✧THE CURSED QUEEN✧
Men kelajakdagi qirolicha
Men Y/N. Qirollik taxtining yagona vorisiman. Hammaning aytishicha, bir kun kelib eng kuchli hukmdorga aylanishim kerak. Ular bunga ishonadi.
Lekin hozir men atigi 17 yoshli oddiy bir qizman.
Ota-onam qirol va qirolicha meni kichkinaligimdan qat’iy tartibda tarbiyalashgan. "Har bir so‘zing va har bir qadaming xalq uchun muhim", deyishgan. Otam esa: "Hukmdor yuraksiz bo‘lishi shart emas, lekin yuragingni ehtiyot qil", derdi.
Ammo yurak ba’zida hech narsaga quloq solmaydi. Ayniqsa, tunlarda.
So‘nggi oylarda tushlarimda bir yigitni ko‘raman. Har kecha u tushimda paydo bo‘ladi. Yuzi tanish emas, lekin yuragim uni biladigandek. U baland bo‘yli, ko‘zlari esa juda chuqur va jiddiy. U jilmayganda yuragim tez ura boshlaydi. So‘z demaydi, lekin qarashlarida nimadir bor go‘yo menga nimanidir aytmoqchi.
Ba’zida uyg‘onib ketganimda ham, uning nafasi yonoqlarimda qolgandek tuyuladi. Go‘yo u oddiy odam emas, boshqa dunyodan kelgandek.
Hamma joyda g‘alati, binafsha rangdagi gullar o‘sib yotardi. Atrof tinch, lekin nimadir g‘ayrioddiy edi. Men guldan birini uzmoqchi bo‘ldim. Shunda kimdir qo'limdan ushlab qoldi.
— Mening aconitam... bu gul xavfli, ehtiyot bo‘l, — dedi u.
Men asta yuzimni unga burdim va ongsiz ravishta, qo‘llarimni uning yuziga uzatdim. Uning yonoqlari yumshoq, iliq va silliq edi.
— Sen kimsan? Nega doim tushlarimda ko‘rinasan? Nega seni ko‘rganimda yuragim seni tomonga intiladi? — dedim hayron bo‘lib.
U qo‘limni sekin yuzidan oldi va jilmaydi.
— Sen mening hamma narsamsan. Men esa sening... — dedi sochlarimni silab.
— Bu nimani anglatadi? — dedim unga to‘g‘ri qarab.
U sekin orqaga chekina boshladi.
— Uyg‘onish vaqti bo‘ldi, aconite... ajralish vaqti, — dedi u.
Men oldinga yurmoqchi bo‘ldim, lekin oyoqlarim qimirlamadi.
— Iltimos, yo‘q! Menga juda ko‘p savollar bor! Meni yolg‘iz qoldirma! — dedim yig‘lagudek bo‘lib.
Lekin ko‘zlarimni ochganimda, karavotim yonida xizmatkorlarni ko‘rdim.
— Malikam, hammasi joyidami? Biror narsa kerakmi? — dedi bosh xizmatkorim.
— Yo‘q... faqat yomon tush ko‘rgandekman, shekilli, — dedim va sekin o‘rnidan turdim.
Xizmatkorlar tezda kiyimlarimni olib kelishdi va menga kiyinishga yordam berishdi. Tayyor bo‘lgach, saroyning uzun yo‘laklari bo‘ylab yurishni boshladim. Ortimdan taxminan o‘n nafar xizmatkor va to‘rtta soqchi ergashardi. Ular orasida asosiy qo‘riqchim — Jimin ham bor edi.
Men hech qachon yolg‘iz yurmaganman. Aslida, bunga harakat qilib ko‘rganman. Bir kuni ulardan yashirincha qochib yugurganman. Hatto yashirinib olganimda ham, baribir meni topishgan.
O‘sha paytlar men juda yosh, balki biroz tentakroq malika edim. Ammo rostini aytsam, hozir ham unchalik o‘zgarganim yo‘q. Hali ham ba'zida xizmatkorlarim va qo‘riqchilarimga muammo keltiraman. Har doim ham qoidalarga bo‘ysunishni yoqtirmayman.
Men qirollik bog‘iga qarab yurganimda, to‘satdan darvoza ochilib, u yerdan qo‘shni qirollik shahzodasi Taehyung kirib kelayotganini ko‘rdim. Hayratdan to‘xtab qoldim. U deyarli besh yildan beri bu yerga kelmagan edi.
Biz bolaligimizda birga o‘ynardik. U mening eng yaqin do‘stim bo‘lgan. Ko‘ylagim etagini ko‘tarib, unga qarab yugurib ketdim. Saroy xizmatchilari hayron bo‘lib, ortimdan yugurishdi.
Men Taehyungning oldiga yetganimda, u otdan tushdi va qirollik odobiga ko‘ra salom berdi.
— Hoy, bas qil! Biz begona emasmiz-ku, to‘g‘rimi? Nega kelmay qo‘yganding? — dedim jilmayib.
U kuldi. Bosh xizmatkorim esa qulog‘imga asta pichirladi:
— Malikam, axir u shahzoda. Iltimos, ehtirom ko‘rsating.
Taehyung menga bir qadam yaqinlashdi. Shu payt Jimin mening qo‘riqchim bizga tikilib turardi. Ko‘zlarida nimadir yonardi, lekin men tushunmadim bu nima edi.
— Sen hali ham o‘zgarmabsan. Lekin tan olishim kerak juda go‘zalsan... — dedi Taehyung.
Birdan orqadan qadam tovushlari eshitildi. Men ortimga qaradim — otam, qirol, biz tomonga kelayotgan edi. U har doimgidek salobatli, jiddiy va sokin yurardi.
Tezda xizmatkorlarim va soqchilarim unga ta’zim qilishdi. Taehyung ham otamga ehtirom bilan bosh egdi.
— Xush kelibsiz, shahzoda Taehyung. Tashrifingizni anchadan beri kutayotgan edim, — dedi otam chuqur, jiddiy ovozda.
Taehyung muloyim jilmaydi:
— Men uchun bu katta sharaf, oliy hazratlari.
Otam qisqagina jilmayib, menga qaradi.
— Qizim, bu sening bo‘lajak ering. Hali biz birga buyuk qirollikka aylanamiz, — dedi u, go‘yo bu oddiy bir yangilikdek, beparvo ohangda.
— N-nima?! — dedim hayrat va biroz vahima bilan.
Men jim turdim. Otamga qarshi chiqishga jur’atim yetmasdi axir u qirol. Uning oldida so‘z qaytarmaslikka o‘rgatilganman.
Otam xizmatkorlarga qarab buyruq berdi:
— Shahzoda Taehyungga xonasini ko‘rsating va unga barcha qulayliklar ta’minlanganiga ishonch hosil qiling.
Taehyung muloyim jilmaydi:
— Janobi oliylari, hammasi uchun rahmat, — dedi u otamga hurmat bilan.
U xizmatkorlar ortidan yura boshladi. Ammo ketishidan oldin menga qaradi va sekin pichirladi:
— Keyinroq ko‘rishguncha, malikam.
So‘ng orqasiga o‘girilmasdan ketdi.
Otam ham bir so‘z demasdan orqasiga qaytdi. Men esa joyimda qotib qoldim. Nima qilishni, nima deyishni bilmasdim.
— Malikam, nimadir bo‘ldimi? — dedi cho‘rilarimdan biri.
Men boshimni chayqadim va saroyga qarab yura boshladim. Jimin, cho‘rilarim va boshqa qo‘riqchilarim ortimdan jim ergashdi.
Saroy ichkarisiga kirib, kutubxona tomon yurgan paytim oldimdan Rora chiqdi — otamning kanizaklaridan biri tug‘ib bergan singlim. U mendan bir yosh kichik. Rora onasiga o‘xshab boylik va taxtga juda o‘ch. Hatto ba’zida o‘ylab qolaman: agar men o‘lsam, u qirollikni egallashga tayyor bo‘lardi.
Otamning onamdan boshqa yana uchta kanizagi bor, ammo ularning hech biri o‘g‘il farzand ko‘rmagan.
Rora yonida bir cho‘risi va bir qo‘riqchisi bilan menga yaqinlashdi. U qarshimda to‘xtadi va jilmayib so‘radi:
— Qayerga ketyapsiz, opajon?
Men to‘xtadim.
— Rora? Bu yerda nima qilyapsan? Qirollik darslarida bo‘lishing kerak edi-ku? — dedim ishonch bilan.
Uning jilmayishi birdan so‘ndi, lekin baribir gap qaytardi:
— Opajonginam, bu darslarsiz ham men ideal malika bo‘la olaman. Balki... qirolicha ham.
Shu payt Jimin jiddiy ovozda aralashdi:
— Malika Rora, bo‘lajak qirolichaga bunday gapira olmaysiz. Iltimos, hurmatingizni saqlang.
Men Roraning ko‘zlariga tikildim va jilmaydim:
— Kechirasan, Rora, lekin qirolicha bo‘lish imkoniyating... nolga teng.
So‘ng oldinga yurishda davom etdim va uning oldidan yurib o‘tib ketdim.