𝐄𝐍𝐒𝐋𝐔𝐕
Y/N kun bo‘yi deraza oldida o‘tirardi. U hech qachon bu uyda bo‘lishni xohlamagan. Lekin taqdir uni ota-onasining irodasiga bo‘ysundirdi. Jungkook - beg‘ubor qiyofali, lekin sirli va sovuq erkak uning eri edi.
Y/N tabiiy go‘zalligi bilan barchani hayratga soladigan qiz edi. Uning jozibasi hammani o‘ziga tortardi, lekin u hech qachon ota-onasidan mehr olmagan. U yolg‘izlikda ulg‘aygan, va shu sababli, muhabbat qanday bo‘lishini tushunishga qiynalardi. Ammo Jungkook... U Y/Nni chin dildan sevardi, shunchalik qattiq sevardiki, uni butunlay o‘ziga qaram qilishni istardi.
Boshida hammasi odatiy tuyuldi. Jungkook unga har doim iltifotlar qilib, atrofida aylanardi, lekin shu bilan birga, uning hayotini butunlay nazorat qilishga intilayotgani sezilarli edi. U qayerga borishini, kim bilan gaplashishini, nima kiyishini – hammasini boshqarardi. Y/N bu cheklovlarni qabul qilgisi kelmasdi, ammo rad etishga jur’at topa olmasdi.
Vaqt o‘tgan sari, bu nazorat yanada kuchaya boshladi. Jungkook unga turli dorilar ichirishni boshladi – avvaliga oddiy vitaminlar deb o‘ylagan Y/N asta-sekin tanasining unga bo‘ysunmay qolayotganini sezdi. Dastlab, bu charchoq deb o‘yladi, lekin asta-sekin oyoqlari og‘irlashdi, qo‘llari sustlashdi, va nihoyat, yurish ham qiyinlasha boshladi. Allaqachon falaj bo‘lishni boshlagan edi.
Jungkook esa unga juda mehribon edi. U Y/Nning istagan narsasini oldirib berardi, xizmatkorlarga har qanday injiqligini bajarishni buyurardi. Uni quchoqlab ovutardi, ovqatlantirardi, hatto kiydirardi ham. Ammo bu mehr ortida g‘alati bir tuyg‘u bor edi. Bu oddiy muhabbat emasdi, bu ehtirosli himoya emasdi – bu Y/Nning butunlay unga qaram bo‘lishini xohlagan insonning g‘alati ehtiyoji edi.
Y/N hech narsani ochiq ayta olmasdi. Uning fikrlashi ham sustlashib borardi. Kunlar bir xil kechardi. Faqat bir kuni, u tasodifan Jungkookning seyfini topib qoldi. Ichida bir nechta dorilar bor edi. Shishalardagi yozuvlar Y/Nni dahshatga soldi. Unga berilayotgan moddalarning ba’zilari insonni jismonan zaiflashtiradigan va harakatsiz holatga tushiradigan dorilar edi.
U qochishga harakat qildi. Ammo tanasi unga bo‘ysunmasdi. Uning yagona umidi - Jungkookning ko‘zlariga qarash va haqiqatni bilish edi.
Nega bunday qilayapsan? - Y/N xirillagan ovozda so‘radi.
Jungkook uning yuziga ohista tegdi, ko‘zlarida esa g‘am bor edi.
Chunki men seni yo‘qotishni istamayman, - dedi u. – Agar sen menga muhtoj bo‘lsang, ketolmaysan…
Bu so‘zlar Y/Nni larzaga soldi. Bu muhabbatmi yoki shafqatsizlik? Uning oldida tanlov yo‘q edi…
Ertalab quyosh nurlari xona ichiga tushganida, Jungkook Y/Nning yonida o‘tirib, uni muloyimlik bilan uyg‘otdi. U nonushta tayyorlab qo‘ygan edi va odatdagidek, Y/Nni o‘zi ovqatlantirdi. Y/N qarshilik qilishni istasa ham, tanasi unga bo‘ysunmasdi, shu sababli jim qoldi.
Jungkook stol ustiga yana bir bor shisha dori qo‘ydi. Y/N uning ichida nima borligini endi yaxshi bilardi. Yuragi tez urdi, qo‘rquv tanasini qamrab oldi.
Bu senga o‘zingni yaxshi his qilishingga yordam beradi, - dedi Jungkook yumshoq ovozda.
Y/N boshini chayqadi, qarshilik qilishga harakat qildi.
Men buni ichmayman, - dedi u zaif ovozda.
Jungkook chuqur xo‘rsindi. Uning ko‘zlarida g‘am va tushkunlik bor edi. U Y/Nga ozor bermoqchi emasdi, lekin undan ham ko‘ra ko‘proq narsa xohlardi – Y/Nning faqat unga tegishli bo‘lishini.
Sen buni tushunmaysan, - dedi u ohangdor ovozda. – Men seni himoya qilmoqchiman. Seni hech kim mendan tortib ololmaydi…
Y/N beixtiyor orqaga tislandi, lekin tanasi unga itoat etmasdi. Jungkook unga yaqinlashdi va dori shishasini ushlab, yumshoq ohangda so‘zladi:
Y/N esa og‘zini mahkam yopib oldi, boshini orqaga tortdi. U hech qachon bunga rozi bo‘lmasdi. Nafasi tezlashdi, yuragi urib ketdi. Jungkook bir necha soniya unga tikilib turdi, so‘ng ohista shishani stolga qo‘ydi.
Y/N yengil nafas oldi, ammo bu xotirjamlik uzoqqa cho‘zilmadi. Jungkook sekinlik bilan yoniga bordi, nimanidir qo‘llari orasiga oldi va asta-sekin ignani ochdi.
Kechir, Y/N, - dedi u past ovozda. – Boshqa tanlovim qolmadi.
Y/Nning yuragi yana vahmga tushdi. U qimirlay olmasdi, faqat ko‘zlarini katta ochgancha, Jungkookning harakatlarini kuzatardi.
Jungkook asta-sekin uning bilagini ushladi va ignani unga yaqinlashtirdi. Y/N butunlay muzlab qoldi.
U shunchaki qochishni istardi.
Ammo bu yerda hech qanday qochish yo‘li yo‘q edi...
Ukol tanasiga singa boshlaganida, Y/N boshi aylanayotganini his qildi. Ko‘z oldi xiralashdi, qo‘llari sustlashdi. Jungkook esa uning sochlarini silab, peshonasidan o‘pdi.
— Dam ol, sevgilim. Hammasi joyida bo‘ladi.
Jungkook o‘zining ulkan kompaniyasiga yetib kelgach, ofisga kirib bordi. U otasidan meros qolgan biznes imperiyasining egasi edi. Kelishgan va boy bo‘lgani uchun ham atrofdagi barcha ayollar unga havas bilan qarardi. Ammo uning ko‘zlari faqat bitta ayolni – Y/Nni ko‘rardi.
Kotibasi unga yaqinlashib, noz-karashma qila boshladi. U ataylab ochiqroq va kaltaroq kiyimlarni kiyib, Jungkookning e’tiborini tortishga urinar edi.
Jungkook sovuqqina javob qaytardi va stoliga o‘tirdi. Shu payt kotibasi tasodifan uning telefon ekraniga ko‘zi tushdi. Ekranda faqat bitta narsa bor edi – Y/Nning rasmi…