May 17

𝕌𝕟𝕨𝕒𝕟𝕥𝕖𝕕 𝔸𝕥𝕥𝕖𝕟𝕥𝕚𝕠𝕟

6-qism🪻

Tong otyapti, uyqudagi malika Y/N esa hanuz chuqur uyquda yotar edi. Sochlari butun yostiqni egallab, tolalari yuzlariga tushib qolgan. Bir qo‘li ko‘ksining ustida, ikkinchisi esa yon tarafda bo‘lib, tashqaridan chiroyli ko‘rinish aks etardi. Jimin bir lahza qizning uxlashiga oshiq bo‘ldi-yu, ammo bu uning haqiqiy uxlashi yoki yo‘qligini bilmasdi. "Uyqu dorisi bilan uxlashning farqi bo‘ladi", deb o‘yladi u.
Nihoyat, Y/N yotgan o‘rnidan og‘ir qimirladi. Ko‘zini bir-ikki ochib, yana yumib oldi. Nima bo‘layotganini anglashga harakat qilardi, chamasi. Uyg‘onishga urinar, lekin ko‘zlari og‘irlashib ketardi. Uning yodida faqat Jimin uni mashinasiga ko‘tarib olib borgani, qayergadir olib ketgani bor edi. Keyin esa elas-elas xotiralar paydo bo‘ldi: Jimin uni begona uyga olib kirgani... yotoqqa yotqizgani... Tasavvurlar uzilib, birozdan keyin yana keldi. Uning qo‘liga allaqanday ukol qilgani... kiyimlarini yechgani... keyin yana qorong‘ulik.
Y/Nning ko‘zlari birdan ochilib ketdi. Uyqusirashi ham o‘z-o‘zidan yo‘qoldi. U boshini yostiqdan vahima bilan ko‘tardi. Ust-boshiga qarab, o‘zining kiyimida emas, begona kiyimda ekanini anglab, qo‘rqib ketdi. Vahimaga tushib, kiyim egasini izlay boshladi. Va u — shundoqqina qarshisidagi bir kishilik divanda qo‘l qovushtirib o‘tirardi.

— S-siz..., — dedi Y/N bo‘g‘ziga achchiq narsa tiqilgandek xirillab, ustidagi Jiminning futbolkasini tortqilarkan. Ko‘zlari vahima va ishonchsizlik bilan to‘lib turgandi. — Men bu yerda... nima qilyapman? Kecha tunda... nima bo‘ldi?
U hatto bu kiyim uning ustiga qanday qilib kiyilib qolganini ham anglab ulgurmagan edi. Butun vujudi titrardi. Ko‘ngli behuzur, xotirasi esa g‘ira-shira.
Jimin bir muddat jim o‘tirib, unga tikilib turdi. Ko‘zlari sovuqqon, yuzida esa yengilgina kulimsirash. U javob berishga shoshilmadi.
— Eslolmaysanmi? — dedi u kinoyali ohangda, yelkasini qisib. — Kechasi ko‘chada yolg‘iz yurganingni ko‘rdim. Men esa bundan... foydalandim. Seni shu yerga olib keldim.
U o‘rnidan turib, Y/Nning yoniga sekin yurib bordi. Uning yuzi tomon egildi, ovozi tobora past, ammo tahdidli tus oldi:
— Keyin esa... ko‘p narsalar bo‘ldi. Balki, eslolmaganing yaxshidir.
— K-kimsiz o‘zi siz?.. — Y/N og‘ir yutundi.

Agar Jimin tunda unga hushsiz holatda biror narsa qilgan bo‘lsa — demak, bu yigit aniq manyak! Undan imkon boricha tezroq qutulish kerak. Y/N bu yerdan chiqib olish haqida o‘yladi, keyin nima qilish kerakligini hal qilar edi.
— Kimsiz deysanmi? — dedi Jimin kulimsirab, o‘zini divanga tashlab. — Balki Jenniedan so‘rarsan. U meni juda yaxshi taniydi.
Y/N titrab ketdi. “Jennie bu yigitni yaxshi taniydi?” U kutilmaganda ich-ichidan nimadandir qattiq cho‘chidi. Bu yigit shunchaki chiroyli, muomalali niqob ortida yashiringan xavfli odam ekanini endi tushunayotgandi. Yaqinda uni iltifotli tabassumlar bilan aldab qo‘yganini o‘ylab, o‘ziga o‘zi achindi. Bu uydan chiqib ketish kerak — va zudlik bilan.
Jiminning burgutday o‘tkir nigohlari ostida qiz tobora ezilib borardi. Qo‘rquv bo‘g‘zidan ushlab, harakat qilishiga yo‘l bermayotgandi.
— Menga nima qildingiz? Bu nima? Nega bu kiyimdaman? — Y/N atrofga alangladi, o‘rnidan turishga jur’at etmadi. Kiyimi qisqaligini his qilardi — tursa, ochiq sonlari darrov ko‘zga tashlanadi. Bu holatda o‘zini yanada ojiz his qilardi.

— Kechasi yaxshi uxlay ol degandim, — dedi Jimin mazax aralash ohangda. — Axir havo issiq edi.

— Meni... kim yechintirdi?! — ovozi titrab ketdi. Atrofga yana bir bor qaradi. Bu uydan sog‘ chiqib ketolmasligini tasavvur qilishi bilan yuragi orqasiga tortdi. Nahotki hech kim uni qidirayotgani yo‘q? Telefon?! Ha, telefon!
— Telefonim qani?! — deb so‘radi, beixtiyor mag‘rur ohangda, chunki Jimin hali unga tanasiy tajovuz qilmagan edi — bu uning yagona taskin edi.

— Menda, — dedi Jimin xotirjamlik bilan, — Keyinroq olasan.

— Qachon keyin? Men bu yerda nima qilyapman o‘zi?! Maqsadingiz nima?!
— Maqsadim — sen. — Jimin sekin Y/N tomonga egildi, yuziga juda yaqin keldi, — Lekin, afsuski, hali istagan narsamga erisha olmadim. Kecha hushsiz yotganding. Men... uxlab yotgan qizga bunday qilolmasdim. Manyak emasman, axir...

— Shunga rahmat aytishim kerakmi? — dedi Y/N achchiqlanib, tanasiga ishora qilib. — Bu qilganlaring manyaklik emasmi?

Jimin jiddiylashdi. Ko‘zlaridagi kulgi o‘rnini keskinlik egalladi.
— Quloq sol. Men... unaqa odam emasman. O‘zimcha sababim bor edi. Ha, kecha senga hech nima qilmadim. Qila olmadim afsusmi, omadmi bilmayman. Lekin, o‘rnimda boshqa erkak bo‘lganida-chi? Bu uydan faqat o‘lik holda chiqarding. Agar chiqolganingda. Omading bor, Y/N... Mening qo‘limga tushganing bu seni qutqargan yagona narsa. Chunki sening bu sodda, ishonuvchanliging... boshqalarning boshingga nima keltirishini tasavvur ham qilmayapsan.

— Nega bunday qilyapsiz? Men sizga nima qilganman? Rostdan ham kimsiz o‘zi?

— O‘rningda boshqa qiz bo‘lganida, shuncha savol berguncha allaqachon qochib ketardi. Qanaqa kiyimda, qanday ahvolda farqi bo‘lmasdi. Baqirardi, yordam so‘rardi, qo‘lidan kelgan hamma ishni qilardi. Har holda senga o‘xshab o‘g‘irlab ketgan odamni so‘roq qilib o‘tirmasdi. Sen yo jinnisan, yo o‘ta aqllilisan.

— Agar sizni manyak deb o‘ylaganimda men ham uyg‘onishim bilan qochishga harakat qilardim. Ammo, agar rostdan siz shunaqa ruhiy kasal bo‘lganingizda men hozir umuman tirik bo‘lmasdim. Ammo, men tirikman, sog‘man, bu yerda yotgandim, siz esa alohida shunchaki uyg‘onishimni kutib turgan edingiz. Sizga nimadir maqsadda kerak ekanimni tushundim, lekin nima ekanini bila olmayapman. Jennieni tilga oldingiz, Jennie sizga kim bo‘ladi?

— Demak, aqllilisan!, — Jimin javob berishdan ko‘ra o‘z taxminini aytishni ma’qul ko‘rdi.

— Men ketaman!

— Ket, — Jimin uning yo‘lini ochib berdi. — Lekin keyin baribir o‘zing qaytib kelasan.

Y/N uning gaplariga parvo bermay kiyimlarini so‘radi. Jimim qo‘shimcha xonani ko‘rsatdi. So‘ng istehzoli kulib o‘tirarkan, u kiyimini almashtirib chiqishini kutib o‘tirdi. Yigitni xavfli emas deb adashdi. Aslida haqiqiy xavf uni endi qarshi olishini bilmasdi. Kechagi kiyimlarini kiyib qaytib chiqqan Y/N telefonini so‘radi. Yigit telefonini qo‘liga tutqazganida tekshirib, faqat Onasidan qo‘ng‘iroq bo‘lganini ko‘rdi. Demak, Yoongi uning uyda emas ekanini bilmaydi, Onasi esa kechasi bilan mijja qoqmagan ko‘rinadi. Agar hoziroq onasiga xabar yubormasa, Onasi aniq butun dunyoni oyoqqa qo‘yadi. — Siz kimsiz, nimasisiz bilmadim, lekin meni tinch qo‘ying! Dadam sizni sog‘ qo‘ymaydi!

— Qo‘ysangchi?, — yigit kuldi, — Sendek qizning tahdid qilishi hech xayolimga kelmagandi. Men hozir nima desam shunga ko‘nishingni kutib turgandim.

— Men hazillashmayapman!

— Shhhh!, — qiz ovozini ko‘targani uchun uni jim qildi, — Men ham hazillashmayapman. Seni kim kiymingni almashtirdi deb o‘ylaysan? Qomating juda chiroyli, ishon. Hattoki, men be’etibor qoldira olmadim.

— Nima demoqchisiz?
Jimin o‘zining telefonini chiqarib, rasmalar bo‘limiga kirdi va kecha olgan rasmlarini Y/Nga ko‘rsatdi.

O‘zining deyarli kiyimsiz holatini ko‘rgan Y/N sal qolsa yana hushidan ketib qolardi.
— Maraz!, — kutilmaganda Jiminga tarsaki tushirib, dedi, — O‘zingizni kimman deb o‘ylayapsiz? Nima qilmoqchisiz?
Jimin uning qo‘lini orqasiga qayirib, o‘ziga tortdi va jiddiy ohangda dedi:
— Menga yana bir marta qo‘l ko‘tarsang, pushaymon qilaman! Ikkinchi marta meni hatto harorat qila olmay qolasan! Eshitdingmi?

— Qo‘yib yubor!, — Y/N uning changalida siltandi.

— Tinchlan, hali gapim tugamadi. Endi meni qoidalarim bilan davom etadi. Men nima desam, men qayerda istasam va men qanday istasam!

— Nimani istasaysiz?, — dahshat bilan so‘radi Y/N.

— Seni, — dedi Jimin.

— Nega meni istaysiz!, — dedi Y/N Jiminni tiniq fikrlarini loyqalantirib.

Jimin uning ko‘zlariga chuqur tikilib javob izladi: — Bunisi muhim emas! Endi...