BLOOD LOVE
Telefonni yana qulog‘imga tutdim va past ovozda gapirdim:
— "Hozir uyda hech kim yo‘q. Jungkook kompaniyasiga ketdi, Y/N esa yotoqxonada. Qo‘riqchilar ham hozir sustroq. Agar hohlasang, hozir ayni vaqt."
Suga jim qoldi. U doim puxta o‘ylab reja tuzardi. Uning ovozi oxiri eshitildi:
— "Demak, Jungkookni ozgina qo‘rqitib qo‘yish vaqti keldi."
Men jilmaydim.
— "Qanday reja bor?"
— "Menga yaxshi jangchilar kerak emas. Shunchaki, tajribasiz, yollanma bir necha yigitni yuboraman. Ular hujum qilganday ko‘rinishadi, lekin maqsad – faqat vahima yaratish."
— "Jungkookni sarosimaga tushirish uchun?"
— "Ha. Uning aqli tiniq turibdi hozircha. Biz shuni buzishimiz kerak. Agar u o‘zini xavf ostida his qilsa, tezroq xatolar qiladi."
Men chuqur nafas oldim. Bu mukammal reja edi.
— "Qachon harakat boshlanadi?"
— "Bugun kechasi. O‘sha yollanma yigitlar uyingga bostirib kirishadi. Ular shunchaki bosqinchilarga o‘xshaydi. Hech kimga zarar yetmaydi, lekin Jungkookning sabr kosasi to‘lishiga oz qoldi."
Men kulimsiradim.
— "Mukammal. Demak, men shunchaki tomosha qilishim kerak?"
— "Ha. Kameralar endi bizda. Har bir harakatini kuzatamiz."
Men ko‘ksimni kerib o‘tirib oldim. Jungkook, o‘ylaganingdek kuchli emassan. Tez orada sendan hamma narsa tortib olinadi.
Telefonni o‘chirib, atrofga qaradim. Hammasi reja bo‘yicha ketayotgan edi. Endi faqat kutish kerak.
Jungkookning ofisida yana bir bor ko‘z yugurtirdim. Hali ham unga yaqin odamman, unga sadoqatli ekanman deb o‘ylaydi. Bu men uchun afzallik.
Biroq, bir narsa meni qiziqtirib qoldi.
Stol ustida kichik bir surat turardi. Y/N va Jungkookning portreti.
Uni qo‘limga oldim. Rasm orqasiga qaradim. "Bizning kunimiz" deb mayda yozuv tushirilgan edi.
Qoshlarimni chimirdim. Tug‘ilgan kunlari? Yo'q, balki nikoh sanasimi?
Barmog‘im bilan suratni ohista taqillatdim.
"Ehtimol, parol shu sanami?"
Boshimni ko‘tarib, devordagi kamera ekraniga qaradim. Endi bu tasvirlar Suganing qo‘lida. Barcha harakatni kuzatish mumkin.
Bu uy endi shunchaki Jungkookning himoyalangan joyi emas. Bu bizning o‘yin maydonimizga aylandi.
Yig‘ilgan hujjatlar orasidan yana bir nechtasini titkiladim. Jungkookga tegishli maxfiy ma’lumotlar shu ofisda bo‘lishi mumkin. Lekin ular qayerda?
Stol tortmalaridan birini ochdim. Ichida qulfga o‘xshash kichik metall quti bor edi. Parol kerak.
Shubhasiz, bu qutida muhim narsalar bor.
Quloq tutdim. Tashqarida jimlik. Y/N hali yotoqxonada.
Endi vaqtim bor. Bu qutini ochishim kerak.
Barmoqlarimni tirnab qo‘yib, past ovozda pichirlab qo‘ydim:
— "Keling, ko‘ramiz, Jungkook. O‘z sirlaringni menga ochasanmi yoki yo‘qmi?"
Qutini ochish uchun parolni sinab ko‘rishga qaror qildim. Jungkook bilan bog‘liq eng muhim sanalar qaysilar?
Birinchi urinish: "Jungkookning tug‘ilgan kuni."
— Xato.
Ikkinchi urinish: "Jungkook va Y/Nning nikoh sanasi."
— Xato.
Uchinchi urinish: "Y/Nning tug‘ilgan kuni."
— Xato.
Men chuqur nafas oldim. Uch marta noto‘g‘ri urindim. Yana bir marta xato qilsam, quti avtomatik ravishda qulflanib qolishi mumkin.
Shu payt, telefonim vibratsiya qildi. Past ovozda so‘kib, ekranga qaradim. Suga.
Tezda javob berdim.
— "Hamma narsa nazorat ostidami?" — so‘radi u darrov.
— "Ha, hozircha hech kim shubhalanmayapti."
— "Juda yaxshi." — Suga ovozida qoniqish bor edi. — "Hujum uchun odamlarim joylashtirildi. Bugun kechasi harakatni boshlaymiz."
Men jilmayib, quloqchinimni qulog‘imga mahkamroq qistirib oldim.
— "Bu shunchaki soxta hujum bo‘lishi kerak. Faqat Jungkookga bosim o‘tkazish uchun. Uni o‘ldirish shart emas."
— "Buni o‘zim ham bilaman, RM." — Suga yengil kuldi. — "U shunchaki ozgina vahimaga tushsin. Vaqti kelib, uni butunlay sindiramiz."
Men stolga suyanib, past ovozda pichirlab qo‘ydim:
— "Yaxshi. Hamma narsa rejaga ko‘ra ketadi."
Suga yana bir narsa aytmoqchi bo‘ldi, lekin men uning gapini bo‘ldim.
— "Hozircha gaplashib bo‘ldik. Meni hech kim ko‘rmasligi kerak."
Telefonni o‘chirib, joyimdan turdim. Endi bu qutini qanday ochishni o‘ylashim kerak.
Agar men noto‘g‘ri parol kiritsam va bu haqida Jungkook bilib qolsa… rejamiz barbod bo‘ladi.
Shuning uchun ehtiyot bo‘lish kerak.
Qutini yana stol tortmasiga qo‘yib, xuddi hech narsa bo‘lmagandek joyimdan turdim.
Bugun kechasi rejaning eng muhim qismi boshlanadi.
Jungkook tayyor bo‘lishi mumkin. Lekin biz undan har doim bir qadam oldindamiz.
Men kursiga yastanib o‘tirib, Suga odamlaridan ishora kutardim.
Ular hujumni boshlashlari bilan, men Jungkookni vahima bilan chaqirib, hammasini yanada real ko‘rsatishim kerak.
Hujum qilishni aniq vaqtida boshlashlari kerak!
Telefonimni mahkam ushladim va ekranga tikilib turdim. Har qanday daqiqada xabar kelishi mumkin.
Lekin bu orada, miyamda bitta savol aylanardi:
Jungkook bu qutiga qanday parol qo‘ygan bo‘lishi mumkin?
Men avval sinab ko‘rgan sanalar to‘g‘ri chiqmagan edi. Balki u boshqa narsa o‘ylagan?
Biror shaxsiy narsa?
Y/N bilan bog‘liq yana qanday muhim sanalar bor?
Men shubhalanib, yana qutiga qaradim. Lekin ayni paytda telefonim qattiq vibratsiya qildi!
"Boshladik!"
Suga odamlaridan xabar keldi!
Shu payt yuragim tez ura boshladi.
Bu degani— endi men harakat qilishim kerak!
Nafasimni rostlab, telefonimni tezda Jungkookga yo‘naltirdim va raqamni terdim.
U bir necha sekund ichida javob berdi.
— "Nima bo‘ldi?" — uning ovozi sokin edi. Hech narsadan shubhalanmagan.
Men vahimani iloji boricha real ko‘rsatishga harakat qildim.
— "Jungkook! UYGA KEL!"
— "Nima?" — u birdan hushyor tortdi.
— "Tashqarida g‘alati odamlar bor! Kamera orqali ko‘rib qoldim! Sen uyda bo‘lmaganingdan foydalanib, bir nimalar qilishmoqchi!"
Telefonning narigi tomonidan Jungkookning tishlarini g‘ijirlatgan ovozi keldi.
— "Kim ekanini bilasanmi?"
— "Yo‘q, lekin bu tasodif emas!" — dedim qattiqroq.
Bir necha soniya sukut saqlandi. Jungkook buni hazm qilayotgan edi.
Keyin esa uning o‘zgargan ovozi eshitildi:
— "Men hozir boraman."
Men telefonni o‘chirib, qon bosimim ko‘tarilgandek his qildim.
Endi faqat kutish kerak.
Jungkook uyga qaytadi… va bu "hujum" uni yanada shubhalanadigan, ehtiyotkor odamga aylantiradi.
Bu esa… rejani tezlashtirishimiz kerakligini anglatadi.
BLOOD LOVE
34-qism
RM POV
Telefonni qo‘yishim bilan darhol kompyuter ekraniga tikildim.
Jungkook yo‘lda.
Bu degani meni hali yana bir ish kutib turibdi.
Agar u kameralarni tekshirishni o‘ylasa-chi?
Birorta shubhali narsa ko‘rsa-chi?
Men tezda klaviaturani urib, kodni kiritdim. Suga menga barcha kameralar to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning kompyuteriga ulanib bo‘lganini aytgandi, lekin Jungkookning e’tiborini tortadigan joylarni o‘chirib tashlashim kerak edi.
Bu joylar qayer?
1. Ofis eshigi oldidagi kamera.
Men u yerdagi yozuvlarni ko‘rib chiqdim va bugun u yerga ikki marta kirganimni esladim.
2. Ofesning ichidagi kamera
U yerda Jungkook qaytib kelganida, kamaralarni shu yerdan tekshirishni boshlashi aniq.
3. Uy tashqarisidagi kamera, ayniqsa darvoza oldidagi.
Agar Suga odamlarining kelganini qayd qilsa—bu katta muammo bo‘ladi.
Tezda montaj dasturini ochdim va so‘nggi bir soat ichida yozilgan videolarni kesishga tushdim.
— "Bo‘ldi, shuni ham o‘chiramiz, shuni ham... Va tamom!"
Barcha muhim joylarni kesib, faqat normal ko‘rinadigan tasvirlarni qoldirdim.
Endi Jungkook qaytib kelganda hech narsadan shubhalanmaydi.
Suhbatimizga va "soxta hujum"ga ishonsa bas.
Hammasi joyida.
Kameralar tozalangan. Endi Jungkook kelib tekshirsa ham hech narsa topolmaydi.
Men chuqur nafas olib, telefonimni qo‘limga oldim va Suganing odamlaridan ishora kutdim.
Oradan bir necha daqiqa o‘tdi.
Keyin kameraga ko‘z tashladim.
Ular keldi.
To‘rt kishi. Qora kiyimda, qurollangan, yuzlari niqoblangan.
Rejaga ko‘ra, ular o‘qqa tutishmaydi, shunchaki uy atrofiga xavf solib, Jungkookni qo‘rqitishadi.
Men tezda Jungkookga telefon qildim.
— "Jungkook! Tez uyga qayt! Uyingga hujum qilishyapti!"
U darhol javob qaytardi.
— "Nima?! Kim?!"
Men vahimali ovozda gapirdim.
— "Bilmadim! Qurolli odamlar hovlida yuribdi! Shoshil! Y/N ham uyda!"
Jungkook hech narsa demasdan telefonni o‘chirib qo‘ydi.
Men esa kameraga qaradim.
Hamma narsa rejaga muvofiq ketmoqda.
Suga, hammasi senga bog‘liq.
Telefonni qo‘yib, kameralarni kuzatishda davom etdim. Suganing odamlari rejaga ko‘ra harakat qilishayotgan edi.
Ulardan biri hovliga yaqinlashib, mashinaga o‘q uzdi. Shundoq ham bo‘sh turgan avtomobilning oynalari chil-chil sindi, lekin bu ataylab qilingan edi—Jungkookni g‘azablantirish va vahimaga solish uchun.
Ikkinchisi eshikni tepib ko‘rdi, lekin ichkariga kirmadi.
Uchinchi va to‘rtinchisi hovlida harakatlanib, atrofni tekshirgandek ko‘rinishardi.
Men o‘zimni hozirgina uyg‘ongan odamdek qilib ko‘rsatish uchun nazoratchi xonasidan chiqib, yotoqxonaga yo‘l oldim. Agar Jungkook kelib, meni tekshirsa, hech qanday shubha tug‘dirmasligi kerak edi.
Lekin shunda telefonim titradi.
Suga: "Jungkook qayerda?"
Men tezda javob yozdim: "Yo‘lda. 5 daqiqadan so‘ng yetib keladi."
Suga tarafdan hech qanday javob kelmadi. Lekin men bilardim: u hammani joyiga qo‘yib, oxirgi zarbaga tayyorgarlik ko‘rayotgandi.
Hamma narsa mukammal ishlashi kerak.
Jungkook uyga qaytadi, hujumni ko‘radi, o‘z dushmanlari haqida yana bir bor o‘ylaydi va yanada ehtiyotkor bo‘lib, shubhalanmaydi.
Men kameraga qaradim. Suganing odamlari yana harakat boshlashdi.
Va… Jungkookning mashinasi darvozadan shiddat bilan kirdi.
Hammasi boshlanmoqda.
Jungkookning mashinasi katta tezlikda hovliga kirdi. U shubhasiz, g‘azablangan va tayyor edi.
Men kameradan kuzatib turdim. Suganing odamlari reja bo‘yicha harakat qilishardi.
Bir kishi mashinaning oldi oynasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘q uzdi, lekin ataylab noto‘g‘ri nishonga oldi—o‘q oynaning chetiga tegdi va shisha qattiq titradi.
Ikkinchisi Jungkookning chap tomoniga qarata o‘q uzdi, lekin o‘q erga tegdi.
Uchinchisi esa qo‘liga granata ushlab, mashina tomon yugurdi. U uni ishlatmoqchi emas edi—faqat Jungkookni vahimaga solish uchun.
Lekin… Jungkook ham har doimgidek beparvo va jasur emas edi.
Uning ko‘zlari vahimali ravishda o‘zgardi.
U tezlik bilan mashinadan sakrab tushdi va o‘zining qora to‘pponchasini chiqarib, oldidagi odamga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarata o‘q uzdi.
"Shuv!"
O‘q devorga borib tegdi. Jungkook dushmanlarini o‘ldirish niyatida emas edi—ularni haydab yuborish uchun ataylab noto‘g‘ri otgandi.
Lekin shu payt hujumchilar ortga chekindi.
"Jung, ehtiyot bo‘l!" — deb baqirdim men, unga yaqinlashib.
U esa ko‘zimga tik qarab, tishlarini g‘ijirlatdi.
"Kim edi bu?"
Men ich-ichimdan kulgim keldi, lekin yuzimga tashvishli ifoda berdim.
"Bilmayman. Men ham shokka tushdim, darrov seni chaqirdim!"
Jungkook bir zum jim turdi. U hali ham vaziyatni tushunishga harakat qilayotgandi.
Lekin baribir reja ish berdi.
Uning ichida yana shubha, yana g‘azab uyg‘ondi.
Bu faqat boshlanishi edi…
Hujumchilar ortga chekingach, Jimin darhol belidagi to‘pponchasini chiqardi va hech ikkilanmay ularning ortidan o‘q uzdi.
"Shuv! Shuv!"
O‘q tovushlari havoni yordi. Hujumchilardan biri deyarli yiqilib tushdi, lekin keyin tezda o‘zini tiklab, qora mashinaga otilib chiqdi.
Jimin esa bu bilan to‘xtab qolmadi. U o‘zining tezkorligi bilan mashinaning ortidan yugurib ketdi.
Lekin orqasidan qattiq qo‘l uni tutib oldi.
"To‘xta!"
Bu Jungkook edi.
Uning ovozi dag‘al va buyruq ohangida yangradi. Jimin g‘azab bilan unga o‘girildi.
"Nega?! Ularni ushlashimiz kerak!"
Jungkook tishlarini g‘ijirlatdi. "Ular shundoq ham qochib bo‘ldi. Hozir izma-iz quvish bizga hech qanday foyda bermaydi."
Jimin labini tishlab, jahldan mushtlarini tugib turdi.
"Agar men bir necha soniya oldin otganimda, ulardan bittasi hech bo‘lmaganda tirik qolardi!"
Jungkook unga yaqinroq kelib, sovuq ohangda gapirdi:
"Agar biz ularni hozir o‘ldirsak, keyingi safar kimni jo‘natishlarini bilmay qolamiz."
Jimin bir lahza o‘ylanib qoldi. Jungkook har doim hamma narsani hisob-kitob bilan qilardi.
U sekin nafas oldi va to‘pponchasini pastga tushirdi.
Jungkook uning yelkasiga qattiq qoqib qo‘ydi.
"Kel, ichkariga kiramiz."
Ular uy tomon yurisharkan, orqalarida hujumchilarning mashinasi allaqachon yo‘qolib ketayotgan edi…
JUNGKOOK POV
Uyga kirishim bilan yuragim g‘azab va qo‘rquvdan tez urayotganini his qildim. Y/N qayerda?!
Men qadamlarimni tezlatib, yotoqxona tomon yugurdim.
Eshikni ochishim bilan atrofga qaradim. Yotoqxona bo‘m-bo‘sh edi.
Ko‘zim darhol karavotga tushdi – yo‘q.
Balki hammomdadir? Yo‘q, u yer ham bo‘m-bo‘sh.
Mening yuragim gursillab urdi. Nahotki ular Y/Nni olib ketishgan?!
"Y/N!" – ovozim baland eshitildi, lekin javob yo‘q edi.
Men xonani bir necha soniya ichida aylanib chiqdim. U yo‘q edi.
Shunda… shkaf eshigi biroz qiya ochiq turganini sezdim.
Ehtiyotkorlik bilan oldinga yurdim va eshikni ochdim.
Y/N shkaf ichida titrab, boshini tizzalariga qo‘yib o‘tirardi.
Ko‘zlari qo‘rquvga to‘la, tanasi esa mayda titrashda edi.
Uni shunday holda ko‘rib, ichim bir sanchilib ketdi.
Men nafasimni rostlab, ehtiyotkorlik bilan tiz cho‘kdimu, past ovozda pichirlab yubordim:
"Y/N…"
U sekin boshini ko‘tardi va ko‘zlarimiz to‘qnashdi.
Uning nigohi ichimni titratib yubordi…