𝐄𝐍𝐒𝐋𝐔𝐕
2-qism
Jungkook ofisining oynavand devorlari ortida ish bilan band edi. Uning qoshlariga biroz g‘amgin ohang tushgan, yuragi esa faqat bitta narsa haqida o‘ylardi – uyida, yolg‘iz qolgan Y/N haqida. Unga yana ukol qilishga majbur bo‘ldi, buni xohlamagan edi, lekin boshqa chorasi yo‘q edi.
Jungkook chuqur nafas olib, stoliga egildi. Shu payt eshik sekin ochildi va ichkariga kotibasi kirib keldi. Uning qadam tashlashi yengil, xushbo‘y atir hidi butun xona bo‘ylab tarqalib ketdi. U sekin Jungkookning yoniga keldi va ataylab engashib, uning oldiga hujjat qo‘ydi.
— Janob Jeon, mana bu hujjatlarni imzolashingiz kerak, — dedi u mayin ovozda.
Jungkook imzoga qo‘l cho‘zarkan, kotibasi ataylab qo‘li bilan uning qo‘liga yengil tegdi. Bu tasodif emasligini Jungkook darrov payqadi. U nigohini kotibasining ko‘zlariga qadadi. Uning yuzi jilmayish bilan to‘la edi, xuddi unga maxsus bir sir aytmoqchi bo‘lganday.
— Yana bir narsa bormi? — sovuq ohangda so‘radi Jungkook.
Kotibasi mayin kulib qo‘ydi va qoshlarini chimirdi.
— Juda charchagansiz, janob Jeon. Oxirgi paytlarda juda ham ko‘p ishlayapsiz… Dam olish haqida o‘ylamaysizmi?
Jungkook yengil xo‘rsindi, biroq uning ko‘zlarida hech qanday qiziqish yoki qiziqish nishonasi yo‘q edi.
— Ishlarim yetarlicha ko‘p, — dedi u. — Senga ham ayni shu narsa tegishli, shunday emasmi?
Kotibasi jilmayib, stulning orqasiga o‘tib, Jungkookning yoniga turdi. U ataylab yaqinroq kelib, o‘zini uning yonida ozgina egib turdi.
— Ish haqida gapirmaylik, janob Jeon… Hayot faqat ish uchun emas-ku…
U shunday degach, Jungkookning telefoniga ko‘zi tushdi. Ekranda faqat bitta narsa bor edi – Y/Nning rasmi. Kotibasi bir lahza to‘xtab qoldi, keyin esa yana o‘ziga kelib, jilmaydi.
— O, demak siz hali ham… o‘sha qiz bilanmisiz? — dedi u biroz istehzoli ohangda. — U juda ham baxtli bo‘lsa kerak…
Jungkook nigohini kotibasiga qadadi. Uning ko‘zlari sovuq edi, ammo past ohang bilan gapirganida, ovozida bir oz ogohlantirish ohangini his qilish mumkin edi.
— Y/N men uchun hamma narsadan muhim, — dedi u qat’iylik bilan. — Men uni hech kimga alishmayman.
Kotibasi kulib qo‘ydi, biroq bu kulgi ich-ichidan ranjish bilan to‘la edi. U yana bir bor Jungkookning yelkasiga engashdi.
— Siz shunchalar sodiq erkak ekaningizni bilmasdim…
Jungkook unga sovuq tikilib turardi. Nihoyat, u bir oz oldinga egildi va sokin, lekin aniqlik bilan so‘z qotdi.
— Ish joyida shaxsiy hayot haqida gaplashish shart emas, — dedi u. — O‘zingizni behuda charchatmang.
Kotibasi noiloj bosh irg‘adi. U Jungkookning javobidan mamnun emas edi, ammo ortiqcha gapirishga ham jur’at qilolmadi. U sekin burilib chiqib ketarkan, Jungkook yana telefoniga qaradi. Y/Nning surati hamon ekranda edi. U asta-sekin o‘zining barmoqlari bilan suratni siladi va chuqur nafas oldi.
— Men seni hech qachon tashlab ketmayman, Y/N… hech qachon…
Jungkook bir lahza o‘ylanib qoldi. Y/N hozir uyida, yolg‘iz edi. U borib, uni ko‘rishni xohladi. Lekin hozircha kutishiga to‘g‘ri kelardi…
Ammo ich-ichidan, uning yuragi hamon bezovta edi…
Jungkook ishdan uyga qaytayotganda, yo‘lda Y/N uchun yumshoq o‘yinchoq xarid qildi. Bu uning Y/Nni baxtli qilish usullaridan biri edi. U har doim unga sovg‘alar olib kelardi – goh gullar, goh kitoblar, goh esa shirinliklar. Lekin bu safar, u Y/Nning bolalarcha sof tabassumini yana ko‘rish umidida, eng yumshoq va katta quyoncha o‘yinchoqni oldi.
Uyga kirib kelganida, xona chiroqlar bilan bezatilgan edi. Har bir burchakda mayin nur taratib turgan chiroyli lampalar bor edi. Bu hammasi Y/N uchun edi.
Y/N yotoqda yotardi. U endi harakat qila olmasa ham, ko‘zlarida hali ham mehr bor edi. Jungkook uning yoniga o‘tirdi va qo‘liga o‘yinchoqni tutqazdi.
— Bu senga, Y/N, — dedi u mayin ovozda. — Bilaman, bunday narsalar seni hursand qiladi.
Y/N unga qaradi. Uning yuragida qorong‘u hislar girdob qilib kelardi. U endi Jungkookning niyatini tushunardi, lekin nimadir uni ushlab turardi.
— Nega bunday qilayapsan? — dedi u past ovozda.
Jungkook uning qo‘lini ushladi va qattiq siqdi.
— Chunki men seni sevaman, Y/N. Seni yo‘qotishni istamayman.
Y/N ko‘zlarida yosh bilan unga tikildi.
— Lekin men… men erkin bo‘lishni xohlayman, Jungkook…
Jungkook yuzidagi tabassumni yo‘qotmadi, lekin ko‘zlarida allaqanday og‘riq zohir bo‘ldi.
— Men seni hech qachon qo‘yib yubormayman… hech qachon.
U sekin Y/Nning peshonasidan o‘pdi va past ovozda pichirladi.
— Endi dam ol, men seni har doim himoya qilaman.
Y/N esa ich-ichidan umidsizlik his qildi…
Jungkook har doimgidek tong saharda uyg‘ondi. Yotog‘idan turib, yonida yotgan Y/Nga qaradi. U hali ham sokin edi, ko‘zlarini ochmagan. Jungkook asta-sekin unga yaqinlashib, peshonasidan o‘pdi.
— Xayerli tong, malikam, — dedi u mayin ovozda.
Xizmatkorlar allaqachon nonushta tayyorlab bo‘lishgan edi. Jungkook Y/Nni ehtiyotkorlik bilan kiyintirdi, unga eng qulay libosni tanladi. Keyin esa uni yotoqxonadan olib chiqib, pastga tushirdi.
Ularning kelishini oldindan bilganday, xizmatkorlar xonani shinam va chiroyli qilib bezab qo‘yishgan edi. Jungkook Y/Nni stulga o‘tqazdi va uning yoniga joylashdi.
— Bugun nonushta juda mazali bo‘lishiga aminman, — dedi u tabassum bilan.
U Y/Nni ovqatlantirishga tushdi. Har bir luqmani unga uzatayotganda, mayin hazillar qilardi.
— Bu yerda sening sevimli quymog‘ing bor… Yoki men o‘zim yeb qo‘ysam ham bo‘ladi? — dedi u ko‘zlarini yumshoq suzib.
Lekin Y/N hech qanday reaksiya bildirmadi. Uning ko‘zlarida ifodasizlik hukmron edi. Jungkook bir lahza to‘xtab, chuqur nafas oldi. U Y/Nni kuldirish uchun yana biror narsa aytmoqchi edi, lekin birdan eshik ochildi.
— Hey, Jungkook! — degan tanish ovoz eshitildi.
Jungkook boshi bilan eshik tomon o‘girildi va ko‘zlari kattalashdi.
Taehyung eshikdan kulib kirib keldi. U yelkasiga sumkasini osgan, biroz charchagan ko‘rinardi, lekin yuzida doimgidek xushchaqchaqlik bor edi.
— Aka! Sen qaytib keldingmi?! — dedi Jungkook o‘rnidan turib.
Taehyung ukasini mahkam quchoqladi.
— Ha, olti yildan keyin nihoyat qaytdim! O‘sha kuni seni chaqirishga ham ulgurmabman. Amerika juda band joy ekan, lekin endi shu yerdaman.
Jungkook unga mamnunlik bilan qaradi. Ammo Taehyung birdaniga Y/Nga ko‘zi tushdi. U biroz hayratlangan holda, uning qo‘llari va oyoqlari harakat qilmasligini payqadi.
Jungkook muloyim jilmayib qo‘ydi va Y/N tomon o‘girildi.
Taehyungning ko‘zlari kengayib ketdi.
— Nima?! Sen uylanganmisan?! Nega menga aytmading?
— Hamma narsa shoshilinch bo‘ldi, aka. Hali vaqt topolmadim.
Taehyung Y/Nga qaradi. U biroz hayratlangan holda, uning go‘zalligini payqadi.
— Xotining juda chiroyli ekan, Jungkook, — dedi u ochiqchasiga.
Jungkookning yuragi g‘ash bo‘ldi. U o‘z akasining nigohida bir lahza ortiqcha qiziqishni sezganday bo‘ldi. Ichida qandaydir rashk hissi uyg‘ondi, lekin buni yashirishga harakat qildi.
— Ha, u juda go‘zal, — dedi u qattiqroq ovozda. — Va u faqat meniki.
Taehyung uning ohangidagi keskinlikni sezdi, lekin buni e’tiborga olmadi.
— U… u yaxshi emasmi? — so‘radi Taehyung past ovozda.
Jungkookning yuzi jiddiylashdi, lekin ichidan biroz ikkilanib, javob berdi:
— U tug‘ma shunday, aka. Lekin men unga g‘amxo‘rlik qilaman, hamma narsani qilaman, faqat baxtli bo‘lishi uchun.
Taehyungning yuzi o‘zgarib, ko‘zlarida achinish paydo bo‘ldi.
— Bu juda og‘ir bo‘lsa kerak… Lekin sen yaxshi inson bo‘libsan, Jungkook. Unga g‘amxo‘rlik qilayotganingdan juda xursandman. Onamizning o‘limidan keyin sendagi psixapatik o‘zgarishlar meni tashfishga solgandi, hozir esa men seni tuzalib qolganiga ishonchim komil.
Jungkook mayin jilmaydi, lekin ichidan g‘alati his qildi.
— Ha, men uni doimo himoya qilaman…
Taehyung bosh irg‘adi va stulga o‘tirdi.
— Amerika haqida gapirsam… U yerda hayot juda tez o‘tadi. Ishlarim ham, hayotim ham juda band edi. Lekin… bilasanmi, men ham bir qizni sevib qoldim.
Jungkook uni diqqat bilan kuzatdi.
— U yerda bir qizni uchratdim, ismi Lia. U bilan juda yaxshi tushunishamiz. Balki u mening taqdirimdir… Lekin hozircha aniq bilmayman. Men faqat bir oyga Koreyaga keldim, keyin yana Amerikaga qaytishim kerak.
Jungkook uning gaplarini eshitib, biroz yengil tortganday bo‘ldi. Demak, Taehyung bu yerda uzoq qolmaydi.
— Xo‘sh, unda bu bir oyda sen bilan ko‘p narsa muhokama qilamiz, — dedi Jungkook jilmayib.
Jungkook soatga qaradi. Vaqt allaqachon o‘tib borayotgan edi. U o‘zining kundalik tartibini hech qachon buzmasdi, ayniqsa, bu Y/Nga tegishli bo‘lsa. U chuqur nafas oldi va Taehyungga o‘girildi.
— Aka, bu yerda kutib tur. Men birozdan keyin qaytaman, — dedi u qat’iy ohangda.
Taehyung biroz hayron bo‘ldi, lekin savol bermadi. U shunchaki bosh irg‘adi va joyida qoldi. Jungkook esa Y/N tomon yurdi. U endi butunlay harakatsiz bo‘lib qolgan qizga qarab, mayin jilmaydi.
— Malikam, seni biroz olib ketishim kerak, — dedi u yumshoq ovozda.
Y/N esa hech qanday javob qaytarmadi. U faqat chuqur nafas olib, ko‘zlarini yumdi. Jungkook asta-sekin uni qo‘liga oldi. Y/N tanasi butunlay bo‘shashib, og‘irlik kabi tuyulardi, ammo Jungkook uchun u doimo eng yengil va eng muhim inson edi.
Y/N lablarini qimirlatib, shivirlaganday bo‘ldi:
Jungkook to‘xtab qoldi. U qizning yuziga qarab, sekin bosh chayqadi. So‘ng barmoqlari bilan Y/Nning sochlarini silab, mayin ohangda gapirdi:
—Shhh, jim bo‘l. Hammasi yaxshi bo‘ladi, sevgilim.
U asta-sekin uni bag‘riga mahkam bosdi va yotoqxona tomon yo‘l oldi. U xonaga kirib, eshikni ohista yopdi. Ichkarida faqat u va Y/N qolgandi. Xonaga sokinlik cho‘kdi. Yaltiroq qandillar nuri pastga tushar, atrofni shinam va issiq muhitga aylantirardi.
Jungkook Y/Nni to‘shakka yotqizdi va uning yoniga tiz cho‘kdi. U qizning yuziga tikilib, barmoqlari bilan yonoqlarini siladi.
— Sen menikisan, Y/N. Hech kim va hech narsa seni mendan tortib ololmaydi, — dedi u past ovozda.
Y/N esa uning gaplarini eshitayotgan bo‘lsa ham, hech qanday javob bera olmadi. Ko‘zlari yumuq, nafas olish tezligi esa sekinlashgan edi. Jungkook asta-sekin stol tortmasini ochdi va ichidan kichik shprits oldi. Bu uning rejasining bir qismi edi. U hech qachon Y/Nni yo‘qotmoqchi emasdi.
— Shunchaki dam ol, malikam. Hech narsadan tashvishlanma, men hammasini hal qilaman, — dedi u sevgi bilan.