May 26

𝕌𝕟𝕨𝕒𝕟𝕥𝕖𝕕 𝔸𝕥𝕥𝕖𝕟𝕥𝕚𝕠𝕟

7-qism🪻

Y/N POV

Uyga yetib kelganimda, yuragimdagi og‘irlik hali ham yelkamdan tushmagandi. Padezdan kirib, zinapoyani asta ko‘tarilar ekanman, yuragim tubida qandaydir og‘riq gupillatib urar, har bir qadamim iztirobli ohangda yangrardi.
Ammo... birinchi burilishda u qarshimda paydo bo‘ldi.
Suga.
Ko‘zlarida g‘azab alangasi, yuragida to‘fon. U yo‘limni to‘sdi.
— Qayerda eding? Men seni qancha qidirganimni bilasanmi?! — dedi u jahli bilan, ovozi zinapoyalarni larzaga soldi.
Men esa ushlab turgan ko‘z yoshlarimni endi to‘xtata olmadim. Ularning issiqligi yuzimni silab tushdi, yuragim esa xuddi shunday titrardi. Suga bir zum jim bo‘lib qoldi. So‘ng ohangida pushaymonlik sezilib, meni ohista ko‘ksiga tortdi, quchoqladi.
— Meni kechir... men kecha... — dedi u, lekin gapini tugatishga ulgurmay, men uni keskin itardim.
— Meni tinch qo‘y!!! Seni ko‘rishni istamayman! — dedim g‘azab, alam va siniq yurak bilan.
U hayratda qotib qoldi. Nigohlari savol bilan to‘la, nega bunchalik og‘riyapti, deya tushunishga urinardi.
— Hoy, kichik kalamush... men kecha o‘sha so‘zlarni jiddiy aytmagan edim. Bu gaplarim uchun bunchalik g‘azablanasan deb o‘ylamaganman... — dedi u menga yaqinlashmoqchi bo‘lib.
Men esa yana orqaga chekindim. Ko‘zlarim yoshdan xiralashgan bo‘lsa-da, qarshisiga tik qaradim.
— Men senga: meni tinch qo‘y, dedim!
Orqaga burilib zinadan tepaga yugurdim. Har bir qadamim bilan yuragim yirtilayotgandek edi. Lekin orqamdan uning kuchli qo‘li bilagimdan tutdi. Sekund ichida u meni o‘ziga tortdi va devorga tiqdi. Ko‘zlarimiz to‘qnashdi. U so‘zsiz edi.
Va keyin…
U lablarimga lablarini bosdi.
Bu o‘pichda g‘azab, afsus, sevgi va pushaymonlik qorishiq edi.

Men uni itarmadim. Qarshi tura olmadim. Nafrat, alam, og‘riq hammasi shu bir lahzada erib ketdi. Faqat yuragimning bir burchagida yashiringan, bo‘g‘ilgan sog‘inch ovozi quloqlarimda jarangladi. Men ham o‘pishini qaytardim. Bu o‘pich... xuddi yuragimdagi yaralarni tilayotgan, ammo shu bilan birga ularni tiklamoqchi bo‘lgan bir bo‘sadek edi.
U sekin lablarini menginkidan ajratdi. Ko‘zlarimiz to‘qnashdi. Uning nigohida g‘azab emasdi endi u yerda iztirob bor edi. Qayg‘u, aybdorlik, va... sevgi.
— Kecha qayerda eding? — dedi u titragan ovozda. — Men sen uchun xavotir oldim! Jin ursin, hatto raqaming ham menda yo‘q edi!
Uning so‘zlari yuragimni yondirdi. Ammo bu haqiqatni aytishga hali kuchim yo‘q edi. Qo‘llarimni uning lablariga qo‘yib, uni ohista jim qildim.
— Men kecha... Jenniening uyiga ketdim, — dedim, ovozimda birinchi yolg‘onning og‘irligi bilan.
U qoshlarini chimirdi.
— Jennie? Kafeda birga ishlaydigan qizmi? Nega?—
Ko‘zlarimni undan olib qochdim.
— Uhmm... shunchaki kvartiramda yolg‘iz qolishni istamadim, — dedim yuzimni boshqa tomonga burib.
U jim bo‘ldi. Nafas olishi biroz og‘irlashgandek bo‘ldi. So‘ng to‘satdan qo‘limni ushlab oldi. Nigohi panjalarimda to‘xtadi.
— Qo‘lingga nima bo‘lgan? Bu... bu ko‘karish?! — Uning ovozi bir lahzada o‘zgardi. — Nima bo‘ldi? Kim senga buni qildi?
Men cho‘chib ketdim va qo‘limni tortib oldim.
— Muhim emas, — dedim asta. — Hech narsa emas. E’tibor berma.
U sekinlik bilan iyagimdan ushlab, yuzimni o‘ziga qaratdi. Nigohi ichimni titratdi. Undan yashirish mumkin emasdi. U sezardi. Hammasini.
— Menga yolg‘on gapirma, Y/N, — dedi u past, lekin qat’iy ovozda. — Rostini ayt. Buni senga kim qildi? Men uni o‘ldiraman...
Menga qaragan nigohida faqat g‘azab emasdi — bu g‘azab sevgi bilan yo‘g‘rilgandi. Himoya qilish istagi bilan.
Men esa jim edim. Tilim tugunni yecha olmadi. Chunki agar haqiqat tilimdan chiqsa... u barini yo‘q qilishi mumkin edi.

Men chuqur nafas oldim.
— Suga, bilasanmi... men buni senga oldinroq aytmaganim uchun kechir... uhm... — dedim, so‘ng gapim uzilib qoldi. Tilim aytmoqchi bo‘lgan so‘zlarni topolmadi. U esa menga umid bilan qarab turardi.
— Nima? Iltimos, meni kutishga majbur qilma! Buni senga kim qildi? — dedi u, ovozida sabrsizlik.
Men yana bir bor chuqur nafas oldim.
— Suga... mening sevgan yigitim bor edi. Men senga buni ilgari aytmagan edim, — dedim yolg‘onimni yutib.
U orqaga bir qadam tashladi.
— N-nima deding?.. — dedi u, jilmayishga urinib. — Bu hazil-ku, to‘g‘rimi?.. Bu yolg‘on, shundaymi? — dedi u, ko‘zlarida alam bilan.
Men boshimni chayqadim.
— Meni kechir. Men buni oldinroq aytishim kerak edi. Men...
Gapim tugamay qoldi. Suga hech narsa demay burilib, kvartirasiga kirib ketdi. Eshikni qattiq yopdi.
Men turib qoldim. Ko‘zlarim yana yoshga to‘ldi. Sekin zinadan yuqoriga chiqdim, kvartiramga kirdim va eshikni ortimdan yopdim. Devor bo‘ylab sirg‘alib yerga cho‘kdim. Yig‘lay boshladim.
Men unga haqiqatni ayta olmadim. Jimin meni o‘g‘irlab ketgani, rasmlarimni olgani bularni Suga bilishini istamadim. U men sababli jinoyat qilishi mumkin edi.
Ammo bu yolg‘on... uning yuragini sindirganini his qildim. Va men ham o‘zimni sindirdim, qalbim parchalandi💔🥺

Birdan telefonim jiringladi. Onam qo‘ng‘iroq qilayotgan edi. Tezda ko‘z yoshlarimni artdim va javob berdim.

— Onajon? — dedim, ovozim hirilab chiqdi.

— Qizim, senga nima bo‘ldi? Nega kechadan beri telefoningni ko‘tarmayapsan? Ovozingga nima bo‘lgan? — dedi onam xavotir bilan.

— Onajon, iltimos, tinchlaning... Menga hech narsa bo‘lmadi. Shunchaki muzdek suv ichib, biroz shamollab qolganman. Kecha ishdan kelib, charchaganimdan uxlab qolibman. Shuning uchun qo‘ng‘iroqlaringizga javob bera olmadim, — dedim, yolg‘on gapirib. Onam esa, aftidan, ishongan ko‘rindi.

— Ahmoq qiz! Men senga har doim aytaman, sog‘lig‘ingga ehtiyot bo‘l, deb! — dedi u g‘azab aralash xavotir bilan.

Shu payt otamning ovozi eshitildi.

— Mening malakamni urishishni bas qil. U allaqachon ulg‘aygan, o‘ziga qaray oladi, — dedi u.

Otamning ovozini eshitib, beixtiyor jilmaydim.

— Rahmat, dadajon, — dedim o‘yinchan ohangda.

— Siz ham qizingizni erkalashni bas qiling. U bu yoshdan o‘tgan, — dedi onam biroz kinoya bilan.

— Telefonni o‘chir, qizimiz dam olishi kerak. Malakam, onangga quloq solma, men sen tomondaman, — dedi otam kulib, va qo‘ng‘iroq yakunlandi.

Men o‘zimni bir oz bo‘lsa ham yaxshi his qila boshladim. Hech bo‘lmaganda, meni chin dildan suyadigan va qo‘llaydigan ota-onam bor.

Men Jenniega qo‘ng‘iroq qildim. Qayta-qayta. Ammo u hech biri qo‘ng‘irog‘imga javob bermadi. Men undan Jimin haqida so‘ramoqchi edim. Ularning o‘rtasida qandaydir bog‘liqlik bor edi. Bu narsa meni tinch qo‘ymayotgandi.

Shu payt birdan telefonim jiringladi. Jimin qo‘ng‘iroq qilayotgan edi.

— Salom, Y/N. Uyinga sog‘-omon yetib olding, degan umiddaman. Va... bugun ishga borishing shart emas. Bugun birga sayr qilamiz, — dedi u sokin, lekin sovuq ohangda.

— Yo‘q. Istamayman. Men sen bilan hech qayerga borishni xohlamayman, — dedim g‘azab va nafrat bilan.

— Oh, rostanmi? — dedi u kinoyali kulgi bilan. — Demak, rasmlaringni otangga yuborishim kerak. Tasavvur qil: yuragi kasal odam bu rasmlarni ko‘rsa, nima bo‘ladi? Qanday ahvolga tushadi?

Men qo‘rquvdan muzlab qoldim. Nafasim qisildi.

— Yo‘q, yo‘q! Iltimos! Mayli... qayerga desang boraman. Faqat, iltimos, bunday qilma. Otam... u buni ko‘tara olmaydi, — dedim shoshilinch va titroq bilan.

— Yaxshi qizaloq... aqlli ekansan, bilardim. Kechki soat yettida seni padez yonida kutaman. Bayramona kiyinib ol. Iloji bo‘lsa — qizil rangda,😈 — dedi u va qo‘ng‘iroqni uzdi.