April 19

𝐁𝐥𝐢𝐧𝐝𝐥𝐲

1-qism🪻

Ikki ko‘zim telefonimga termilib, tratuardan ketayotgan edim. Dugonam bilan garov o‘ynagandik — jin ursin, u meni yutdi! Nega ham bunday garovga ko‘nganman? Endi garovni bajarayapman — oyoq yalang yurishga majburman. Go‘yo bu yetmaganday, hamyonimni ham yo‘qotib qo‘yganman.
O‘zimni tratuarda yuribman deb o‘ylagandim, aslida esa bilmagan holda svetafor o‘rnatilgan yo‘lga chiqib ketganman. Faqat svetaforning o‘rtasiga kelganimda qizil chiroqqa o‘tayotganimni anglab yetdim. Ana shu paytda, hayotim bir lahzaga osilib qolganini his qildim — yam-yashil Ferrari meni urib yuborishga sal qoldi!
Ferrari? Ajal domidan qaytganimni unutib, beixtiyor mashinaga tikilib qoldim. Axir bizning shaharda bunday mashinani faqat ikki odam haydaydi, deyishardi. Ulardan biri allaqachon mashinasini sotib yuborgan, ikkinchisi esa mashhur Kimlar oilasi edi. Ular haqida odamlar ko‘pincha shunchaki “ferrari egalari” deb gapirishardi, xolos.
Shu payt mashinadan yosh yigit tushib, xavotir bilan yaqinlashdi:
— Ahvolingiz joyidami? — dedi u. — Hozir qizil yonib turgan edi, qayerga qarab yuribsiz?
Bir lahza hushimni yo‘qotgandek bo‘ldim. Tush ko‘rayapman deb o‘yladim. Axir bizda bunday mashinalarni odatda semizroq, yoshi katta amakilar haydaydi. Ammo bu yigit... yosh, barno, o‘ziga ishonch bilan yura oladiganlardan edi.
Joyimda qotib turganim yigitni ham biroz cho‘chitib yuborgandi, shekilli. Yonimga yaqinlashganda, bo‘yining balandligini sezdim — taxminan ikki metr, balki o‘n santimetrcha oshirib yuborgan bo‘lishim mumkin. Uning yonida o‘zimni mayda sezib ketdim, garchi bo‘yim unchalik ham past bo‘lmasa-da.
— Meni eshityapsizmi? — dedi u yana bir bor, tovushida chindan ham havotir bor edi.
Hozir yashil chiroq yoqilgan, mashinalar to‘xtagan, atrofdagi odamlar esa bu voqeadan ko‘z uzmasdi.
— Ha-a-a... kechirasiz, — dedim dovdirab, nima deyishimni bilmay.
Nimaga bilmadim, lekin yo‘lning narigi tomoniga o‘tish o‘rniga, yana orqaga — kelgan tarafimga qaytdim.
Qizil chiroq yana yoqildi, yigit mashinasiga qaytishga majbur bo‘ldi. O‘zimni qandaydir g‘alati his qildim. U bilan tanishishni istadim, ammo g‘ururim bunga yo‘l bermasdi. Yana o‘sha klassik o‘yin: qiziqib qolganimni tan olmaslik...
Oradan bir necha daqiqa o‘tmay, yigit mashinasini yo‘l chetiga to‘xtatdi va yana men tomon yurdi.
Nahotki? Holimdan havotir olib kelyaptimi? Shunchaki mehrmi yoki...
— Men rostdan yaxshiman! — dedim u hali yetib kelmasidan, og‘iz ochishga ulgurmasidan oldin. — Sizni ham qo‘rqitib yubordim, uzr so‘rayman...

— Rostdan yaxshimisiz?, — endi negadir uning ovozi mayin yangradi. Bu men butun boshli hayotimda ahmoqlardek hayol surib, orzu qilgan ovoz ekan! Nega men ko‘proq ovozlarga e’tibor qarataman. Shunchaki jim ketsam bo‘lmaydimi.
— Ha, ha.
— Hamon karaxsiz, nazarimda, — u yo‘limni to‘sdi, — Biror yordam bera olarman.
— Tashvishlanganingiz uchun rahmat. Buni sizga dahli yo‘q.
Shunday imkoniyat turganida u bilan tanishgim keldi. O‘ylab qoldim, ehtimol, taqdir bizni bekorga uchrashtirmagandir. Agar u meni suhbatga chorlasa gaplashganim bo‘lsin.
— O‘zi bugun yaxshi kun bo‘lmadi. Hayolim joyida emas, — engil jilmaydim, qizig‘i u ham hammasini biladigandek jilmaydi. O, notanish yigit menga tabassum qildi!
— Tushunaman, — dedi u, — Savolim g‘alati tuyuladi, lekin nega oyoq kiyimingiz yo‘q?
U nima uchun sal avval nigohi yerga qaratilganini anglab, men ham oyog‘imga qaradim. Begona odamga o‘zim haqida aytib berish xatoligini bilsam-da, tilim sayrab ketdi.
— Buning tarixi uzun. Dugonalarim bilan garov o‘ynadik. Garovda yutqazgan, oyoq kiyimsiz uyga qaytadi, deyishdi. Ko‘rib turganingizdek men yutqazdim.
Kulib turgan yigitning yuzi o‘zgardi va jiddiy qiyofaga kirdi,
— Garov yaxshi narsa emas.
— Bilaman. Bizniki shunchaki hazil. Yo‘ldan oyoq kiyim sotib olmoqchi edim, ammo hamyonimni ham yo‘qotib qo‘yibman.
Yigit atrofga nazar solib, qayerda turganimizni bilishga harakat qildi, chog‘i. Biror nimani o‘ylayotganini yuzidan bilinardi.
— Bunisi endi yomon bo‘libdi. Keling men sizga yaxshilik qilaman...
— Yo‘q, yo‘q, shart emas, — u menga pul bermoqchi ekanligini darrov tushunib rad etdim-u, keyin oyoq kiyimsiz uyga qaytish bundan yomon ekanini tushundim,
— Lekin agar qarz deb bersangiz olaman. Menga shunchaki 200 000 qarz bera olasizmi?
— 200 000?, — u hayratda takrorladi, — Atigi shunchami?
— Ha, bu menga yetadi.
U charm qop-qora hamyonini cho‘ntagidan chiqardi, aynan shunda u kasytum shimda ekanini bilib qoldim. Erkak kishi kasytum shimda... Bu qandaydir juda jozibador va elegan.
— Yana bir narsa so‘ramoqchi edim, — u menga pulni shunchaki tutqazmoqchi bo‘lganida dedim, — Menga haligi...
Uning raqamini so‘rab olishim kerak, ammo betim qo‘ymayapti.
— Bu pulni sizga qaytarib berishim uchun, sizni topa olishim kerak...
Bitta gapni ayta olmay, o‘n soat chaynalidim. U ham sabr bilan yuzimga tikilib turdi.
— Raqam... Raqamingizni berasizmi?
— Ha, albatta, — shuncha qiynalib aytgan gapimni umuman oddiy qabul qilib, ichki cho‘ntagidan tashrif qog‘oz chiqardi, — Bu shaxsiy raqamim. Bemalol o‘zimga bog‘lana olasiz. Ammo, menga qolsa atigi shu pul uchun ovora bo‘lishingiz shart emasdi...
— Yo‘q, qarz deb oldim, albatta qaytaraman!, — dedim qat’iy, — Aytgancha, ismim Y/n.
Qo‘ng‘iroq qilganimda qaysi qiz ekan deb o‘ylab o‘tirmasligi yuzasidan o‘zimni tanitdim.
— Meniki, Jin, — dedi u javoban, — O‘zingiz keta olasiz, to‘g‘rimi?
— Albatta. Shuncha yordamingiz uchun rahmat.
Undan bazor ko‘z uzib, ortimga qayrildim. Faqat ortingga qarama, Y/n, qarama. Uni yoqtirib qolganiingni sezdirma. Ko‘p uzoqlashib ulgurmasimdan telefonim yodimga kelib, menga kelgan xabarlarga ko‘z yugurtirdim.
Hozirgina nima qilishni bilmay turgandim, endi esa qo‘limda ozgina pul bor. Albatta, onamga duch kelgan begona yigitdan qarz olganimni ayta olmasdim. Onam aniq vahima ko‘tarib, o‘n kun shu narsani eslab yuradi.
Ikki yoni uzun daraxtlar bilan qoplangan, bir tomondan mashinalar shuvillab o‘tib ketayotgan salqin piyodalar yo‘lagi bo‘ylab ketarkanman, ko‘zim uzoq-uzoqlardan ham birorta do‘kon izladi. Ko‘p qavatli uylarning katta ko‘chaga qaragan qismida juda ko‘p do‘konlar qatorlashgan bo‘lsa-da, birorta menga kerakli narsalarni ko‘zim ilg‘amay halak edim.
Taxminan, yana ikki kilometrni yalangoyoq bosib o‘tganimda, yo‘lning boshqa tarafidagi kichkina butikka ko‘zim tushdi. Nihoyat!!! Etagim uzunligi foydamga ishlab, oyog‘imda hech nima yo‘qligini deyarli hech kim payqamayotgandi.

O‘zim esa boshqa bunday ahmoqona garovlarda qatnashmaslikka ont ichdim. Kichik, ammo shinam kiyim do‘konida tezlikda oq krasovka tanladim. Biroz arzonroq edi-yu, hozirchaga meni qoniqtirdi. Qolgan pulni esa taksiga ishlatib, uyga yetib olsam-u, salqin uyimda dam olsam edi, mendan baxtli odam bo‘lmasdi.