April 1

𝐄𝐍𝐒𝐋𝐔𝐕

4-qism

Taehyung bir necha soat o‘z ishlarini hal qilish uchun uydan chiqib ketdi. Ammo ketayotganida ham fikri bir joyda turmadi.
"Jungkook chindan ham Y/Nni sevsa-chi? Y/N ham unga nisbatan his-tuyg‘ulari bor bo‘lsa-chi?"
Bu fikrlar uni tinch qo‘ymadi.
Oradan vaqt o‘tib, u uyga qaytdi. Zinadan yuqoriga chiqarkan, Jungkookning xonasi tomondan chiroq yorug‘ligini ko‘rdi.
Eshikni asta ochdi va ichkaridagi manzarani ko‘rib, beixtiyor to‘xtab qoldi.
Jungkook hanuz o‘sha joyda o‘tirardi.
Y/N hali ham uning bag‘rida tinch uxlab yotardi.
Lekin Jungkook umuman qimirlamagan edi.
U Y/Nni uyg‘otib yubormaslik uchun soatlab bir joyda harakatsiz o‘tirgan edi.
Taehyungning yuragi g‘ashlandi.
Jungkookning ko‘zlarida biroz charchoq aks etgan bo‘lsa-da, lekin u buni umuman e’tiborga olmagandek, faqat Y/Nga tikilgancha o‘tirardi.
Bu manzara Taehyungning ichidagi shubhalarni yanada chuqurlashtirdi.
"Balki u haqiqatan ham Y/Nni sevar?"
U endi aniq bilardi— bu sevgi edi. Jungkook shunchaki Y/Nni o‘ziga qaram qilishni xohlayotgani yo‘q edi. U uni yo‘qotishni istamasdi.

Taehyung ichida xo‘rsindi.
U sekin oldinga qadam tashlab, past ovozda shivirladi:
Jungkook, soatga qaradingmi? Allaqachon 00:00 bo‘ldi. Hech bo‘lmasa, bir oz bo‘lsa ham uxlab ol.
Jungkook boshini biroz ko‘tarib, unga qaradi. Ko‘zlari biroz xiralashgan edi.
Men yaxshiman, — dedi u past ovozda. — Agar o‘rnimdan tursam, u uyg‘onishi mumkin.
Taehyung uning bag‘rida tinch uxlayotgan Y/Nga qaradi.
U uyg‘onib ketsa ham, bu sening sog‘lig‘ingdan muhim emas, — dedi u jiddiy. — Sen ham odamsan, dam olishing kerak.
Jungkook indamay Y/Nning yuziga termuldi. Uning xotirjam nafas olayotgani, beg‘ubor chehrasi Jungkook uchun hamma narsadan ustun edi.
Ammo Taehyung haqiqatni gapirayotganini ham bilardi.
U nihoyat sekin-asta nafas oldi va Y/Nni ehtiyotkorlik bilan yostiqqa yotqizdi.
Mayli... — dedi u sokin ohangda. — Faqat bir necha daqiqa.
Taehyung kulimsirab bosh chayqadi:
Shunaqa deysan-da, lekin baribir tonggacha uning yonidan ketmaysan.
Jungkook hech narsa demadi, faqat Y/N tomon yana bir bor mehr bilan qaradi.

Jungkook Y/Nni yostiqqa ehtiyotkorlik bilan yotqizgach, o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi.
Ammo qo‘liga nimadir iliq va zaif tegganini his qildi.
U pastga qaradi.
Y/Nning barmoqlari uning qo‘lini ushlab turardi.
Juda zaif… Lekin baribir qo‘yib yubormasdi.
Jungkookning yuragi bir lahzaga urmay qolganday bo‘ldi.
U buni ataylab qilmayotgandi.
U uxlayotgan bo‘lsa-da, qo‘li hali ham Jungkooknikini ushlab turardi.
Go‘yo u Jungkook ketishini istamagandek.
Taehyung buni ko‘rib, chuqur nafas oldi.
Ko‘rdingmi? — past ovozda pichirladi u. — Sen unga kerak ekansan, Jungkook.
Jungkook esa javob qaytarmadi.
U asta sekinlik bilan Y/Nning yoniga yotdi.
Barmoqlarini ehtiyotkorlik bilan Y/Nning barmoqlariga chirmadi va uning qo‘lini mahkam ushladi.
Taehyung indamay eshik tomon yurdi va yana bir bor orqasiga qaradi.
Jungkook Y/Nga tikilib yotardi.
Uning ko‘zlarida hech qachon ko‘rinmagan iliqlik bor edi.
Taehyung yuragini og‘riq bosdi.
"Shu odam haqiqatdan ham shafqatsiz Jungkookmi?"
U javobsiz savollari bilan xona eshigini yopdi va jimlikda chiqib ketdi.

Jungkook tong otayotganini sezsa ham, ko‘zlarini yumishga jur’at eta olmasdi.
U deyarli butun tun davomida Y/Nni kuzatib chiqdi.
Uning xotirjam nafas olishi, yuzidagi sokin ifoda, ba’zan lablari titrab, tush ko‘rayotgani…
Bularning barchasi Jungkookning yuragini qandaydir g‘alati hislar bilan to‘ldirardi.
U charchagan edi. Juda ham.
Lekin barmoqlari hanuz Y/Nning qo‘lini ushlab turardi.
Unga qaram bo‘lib qolishini xohladi, lekin ayni damda o‘zi ham unga tobora qaram bo‘lib borayotganini his qildi.
Tong otishi bilan…
Xona ichiga shamollashgan osmon nurlari tushganda, Y/N sekin ko‘zlarini ochdi.
Uning ko‘zlari biroz xiralashgan, ovozi esa mayin va o‘zgacha edi:
Jungkook…?
Jungkook tezda unga qaradi.
Unga bir og‘iz ham "ertalab hayrli bo‘lsin" deyish qiyin edi. Chunki Y/Nni juda uzoq kuzatib chiqqan edi.
Men shu yerdaman, — deya pichirladi u, qo‘lini biroz siqib.
Y/Nning lablariga zaif tabassum yoyildi.
Sen uxlamadingmi?
Jungkook hafif kulimsiradi, lekin charchoq uning ko‘zlaridan o‘qilib turardi.
Tinch uxlaganingni ko‘rish muhimroq edi.
Y/N bunga nima deyishini bilmay qoldi.
U o‘zini qandaydir g‘alati his qilardi. Yana qaram bo‘lib borayotganday.
Lekin bu safar boshqa his bilan.

Xona eshigi sekin ochildi, va xizmatkor past ovozda dedi:
Janob, nonushta tayyor.
Jungkook ko‘zlarini Y/Ndan uzmasdan bosh irg‘adi.
Tushunarlik, biz hozir tushamiz.
Xizmatkor bosh egib, eshikni ohista yopdi.
Jungkook hali ham Y/Nning qo‘lini ushlab turganini sezdi.
Nonushtaga tushamizmi? — sekin so‘radi u.
Y/N unga tikilib turdi.
Bu odam… kechadan beri uxlamagan bo‘lsa ham, faqat u haqida o‘ylardi.
Nega?
Lekin u bu savolni ovoz chiqarib bera olmadi.
Sekin bosh irg‘adi.
Jungkook unga nisbatan g‘alati yumshoqlik bilan yostiqni to‘g‘riladi.
Men seni aravangga o‘tqizaman.
Birozdan keyin Jungkook Y/Nni ehtiyotkorlik bilan nogironlar aravachasiga joylashtirdi va ikkalasi pastga tushishdi.
Nonushta uchun Taehyung allaqachon stol atrofiga joylashib olgan edi.
U Y/Nni ko‘rib, muloyim jilmaydi.
— Hayerli tong Y/N.
Y/N sekin javob qaytardi.
Hayrli tong…
Jungkook unga o‘z joyini tayyorlab, nonushta qilishga chog‘landi.
Ammo uning ko‘zlari faqat Y/Nda edi.

Jungkook har doimgidek Y/Nning yonida o‘tirib, unga ovqat yedirishga tayyorlandi.
Y/N biroz ikkilanib, oldidagi taomga qaradi.
Bugun o‘zim yeyishga harakat qilib ko‘rsam bo‘ladimi? — deya ohista so‘radi u.
Jungkook dasturxondan vilkani olib, uni Y/Nning qo‘liga tutqazdi.
Qani ko‘raylik…
Y/N vilkani qo‘liga oldi, lekin baribir harakati juda sust edi. Qanchalik urinmasin, uni to‘g‘ri ushlab turolmadi.
Shunday ekan, Jungkook muloyimlik bilan uning qo‘lidan ushladi va vilkani yana o‘zi oldi.
Hali erta, shoshma, — deya pichirladi u, taomdan bir luqma olib, Y/Nning lablari tomon uzatarkan.
Y/N nafasini sekin chiqarib, og‘ziga solingan ovqatni chaynay boshladi.
Bu holat unga tanish edi.
Kunlar, haftalar, hatto oylar shunday o‘tgan edi. Jungkook har kuni uni ovqatlantirardi.
Bu safar esa… bu narsa unga yomon tuyulmadi.
Ehtimol, ko‘nikkan edi.
Ehtimol, bu shunchaki har doimgiday edi.

Taehyung ovqatini to‘liq yemay, tezda vilkasini likopchasiga qo‘ydi.
Men chiqib turaman, — dedi u, stuldan turib.
Jungkook unga shubhali qarash tashladi.
Tinchlikmi?
Taehyung yuzidagi his-tuyg‘ularni yashirishga harakat qilib, bosh irg‘adi.
Ha, shunchaki ishlarim bor.
U tezda ovqatlanish xonasidan chiqib ketdi.
Lekin yuragi tinch emas edi.
Nimadir unga g‘alati tuyulardi.
Yoki bu faqat uning shubhalari edi?

Jungkook Y/Nni nogironlar aravachasiga ehtiyotkorlik bilan o‘tqazdi.
Kel, endi dam olamiz, — deya pichirladi u, yotoqxona tomon yurarkan.
Y/N uning ovozidagi mayinlikni his qilardi, lekin yuragining tubida qandaydir noxush tuyg‘u bor edi.
U buni allaqachon bilardi.
Jungkook har doim yotishdan oldin unga dori berardi.
O‘sha dorilar.
Uning hayotini butkul Jungkookga bog‘lab qo‘yadigan dorilar.
Yotoqxonaga yetib kelishgach, Jungkook har doimgidek shisha idishni olib, dorilarni chiqardi.
Og‘zingni och, — dedi u, yuzida o‘sha mehribon, lekin qat’iy ifoda bilan.
—Yoki kechagi kabi qilib berishimni istaysanmi?

Y/N yalt etib unga qaradi.
Qochib qutulishning iloji yo‘q edi. Hali ham sust va ojiz edi.
Sekin og‘zini ochdi, Jungkook dorini tilining ustiga qo‘ydi va suv uzatdi.
Shunaqa, yaxshi qiz, — dedi u sekin jilmayib.
Y/N yutdi.
Har doimgidek.
Va yana o‘sha tuyg‘u.
Uning tanasi asta-sekin yana Jungkookga to‘liq qaram bo‘lib borardi.

Jungkook Y/Nning yutganini ko‘rib, sekinlab jilmaydi.
barmoqlari bilan Y/Nning yuziga ohista tegib.
Y/N unga qarshi hech narsa qila olmasligini bilardi.
Dorilar allaqachon ta’sir qila boshlagan edi.
Tanasi yanada sustlashib, qo‘llari va oyoqlari bo‘shashdi.
Hatto ko‘zlarini ochib turish ham qiyin edi.
Jungkook buni sezib, sekin Y/Nning laplaridan o‘pdi.
Senga hech qanday zarar yetkazmoqchi emasman, bilasanmi? — dedi u past ovozda. — Men faqat seni o‘zimga muhtoj qilishni istayman.
Y/N uning gaplarini anglashga harakat qildi, lekin ongida shunchaki og‘ir tuman bor edi.
Jungkook buni yaxshi bilardi.
Shuning uchun ham, u hozircha hammasi mukammal ketayotganidan mamnun edi.

Jungkook ishxonaga kirib kelishi bilan hamma e’tibor unga qaratildi.
Har doimgidek salobatli, jiddiy va mukammal ko‘rinardi.
Biroq u bunga e’tibor ham bermasdi.
Uni faqat Y/N o‘ylantirardi.
Xonasiga kirishi bilan kotibasi — Sohyun shoshilib ichkariga kirdi.
Jungkook-nim, hayerli tong! — dedi u, haddan tashqari shirin ovozda.
Jungkook unga beparvo qarash tashladi, stolga hujjatlarini qo‘yayotgan edi.
Sohyun odatiga ko‘ra unga yaqinroq kelib, qog‘ozlarni to‘g‘irlash bahonasida tanasini unga suykashga harakat qildi.
Bugun juda charchagan ko‘rinasiz, — dedi u, bekinikcha jilmayib.
Jungkook tashqi ko‘rinishidan biror narsa sezdirmasa-da, ich-ichidan g‘azablanib ketdi.
U bunday harakatlardan nafratlanardi.
Biroq hozircha o‘zini bosib turdi.
Ishing bo‘lsa, qil, Sohyun, — dedi u sovuq ohangda. — Men bilan shunaqa gaplashadigan darajaga yetganingni eslay olmayapman.
Sohyunning yuzidan shartta kulgi yo‘qoldi.
U yana biror narsa deyishga jur’at eta olmadi.
Chunki Jungkookning jahli chiqqanda, natija yaxshi bo‘lmasligini bilardi.

Jungkookning sovuqligi va qat’iyati uni har doim qo‘rqitardi.
Lekin bunaqa keskin rad etilish uni yanada g‘azablantirdi.
U yana bir bor o‘zini yoqimli qilib ko‘rsatishga harakat qildi.
Kechirasiz, Jungkook-nim, — dedi u past ovozda. — Men shunchaki... siz juda charchagan ko‘rindingiz. Men faqat...
Jungkook qog‘ozlarni varaqlashni to‘xtatib, unga sovuq nigohini qadadi.
Sohyun, — dedi u qattiq ohangda. — Men bilan bo‘lishni xohlaysanmi?

Sohyunning ko‘zlari chaqnadi, yuziga umid uchqunlari yugurdi.
Ha! — dedi u shoshib.
Jungkook og‘ir iljaydi.
Unda birinchi shartimni bilib ol....