April 4

✧THE CURSED QUEEN✧

4-𝐪𝐢𝐬𝐦 』

Bu faqat tush bo‘lishi mumkin emas…

Kapalak meni unga yetaklagan yo‘lni aniq eslay olaman. Kalidorlar, burilishlar… men buni sinab ko‘rishim kerak!
Lekin bir muammo bor – Jimin.
U doim yonimda. Har qayerga borsam, ortimdan ergashadi. Shunday ekan, hech kimga bildirmay, qanday qilib undan qutulishim mumkin?..
Yotoqda o‘tirgancha, reja o‘ylay boshladim. Jiminni qanday chalg‘itsam bo‘ladi?
Unga qandaydir buyruq bersam yoki biror joyga yuborsam… Balki, shunchaki undan yashirinsam?
Shubhasiz, bu juda xavfli. Lekin bilishim kerak.
Kim u? Nega men uni tushlarimda ko‘raman?

________

Ota-onam bilan nonushta qilgach, odatdagidek diplomatiya va siyosat bo‘yicha darsga bordim. O‘qituvchim qirollikning ichki siyosati va qo‘shni qirolliklar bilan aloqalar haqida gapirardi, lekin men e’tibor bera olmayotgandim. Miyam faqat tushim va u sirli erkak bilan band edi.
Keyin esa qilichbozlik mashg‘ulotlari boshlandi. Bu mashg‘ulot men uchun eng zerikarlisi edi. Qo‘limga qilich tutgancha, himoya va hujum usullarini mashq qilayotib, Jiminning o‘tkir nigohini sezdim.
– Bugun diqqatni jamlay olmadingiz, malikam, – u xotirjam ohangda gapirdi. – Biror narsa bezovta qilyaptimi?
Men jilmayishga harakat qildim, lekin bu juda sun’iy chiqdi. – Yo‘q, shunchaki kecha yaxshi uxlay olmadim.
Unga yolg‘on gapirayotganimni bilishini his qilardim.
Mashg‘ulotlar tugagach, yuvinib, kechki qirollik kengashiga tayyorlandim. Ichimda esa faqat bitta narsa bor edi – shu kecha Jiminni qanday chalg‘itaman?
Menga o‘sha yo‘lakni topish kerak.

Ichimdagi qiziqish va hayajonni bosishga harakat qilib, tezkor rejani tuza boshladim.
Agar Jimin meni kuzatib yursa, u hech qachon yashirincha ketishimga ruxsat bermaydi. Demak, uni chalg‘itishim kerak.
Rejam oddiy, lekin samarali bo‘lishi mumkin:
O‘zimni yiqilgan kabi ko‘rsataman – bu Jiminni shoshiradi.
Oyog‘im juda qattiq og‘riyotgandek ko‘rsataman, shunda u xizmatkorlarni chaqirishga majbur bo‘ladi.
U xizmatkorlarni chaqirish uchun uzoqlashganida men imkoniyatdan foydalanib, tezda qochaman.
Tushimda ko‘rgan yo‘lakni eslab, sirli erkak joylashgan yer osti joyini topishga harakat qilaman.
Bu rejani o‘ylarkanman, yuragim tez urardi. Agar Jimin buni sezsa, rejam amalga oshmaydi...
"Lekin men bu sirni bilishim kerak," ichimda pichirlab qo‘ydim.
Hammasi shu kechada hal bo‘ladi.

Hammasi mukammal ketayotgandek edi.
Men oyog‘imni ushlab, og‘riqdan yuzimni burishtirib turganimda, Jimin rangi oqarib ketgancha menga yaqinlashdi.
— Malikam, yaxshimisiz? — dedi u tashvish bilan.
Men og‘riqdan qiynalayotgandek ingrab qo‘ydim.
— Oyog‘im... juda og‘riyapti... — deya ataylab past ovozda gapirdim.
Jimin meni yerga o‘tqazdi va atrofga qaradi.
— Kuting, men hozir xizmatkorlarni chaqiraman!
Bu mening imkoniyatim edi. U ortga burilib yurishi bilan men nafasi ichimga tushgancha, qochishga hozirlandim. Ammo kutilmaganda...
— Malikam! Siz yaxshimisiz?!
Men cho‘chib ortimga o‘girildim. Bir necha xizmatkor allaqachon bizning oldimizda edi.
Jimin ularga yuzlandi:
— Malika yiqilib tushdi. Tezda tabib chaqiring!
Endi qochish haqida o‘ylashning iloji ham yo‘q edi. Men jilmayishga harakat qilib, "hammasi joyida" deyishim bilan Jimin shubhali nigoh bilan menga tikildi.
Bu reja ishlamadi...
Lekin bu faqat birinchi urinish edi. Men yana harakat qilaman!

Ichimda hafsalam pir bo‘lsa ham, yuzimda xotirjamlik ifodasini saqlashga harakat qildim.
— Hamma joyim joyida, ortiqcha tashvishlanmanglar, — dedim muloyimlik bilan.
Jimin qaddini rostlab, meni sinchiklab kuzatdi.
— Lekin, malikam, hali oyog‘ingizni tekshirtirmadingiz. Agar biror shikast olgan bo‘lsangiz...
Men muloyim jilmayib, boshimni sarak-sarak qildim.
— Bu shunchaki bir lahzalik og‘riq edi. Endi hammasi joyida. Faqat biroz... charchagandekman.
Jimin bir lahza ikkilanib qoldi. Men esa ichimda bu holatdan qanday chiqib ketishni o‘ylay boshladim.
— Xo‘p bo‘lmasa, sizni xonangizga kuzatib qo‘yaman, — dedi u qat'iylik bilan.
Bu yaxshi emas... Agar xonamga qaytsam, rejam butunlay barbod bo‘ladi. Shuning uchun tezda boshqa bahona topishim kerak edi.
— Aslida, — dedim bir oz tortinib, — men ozroq bog‘da sayr qilmoqchiman. Yolg‘iz qolib, fikrlarimni tartibga solishga ehtiyoj sezayapman.
Jimin darrov rad etdi.
— Yo‘q, malikam, bu imkonsiz. Siz yolg‘iz yura olmaysiz.
Ichimda jahlim chiqdi, lekin buni hech qanday yo‘l bilan bildirmasligim kerak edi.
— Yaxshi, unday bo‘lsa, sen men bilan birga yurasan. Faqat orqamdan uzoqroq yur, — dedim, unga qat'iy qarab.
Jimin bir lahza ikkilanib, oxiri taslim bo‘lgandek yengil nafas oldi.
— Xo‘p bo‘lmasa, lekin uzoqqa bormaysiz.
Men xotirjam bosh irg‘adim.
— Albatta.
Ammo bu mening yangi rejam edi. Men Jimindan qanday qochishimni hozirdan o‘ylay boshladim. Bu safar muvaffaqiyatsizlikka yo‘l qo‘ymayman!

Bog‘ sari yurarkanman, ichimda yuragim shiddat bilan urardi. Jimin orqamdan biroz orqaroqda, lekin baribir kuzatib borayotganini bilardim. Agar endi to‘g‘ri harakat qilmasam, rejam yana barbod bo‘ladi.

Rejam: Jiminni chalg‘itish!
1. Ataylab bir joyda to‘xtab, charchaganimni aytaman.
2. O‘tirib, suv so‘rayman, shunda Jimin suv topish uchun xizmatkorlarni chaqiradi yoki o‘zi ketadi.
3. Shundan foydalanib, iloji boricha tezroq qochaman.
Bajarish vaqti keldi!
Men asta yurishni sustlashtirib, og‘ir nafas ola boshladim. Keyin birdan belimni ushlab, labimni tishlab to‘xtadim.
— Malikam, nimadir bo‘ldimi? — Jimin darrov yonimga keldi. Reja ishlayapti!
Men chuqur nafas olib, boshimni qimirlatdim.
— Hech narsa... faqat biroz charchadim. Shunchaki... bir oz o‘tirsam bo‘ladimi?
Jimin menga ishonchsizlik bilan qaradi.
— Xo‘p, lekin bu joyda uzoq qolmaysiz, — dedi va atrofga qaradi. — Sizga suv olib kelaymi?
Kutganim ham shu edi! Men jilmayib bosh irg‘adim.
— Ha, yaxshi bo‘lardi.
Jimin ikkilanib turdi-da, oxiri tez yurib xizmatkorlarni chaqirish uchun yo‘lga tushdi.
Shu zahoti men imkoniyatdan foydalanib, o‘rnimdan turdim va shosha-pisha qirollik yo‘laklari tomon yugurdim!
Bu safar qochaman! Va o‘sha joyga yetaman!

Oldinga intilayotganimda, kutilmaganda kimningdir qattiq gavdasiga urildim.

Shoshganimdan nafasim bo‘g‘zimga tiqilib, tizzalarim bo‘shashdi. Ko‘zlarimni ko‘tarib qaraganimda, otamning qat’iy va sovuq nigohlariga duch keldim.
Qayerga shoshayapsan, qizim? — dedi u jiddiy ohangda.
Oyoqlarim qotib qolgandi. Bir necha lahza hech narsa deya olmadim. Ichimda ming xil bahona o‘ylay boshladim, lekin otamning o‘tkir nigohlari har qanday yolg‘onni oson ilg‘ashi mumkin edi.
— M-men... kutubxonaga borayapman, otajon, — dedim sekingina, lekin ovozim titrab chiqdi.
Otam nigohlarini menga tikib turdi. Uning yuzida shubha bor edi. Go‘yo yuragimni teshib o‘qiyotgandek edi.
— Kutubxonaga? — u yonimga bir qadam tashladi. — Hizmatkorlarni chaqirib, ularga aytishing mumkin edi.
Javob topolmadim. Otamning ovozi hamisha qattiq va buyruq beruvchi edi, lekin bu safar... unda shubha aralash xavotir ham bor edi. Go‘yo u mening nimanidir yashirayotganimni sezayotgandi.
— Bugun shunchaki o‘zim borishni xohladim, — dedim past ovozda.
Otam biroz sukut saqladi, so‘ng:
— Hozir kutubxonaga emas, men bilan yur, — dedi qat’iy ohangda.
Yuragim yana shiddat bilan urishni boshladi. Rejam yana barbod bo‘ldi...

Ichimdan ming xil o‘y kechardi. Otam meni qayerga olib ketmoqchi? U nimanidir sezib qoldimi? Tashvishim ortib, yuragim tez ura boshladi.
Qaerga boramiz? — dedim ohista, otamning ortidan yurarkanman.
U javob bermadi. Shunchaki dadil qadamlar bilan yo‘lak bo‘ylab oldinga yurdi. Men esa itoatkorona ergashdim. Ortga qaraganimda, Jimin ham biz bilan kelayotganini ko‘rdim.
Ichimda o‘zimga tanbeh berdim. Rejam barbod bo‘ldi. Endi boshqa yo‘l topishim kerak...
Oxiri biz keng va dabdabali zalga kirdik. Zalning o‘rtasida katta dumaloq stol va uning atrofida bir necha vazirlar o‘tirardi.
Bu qirollik kengashi edi.
Otam joyiga o‘tirarkan, menga ham yonida joy ko‘rsatdi. Jimjitlik cho‘kdi.
Qirollikning kelajagi haqida muhim masalalarni muhokama qilamiz, — dedi otam jiddiy ohangda. — Va bugundan boshlab qizim Y/N ham bu kengashda faol qatnashishi kerak.
Ko‘zlarim katta-katta ochildi. Bu men uchun kutilmagan edi. Nega birdan meni kengashga jalb qilishdi?
Ammo savollarim ichimda qoldi. Men sukut saqlab, diqqat bilan tinglashga qaror qildim.
Shu payt zal eshigi ochildi.
Ichkariga Taehyung kirdi. U odatdagidek jasur qadamlar bilan yurib, otamga ta’zim qildi.
— Qirol hazratlari, — dedi u xotirjam ovozda. — Qirolliklarimiz o‘rtasidagi kelishuv haqida gaplashish uchun keldim.
Uning nigohi menga tushdi. Bu nigohda muloyimlik bor edi, lekin men hali ham kechagi voqeani unutmagandim.
Ichimdan og‘ir nafas oldim. Hozir esa butunlay boshqa narsalar haqida o‘ylayapman... J-Hope. Kechagi tush. Aconite.
Lekin men hozir qirollik kelajagi haqida muhokamada qatnashishim kerak. Hamma narsa ortga surildi. Hech kim bilmaydigan sirlarim ichimda qoldi...

Ichimda ming xil fikr aylanardi. Tushimdagi erkakning ismini bilmayman… Bu g‘alati emasmi? U menga "Aconite" deb murojaat qiladi, lekin o‘zi kim?
Kulib yubordim. Buni hech kim eshitmagani yaxshi bo‘ldi, aks holda hushim joyidami deb o‘ylashardi.
E, balki unga ism qo‘yayotganim ham mantiqsizdir... Lekin baribir ism qo‘ygim kelardi.
"Qora sirli yigit", "Tushimning begonasi", "Kishanlangan jodugar"...
Yo‘q, yo‘q, yo‘q. Bu juda kulgili. Men unga qandaydir salobatli ism berishim kerak.
"Lucian?" Juda uzun. "Dante?" Yo‘q, nimagadir mos kelmaydi. "Luan?"
Ha! Luan!
Ichimda bu ismni bir necha marta takrorladim. Luan… Ha, bu unga mos tushadi. Qora ko‘zlari, sirli nigohi va qaltiragan ovozi bilan bu ism unga yarashadi.
Boshim bilan sekin tasdiqlab qo‘ydim.
Y/N!
Otamning qattiq ovozi meni hayollarimdan shartta tortib oldi. Qattiq seskanib ketdim.
Haa? — dedim beixtiyor.
Men savol berdim. Javobing qanday?
Javobim? Qanday javob?!
O‘zimni tezda bosishga harakat qildim. Kengash a’zolari menga qarab turishardi. Hammasining nigohi jiddiy, faqat men esa... o‘z tushlarimda gumdonman.
Ichimdan og‘ir nafas oldim. Endi nimadir deyishim kerak… Lekin savol nimadan iboratligini ham eshitmadim.
Kechagina qasr kutubxonasida sirli kitobga qo‘lim tegdi. Bugun esa men qirollik masalalarini muhokama qilishim kerak.
Bu adolatdanmi?

Qirol nigohini menga qaratdi. Ko‘zlari jiddiy va sovuq edi.
Y/N, bu qanday hurmatsizlik? — Ovozi qat’iy jarangladi.
Ich-ichimdan bo‘shashib ketdim. Faqat otamning g‘azabini emas, balki butun kengash a’zolarining nigohini his qildim. Hammaning ko‘zlari menga qadalgan.
Men...Og‘zimdan boshqa so‘z chiqmadi.
Taehyung esa menga tikilib o‘tirardi. Lekin uning nigohi boshqalarnikidan farq qilardi. U meni muhabbat to‘la ko‘zlar bilan tomosha qilayotgan edi.
Men esa… o‘zim bilan o‘zim gaplashib o‘tiribman. Tabiiyki, bu uzoqdan kulgili ko‘ringan bo‘lsa kerak.
Birdan zal ichida mayin kulgi yangradi.
Taehyung kulib yuborgan edi!
U buni o‘zi ham sezmaganday, qo‘lini labiga olib bordi.
Qirol unga tez nigoh tashladi.
Shahzoda Taehyung, sizningcha, bu kulgili holatmi?
Taehyung o‘zini bosishga harakat qilib, bosh irg‘adi.
Yo‘q, kechirasiz, oliy hazratlari.
Men esa bosimni egib o‘tirardim. Qirol endi menga yana tikildi.
Y/N, hozircha seni kechiraman. Lekin esingni yig‘ib ol. Sen bu qirollikning vorisisan. Hushyor bo‘lishing kerak!
Men boshimni qimirlatdim.
Ha, otajon.
Lekin ichimda faqat bitta savol yoyinib turardi:
Luan, sen aslida kimsan?