𝕌𝕟𝕨𝕒𝕟𝕥𝕖𝕕 𝔸𝕥𝕥𝕖𝕟𝕥𝕚𝕠𝕟
Birdan Jennie tinch, lekin qat’iy ohangda gap boshladi:
— Jimin, u “yo‘q” deb aytdi. Biz bir-birimizni hurmat qilishimiz kerak. Nega uni ish vaqtida bezovta qilyapsan? — dedi u ko‘zlarini jiddiy tikib.
Jim bo‘lib qolgan Jimin boshini sal egdi, labida kuchsiz jilmayish paydo bo‘ldi.
— Ha… ha, kechirasan, to‘g‘ri aytyapsan. Men shunchaki... bu unga yoqimli bir syurpriz bo‘ladi deb o‘ylagandim. Balki keyingi safar… — dedi va asta orqasiga o‘girilib, eshik tomonga yurdi.
U chiqqach, xona yana jimjitlikka cho‘mdi. Ichimda g‘alati tuyg‘ular girdob urayotgan edi. Nima deyishni bilmay, bir zum jim qoldim. Faqat bitta savol miyamni band qilgan edi: “Men shirinliklarni yoqtirishimni Jimin qaerdan bildi?” Axir bu haqida faqat Jenniega aytgan edim-ku...
7-sentabr, soat 15:25
Oradan bir necha kun o‘tdi. O‘sha voqeadan beri hammasi yana odatdagidek davom etmoqda. Kafe hayoti, mijozlar, Jennie… va albatta Jimin. U har doimgidek kelib turibdi. Faqat endi... u menga ko‘proq e’tibor beryapti, go‘yoki meni ko‘proq tushunishga urinayotgandek. Buni inkor qila olmayman.
Bugun internet orqali uyga kerakli narsalarni zakaz qildim. Oshxonamda oziq-ovqat zaxiralari anchagina kamayib qolgan edi. Xonamni yig‘ishtirib bo‘lganimdan so‘ng, onam bilan uzoq suhbatlashdim. Bu meni tinchlantiradigan odatga aylangan — oyimning ovozi, maslahati, mehribonlik bilan aralashgan so‘zlari yuragimni yupatadi.
U bilan ishim, kundalik hayotim haqida gaplashdik. Va... Suga haqida ham.
Men unga bu yigit haqida ochiqchasiga gapirdim. “U yaxshi yigit, oyijon,” dedim yuragimni qo‘limga olib. “Rostini aytsam, uni ko‘rganimda yuragim bir zumga to‘xtagandek bo‘ladi. Buni qanday izohlashni bilmayman. Bu oddiy simpatiyami, yo‘qmi — tushunmayapman. Lekin u meni tinch qo‘ymayapti... yuragimda.”
Oyim jim qoldi, faqat sekin “eh-he” deb kuldi.
Men esa ichimda o‘zimga yana bitta savol berdim: Bu tuyg‘ular qanday yakun topadi? Va men u yoqtirayotgan yigitning qalbida qanday o‘rin egallayapman?
Oyim bilan iliq suhbatimiz tugagach, eshigim taqilladi. Eshikni ochishim bilan, qo‘lida qutilar ko‘targan yetkazib beruvchi yigit jilmayib qaradi:
— Xonim, bu sizning mahsulotlaringiz, — dedi u muloyim ohangda, buyurtmalarimni ehtiyotkorlik bilan qo‘limga tutqazarkan. — Aytgancha, kimdir bu narsalar uchun allaqachon to‘lovni amalga oshirgan.
Men bir lahzaga lol qoldim. Yuragimda beixtiyor bir g‘ira-shira quvonch chaqnadi. Bu... Suga bo‘lishi mumkinmi? Faqat u haqida o‘yladim.
— Qachon? Uhm... u kim edi? — dedim sekin, quvonch aralash hayrat bilan.
Yigit yelkasini qisdi:
— U uzun bo‘yli, qora sochli, jiddiy ko‘rinishdagi yigit edi. “Men faqat unga yordam bermoqchiman,” dedi.
Shu so‘zlarni eshitganimda yuragim yana bir bor urib ketdi. Men o‘zimcha, bu albatta Suga, deb o‘yladim va labimda yumshoq tabassum paydo bo‘ldi.
— Rahmat, — dedim mayin ovozda va eshikni yengil yopdim.
Buyurtmalarimni joylashtirib bo‘lgach, ishga ketish uchun shoshilinch kiyinib, zinapoyadan pastga tushayotganimda, birdan oldimdan kimdir chiqib qoldi. Qorong‘ilikda bir lahza yuragim “hap” etib to‘xtab qolgandek bo‘ldi.
— Jin ursin! — dedim yengil baqirib, qo‘limni ko‘ksimga qo‘ydim. Bu Jimin edi. U kulgidan qiynalayotgandek bo‘ldi:
— Bo‘-ha-ha! Senga mening yaxshiligim yoqdimi, Y/N? — dedi u kulimsirab, ko‘zlarida nimqorong‘i zavq bilan.
Men esa jiddiy ohangda, ammo o‘zimni bosib gapirdim:
— Hey, siz meni qo‘rqitib yubordingiz! Ha, sening “syurprizing” yoqdi... — deya kinoyali ohangda so‘zladim. Ichimda esa g‘alati tuyg‘u girdob urardi: Bu Suga emas ekan... bu Jimin edi?!
— Oh... rahmat, qani? — dedi u, ovozida g‘ijinish aralash.
Men qo‘llarimni ko‘ksimda chirmadim:
— Ha, rahmat! Lekin bu ishni qilishing shart emasdi, Jimin.
U menga bir qadam yaqinlashdi. Nigohi jiddiy edi, ammo ohangida yumshoqlik bor edi:
— Qo‘ysangche, Y/N. Sen bu yerga yangi ko‘chib kelgansan. Men faqat ozgina yordam bermoqchi bo‘ldim. Yolg‘iz bo‘lganingni ko‘rib, shunchaki... foydam tegishini istadim, xolos.
Men qaddimni rostlab, sovuqqonlik bilan javob berdim:
— Men senga javob berdim, yoki eshitmadingmi? Yo‘limdan qoching. Ishga kech qolyapman, kafega borishim kerak.
U bir soniya jim turdi, so‘ng orqaga bir qadam tashlab yo‘limni ochdi:
— Ha... ha, bilaman, sen band qizsan. Xo‘p, endi xalaqit bermayman. Lekin... senga aytadigan yana bir narsam bor, mitti xonim, — dedi va sirli jilmayib, orqasiga o‘girilib ketdi.
Men esa jim qoldim. Yuragim yana chalkash tuyg‘ular bilan to‘lib-toshgan edi.
Jimin ketayotgan orqa qiyofasini bir necha soniya jim kuzatdim. Qandaydir g‘alati tuyg‘ular ko‘nglimni qashlab o‘tdi. U mendan nima istaydi? Nega meni tinch qo‘ymayapti? Yuragimda turli savollar girdob urar, xayollarim xira edi.
Chuvalanib yotgan o‘sha tuyg‘ular bilan kofe tomon yo‘l oldim. Kafega kirganimda ichkaridagi odatiy shovqin, kofe hidlari, va baristalarning pazanda harakatlari sal bo‘lsa-da, ongimni chalg‘itgandek bo‘ldi. Har doimgidek ishchilar xonasiga kirib kiyimimni almashtirdim. So‘ng, yonimda har doim mehribon va samimiy Jenniega yaqinlashdim.
U har galgidek muloyim jilmayib, sekin ovozda so‘z boshladi:
— Salom, go‘zalim. Yaxshimisan?
Ammo bu gal uning yuzidagi tabassum ortida nimadir yashiringandek edi. Men diqqat bilan uning yuziga qaradim. Yuragim gupillab ketdi. Uning bir ko‘zi... ko‘kargan edi.
Hayrat, g‘am va savol aralash ko‘zlarimda unga tikildim:
— Jennie... ko‘zingizga nima bo‘ldi?
U nigohimni sezdiyu, tezda sochlari bilan yarim ko‘zini yopishga urindi. So‘ng biroz duduqlanib, gap boshladi:
— Ha-ha, bu... bu hech narsa. E’tibor berma... bu shunchaki baxtsiz hodisa, rost aytayapman. Kel, ishni boshlaylik, xo‘pmi?
U so‘zlarini qandaydir shoshqaloqlik bilan aytar, ovozidagi titroq esa yolg‘onni yashira olmasdi. Yuragimni g‘am bosdi.
— Ishonchingiz komilmi? Yaxshi ekaningizga? — dedim ehtiyotkorlik bilan, yuragimda xavotir bilan.
— Ha, ha... faqat baxtsiz hodisa, dedim-ku. Sen bularni o‘ylama, Y/N.
Men bir lahza jim qoldim. Uning bosh egib, yuzini boshqa tomonga burishini ko‘rib yuragim ezildi. Boshimni asta irg‘adim, lekin bu savollar ichimda g‘ovlab qoldi. Bu oddiy hodisa emas... kim unga bunday qilgan?
Ichimda bu savollar bilan kurashgancha, ishni boshlab yubordim. Lekin xayolim... hamon Jenniening ko‘kargan ko‘zida edi.
Mijozlarga xizmat ko‘rsatayotganimda ko‘zim derazadan tushdi… va yuragim birdan gupillab ketdi. Kafening katta oynasi ortidan Suga ko‘rindi. U ohangraboday yurib keldi. Nafasim bir lahzaga to‘xtadi. U ichkariga kirganida atrof jim bo‘lgandek tuyuldi. Yuragim telbalarcha ura boshladi. Axir u... juda chiroyli edi.
Suga to‘g‘ri menga qarab yurdi, ko‘zlari bexavotir va ohangdor. Meni qiynayotgan hayajonni o‘qigandek jilmaydi:
— Mijozlarga xizmat ko‘rsatasanmi? Yoki shunchaki turasanmi?
Men dovdirab, lablarim titrab javob berdim:
— Xa... a-albatta! O‘tiring... iltimos...
U bo‘sh stolga borib o‘tirdi, go‘yoki u yer doim unga tegishli bo‘lgandek xotirjam. So‘ng nigohini yana menga qadab, yengil ohangda dedi:
— Buyurtma olasanmi?
Men daftarimni qo‘limda qattiqroq ushladim, lekin hayajonimni yashira olmay, mayin ovozda javob berdim:
— Ha... yani... nima buyurtma qilasiz? Nimani istaysiz?
U boshini bir oz egib, yengil kulimsiradi:
— Seni...
Tanamdan bir sovuq titroq o‘tdi. Yuragim hanuz joyiga qaytmagan, bu so‘zlar esa butun borlig‘imni larzaga soldi.
So‘ng u orqasiga suyangancha, ohangini yengillashtirib davom etdi:
— Bugun kechqurun yana pitsa yeyishimiz mumkin, nima deysan?
Men jim qoldim. So‘z topolmadim. Ammo ko‘zlarim uni izlab, lablarim asta titrab javob berdi:
— Mayli...
Suga ohista o‘rnidan turdi. Nigohi yuragimni teshib o‘tayotganday edi.
— Unda seni kechki soat 12 da kvartiramda kutaman, Y/N.
Shunday degancha, u sokin yurib kafedan chiqib ketdi. Uning orqasidan uzoq qarab qoldim. Yuragim hanuz tinchimagan, qadamlarim esa go‘yoki toshga aylangandi. Soat 12 da... u bilan... yolg‘iz...