𝓦𝓲𝓽𝓱𝓲𝓷 𝔂𝓸𝓾 𝓵𝓲𝓮𝓼
— Mumkinmi?
Ishxonamdagi kabinetimdagi jigarrang eshigi tashqaridan taqillagach, zum o‘tmay Jimin bosh suqib qaradi, — Yoongi Min meni bezovta qilganim uchun ko‘zlari bilan yanchib tashlamaydimi?
Xolavachchamga olayib qarashim, uning gapi ahmoqona ekanini bildirdi.
— To‘g‘ri aytasan. Ishching emasman. Nega sendan qo‘rqishim kerak.
U javobimni kutmay qarshimdagi kursiga o‘tirdi.
— Prokurorning qo‘ng‘irog‘iga javob bermabsan!
Jonimga tegib ketgandan ovozini o‘chirib tashlangan telefonimni to‘zg‘ib yotgan stolim ustidan izladim, Jimin menga topishib yuborgach dedi, — Hayoting bir oydan beri tartibsiz, doim sarosimadasan. Balki, psixiatrdan ko‘rinarsan.
— Ahvolim joyida! — qo‘limdagi ruchkani g‘azab bilan tashlab dedim, — Sen nega kelding?
— Sendan xavotir olib keldim. Amakim do‘sting qo‘ng‘irog‘imga javob bermayapti dedi.
Uning amakisi hozirgina o‘zi aytgan prokuror kishi edi.
— Ishi yopilar ekan, shu rostmi?
U men zor bo‘lmagan achinish bilan tikildi ko‘zlarimga. Nigohimga dosh berolmay, darrov ko‘zini olib qochdi, — Nega doim odamga qahr bilan qaraysan.
— Qarashim shunday.
— Men og‘ir kuningda yoningda bo‘ladigan yaqining bo‘lishga harakat qilaman doim. Sen esa odamlardan yordam olishni umuman istamaysan. Hatto, mendan...
— Men, hatto familiyasi bilan cheksiz qudratga ega bobomizdan yordam olmayman, Jimin! — keskin uni bo‘ldim.
U ichidagilarni aytish-aytmaslikni o‘ylab tanaffus saqladi. Bu fe’l-atvorimga, hatto, u chiday olmasdi. Boshqalarga yo‘l bo‘lsin.
— Oyingni..., — orada tomoqqa qirdi, — Mina xolamning janozasiga bir oydan oshibdi. Qirqi qachon bo‘ladi?
Yuragimga nish sanchildi. Tushunarsiz og‘riq paydo bo‘ldi. Bu hislar erkak kishiga begona bo‘lishi kerak, ammo onaga kelganda har qanday erkak ojiz bo‘lib qoladi.
— Bobom janoza uch kun bo‘ladi dedi. Qolgan narsalarni qilishimiz shart emas ekan, onamning hurmati uch kun janoza tutganimiz yetar emish. Hadeb o‘lgan odamni bezovta qilganimiz qoladi. Kecha shunday dedi.
— Xafa bo‘lmagan-u, shu bobomizchi, — dedi u, — Juda qaysar chol.
— Buni tan olishdan iloj yo‘q.
— Xolam, uning qizi-ku, axir.
U oilamiz qoidalarini hech qachon tushuna olmasligi aniq. Jimin bilan farqimiz, u otasining uyida, otasining qoidalarida katta bo‘lgan. Men esa otam yo‘qligi sababli bobomning uyida, uning qoidalari bilan ulg‘aydim.
— Aynan shuning uchun onamni hadeb bezovta qilishimizga ruxsat bermas emish...
— Amakim ish yopilishini aytdi. Shu rostmi? Bo‘ldimi? Xolam o‘z joniga qasd qilgan bo‘lib qolaveradimi? Oying ham o‘ziga kela olayotgani yo‘q. Singlisining o‘limi onangni ham oldirib qo‘ydi. Nega o‘gay otangni yoqasidan olmayapsan?
— Nega uning yoqasidan olishim kerak? — onamning vafotidan yetti kun o‘tib, birga yashashgan uylarini butkul tark etgan o‘gay otamni eslamay qo‘ygandim, Jimin meni g‘alati ahvolga soldi, — Med-ekspertiza onam dori ichib o‘lganini aniq isbotlab berdi-ku.
Hali bir jumboqni yecha olmayotgandim: onamdek hayotni sevuvchi inson, qaysi arzimas sabab bilan o‘zini o‘zi o‘ldirishi mumkin edi!
— Men bilib bo‘lding deb o‘ylagandim, — u ichki cho‘ntagidan telefonini olib kavlay ketdi, bu dam men tobora sarosima girdobida qolar ekanman, telefondagi rasmni menga o‘girdi, — Uch kun avval bobong bilgan edi, senga o‘zi aytadi deb o‘ylagandim! Nega bobong ham hali hech narsa qilmayapti?
Jiminning telefonidan mening o‘gay otam, uning yonida go‘yo rafiqasiga o‘xshab turgan o‘rta yoshli ayol va ularni uchta yosh qizlar qurshab olingan surat edi. Surat aynan qanday bayramda olinganini bilmayman, orqa fonda menga bir oz tanish bo‘lgan restoran naqshlari aks etgan, ularning kiyimlaridan esa muhim kun ekanini bildiruvchi detallar bor edi. Ehtimol, tug‘ilgan kun bo‘lishi mumkin.
— Bu nima? Yunho amakim va mana bular kim?
Rasmga ko‘proq qarasam javobi o‘zidan chiqib keladigandek umidlandim. Hayotimda bunchalar ojiz bo‘lishni istamasdim, lekin hozir chin dildan ojizlanib qolgandim.
— Yunho amakining boshqa oilasi! Menimcha, haqiqiy oilasi! Bular esa uchta qizi va bu rafiqasi!
* * *
Yosh qizning orqasidan arvohdek izg‘ib yurganimga ikki haftadan oshdi. U har kuni uyidan nechchida chiqadi, qaerga boradi, kimlar bilan yuradi, yana nechchida uyga qaytadi — menga bu ma’lumotlarni o‘zimdan bo‘lak hech kim yaxshi yiqa olmasdi.
32 yoshimda o‘zimdan 13 yosh kichkina qizning orqasidan poylab yuraman deb o‘ylamasdim hech!
Menda qasos rejasi ikki hafta avval shakllangandan beri uyqum buzilgan, ongim esa tezroq shu ishni bitirishga undardi.
Onam hayotida ikki marta xato qilgan. Birinchisi otamni tanlagani, ikkinchisi anovi qizning otasini tanlagani bo‘lgan. Esimni taniganimdan beri biz bobomnikida yashaganmiz. Meni bo‘yim yetganida bobom boshqa viloyatdagi qat’iy tizimda o‘qitiladigan yopiq litseyga jo‘natib yubordi. U yerga ketganimda 16 yoshda edim, ko‘p o‘tmay onam menga shuncha yildan so‘ng qayta turmushga chiqish qarorini qabul qilganini ma’lum qildi.
Litseyni bitirishim bilan darrov uyga qaytdim, o‘gay otam bilan tanishgunimcha onamni obdon begona erkakdan qizg‘onib kelgandim. 18 yoshimda o‘gay ota mavzusini bazor hazm qilganman. U bilan tanishganimda mendagi iliq va yaxshi taassurotlar uyg‘otgani uchun, onamni baxtli bo‘lishga haqqi bor deya, uning iflos qo‘llariga oyimni topshirgandim! O‘zim topshirdim!
Nahotki onam u bilan 14 yil yashab, biror marta boshqa oilasi borligini sezmagan. Axir barcha dalillar to‘g‘ri kelayotgan edi. Bobom bu toyni ma’qullagach, meni o‘zi bilan olib qoldi, o‘ziga merosxo‘r qilib tayinlashini va endi onam o‘z oilasiga asos solishini ta’kidlagandi. Bobomning fikricha men voyaga yetganim tufayli onam mening yonimdagi onalik burchini ado etib bo‘lgan edi. Ular alohida yashash uchun boshqa uyga ko‘chib chiqishdi.
O‘gay dadam bobom ko‘p qiziqmasligimga majbur qilgani uchun qaerda va nima ish qilishini deyarli bilmasdim. U uzoq kunlarga juda ko‘p safarga ketardi. Bir ketsa 10–15 kun yo‘q bo‘lib ketar, yana kelsa huddi shuncha yashab yana yo‘qolib qolardi. Har gal oyim uni himoya qilib, u eng yaxshi er ekanini va ishi shunday uzoq vaqtga ketishini ta’kidlab, meni gumonlardan yiroq qilardi.
14 yil ko‘zimizni shamgalat qilib, ham u oilasida, ham bu oilasida yashagan ekan! Qoyil!
Keyinroq nima uchun onam farzandli bo‘lmayotganini o‘yladim, axir ular ham uzoq yil birga yashab qo‘yishgandi. O‘g‘il sifatida onamning bu qadar shaxsiy chegarasini buza olmadim va “onamga bitta o‘zim yetsam kerak” degan o‘y bilan yashadim.
Shu kuni ham Yunho Hanning eshigidan uzoqda o‘tirib, ko‘zim ularning och binafsha rang darvozasidan uzilmadi. Bir on bo‘lsa-da chalg‘ishga haqqim yo‘q. Uning qizi bilan qay holatda va qachon tanishishni hali miyamda pishitganim yo‘q. Menga avval ko‘p ma’lumot kerak.
Nega qasos olish qaroriga keldim o‘zi? Nima uchun aynan qizi orqali?
O‘sha kun Jimindan bu ma’lumotlarni qaerdan bilganini so‘radim, u shaharning boshqa burchagida pochchasini mana shu katta qizini o‘qishdan olib ketayotganini ko‘rganini va ortidan kuzatishga tushganini aytdi. Buni meni ahvolim joyida bo‘lgani uchun bobomga ko‘rsatgan, ammo bobom keyinroq menga aytish o‘rniga Jiminni ham jim yurishga majbur qilgan va o‘zi surishtirishini aytgan ekan.
Bobomdan hisob so‘rashdan avval onam va o‘sha kishi yashagan uyga bordim. Onam doim uyining qo‘shimcha kalitini mendan turishi foyda deb qo‘limga tutqazib qo‘ygan kundan buyon kalitni ilk marta foydalandim.
Onamning yotoqxonasiga kirishim bilan nimadir meni birinchi bo‘lib o‘sha yerdagi javonni ochishga undadi va u yerda Yunho Hanning boshqa oilasi bilan tushgan suratlari to‘lib ketgan edi. Rasmlar konvert orasidan chiqqanidan ma’lum ediki, kimdir bularni onamga atay jo‘natgan.
Ehtimol, onam shuning uchun tinchlantiruvchi dorini me’yoridan ortiq ichib yuborgandir... Uning saroblardagi 14 yili uchun, hatto bobom kuyinmadi. Meni kundan kunga g‘azabim ortib borardi.
Yunho Hanning o‘zi bilan yuzma-yuz ko‘rishganimda, u aybini inkor etmadi. Qayta ikki hafta avval bobomning uyiga kelganida menga shu gaplarni aytdi:
— Nima bo‘lsa ham, onang 14 yil baxtli yashadi. Uni biror marta baxtsiz qilmaganman, yo men sababli ko‘z yosh to‘kmagan. U o‘zini o‘ldiradigan darajada ojiz deb o‘ylamasdim. Nega shunchaki meni kutib turmadi, unga hammasini o‘zim tushuntirardim.
Ichim qaynab, o‘zimni boshqara olmay, unga musht tushirganimda bobom ushlab qoldi, yo‘qsa, o‘sha yerning o‘zida aniq o‘ldirib qo‘yardim.
— Yana bir erkak, xarob qildi oyimni, bobo!, — menga tinchlanishim kerakligini uqtirayotgan bobomga baqirdim, — Oyim uni deb o‘zini o‘zi o‘ldirib qo‘ygan! Tushunyapsizmi? Sizning qizingiz... U esa janozadan bir hafta o‘tib hech nima bo‘lmagandek narigi oilasiga qaytib ketyapti.
— U oilam azaldan bor edi, keyin ham bo‘ladi, — qonagan burnini mahkam qisib dedi, — Yagona haqiqat, Latifa bu turmushdan norozi emasdi.
Bobom nega meni to‘xtatgani va nima uchun o‘zi kuyoviga zarba bermaganini tushuna olmadim. Bobomda ham bir gap borday tuyulardi, ammo u inson yopiq qozonga aylantimi, bo‘ldi chiqarmaydi tashiga.
Modomiki, ular birorta qonun ham bunday ablahlik uchun chora ko‘rmaydi deb ishonishadimi, unda ular uchun qonun ham, jazo ham o‘zim bo‘laman!
* * *
Binafsharang zarhal darvozasi ochilib, men kutgan qiz chiqdi ko‘chaga. U nimadandir norozi qiyofada, oq tuflisini yerga tepingi. Ikki hafta ichida u haqida faqat zimdan narsalar bildim. Doim erta tongdan o‘qishiga ketadi, keyin uyga kelishdan avval albatta dugonalari bilan qaergadir boradi, keyin aqlli qiz bo‘lib uyga qaytadi. Shuncha uchrashuvlarning birida birorta yigit bilan ko‘rishmadi. Bir on hayratlandim, nega uning sevgani yo‘q ekaniga, chunki aslida kimdiri bor qizga o‘xshaydi. Qolaversa, mabodo yigit bo‘lmasa, bu men uchun ancha qulay edi. Qandaydir yosh yigitcha bilan ham o‘ralashib, yoqa-musht bo‘lib yurishga hozir toqatim yetmaydi.
Yana ba’zida esa, qasos olgach ko‘nglim chindan joyiga tushadimi degan o‘y meni bezovta qila boshladi. Qasos ahvolini battar qilsa-chi? Ammo, Yunho Hanning mamnun qiyofasi, o‘z ishidan hech afsuslanmagani va onamning nomunosib o‘limi har yodimga kelganida, bu ishni bajarishim shart deb olga qadam bosaverardim.
Otasi — Yunho Handan qasos olish uchun, qizi eng zo‘r variant! Bu haqiqiy jazo bo‘ladi.
Qiz o‘qishiga bordi, bir dunyo qizlar va o‘qituvchisi bilan o‘zlarining o‘quv binosidan qaytib chiqishdi. Ular taksi ushlashgani mening foydamga ishladi. Aynan talabalar uchun bo‘lib o‘tadigan konferensiya zaliga borishdi. Uni kuzatib yurganimdan beri uchinchi marta o‘qish tarafida qaergadir borishi edi. Aftidan a’lochi talabaga o‘xshaydi. Mashinamni bir chetga qo‘yib, men ham konferensiya bo‘layotgan bino ichiga kirdim. Zerikarli o‘tgan ikki soatdan so‘ng ular tashqariga chiqishdi. To bir dunyo qiz soy bo‘yiga borib, o‘sha yerda mashmasha chiqarib qaytguncha men ham piyoda ergashdim ularga. Soy bo‘yining bu tarafida quloqsiz qizliklarini kuzatib turardim, ulardan biri panjaraga osilganida aynan men kuzatib yurgan qiz o‘zini yo‘qotib qo‘ymay uni ushlab qoldi. Pastda suv shiddat bilan oqardi, kanal oralig‘i juda katta. Mabodo tushib ketishsa ham, ularni qutqarish uchun o‘zimni tashlaganim bilan ular allaqachon oqib ketishardi. Mümkin bo‘lmagan joyga, taqiqlab turganida ham kirib, suv to‘lib oqayotgan soyning panjarasiga osilish uchun odam shu darajada jinni va jonidan to‘ygan bo‘lishi kerak!!!
Ularni qutqarib olishgach, ko‘nglim xotirjam bo‘lib orqama qaytdim. Bugungi kuzatuvlarimni to‘xtatib, uyga qaytib ketish uchun mashinamni tashlab ketgan joyimga piyoda bordim. Telefonim mashina ichida qolgan, unga esa 55 marta qo‘ng‘iroq bo‘lgan. Ey, Xudo! Bu qiz ham aniq aqlidan ozgan. Ko‘pincha bir yil avval unashtirilganim esimdan chiqib qolaveradi. To‘y bobomning taklifi bilan bo‘lishi kerak. Menga qolsa, hali beri oila haqida o‘ylamasam edi. Qaytib chiqmasimdan Lianing o‘zi qo‘ng‘iroq qildi. Hozir olishim bilan o‘zining uzun-monolog yig‘lamsiragan ayollarga xos gapi boshlaydi.
— Alo?, — telefonni mashinadagi auxga ulab, mashinani o‘t oldirdim.
— Sizga rossa qo‘ng‘iroq qildim, Yoongi! Qaerdasiz?
— Senga hisob berishim kerakmi?, — asablarim qaqshab alamimni undan olmaslik uchun tinchlanishga urindim, — Olmadimmi, demak, bandman! Juda band bo‘laman! 55 ta marta ham qilasanmi?
— Sizga bu to‘yni o‘zi umuman qizig‘i bormi?
Yo‘q. Menga hozir to‘y umuman qiziq emas!
— Nima bo‘ldi?
— Ikki oydan keyin to‘yimiz esingizda bo‘lsa, siz esa doim ishxonangizdan beri chiqmayapsiz.
— Men senga erkaliklaringni ko‘taraman deb va’da bermaganman!
— Bilaman, onangizning vafoti sizga qattiq ta’sir qildi, lekin hayot to‘xtab qolmadi, Yoongi.
— Aqillilik qilish uchun qo‘ng‘iroq qildingmi?, — istamasam-da ovozim balandladi, — O‘lgan katta xolamning ammasining qizi emas! Bu mening onam! Ahvolim yomon ekanini bilarkan-san, nega hadeb asabimni buzasan!
Uyga qaytganimda allaqachon kech tushibdi. Hovliga kirishim bilan bog‘dagi basseyn yonida joylashgan o‘rindiqda sharpa ko‘rindi. Bobom elkali va keng kishi ekani inobatga olinsin, bu ozg‘in sharpa Jiminniki bo‘lishi kerak. U doim bobomning uyidagi muzlatkichdan topiladigan salqin ichimlikni qultillatib ichib o‘tirgan ekan. Meni ilg‘ashi bilan, bir qo‘zgalib oldi:
— Namuncha kech kelyapsan? Seni uch soatdan beri kutaman. Bobom: “kelib qoladi, o‘tiraver”, dedi. Keyin u bilasanmi, nima deb kuldi?
Ovoz chiqarmay, faqat qoshimni ko‘tarib, "Nima" degandek qaradim.
— Kindigingiz birmi?, — dedi u kulib ichimlikdan menga ham uzatdi, — Ichasanmi?
Hafsasiz qo‘lidan muzdek idishni qabul qilib, yoniga o‘tirdim. Keyin, jimgina hovuzdagi ko‘m ko‘k suvning jimirlashiga tikilib turdim. Hayollarim boshqa joyda edi.
— Lia bobomga shikoyat qilibdi, — kutilmaganda ma’lum qildi Jimin, — Nega uni hadeb hafa qilyapsan?
— Ey, Xudo!, — xo‘rsindim, — Shikoyat qilishga ham ulguribdimi?
— Ikki oydan keyin to‘yingiz, nimani bolisha olmayapsizlar?
— Odamni hozircha bezor qiladi, Jimin! 88 marta qo‘ng‘iroq qiladi bir kunda. Aytadigan gapining tayi yo‘q. Erkaligining chek-chegarasi yo‘q. Haliyam chiday olmayman, u bilan bir umr qanday yashayman?
— Shuning uchun tezroq o‘zing qiz topib uylanishing kerak edi, — Jimin menga umuman parvo qilmay yana ichimlikdan ichishga tushib ketdi, — Ana endi, bobom aytganiga uylanasan.
Jimin mendan to‘rt yosh kichik bo‘lsa-da va tez orada o‘zining boshiga shu kunlar tushishini bilmay og‘iz to‘ldirib gapirdi. Nima derdim, u bilan o‘sha vaqti gaplashaman.
— Umuman olganda, 32 yosh degani yomon emas, — dedim, — Qolaversa, men 30 yoshdan o‘tganim bilinmaydi.
— Bu haqiqat, — dedi u, — Lekin, yoshing o‘tib borayotganini inkor eta olmaysan.
Shuncha odam jig‘imga tegishi yetmagandek uniki ham asabimni buzib chuqur nafas oldim.
— Nega bugun Liani hafa qilding, shunday qilib?, — yana eski savolga qaytdi.
— Bitta gapni o‘n marta takrorlaymi? Odamni mana shu yeriga keldi!, — tomo‘g‘imni ko‘rsatdim, — Bugun o‘zi arazlab oldi. Vaqtim bo‘lsa, habar olaman, qo‘ng‘iroq qilaman, o‘sha jin urgur to‘yga tayyorgarlik ko‘ramiz. Ish bilan band vaqtim osmonga vaqt ajratamanmi unga?
— Ayollar shunday. Ular ko‘p e’tibor xohlashadi.
— Faqat men unga moslashib yashashim kerakmi? U ham menga moslashsin! Meni menga kerak bo‘lmagan vaqt bezovta qilmasin, o‘zim xohlagan narsasini beraman keyin.
— Xullas, hozirdan kelisha olmasangizlar, to‘yni bo‘lmagani yaxshi.
— Shuni bobomga tushuntirishib yubor. Meni gapiraverib og‘zim og‘rib ketgan.
Jimin indamay qolganidan foydalanib, endi bog‘dagi daraxtlarga qaradim. U ham bobomizga tishi o‘tmasligini bilib turibdi. Minlarning autoritetiga hech kimning gapi o‘tmaydi.
— Sen kimnidir kuzatib yuribsanmi?, — deb so‘radi u birdan.
— Qayerdan bilding?
Jimin ikki daqiqaga menga tikilib sukut saqladi. Shunda u shunchaki taxminan so‘raganini tushundim. O‘zimni o‘zim sotib qo‘yibman.
— Chindan kimnidir kuzatib yuribsanmi?, — endi ovozini pastlab ichkariga bir qarab oldi, — Yoongi?
— Nega bu taxminga kelding?, — undan ko‘zimni olib qochib gapni aylantirdim.
— Ishxonaga bormay qo‘yg‘aningdan. Bir-bir habar olishga borib, qolgan ishni yordamchingga tashlab ketayotgan ekansan.
— Men qasos olmoqchiman, — tan oldim oxiri, — Onam uchun. To, olmagunimcha tinchlana olmayapman. O‘sha iflos Yunhoning mulzam yuzini ko‘rgim kelyapti. U menga "Qizimni tinch qo‘y" deb yolvorishini xohlayman.