May 29

✧THE CURSED QUEEN✧

2-qism🪻

Y/N kutubxonaga kirib ketdi, ortidan cho‘rilar ham jim yurishdi.

Bu holatni kuzatib turgan Rora esa g‘azab bilan yerga oyoq urdi.
— Jin ursin! Nega doim hamma narsa unga bo‘lishi kerak?! — dedi u g‘azabini yashirmay.

Uning yonida turgan shaxsiy qo‘riqchisi Felex past ovozda so‘radi:
— Malikam, biror rejangiz bormi?

— Uni yo‘q qilishimiz kerak. Faqat onam sabr qilishimiz kerak, degan... lekin men sabr qilishni istamayman! — dedi Rora tishlarini qisib.

Shu payt uning cho‘risi ehtiyotkorlik bilan gap boshladi:
— Malikam, sabr qiling. Balki onangiz allaqachon biror reja tuzib qo‘ygandir...

Ammo Rora cho‘risiga g‘azab bilan qaradi, cho‘ri darhol jim bo‘ldi.

— Menga maslahat bermang! Yaqinda u 18 yoshga kiradi va butun qirollik uning qo‘liga o‘tadi. Jin ursin! Nima bo‘lsa ham, uni yo‘q qilishim kerak...

— Kimni yo‘q qilmoqchisiz? — dedi kutilmaganda kimdir.

Rora zudlik bilan ortiga qaradi. Ularning orqasida Shahzoda Taehyung turardi.

— O-oh, Shahzoda Taehyung! Qachon keldingiz? — dedi Rora, jilmayishga uringan holda va zudlik bilan ta’zim qildi.

— Bugun. Hozir Y/N yoniga ketyapman. Aytishdi, u kutubxonada ekan, — dedi Taehyung xotirjam ohangda.

Rora ich-ichidan g‘azablandi, lekin sir boy bermay, iltifot bilan gapirdi:
— Agar xohlasangiz, sizga saroyni ko‘rsataman.

Taehyung jilmaydi, lekin rad etdi:
— Kechirasan, Rora, lekin men avval Y/N yoniga borishim kerak.

Shu so‘zlarni aytib u kutubxona tomon yurdi.

Rora esa yana bir bor yerga oyoq urdi.
— Jin ursin! Jin ursin! Nega hamma yaxshi narsalar unga bo‘lishi kerak?!

Bu paytda Y/N kutubxonada kitob o‘qiyotgan edi. Kutilmaganda boshida kuchli og‘riqni his qildi. Qo‘llarini boshiga qo‘yib, yiqilishga yaqinlashganida, Jimin uni tezda ushlab qoldi va belidan tutdi.

— Malika?! Yaxshimisiz? Tezda tabibni chaqiring! — deb baqirdi u cho‘rilar tarafga.

Y/N og‘riqdan hushini yo‘qotdi. Jimin uni ehtiyotlik bilan ko‘tarib, kutubxonaning burchagidagi yumshoq divanga yotqizdi. Uning chehrasida chuqur xavotir aks etardi.

Shu payt kutubxonaga Taehyung kirib keldi. U Jiminning Y/Nni divanga yotqizayotganini ko‘rib, tezda ularga yaqinlashdi.

— Bu yerda nima bo‘lyapti? — dedi u, hayron va xavotir bilan.

U Jiminni yengil itarib, Y/Nning qo‘lini ushladi va yuzini asta siladi.

— Y/N... Y/N, uyg‘on. Senga nima bo‘ldi? — dedi u, bezovtalik bilan.

Jimin Taehyungga g‘azab bilan tikildi.

— Shahzoda Taehyung, bo‘lajak qirolichaga qo‘l tekkizmagan ma’qul. Axir siz hali u bilan rasmiy tarzda unashtirilmagansiz, — dedi u jiddiy ohangda.

Taehyung darhol Jimin tomonga o‘girilib, jahl bilan:
— Hoy, sen nima deding?! — deb gap boshladi, lekin bu vaqtda kutubxonaga tabib kirib keldi.

U darhol Y/Nni tekshirishga tushdi. Hamma jim bo‘lib, tabibning yuzidagi ifodani kuzata boshladi.

Lekin bu vaqtda Y/N tush dunyosida edi. U yana o‘sha moviysoy rangli, noodatiy gullar bilan burkangan sehrli tabiatda paydo bo‘ldi. Y/N atrofga hayrat bilan qarab turdi, shu payt belidan kimdir uni ohista quchganini sezdi.

— Meni sog‘indingmi, aconitam? — kimdir uning qulog‘iga pichirladi.

Y/N tezda ortiga qaradi va u J-Hopeni ko‘rdi.

— H-ha, men sizni sog‘indim... Lekin menga nima bo‘ldi? Qanday qilib yana bu yerga tushdim? Boshim og‘ridi va birdan shu joyda paydo bo‘ldim, — dedi u chalkash va savol aralash nigoh bilan.

J-Hope kulimsirab unga javob berdi:

— Chunki men seni chaqirdim, — dedi u va Y/Nni ko‘ksiga yaqinroq tortdi.

— Sen bunday qila olasanmi? Bu qanday iloj? — dedi Y/N hayrat bilan.

— Chunki sen menga bog‘langansan. Endi 18 yoshga yaqinlashayapsan, bu esa bizning bog‘liqligimiz kuchayayotganidan darak, — dedi J-Hope, ohangida sirli yumshoqlik bor edi.

U Y/Nning bo‘yniga ohista lablarini tekkizdi. Y/N bo‘yin qismida biroz issiqlik, hattoki ozgina og‘riq his qildi va cho‘chib tushdi.

— Og‘ridimi? — dedi J-Hope mayin ovozda.

— Biroz... Iltimos, rostini ayting. Siz aslida kimsiz? Nega har doim tushlarimda paydo bo‘lasiz? — dedi Y/N, yuragi hayajondan tez urib.

— Shh... tez orada hammasini bilib olasan, aconitam, — dedi J-Hope asta qo‘lini yechib, orqaga yurdi.

J-Hope dalalar orasidan yurib borardi, Y/N esa ko‘ylagining etagini ko‘tarib, uning ortidan yugurdi.

— Hoy, to‘xtang! — dedi u. — Men sizni kim deb atashim kerak? Va nega meni aconitam deb chaqirasiz? Nega siz bunchalik... yoqimli va sirlisiz? Agar biz bir-birimizga bog‘liq bo‘lsak, nega sizni haqiqiy hayotda ham ko‘rmayapman? Siz... shahzodamisiz?

Y/N tinmay savollar berardi. U hali ham J-Hopening ortidan yurar, lekin yuragi javoblarni kutib entikardi.

J-Hope bir zum to‘xtab, unga kulib qaradi. So‘ngra sekin Y/Nning peshonasiga yengil urib qo‘ydi.

— Demak, mening aconitam juda qiziqadigan qiz ekan-a... — dedi u. — Ha, biz bir kun kelib haqiqiy hayotda ham uchrashamiz. Faqat... sen 18 yoshga to‘lganingdan keyin. Ungacha sabr qil.

U yana yurishni davom ettirdi. Y/N esa bir lahzaga to‘xtadi, so‘ng yuragini siqayotgan fikrni aytdi:

— Lekin... otam meni shahzoda Taehyungga unashtirmoqchi...

J-Hope qadam tashlashdan to‘xtadi. U asta orqasiga o‘girilib, Y/Nga qaradi.

— Nima deding? — ovozi asta, ammo sovuq eshitildi.

— Siz meni eshitdingiz, — dedi Y/N past ovozda, biroz hadiksirab.

J-Hopening ko‘zlarida to‘satdan qizil yaltirash paydo bo‘ldi. Atrof birdan qorong‘ilashib, shabnam gullar bilan bezatilgan dalada g‘ayritabiiy sovuq turdi. U Y/Nga yaqinlashdi va uning belini mahkam quchdi.

Y/N qattiq siqilganini sezib, og‘riqdan yengil oh tortdi.

— Sen... faqat menikisan. Boshqa hech kimga emas! Meni eshitayapsanmi? — dedi J-Hope, tovushida g‘azab aralash sado bor edi.

Y/N qo‘rqib ketdi, ko‘zlarida yosh to‘lib chiqdi.

— H-ha, tushundim... iltimos, buning menga og‘irlik qilayotganini bilasizmi? — dedi u, ovozi titrab.

J-Hope birdan o‘zini yig‘ib oldi. U darrov qo‘lini yechib, orqaga chekinib, yuragini siqib turgan xatoni anglagandek bo‘ldi. Ko‘zlaridagi g‘azab o‘rnini xavotir va pushaymon egalladi.

— Kechir... Iltimos, aconite, meni kechir... Men shunchaki... seni yo‘qotishdan qo‘rqyapman, — dedi u ohista va Y/Nni sekin bag‘riga oldi, bu safar yumshoqlik bilan.