BLOOD LOVE
12-qism
Oradan bir necha hafta o‘tdi.
Jungkook va Y/N o‘rtasidagi sovuq munosabat endi butunlay o‘zgarib ulgurgandi. Avvallari faqat majburiyat bilan bog‘langan bu nikoh endi chinakam yaqinlik va ishonchga aylanayotgandi.
Jungkook o‘zining qattiqqo‘lligiga qaramay, Y/N bilan birga bo‘lishni yoqtirar, u xohlagan hamma narsani bajarar, hatto oddiy istaklarini ham e’tiborsiz qoldirmasdi.
— "Nima istasang, menga ayt, Y/N," — derdi u har safar unga qaraganida.
Y/N esa endi bu uyni qamoq emas, o‘z uyi deb his qila boshlagandi.
Bir kuni ertalab Y/N deraza yonida o‘tirib, issiq qahvasini ho‘plar ekan, o‘zini qanday baxtli his qilayotganini tushundi. Jungkook hamisha yonida edi, u bilan vaqt o‘tkazish unga rostdan ham yoqa boshlagan edi.
Jungkook esa Y/Nning har bir istagini ko‘zidan o‘qirdi. Agar u yangi kitob xohlasa, Jungkook shahar bo‘ylab qidirib, eng yaxshisini topib kelardi. Agar u sayr qilishni istasa, Jungkook hamma xavfsizlik choralarini ko‘rib, uni tashqariga olib chiqardi. Agar u shunchaki tunda yulduzlarga qarab dam olishni istasa, Jungkook hech ikkilanmasdan yoniga kelib, jimjit osmonni tomosha qilardi.
Bu muhabbat edi.
Jungkook avvallari hech qachon bunday hisni boshdan kechirmagan. U har doim o‘z ishlariga sho‘ng‘ib ketgan, hayotida faqat kuch va hokimiyat muhim deb bilgan odam edi. Ammo Y/N kelib, hamma narsani o‘zgartirdi. Endi Jungkook faqat uni baxtli qilishni istardi.
* * * * * * * * * * *
Y/N xonada zerikib o‘tirarkan, Jungkook o‘zining telefoniga sho‘ng‘ib ketganini ko‘rib, kulib qo‘ydi. So‘ng unga sezdirmay asta-sekin yaqinlashdi.
Jungkook hamon ekranga termulgancha bir narsalarni o‘qiyotgandi. Aynan shunday paytda Y/N chaqqonlik bilan uning qo‘lidagi telefonni tortib oldi.
— "Hey, bu yerdan qochishim uchun chiptalar olib qo‘ydingmi?!" — dedi u hazilomuz kulib.
Jungkookning qoshlari chimirildi. U bunday kutilmagan harakatni kutmagandi.
— "Y/N, ber, bu yerdan!"
Y/N esa shunchaki kuldi va qo‘lidagi telefonni baland ko‘tarib, uydan yugurib chiqdi.
— "Tutolmasang-chi?!"
Jungkook chuqur nafas olib, yuziga tabassum yugurtirdi. U tezlik bilan o‘rnidan turdi va Y/Nning ortidan quvdi.
Y/N koridor bo‘ylab yugurar, bir necha marta orqasiga qarab Jungkookning unga yaqinlashayotganini ko‘rib, yanada tezlashardi.
— "Agar ushlasam, jazongni beraman!" — Jungkook yengil kulimsirab baqirdi.
— "Buni ko‘ramiz!"
Y/N zinadan tushib, oshxona tomon burildi. Lekin Jungkook unga qaraganda ancha tez edi. U oshxonaga yetib kelishi bilan Jungkook birdan turtib, uni devor bilan siqib qo‘ydi.
— "Juda sho‘x bo‘lib ketibsan, Y/N," — pichirladi u, lablariga kulgi yugurtirib.
— "Men shunchaki zerikdim," — dedi Y/N, hali ham qo‘lidagi telefonni mahkam ushlab.
Jungkook asta oldinga egilib, uning yuziga yaqinlashdi.
— "Endi nima bo‘lishini bilasanmi?"
Y/N uning ko‘zlariga tikilib turdi. Yuragi biroz tez ura boshlaganini sezdi.
— "Nima bo‘ladi?" — dedi u sekin.
Jungkook jilmaydi.
— "Seni jazolayman."
So‘ng birdan Y/Nning belidan ushlab, uni yelkasiga ko‘tardi.
— "Jungkook, qo‘yib yubor!" — dedi Y/N qiqirlab.
— "Endi kech, jinoyatchi."
U shunchaki kulib, Y/Nni yelkasida ko‘tarib, zinadan yuqoriga, yotoqxona tomon yurdi.
Jungkook Y/Nni yelkasida ko‘tarib yotoqxonaga olib chiqayotgan edi, lekin birdan Y/Nning boshi aylandi. Uning qo‘llari bo‘shashib, ko‘z oldi qorong‘ilashib ketdi.
— "Jungkook…" — deb shivirladi u past ovozda.
Jungkook buni eshitib, darhol to‘xtadi va uni ehtiyotkorlik bilan yelkasidan tushirdi. Y/N esa yuzini changallab, chuqur nafas ola boshladi.
— "Hey, nima bo‘ldi?" — dedi Jungkook tashvish bilan.
Y/N kaftini ko‘kragiga qo‘yib, ichidagi noxushlikni bosishga harakat qildi.
— "Bilmadim… boshi aylanyapti…" — dedi u sekin.
Jungkook uning yuziga qaradi. Y/Nning rangi oqarib ketgandi. U birdan qornini ushlab oldi va yuzini burishtirdi.
— "Y/N, hozir shifokor chaqiraman!" — Jungkook cho‘ntagidan telefonini chiqarishga harakat qildi.
Lekin Y/N uning qo‘lidan ushlab to‘xtatdi.
— "Yo‘q… kerak emas. Shunchaki… biroz tinchlanib olsam bo‘ldi."
Jungkook uni yotoqqa olib borib, asta o‘tqazdi. So‘ng yoniga tiz cho‘kib, unga sinchiklab qaradi.
— "Boshqa joying ham og‘riyaptimi?"
Y/N sekin bosh chayqadi.
— "Fakat… ichim g‘alati bo‘lyapti… ko‘nglim ayniyapti…"
Jungkookning yuzidagi ifoda o‘zgarib ketdi. Uning miyasi tezlik bilan ishlay boshladi.
— "Y/N… sen…" — u chuqur nafas oldi. — "Haqiqatan ham homilador bo‘lishing mumkinmi?"
Y/N ko‘zlarini katta ochib unga tikildi. Uning yuragi tez urib ketdi. Bu savol unga birdan yetib kelgandi…
Y/N Jungkookning savolidan so‘ng chuqur nafas oldi. Uning yuragi shiddat bilan urardi.
— "Men… bilmayman…" — dedi u shivirlagancha.
Jungkook esa jiddiy qiyofada unga qarab turardi. Bir necha soniya ichida u nimanidir o‘ylab oldi va birdan o‘rnidan turdi.
— "Kutib o‘tirmaymiz. Hozir test olib kelaman!"
U shunday deb shoshilinch ravishda xonadan chiqib ketdi. Y/N esa yostiqqa suyanib, kaftlarini qorniga qo‘ydi. U hech qachon bunday his qilmagan edi. Ichida qandaydir hayajon, qo‘rquv va… bilinar-bilinmas quvonch bor edi.
Oradan yarim soat o‘tdi, Jungkook qaytib keldi. U qo‘lida bir nechta testni mahkam ushlab olgandi.
— "Mana, shuni tekshirib ko‘ramiz," — dedi u testlarni Y/Nga uzatar ekan.
Y/N chuqur nafas oldi va ularni qo‘liga oldi. U hammomga kirayotganda Jungkookning nigohini his qildi. Uning nigohida ham hayajon, ham tashvish bor edi.
Oradan bir necha daqiqa o‘tdi. Y/N sekin hammom eshigini ochdi va tashqariga chiqdi. Uning yuzida turli xil his-tuyg‘ular aks etgandi. Jungkook sabrsizlik bilan unga yaqinlashdi.
— "Nima bo‘ldi?" — dedi u sekin.
Y/N testni unga uzatdi. Jungkook uni qo‘liga oldi va natijaga tikildi. Uning yuragi bir lahzaga to‘xtab qolgandek bo‘ldi.
Ijobiy.
Jungkook testga uzoq tikilib qoldi. Y/N esa uning yuzidagi ifodani tushunishga harakat qilardi. Nihoyat, u chuqur nafas oldi va sekin boshini ko‘tardi.
— "Demak… rostdan ham homiladormisan?"
Y/N sekin bosh irg‘adi. Jungkook hech narsa demay, uni shunchaki quchoqlab oldi. Uning quchog‘i iliq va ishonchli edi.
— "Bu juda… kutilmagan narsa," — shivirladi u. — "Lekin men… xursandman."
Y/N uning quchog‘ida ko‘zlarini yumdi. Bu qanday hayot bo‘lishini hali tasavvur ham qila olmasdi. Lekin u bitta narsani bilardi — endi hammasi o‘zgargandi
Jungkookning qo‘llari Y/Nning belidan mahkam o‘ralgan edi. U hali ham test natijasiga ishonayotgani yo‘qday, ba’zida unga qarab, yana testga tikilib qo‘yardi.
Lekin Y/Nning miyasi allaqachon boshqa narsalar haqida o‘ylay boshlagandi. U asta Jungkookning ko‘kragiga boshini qo‘ydi-da, erkalana boshladi.
— "Jungkook… Men nimadir yeyishim kerak," — dedi u mayin ovozda.
Jungkook kulib yubordi.
— "Endi boshlangan bo‘lsa ham, allaqachon injiqlik qilayapsanmi?"
Y/N labini burib unga qaradi.
— "Eee, sen o‘zing aytgan eding-ku, homiladorlikda ayollar nima istasa, hammasi bajarilishi kerak deb!"
Jungkook og‘zi ochiq holda unga tikilib qoldi.
— "Men bunday gapni qachon aytdim?"
— "Endi aytding!" — dedi Y/N ishonch bilan.
Jungkook ensasini uqaladi va kulimsiradi.
— "Yaxshi-yaxshi. Nimani xohlaysan?"
Y/N shartta qo‘lini sanash uchun ko‘tarib oldi.
— "Ehtiyot bo‘l!" — Jungkook shoshilib uning qo‘lini pastga tushirdi. — "Endi ikkita odamning hayoti senga bog‘liq!"
Y/N kulib yubordi.
— "Bo‘ldi, bo‘ldi, men ehtiyot bo‘laman. Endi tingla: menga hozir shokoladli tort, mango sharbati, kartoshka fri va sushi olib kel!"
Jungkookning yuzi birdan jiddiylashdi.
— "Sushi?? Homilador ayollar xom baliq yeya olmaydi!"
— "Voy, unutsam-chi… unda shirinliklarning hammasidan olib kel!"
Jungkook chuqur nafas oldi va boshini chayqadi.
— "Sen ataylab meni qiynayapsan-a?"
— "Yo‘q, men shunchaki… homilador ayolman," — dedi Y/N lablarini qimtib.
Jungkook kulib yubordi va uning peshonasidan o‘pdi.
— "Yaxshi, men ketdim. Ammo ertaga yana nimadir xohlasang, shunchalik ko‘p buyurtma berma!"
Y/N yelka qisdi va qulay joylashib oldi.
— "Buni vaqti kelganda ko‘ramiz!"
Jungkook uni bitta qiziqarli kulgi bilan kuzatdi-da, chiqib ketdi.
Y/N esa choyshabga o‘ralib, hayotining yangi bosqichini qanday o‘tishini o‘ylay boshladi…