongi, — Axir kun issiq.
— Meni kim yechintirdi?!, — atroffga alangladi. Uyda undan boshqa erkak bo‘lsachi? Nahotki, bu uydan sog‘ chiqib keta olmaydi. Ont ichadi, endi hech qachon bunday chala o‘ylab ish qilmaydi. Hattoki, Yoongining ustidan hoziroq arz qilishni o‘yladi. Nahot, ota-onasi uni uyda yo‘qligini bilishmadi. Qidirishmadimi, vahima ko‘tarmadimi? Ha-ya! Telefoni!!!
— Telefonim qani?, — yigit uyg‘onganidan beri hali qaltis harakat qilmagani uchun mag‘rur so‘radi.
— Menda, — dedi Yoongi, — Keyinroq olasan.
— Qachon keyin? Men o‘zi nima qilyapman bu yerda? Maqsadingiz nima?
— Maqsadim sen, — u yana qiz tomoniga egilib, ko‘zlariga tik qaradi, — Ammo, hozircha istagan narsamga erisha olmadim. Kecha hushsiz yotganding. Uxlab yotgan qizni unday qila olmasdim. Manyak emasman, har holda.
— Shunga rahmat aytishim kerakmi?, — kesatdi Y/N o‘ziga ishora qilib, — Bu manyaklikka kirmaydimi?
— Quloq sol, men unaqa odam emasdim. O‘zimga yarasha sababi bor edi. To‘g‘ri kecha senga hech nima qilmadim. Qila olmadim, afsuski. Ammo, mening o‘rnimda boshqa erkak bo‘lganidachi? Bu uydan faqat o‘lik holda chiqarding! Agar chiqsang albatta. Omading bor ekan, mening qo‘limga tushgansan. Yo‘qsa, bilmadim seni bunday sodda va ishonuvchanliging allaqachon boshingga yetgan bo‘lar edimi?
— Nega bunday qilyapsiz? Men sizga nima qilganman? Rostdan ham kimsiz o‘zi?
— O‘rningda boshqa qiz bo‘lganida, shuncha savol berguncha allaqachon qochib ketardi. Qanaka kiyimda, qanday ahvolda farqi bo‘lmasdi. Baqirardi, yordam so‘rardi, qo‘lidan kelgan hamma ishni qilardi. Har holda senga o‘xshab o‘g‘irlab ketgan odamni so‘roq qilib o‘tirmasdi. Sen yo jinnisan, yo o‘ta aqllisan.
— Agar sizni manyak deb o‘ylaganimda men ham uyg‘onishim bilan qochishga harakat qilardim. Ammo, agar rostdan siz shunaqa ruhiy kasal bo‘lganingizda men hozir umuman tirik bo‘lmasdim. Ammo, men tirikman, sog‘man, bu yerda yotgandim, siz esa alohida shunchaki uyg‘onishimni kutib turgan edingiz. Sizga nimadir maqsadda kerak ekanimni tushundim, lekin nima ekanini bila olmayapman. Dadamni tilga oldingiz, dadam sizga nima qilgan?
— Demak, aqllisan!, — Yoongi javob berishdan ko‘ra o‘z taxminini aytishni ma’qul ko‘rdi.
— Men ketaman!
— Ket, — Yoongi uning yo‘lini ochib berdi, — Lekin keyin baribir o‘zing qaytib kelasan.
Y/N uning gaplariga parvo bermay kiyimlarini so‘radi. Yoongi qo‘shimcha xonani ko‘rsatdi. So‘ng istehzoli kulib o‘tirarkan, u kiyimini almashtirib chiqishini kutib o‘tirdi. Yigitni xavfli emas deb adashdi. Aslida haqiqiy xavf uni endi qarshi olishini bilmasdi. Kechagi kiyimlarini kiyib qaytib chiqqan Y/N telefonini so‘radi. Yigit telefonini qo‘liga tutqazganida tekshirib, faqat singlisidan qo‘ng‘iroq bo‘lganini ko‘rdi. Demak, ota-onasi uyda ekanini bilmaydi, singlisi esa kechasi bilan mijja qoqmagan ko‘rinadi. Agar hoziroq uyga yetib bormasa, Ahyeon aniq butun uyni oyoqqa qo‘yadi.
— Siz kimsiz, nimasisiz bilmadim, lekin meni tinch qo‘ying! Dadam sizni sog‘ qo‘ymaydi!
— Qo‘ysangchi?, — yigit kuldi, — Sendek qizning tahdid qilishi hech hayolimga kelmagandi. Men hozir nima desam shunga ko‘nishingni kutib turgandim.
— Men hazillashmayapman!
— Tsshh!, — qiz ovozini ko‘targani uchun uni jim qildi, — Men ham hazillashmayapman. Seni kim kiyimingni almashtirdi deb o‘ylaysan? Qomating juda chiroyli, ishon. Hattoki, men bee’tibor qoldira olmadim.
— Nima demoqchisiz?
Yoongi o‘zining telefonini chiqarib, rasmlar bo‘limiga kirdi va kecha olgan rasmlarini Y/Nga ko‘rsatdi. O‘zining deyarli kiyimsiz holatini ko‘rgan Y/N sal qolsa yana hushidan ketib qolardi.
— Maraz!, — kutilmaganda Yoongiga tarsaki tushirib, dedi, — O‘zingizni kimman deb o‘ylayapsiz? Nima qilmoqchisiz?
Yoongi uning qo‘lini orqasiga qayrib, o‘ziga tortdi va jiddiy ohangda dedi:
— Menga yana bir marta qo‘l ko‘tarsang, pushaymon qilaman! Ikkinchi meni hatto harorat qila olmay qolasan! Eshitdingmi? (Lekin oldinda Y/N hali ko‘p unga tarsaki tushiradi👋🤭)
— Qo‘yib yubor!, — Y/N uning changalida siltandi.
— Tinchlan, hali gapim tugamadi. Endi meni qoidalarim bilan davom etadi. Men nima desam, men qaerda istasam va men qanday istasam!
— Nimani istasangiz?, — dahshat bilan so‘radi Y/N.
— Seni, — dedi Yoongi.
— Nega meni istaysiz!, — dedi Y/N Yoongini tiniq fikrlarini loyqalantirib.
Yoongi uning ko‘zlariga chuqur tikilib javob izladi: — Bunisi muhim emas! Endi...