✧THE CURSED QUEEN✧
To‘satdan Y/N ko‘zini ochdi. U qirollik kutubxonasidagi divanda yotgan edi. Atrofida cho‘rilar, Jimin va Taehyung turganini ko‘rdi. U asta o‘rnidan turdi.
— Ahvoling yaxshimi? O‘zingni qanday his qilyapsan? — deb so‘radi Taehyung, uning yuzini ohista silab.
— Yaxshiman. Fikrimcha, charchaganim sababli hushimdan ketdim, — dedi Y/N boshini ushlab.
Taehyung zudlik bilan uni quchoqlab oldi.
— Sendan juda xavotirlandim, — dedi u mehr bilan.
Bu holatni ko‘rgan Jimin mushtini qattiq qismiqladi. Uning ko‘zida rashk chaqnab turardi.
— Shahzoda Taehyung, iltimos, malikaga bunchalik yaqin bo‘lmang. Siz hali bunga haqli emassiz, — dedi Jimin, ovozini iloji boricha sokin saqlagan holda.
Taehyung unga o‘tkir nigoh bilan qaradi.
— Men shahzodaman. Xohlagan ishni qilaman. Sen esa oddiy qo‘riqchisan. Vazifangni bajar, — dedi u jahl bilan.
Taehyungning gaplari Jiminni ranjitdi. U bir qadam oldinga chiqdi va Taehyungga tik qaradi.
— Men oddiy qo‘riqchi bo‘lishim mumkin, lekin men Malika Y/Nni himoya qilish uchun qasam ichganman. Kim bo‘lishingdan qat’i nazar, unga ortiqcha yaqinlashishga haqqing yo‘q! — dedi Jimin, ovozini balandlatib.
Taehyung kulimsiradi, lekin bu kulgi mehrli emasdi.
— Sen o‘zingni kim deb o‘ylayapsan? Men bo‘lajak qirolman! Y/N esa mening kelin bo‘lishim kerak! Sen esa... birgina xizmatkorsan! — dedi Taehyung, g‘azab bilan.
Jiminning rangi o‘chdi, ammo u orqaga chekinmadi.
— Qirol bo‘lishing mumkin, lekin yurakdagi hislarni buyruq bilan o‘zgartirib bo‘lmaydi! — dedi Jimin qat’iy ohangda.
Ularning orasidagi ziddiyat kuchayib borardi. Y/N esa jim o‘tirgancha ularni kuzatardi. U nimadir demoqchi bo‘ldi, ammo og‘zini ochishga ulgurmasidan, Taehyung yana gap boshladi.
— Menga qara, Jimin. Y/N mening bo'lajak rafiqam. Sen esa u bilan har kuni birga bo‘lishing, uni qo‘riqlashing bu menga yoqmaydi!
Jimin ko‘zlarini qisdi.
— Malika Y/Nni faqat tanasi emas, yuragi ham bor. Sen hali bu yurakka ega emassan. Men bo‘lsam, uni har kuni tushunishga harakat qilaman.
Bir zumga xona jim bo‘lib qoldi. Taehyung va Jimin bir-biriga qattiq tikilib turardi. Y/N esa ularni to‘xtatmoqchi edi, lekin yuragida nima deyishni bilmasdi.
Kutubxona ichida tarang sukut hukm surayotgan edi. Taehyung va Jimin bir-biriga tik qarab, so‘zsiz jangga tayyor turgandek edi.
Shu payt birdan kutubxona eshigi ochildi. Og‘ir, mag‘rur qadamlar ostida zamin yengil titradi. Ichkariga Y/Nning otasi qirol kirdi. Uning qaddi tik, yuzida qat’iylik bor edi. Ko‘zlarida esa chuqur xavotir sezilardi.
Uning ko‘rinishi bilan cho‘rilar ta’zim qildi. Y/N joyidan turmoqchi bo‘ldi, lekin qirol qo‘li bilan ishora qilib, o‘tirgan joyida qolishini aytdi.
Qirol atrofga nazar tashladi va Taehyung bilan Jimin o‘rtasidagi tarang holatni darhol ilg‘adi. Nigohi Jimin ustida to‘xtadi.
— Bu yerda nima bo‘layapti? — dedi u sovuq va jiddiy ohangda.
Jimin og‘ir nafas olib, bir qadam orqaga chekindi.
— Janob qirol... biz shunchaki... — deya gap boshlamoqchi edi, lekin Taehyung uni gapini bo‘lib yubordi.
— U menga hurmatsizlik qildi, janob! Men shahzodaman, ammo bu oddiy qo‘riqchi menga bu yerni tark etishni aytdi! — dedi Taehyung, g‘azab bilan.
Qirolning yuzi biroz jiddiylashdi, lekin u baribir xotirjam edi.
— Jimin, bu rostmi? — deb so‘radi u, endi qattiqroq ohangda.
Jimin boshini egdi.
— Men faqat malikani himoya qilmoqchi edim. Unga kim bo‘lishidan qat’i nazar, haddan oshishga yo‘l qo‘ymayman, — dedi u, to‘g‘ri gapni aytayotgan odamday.
Qirol bir necha soniya sukut saqladi. So‘ng Taehyungga yuzlandi.
— Taehyung, sen menga o‘g‘limdek azizsan. Bilasan, seni hurmat qilaman. Ammo bu yerda, bu devorlar ichida tartib bo‘lishi kerak. Sen hali Y/Nning eri emassan. Shuning uchun, bu masalada sabrli bo‘l.
Taehyung labini tishladi. Jimin esa hech narsa demadi. Faqat Y/N ularning orasida jim turgancha yuragi bilan kurashardi.
Qirol ohista yurib Y/Nning yoniga bordi va qizining yelkasiga qo‘lini qo‘ydi.
— Hammangiz chiqing. Faqat Y/N qoladi. Men qizim bilan yolg‘iz gaplashmoqchiman, dedi u qat’iy ohangda.
Hamma kutubxonani tark etdi. Qalin eshik yopildi-yu, xonada faqat Y/N va uning otasi qirol qoldi.
Qirol sekin qiziga yaqinlashdi. Uning yuzida endi g‘azab emas, ota mehr bilan to‘la nigoh bor edi.
— Qizim, ahvoling yaxshimi? — dedi u, ohangida xavotir sezilib. — Bosh cho‘ri menga birdan hushdan ketib qolganingni aytdi. Hammasi joyidami?
Y/N chuqur nafas olib, otasiga mehr bilan boqdi.
— Ha, ota. Men yaxshiman. Balki bu biroz qattiq charchoqdandir. Axir bo‘lajak qirolicha bo‘lish uchun juda ko‘p o‘qiyapman, — dedi u tabassum bilan.
Qirol uning so‘zlarini eshitib, quvonch bilan bosh qimirlatdi.
— Juda yaxshi, — dedi u. — Men sen bilan faxrlanaman, Y/N. Sen mas’uliyatni his qilyapsan, bu — haqiqiy qirolichaga xos fazilat.
U qizining yelkasiga qo‘lini qo‘ydi va sekin jilmaydi.
— Sening kuching bor. Sen bu qirollikka yorug‘lik olib kelasanki, bunga ishonaman.
Y/N jimgina boshini egdi. Ichida kichik bir og‘riq bo‘lsa-da, otasining so‘zlari unga tasalli berdi.
Bu orada, saroyning boshqa burchagida Rora va uning onasi yashirincha suhbatlashayotgan edi. Ular Y/Nni yo‘q qilish haqida reja tuzishayotgan edi.
— Ona, bu Y/N degan hira pashsha menga butunlay yoqmaydi! — dedi Rora jahli bilan. — Nega u qirolicha bo‘lishi kerak? Hattoki qo‘shni qirollik shahzodasi ham unga unashtirilmoqchi! Men sabr qilishdan charchadim. Uni tezroq yo‘q qilishimiz kerak!
Onasi muloyim, lekin xavfli tabassum bilan javob berdi:
— Menda bir reja bor. Biz Y/Nga jasmin gulidan damlama tayyorlatamiz.
Rora ajablandi.
— Jasmin guli? U xavfli emas-ku?
Onasi sekin bosh qimirlatdi.
— To‘g‘ri, oddiy jasmin guli xavfli emas. Ammo soxta jasmin, ya’ni Yellow Jasmine bor. U juda xavfli. Undan damlama tayyorlab ichilsa, odam nafas ololmay qoladi, falaj bo‘ladi, hattoki o‘lishi ham mumkin.
U kulib qo‘shib qo‘ydi:
— Kasal malika hech qachon qirolicha bo‘la olmaydi, shunday emasmi?
Rora onasining aytganlarini eshitib, quvona boshladi.
— Juda yaxshi! Lekin biz bu damlamani unga qanday ichiramiz?
Onasi asta javob berdi:
— Biz cho‘rilarga aytamiz: “Malikaning tobi yo‘q, unga damlama tayyorlanglar”, deb. Ular jasmin gulini olib damlama tayyorlashadi. Lekin biz yashirincha o‘sha oddiy jasmin gulini Yellow Jasminega almashtirib qo‘yamiz. Hech kim sezmaydi.
— Yaxshi reja! — dedi Rora. — Axir men ham eshitdim, Y/N oxirgi paytlar ko‘p hushidan ketayotgan emish. Bu hammaga o‘z-o‘zidan bo‘layotgandek tuyuladi!
Ikkisi kuldi. Ularning ko‘zida yovuzlik porlab turardi.
Y/N xonasida o‘tirgan, kitob o‘qiyotgan edi. Xona tinch, atrofda faqat varaqlanayotgan sahifalarning shivir-shiviri eshitilardi.
Birdan eshik ohista ochildi. Bosh cho‘ri kirib keldi. Uning qo‘lida kichik chinni idishda issiq damlama bor edi. U stulga yaqinlashdi va idishni stol ustiga qo‘ydi.
— Malikam, salomatligingiz uchun maxsus damlama tayyorlab keldim. Iltimos, ichib oling. Bu sizga albatta yordam beradi, — dedi bosh cho‘ri muloyim ohangda.
Y/N boshini ko‘tarmay, kitobga tikilgancha javob berdi:
— Men yaxshiman, menga damlama kerak emas.
Cho‘ri bir qadam yaqinroq kelib, yana iltimos qildi:
— Lekin malikam, iltimos... bu sizga kuch beradi.
Y/N bir zum o‘yladi. So‘ng asta boshini ko‘tardi va yengil nafas oldi.
— Mayli... stolimda qoldiring, keyin ichaman, — dedi u xotirjam ohangda.
— Sovub qolmasidan ichib oling, malikam, — dedi bosh cho‘ri, keyin ta’zim qilib xonani tark etdi.
Xona yana jim bo‘ldi. Y/N kitobni yana o‘qiy boshladi. Damlama esa sokin turganicha iliqligini yo‘qotmasdan, bexatar ichimlikdek ko‘rinardi.
Oradan bir necha daqiqa o‘tdi. Y/N sekin boshini ko‘tardi. Stol ustidagi damlama idishiga qaradi. So‘ng uni qo‘liga oldi. Uni lablariga yaqinlashtirdi...