April 7

𝐄𝐍𝐒𝐋𝐔𝐕🍃

13-qism

Politsiyachilar Jungkookni kuch bilan orqaga tortayotgan edi, ammo u bo‘ysunmadi. Ko‘zlarida yovvoyi olov chaqnab turar, yuragi azobdan tilka-pora bo‘lib ketgandek edi. Qo‘llari kishanlangan bo‘lsa-da, u yuragini hech kim to‘xtata olmasdi.
— "Qo‘yvor meni! Men uni tashlab keta olmayman! Y/N! U meni kutyapti!" — deb dod soldi u, ovozi titrab chiqdi.
Politsiyachilardan biri uni kuch bilan mashina tomon yetakladi. Ammo Jungkook keskin burilib, o‘sha ofitserga qattiq qarab:
— "U falaj! Hozirgina cho‘kdi! Nafas ololmayapti! Hali ham hushsiz! MENI UNING YONIDA QOLDIRING!!!"

Lia esa uzoqda qotib qolgancha tikilar edi. Uning lablari qaltirab, ko‘zlariga yosh to‘lib kelgan. Nima qilishni, kimga yordam berishni, kimni to‘xtatishni bilmas edi. Taehyung esa bir lahzaga politsiyachilar va Jungkook o‘rtasiga o‘zini otdi.
— "To‘xta, Jungkook! Men Y/Nga qarayman, sen hozir bunday bo‘lishing kerak emas! Men uni yolg‘iz qoldirmayman!" — dedi Taehyung, uning ovozi jiddiy va iztirobli edi.
Ammo Jungkook hali ham qabul qila olmasdi.
— "Sen?! Sen uniga qaray olmaysan!!, bilaman! Men ishonmayman senga! MEN BOR BO‘LSAM UNGA FAQAT MEN QARAYMAN! MENI QO‘YVORINGLAR!" — deb qichqirdi u, o‘zini mashinadan chiqarishga harakat qilib.
Politsiyachilar unga kuch bilan bosim o‘tkazishdi. Nihoyat, uni mashina ichiga tiqishdi. Ammo u hatto o‘sha yerda ham qarshilikdan to‘xtamadi. Eshik yopilar chog‘ida, u oxirgi marta nola qilgandek baqirdi:
— "Y/N… Meni kechir… Iltimos… Ko‘zlaringni och…"

Shifokorlar esa hanuz Y/N ustida ish olib borar edi. Nafas olishi biroz barqarorlashgan bo‘lsa-da, u hali ham hushsiz edi.

Shifoxona

Y/Nni tez yordam mashinasi orqali orqaga, Maldivdagi eng yaqin kasalxonaga olib ketishdi. U hanuz hushsiz, harakatsiz yotar, tanasi kuchsiz va rangsiz. Shifokorlar uni zudlik bilan jonlantirish bo‘limiga olib borishdi. Uzoq tekshiruvlardan so‘ng unga kislorod maskasi yetarli bo‘lmasligini ko‘rib, nafas olish apparatiga ulashdi.
— "U cho‘kkan, organizmi juda zaif... Agar hushiga kelmasa, komaga tushib qolish ehtimoli bor," — dedi shifokor jiddiy ohangda.
Lia esa yelkalari titrab, Y/Nning qo‘lidan ushlab turardi. U hech qachon bunchalik cho‘kkanini his qilmagandi. Do‘stini bunday holatda ko‘rish unga ich-ichidan og‘riq berar edi.
— "Y/N, iltimos... endi ko‘zlaringni och... Jungkook... u seni yo‘qotolmaydi..." — deya pichirladi u, ko‘z yoshlarini artib.
Shu paytda Taehyung esa boshqa joyda – politsiya bo‘limida edi. U hozir faqat bitta narsani o‘ylardi: Jungkookni qamoqdan chiqarish. Ammo bu oson emasdi. Chunki Jungkook nafaqat jinoyat sodir qilgan edi, balki hozir... u mutlaqo o‘zini yo‘qotgandi.

Qamoqxonadagi kamerada
Jungkook devorga urilar, baqirar, o‘zidan o‘zi kulib, yana yig‘lab yuborar edi. Uning ko‘zlarida umuman hayot yo‘q edi. U faqat bir ismni takrorlar edi: "Y/N... Y/N..."
Qo‘riqchilar esa tashqarida turib bir-biriga qarashdi.
— "Bu yigit... xuddi aqldan ozganga o‘xshaydi. O‘zini o‘ldirib qo‘yishidan xavotirdaman..." — dedi ulardan biri.
Ichkarida esa Jungkook bir burchakka tiz cho‘kib, qo‘llarini boshiga qo‘ygancha qichqirdi:
— "Agar u o‘lgan bo‘lsa... men ham yashamayman! Men uni sevaman! MENI CHIQARINGLAR! Y/N!!!"
U devorni mushtlab ura boshladi, hatto qo‘llari qonaganini ham sezmasdi. Qamoqxona jimjit edi, faqat uning azobli dodlari havoda chalinib turardi...

Bu orada Taehyung yuragini og‘ritgan bo‘lsa-da, Lia bilan bog‘landi:
— "Y/N qanday? U hali ham hushsizmi?"
— "Ha..." — dedi Lia qaltirab. — "Shifokorlar aytishdi... hozircha hech narsa deya olishmayapti. Nafas olish apparatiga ulangan."
Taehyung chuqur xo‘rsindi. Keyin past ovozda, ammo qat’iy ohangda shunday dedi:
— "Men Jungkookni qutqaraman. Y/N hushiga kelguncha, u qamoqda o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. Men bunga yo‘l qo‘ymayman."

Politsiya bo‘limi. Maxsus ruxsat bilan ajratilgan xona.

Taehyung uzun koridordan yurib keldi. Yuragi tez ura boshlagan, har bir qadam og‘ir tuyulardi. Nihoyat u o‘sha xona eshigi oldida to‘xtadi. Politsiyachi ohangsiz:
— "Faqat besh daqiqa. U hozir xavfli holatda. Ogohlantirib qo‘yay: ko‘rganlaringiz sizni larzaga solishi mumkin."
Taehyung bosh irg‘ab eshikni ochdi. Ichkariga qadam bosgan zahoti... u nafasini ichiga yutdi.

Jungkook... xuddi boshqa dunyoda edi. Ko‘zlarida hayot yo‘q, yuzida faqat vahima va ruhiy azob. U burchakka tiqilib o‘tirardi, devorga tikilgancha o‘zidan nimalarnidir shivirlayotgandi. Uning lablari titrardi, sochlari notartib, ko‘ylagi qon va changga belangan.
— "Y/N... u cho‘kdi... u cho‘kdi... men yetib bora olmadim... uni o‘ldirdim... men uni o‘ldirdim..." — deya pichirlardi u qayta-qayta.

Taehyung nigohini qattiq tikdi. Bu Jungkook emasdi. Bu... o‘sha kichikligida ruhiy shifoxonada yotgan, jarohatlangan bola edi.
U ichkariga kirib, sekin Jungkookga yaqinlashdi.
— "Jungkook..." — dedi u ohista, qo‘rqinchni yashirib.
Jungkook sekin boshini ko‘tardi. Nigohi so‘nib qolgan edi, lekin bir zumda Taehyungni tanidi.
— "Y/N... u qani? Nafas olyaptimi? U... meni kechiradimi? Men uni saqlay olmadim... meni endi sevmasligi mumkin..." — dedi u ovozi bo‘g‘ilib.

Taehyung yutinib, yoniga o‘tirdi. Qanday gapirishni bilmasdi. Bu paytda qattiq bo‘lish emas, sabr bilan yondashish kerak edi.
— "U nafas olyapti. Shifokorlar uni saqlab qolishmoqda. Hali hushiga kelgani yo‘q... lekin u tirik. Sen uni hayotini saqlab qolding, Jungkook. Suvga sakramaganingda... u allaqachon ketgan bo‘lardi."

Jungkookning ko‘zlarida yosh paydo bo‘ldi. U qo‘lini yuziga bosib, past ovozda yig‘lay boshladi.
— "Men uni yo‘qotolmayman, Tae... men u bo‘lmasa yashay olmayman... Men yana o‘sha joyga qaytdim, esingdami? Men bir paytlar hech narsani his qilmay qolgan edim. Faqat Y/N meni odam qilgandi... endi esa... men yana bo‘shliqdaman..."

Taehyung boshini egdi. Bu holatda u hech qachon Jungkookni ko‘rmagandi. U o‘ylardi, u tuzalgan. Ammo bu faqat vaqtinchalik edi. Asl Jungkook — siniq yurakli, ich-ichidan yongan bola hali ham ichkarida yashardi.

— "Men seni bu yerdan chiqarishga harakat qilaman. Lekin hozir... iltimos, o‘zingga kel. Y/N uchun. U hushiga kelganda seni hohlaydi. Hozirgi emas... u sevgan Jungkookni hohlaydi."

Jungkook sukut saqladi. So‘ng chuqur nafas olib, sekin bosh irg‘adi.
Taehyung yuragi siqilgancha chiqib ketdi. Orqasida esa halokatli sukunat qoldi...

Shifoxona!

Maldiv kasalxonasi. Maxsus palatalar bo‘limi.

Taehyung shiftga tikilib yotgan yigitning palatasi eshigini asta ochdi. Ichkarida xushyor, ammo qiynalayotgan yigit bor edi. Uning burni bint bilan bog‘langan, yuzida ko‘karishlar. Yonida hamshira dori berayotgan edi. Taehyung ichkariga qadam tashladi.
— "Iltimos, bizni yolg‘iz qoldiring," — dedi u muloyimlik bilan.
Hamshira bosh irg‘ab chiqib ketdi. Taehyung yigitga qarab stulga o‘tirdi. Yigit unga keskin nigoh tashladi.
— "Nima? Endi sen ham meni urmoqchimisan?" — dedi u xirillab.

Taehyung chuqur nafas oldi.
— "Yo‘q. Men... boshqa sabab bilan keldim. Senga pul taklif qilaman. Katta pul. Faqat... Jungkookning ustidan da’vo qilmagin."

Yigit kulimsiradi, lekin og‘riqdan yuzini buruhtirdi.
— "Senga o‘xshagan boy bolalar faqat pul bilan masalani yopadi, a? Sening do‘sting meni deyarli o‘ldirayotgan edi."

Taehyung ko‘zlarini yumdi. Bu vaziyat uni ham qiynayotgandi, lekin u holatni yumshatish uchun bor imkonini ishga solayotgandi.
— "Ha, Jungkook sening burningni sindirdi. Ehtimol, miya chayqalishiga ham sabab bo‘ldi. Lekin... bu faqat sening tanang jarohat oldi. U... ruhan butunlay yanchildi. U aqldan ozdi. Bilasanmi, nima uchun?"

Taehyung o‘rnidan turdi, derazaga qaradi.
— "U seni urganida sening burning singan. Ammo u Y/Nni suv ostida ko‘rgan paytda... yuragi singan. Bu ikki og‘riqni solishtirish mumkin emas."

U asta orqasiga o‘girildi va cho‘ntagidan qalin konvert chiqardi. Ichida katta miqdorda pul bor edi.
— "Bu seni davolashga, istasang, bu joydan ketishga yetadi. Faqat... bizga ozgina rahm qil. Shikoyat qilma. Iltimos."

Yigit jim bo‘ldi. Taehyung konvertni karavot ustiga qo‘ydi. So‘ng chiqib ketishga harakat qilganda, yigit sekin:
— "Men... qasddan qilmagandim. Faqat aravachaga tegib ketdim. Bunday bo‘lishini xohlamagandim..."

Taehyung boshini qimirlatdi.
— "Men bilaman. Shuning uchun senga nafrat bilan kelmadim. Faqat iltimos, bu masalani sudga olib chiqmagin. Uning holati undan ham og‘irroq."

U chiqib ketdi. Karavotda yotgan yigit esa uzoq vaqt konvertga qarab turdi... va ko‘zlarida ikkilanayotgan iztirob yondi.

Qamoqxona – tun. Sudgacha Ikki kun qoldi.

Jungkook qorong‘u kamerada, devorga tikilib o‘tiribdi. Sochlari to‘zg‘igan, ko‘zlarida uyqusizlik izlari. Nafasi og‘ir, nafas olayotganda yuragi siqilganday bo‘ladi. Birdaniga u eshitib turibdi:
“Jungkook... meni qutqara olmading.”

U boshini ko‘tardi. Qarshisida onasi turibdi. U oppoq ko‘ylakda, sochlari ho‘l, yuzida charchoq... Ammo bu haqiqat emas. Bu galutsinatsiya.
— “Ona?” — deya hushtaksiz so‘z chiqadi Jungkookning labidan.
Onasi unga qo‘l cho‘zmoqda.
— “U meni o‘ldirdi, Jungkook... sen esa faqat yig‘lab qarab turding.”
— “Yolg‘on! Men... men 9 yosh edim! Qo‘limdan hech narsa kelmasdi!”
Kameraning boshqa burchagida esa birdan otasi paydo bo‘ladi. Qorong‘u qiyofada, mast holatda, ko‘zlarida nafrat.
— “Yig‘lamasang-chi! Har doim yig‘layverasan! Senda onangni o‘ldirganimga sabab bor edi!” — deya qichqiradi u.
Jungkook qattiq chinqirib quloqlarini yopadi. Birdaniga eshik gursillaydi. Zobitlar ovoz eshitib kirishadi, ammo Jungkook joyida o‘tirgancha devorga baqiryapti:
— “Onamni qaytaring!!! Onamni qaytaring, iltimos! Men uni yana yo‘qotolmayman... Y/Nni ham yo‘qotolmayman!”
Zobitlar hayron:
— “U yana boshlabdi... psix holat... ruhiy bosim haddan oshgan...”
Ular unga ukol qilishadi, ammo Jungkook hanuz ko‘zini yumgancha o‘sha o‘tmish ichida qolgan.

FLASHBACK – O‘tmish, 20 yil avval.
Kecha. Yomg‘irli yo‘l. Jungkook 9 yoshda, orqa o‘rindiqda titrab o‘tiribdi. Onasi oldingi o‘rindiqda, ko‘kragidan qon ketmoqda. Otasi rulda, mast. Taehyung esa yonida, unga kuchli ko‘rinishga urinmoqda, ammo ko‘zlari yoshdan qizarib ketgan.
— “Jungkook, hech narsa dema, xo‘pmi? Hammasi o‘tadi,” — deydi Taehyung ovozi titrab.
Mashina sirpanadi... qorong‘ulik... portlash... Jungkook qichqiradi.

Qamoqxona. Hozirgi vaqt.

Jungkook birdan uyg‘ongandek bo‘lib devorga boshini uradi:
— “Men uni yana yo‘qotolmayman! Kapalagimni yo‘qotmayman! Iltimos...!”

U ruhan butkul sindi. Taehyung eshitganida, yuragi ezilar edi.

Kasalxona – Y/N xonasi

Lia stulda Y/Nning yonida jim o‘tirardi. Qizga kislorod apparati ulangan, rangpar yuzi, yopiq ko‘zlari... Hatto barmoqlari ham qimirlamaydi.
Lia asta qo‘lini ushladi:
— “Men... sen bilan ko‘proq gaplashishim kerak edi, Y/N. Sen bu yerda yotganingda men nima qilay? Qanday yashay?” — u xo‘rsinib yig‘lab yuboradi. — “Iltimos, ko‘zlaringni och... Jungkook seni ko‘rmasdan aqldan ozdi...”
Y/N jim.

2. Kasalxona yo‘lagi – Taehyungning nuqtai nazari

Taehyung derazadan dengizga qarab turibdi, bir qo‘lida telefon, ovozi keskin:
— “Ha, iloji yo‘q, u Jin advokatni toping. Eng kuchlisini. Sud ikki kundan keyin. Pul muammo emas, lekin Jungkookni ruhiy holati...”
Tanaffus.
— “Agar u sudga shu holatda chiqsa, uni doimiy ravishda psixiatriya klinikasiga yopishadi.”

U chuqur nafas olib, telefonni tugatadi va peshonasini devorga tiraydi. So‘ng xuddi o‘ziga gapirgandek pichirlab dedi:
— “Senga nima bo‘ldi, Kook? Men seni bu holatda qayta ko‘rmaslikka so‘z bergan edim...”

3. Qamoqxona – Jungkookning nuqtai nazari

Kamera ichida Jungkook devorga rasm chizayotgandek barmoqlari bilan harakatlanadi. U bo‘yoqsiz, qog‘ozsiz rasm chizadi — bu faqat uning xayolida.
U birdan past ovozda pichirlab boshlaydi:
— “Bu Y/N... bu esa men. Biz dengizga boramiz, ha... uni yana kuldiraman...”

Keyin birdan qichqiradi:
— “YO‘Q!!! Undan uzoqroq tur!!!” – U o‘zini devorga uradi, so‘ng deraza panjaralariga osiladi. Zobitlar yugurib keladi.
— “Men unga yomonlik qilmaganman!!!” — deya baqiradi u. — “U tirik! U tirik bo‘ladi, eshitayapsizlarmi?!!”
Zobitlardan biri unga ukol qilmoqchi bo‘ladi, ammo Jungkook qarshilik qiladi, unga baqiradi, yig‘laydi, iltimos qiladi:
— “Faqat Y/Nni ko‘rsating... uni ko‘rmasam men ham yo‘qolaman...”
Uning ko‘z oldidan yana onasining qoni oqayotgan manzara o‘tadi, u barmoqlari bilan ko‘zlarini berkitadi:
— “Men yana bolamanmi? Taehyung qayerda?! Taehyung!!!”