BLOOD LOVE
BLOOD LOVE
RM POV
Mashinam shahar ko‘chalarida jim harakatlanarkan, ichimdagi bezovtalik kuchayib borardi. Sugaga uchrashishim kerak, lekin ehtiyot bo‘lishim ham muhim. Agar Jungkook biror shubha sezsa, bu o‘yin men uchun yomon yakun topishi mumkin.
Shahar chetidagi yashirin uchrashuv joyiga yetib bordim. Ichkariga kirganimda, Suga allaqachon o‘tirgan, bir stakan ichimlik bilan stolga suyangan holda meni kutib o‘tirardi.
— Xo‘sh, nima yangilik? — dedi u sovuq tabassum bilan.
Men stulga o‘tirib, past ovozda javob berdim:
— Jungkook to‘liq Y/N bilan band. Hozir hujum qilish uchun eng qulay vaqt.
Suga boshini chayqab, ichimlikdan bir qultum oldi va sokin ohangda gapira boshladi:
— Yo‘q, hozir emas. Shoshilish bizga zarar qiladi.
Men uning rejasini tushunmay, qoshlarimni chimirdim.
— Nimani kutishimiz kerak? Jungkook hozir faqat Y/N bilan band, hozir hujum qilish eng yaxshi vaqt!
— Yo‘q, biz Y/N xomilador bo‘lguncha kutamiz. O‘shanda Jungkookning ikkita zaif joyi bo‘ladi: rafiqasi va farzandi. Ana o‘shanda uni butunlay yer bilan yakson qilamiz.
Men uning rejasini eshitib, o‘ylanib qoldim…
Suga menga tikilib turardi, uning sovuq ko‘zlarida qoniqish bor edi.
— Demak, kutamiz… — dedim past ovozda.
— Ha. Jungkook o‘zini xavfsiz his qila boshlaydi, sen hamon uning yonida bo‘lasan. Y/N homilador bo‘lsa, u ikki baravar ehtiyotsizroq bo‘ladi. O‘shanda biz zarba beramiz.
Ichimda nimadir g‘ashimni keltirdi, lekin bu reja haqiqatan ham mukammal edi. Men indamay bosh irg‘ab, stuldan turdim.
— Yaxshi. Men Jungkook yoniga qaytaman.
— Ajoyib. O‘zingni tut, RM. Hali katta o‘yin oldinda.
Jungkook POV
Men uy ofisimda stulga suyanib, monitorlarga tikildim. Uyning har bir burchagi mening nazoratim ostida edi, lekin baribir ichimda bir noqulaylik sezardim.
RM biroz oldin ketdi. Unga ishonaman, lekin bugun nimadir g‘alati edi… U har doimgidan ko‘ra asabiyroq ko‘rindi.
Qo‘limni iyagimga qo‘yib, chuqur nafas oldim. Keyin esa ekranda Y/N ning xonasiga ko‘zim tushdi. U deraza oldida turar, nimadir haqida o‘ylanayotgandek.
Men yengil kulimsirab, kreslodan turdim. "Men buni keyin o‘ylab ko‘raman. Hozir esa Y/N ning oldiga borishim kerak."
Men asta xonadan chiqib, Y/N ning xonasiga yo‘l oldim. Eshikni qattiq taqillatmasdan ochdim.
U deraza oldida turib, tashqariga tikilgancha chuqur o‘yga cho‘mib ketgandi. Meni sezmagandek, mayin nafas olar, lablarini tishlab, qandaydir narsani o‘ylayotgandi.
— Nima haqda o‘ylayapsan, shirinim? — dedim past ovozda.
Y/N hayratdan orqaga tisarildi, lekin o‘zini tezda qo‘lga oldi.
— Hech narsa… Faqat… Hali ham telefonimni bermaysanmi? — dedi u.
Men kulimsiradim. "Bu qiz hech qachon taslim bo‘lmaydi."
Men jilmayib, qo‘llarimni cho‘ntaklarimga tiqdim.
— Yana telefon haqidami? Qiziq, men sensiz kunimni tasavvur qila olmay boshladim, sen esa faqat telefon haqida o‘ylayapsan, — dedim kinoya bilan.
Y/N ko‘zlarini devorga qadadi, lablarini tishladi.
— Men shunchaki… hech bo‘lmaganda biroz erkinlik istayman, — dedi past ovozda.
Men sekin oldinga yurib, uning iyagini ohista ko‘tarib, ko‘zlariga tikildim.
— Sabrli bo‘l, shirinim. Hamma narsa o‘z vaqtida.
U yelkasini qisdi, lekin hech narsa demadi. "U hali ham menga qarshilik qilmoqchi, lekin uzoq davom eta oladimi?"
Y/N menga yana savol nazari bilan qaradi, lekin bu safar uning nigohida iltijo bor edi.
— Agar telefon bermasang ham mayli… lekin hech bo‘lmaganda Rosèni shu uyga chaqirishga ruxsat berasanmi? Uni juda sog‘indim…
Men uning iltimosini eshitib, yelkamni qisdim. "Dugonasi bilan ko‘rishishni istayapti… bu qanchalik xavfsiz?"
— Rosè, ha? Sen uchun muhim ekanligini bilaman… — dedim chuqur o‘ylanib.
— Ha! Unga hech bo‘lmasa shu uyga kelishga ruxsat ber… iltimos.
Men bir necha soniya sukut saqladim. "Bu qaror beparvolik bo‘lishi mumkin… lekin Y/N mendan uzoqlashishini ham istamayman."
Men Y/N ning ishtiyoq bilan kutayotgan nigohiga qarab, chuqur nafas oldim. "Agar Rosè bu yerga kelsa, hech qanday muammo bo‘lmaydimi?" Bu fikr miyamdan o‘tdi, lekin Y/N ning yuzidagi iltijo hamma shubhalarni yuvib ketdi.
— Yaxshi, — dedim nihoyat. — Rosè bu yerga kelishi mumkin. Lekin qo‘riqchilarim uni kuzatib turadi.
Y/Nning yuzida yorug‘ tabassum paydo bo‘ldi.
Men uning quvonchini kuzatarkan, ichimda g‘alati iliqlik sezdim…
Y/N shodon kulib yubordi, lekin ko‘zlarida yana bir iltimos borligini sezdim. U qo‘llarini orqasiga yashirib, menga yaqinlashdi.
— Demak, Rosèni chaqirishga ruxsat berding, — dedi u mayin ohangda. — Lekin uni qanday chaqiraman?
U ko‘zlarini javdiratib, jilmaydi.
— Telefonim kerak. Faqat Rosèga qo‘ng‘iroq qilish uchun! Ishon, boshqa hech kimga yozmayman…
Men qo‘llarimni ko‘kragimga chalishtirib, unga sinchkovlik bilan qaradim.
— Y/N… — dedim ogohlantiruvchi ohangda.
U esa bema’nilik qilmayotganini isbotlashga urinib, qo‘llarini ko‘tardi.
— Faqat Rosèga yozaman, xolos! Iltimos, ishon menga…
Men uning gaplariga ishonishim mumkinligini bilardim, lekin bu yerda faqat ishonch yetarli emasdi. Bir necha soniya o‘ylab turdim, keyin asta-jimlikni buzdim.
— Xo‘p, — dedim nihoyat. — Lekin men yoningda turaman.
— Ha, lekin har bir yozgan xabaringni ko‘rib turaman.
U yuzini burishtirdi, lekin baribir xursand edi.
Men cho‘ntagimdan Y/nning telefonini chiqarib, unga uzatdim. "Ko‘raylikchi, u haqiqatan ham faqat Rosèga yozadimi?"
Y/N telefonni qo‘liga olishi bilan yuzida baxtiyor ifoda paydo bo‘ldi. U tezda Rosèning kontaktini topib, xabar yozishga tushdi.
Men uning yonida turib, ekranga qaradim. "Faqat Rosèga yozaman degan edi, shundaymi?"
U barmoqlarini tez yuritib, shunday deb yozdi:
“Rosè! Tezroq kel, seni juda sog‘indim!”
Shu payt telefon titradi, Rosè javob qaytardi:
Men yelkamni qisib, xotirjam turardim. Y/N esa endi menga qarab jilmaydi.
— Ko‘rdingmi? Faqat Rosèga yozdim!
— Yaxshi. Lekin Rosè kelguncha ko‘z-quloq bo‘lib turaman.
Y/N lablarini burdi, lekin baribir hayajonda edi. "Ko‘raylikchi, bu uchrashuv qanday o‘tadi."
Men telefonni qaytarib olib, Y/N ning yuzidagi quvonchni kuzatdim. U nihoyat o‘z dugonasi bilan ko‘rishish imkoniyatiga ega bo‘lgani uchun xursand edi.
— Rosè kelguncha tinch o‘tir, — dedim unga.
Y/N lablarini qimirlatib, “Mayli” degandek bosh irg‘adi.
Men esa qo‘riqchilarimga Rosèni uyga olib kelish uchun buyruq berdim. "Hamma narsa rejam bo‘yicha ketsa yaxshi bo‘lardi. Lekin ichimda qandaydir shubha bor..."
Y/N esa xayolchan holda tizzalarini quchoqlab, deraza tomon qaradi.
— Nima haqida o‘ylayapsan? — so‘radim.
U menga qarab, yengil jilmaydi.
— Rosè meni urishmaydimi deb o‘ylayapman.
— Demak, sendan ham qattiqroq xarakterga ega?
— Juda ham. U hamma narsani bilishni xohlaydi.
— Unda ko‘raylik, Rosè qanday savollar berarkan.
Y/N biroz xavotirlanib, lablarini tishladi. Oradan bir necha soat o‘tgach qo‘riqchilarimdan biri eshik taqillatdi.
— Demak, tomosha endi boshlanadi...
Eshik ochilishi bilan Y/N sapchib o‘rnidan turdi. Rosè ichkariga shoshilib kirib, Y/Nni mahkam quchoqladi.
— Voy Xudoyim! Sen yaxshimisan?! — dedi Rosè hayajon bilan.
Y/N jilmaydi, lekin uning ko‘zlarida hayajon aralash qo‘rquv bor edi.
Rosè unga sinchkov qaradi, keyin nigohini menga qaratdi.
— Bu yerdan chiqishingga ruxsat berishmayaptimi?!
Men yelkamni qisib, xotirjam ohangda gapirdim:
Rosè menga jahl bilan tikildi.
— "Xavfsiz" dedingmi?! Bu joy qamoqxonaga o‘xshaydi!
Men uning g‘azabini ko‘rib, kulimsiradim. "Ko‘raylikchi, Rosèning savollari yana qanchaga borarkan?"
Rosè menga o‘tkir nigoh bilan qaradi, go‘yo menga tanqid yog‘dirishga tayyor edi. Lekin birdan ko‘zlari kattalashib, xuddi o‘z fikrlarini unutgandek jim qoldi.
— Siz… — deb shivirladi u, menga tikilib.
Yuzimda yengil kulgi paydo bo‘ldi.
— Ha, men Jungkook, — dedim xotirjamlik bilan.
Rosè hali ham hayratdan o‘ziga kelmay qarab turardi. Uning nigohlarida nafaqat g‘azab, balki kutilmagan qiziqish ham bor edi. "Bu qizni hayratlantirish oson emas edi, lekin baribir meni kutmagandek."
Rosè hali ham hayratdan qotib turardi. U nigohini Y/N ga qaratib, shivirladi:
— Sen menga aytmagansan… bu odam… shunchalik…
Rosè bir lahzaga jim qoldi, keyin xijolat bo‘lgandek yo‘talib oldi.
— Hm, hech narsa! — U o‘zini tik tutishga harakat qildi. — Lekin men baribir Y/Nning bunday joyda qolishini xohlamayman!
Y/N esa yuzini ushlab oldi. Men ichimda kulib qo‘ydim. "Demak, Rosè meni kutganidan farqli ko‘rkam deb o‘ylayapti."
Men Rosèning Y/Nni olib chiqib ketmoqchi bo‘lganini tushunardim, lekin bu yerda hamma narsa mening nazoratim ostida edi.
— Xavotir olma, Rosè, — dedim xotirjam ohangda. — Y/N bu yerda juda yaxshi.
Rosè qo‘llarini ko‘kragiga chalishtirdi.
— Unda nega telefonini ham bermaysan?
— Chunki u mening ruxsatimsiz hech qayerga ketmaydi.
— Y/N, sen ham shunga rozi bo‘lyapsanmi?
Y/N boshini egib, hech narsa demadi. "Ko‘raylikchi, Rosè yana qanday bahs boshlaydi."
Y/N boshini egib, indamay turgani Rosèni yanada asabiylashtirdi.
— hoy sen, sen unga majburan shu yerda qolishga ruxsat beryapsanmi?! — Rosè qo‘llarini beliga qo‘ydi, ko‘zlari yonib turardi.
— Himoya?! — Rosè kinoya bilan kuldi. — Y/N o‘zi erkin yurishi kerak, sen esa uni qafasga qamading!
U jimib qoldi, go‘yo so‘zlarni topolmayotgandek.
Rosèning nigohi birdan Y/Nning qo‘lidagi nikoh uzugiga tushdi. Uning ko‘zlari katta-katta ochilib ketdi.
— Bu… — u shokka tushib, Y/N qo‘lidan ushladi. — Bu naqadar qimmatbaho uzuk!
Y/N indamay qo‘lini tortdi, lekin Rosè e’tiborini uning kiyimlariga qaratdi.
— Sen… senga juda hashamatli kiyimlar berishgan! Bu qanchalik qimmat ekanini bilasanmi?!
— Men xotinimga eng yaxshisini bera olaman.
Rosè shubhalanib menga tikildi.
— Demak, haqiqatan ham bu nikoh majburan bo‘lmaganmi?
Y/N esa javob bera olmay, shunchaki boshini egdi. "Bu qiz hammasini tushunishga juda urinmoqda, lekin Y/N hali aniq bir javob bera olmaydi."
RM Jungkookning uyiga keldi. Har doimgidek, u to‘g‘ri ofisga yo‘l oldi. Lekin ichkariga kirganida, Jungkookni topa olmadi. Stoldagi katta monitorlar hali ham uyning turli qismlarini ko‘rsatayotgan edi, lekin Jungkookning qayerda ekanligi noma’lum edi.
Shu payt RM ortiga burilib, tasodifan Jiminga duch keldi.
— Qidirayotgan odamingni topolmadingmi? — Jimin xotirjamlik bilan so‘radi.
RM uning nigohidan nimanidir sezdi, lekin o‘zini bardam tutdi.
— Xo‘jayinning qaerdaligini hamma ham bilavermaydi…
Jimin RMga qarab, yengil kulimsiradi.
— Xo‘jayinni qidiryapsan, lekin u hozir mehmon bilan band.
Jimin yelkasini qisib, bemalol ohangda gapirdi:
— Ha, men Rosè degan bir qizni bu uyga olib kelganman. Hozir ular mehmonxonada gaplashishmoqda.
RM ichida bir lahzaga taranglashdi, lekin bu sezilmasligi uchun xotirjam qiyofada qoldi.
— Qiziq… — u jilmaydi. — Juda qiziq.
RMning miyasi tez ishlardi. "Rosè bu uyga keldi degani, endi vaziyat yanada murakkablashishi mumkin." U o‘zini hech narsa bo‘lmagandek tutishga harakat qildi.
— Demak, mehmon bor ekan, — dedi u xotirjam ohangda. — Jungkookning kayfiyati yaxshimi?
Jimin uni sinchkovlik bilan kuzatdi.
— Juda yaxshi. Hatto umuman shubhalanmayapti ham, — dedi u xuddi nimanidir imkonsiz deb hisoblagandek.
— Chunki hozir u o‘zgargan. Sevgi odamni o‘zgartiradi, to‘g‘rimi?
RM jilmayib qo‘ydi, lekin ichida bezovtalik paydo bo‘la boshladi. "Jungkookning o‘zgarishi menga foydalimi yoki zarar?"
— Hm, sevgi odamni o‘zgartiradi, haqiqat, — RM tasdiqladi. — Lekin bu hamma narsani yengish degani emas.
— Sen nimani nazarda tutyapsan?
— Faqat shunchaki, ehtiyot bo‘lish kerakligini aytyapman. Mafiya olamida hamma narsa o‘zgara oladi… hatto eng kuchli odam ham.
Jimin uning so‘zlariga shubha bilan qaradi. "U nimanidir biladimi?"
Jungkook kresloga yastanib o‘tirarkan, Rosèga sinchkovlik bilan qaradi.
— Xo‘sh, sen Y/Nning eng yaqin dugonasisan, to‘g‘rimi?
Rosè biroz ikkilanib, lekin o‘zini dadil tutishga harakat qilib javob berdi:
— Ha, biz juda yaqinmiz. Va men u haqida qayg‘uraman…
Y/N yonidan unga qo‘li bilan ishora qilib, gapni bo‘ldi:
Rosè esa Y/Nning bunday gapirishidan hayron bo‘ldi. U dugonasining yuziga sinchiklab tikilib, savolomuz jilmaydi:
Jungkook ularning o‘rtasidagi sukunatni buzib, ohista kulimsiradi:
— Nega hamma mendan shubhalanayotgandek?
Shu payt eshik ochilib, RM xonaga kirdi…
RM ichkariga kirishi bilan Jungkook unga bir qarashda e'tibor bermadi, lekin Rosèning yuzidagi o‘zgarishdan bir lahzaga ko‘z qisib qo‘ydi. RM esa odatdagidek hotirjam ohangda gap boshladi:
— Kechirasiz, men bezovta qilmadimmi?
Jungkook kulimsirab, stol ustida qo‘lini chalishtirdi:
— Yo‘q, unday emas. Gapiring, RM.
RM yuzidagi tabiiy tabassumni saqlagancha, atrofni ko‘zdan kechirdi. Uning nigohi Y/N va Rosèga tushdi.
— Y/Nga mehmon kelganidan xabarim yo‘q edi.
Rosè biroz bezovtalanib, RMga tikildi. RM esa ichida o‘z rejalarini yana bir bor esladi. "Hozir hech narsa shubhali bo‘lishi kerak emas."
Jungkook xotirjam ohangda davom etdi:
— Ha, bu uning dugonasi. Unga ruxsat berdim.
— Juda yaxshi. Axir, xotiningizning baxtli bo‘lishi muhim-da.
Y/N bu gapdan biroz hayratlanib, Jungkookka qaradi. Rosè esa RMni sinchkovlik bilan kuzatishda davom etdi.
Jungkook esa jilmayib, barchaga tikildi:
— Ha, bu masalada xato qila olmayman.
Sukut cho‘kdi. Lekin bu sukunat faqat yuzada edi. Chunki har kimning miyasi o‘ziga xos rejalar bilan band edi…