𝐄𝐍𝐒𝐋𝐔𝐕
Sohyun o‘zini yo‘qotib, noqulaylikdan yutindi.
Jungkookning sovuqligi va qat’iyati uni har doim qo‘rqitardi.
Lekin bunaqa keskin rad etilish uni yanada g‘azablantirdi.
U yana bir bor o‘zini yoqimli qilib ko‘rsatishga harakat qildi.
— Kechirasiz, Jungkook-nim, — dedi u past ovozda. — Men shunchaki... siz juda charchagan ko‘rindingiz. Men faqat...
Jungkook qog‘ozlarni varaqlashni to‘xtatib, unga sovuq nigohini qadadi.
— Sohyun, — dedi u qattiq ohangda. — Men bilan bo‘lishni xohlaysanmi?
Sohyunning ko‘zlari chaqnadi, yuziga umid uchqunlari yugurdi.
— Ha! — dedi u shoshib.
Jungkook og‘ir iljaydi.
— Unda birinchi shartimni bilib ol.
Sohyun sabr bilan javobini kutdi.
Jungkook stolga engashib, sekin gapirdi:
— Mendan umid qilma.😏
Sohyunning yuzidan rang qochdi.
U yutindi va zo‘rg‘a kulimsiradi.
— Lekin Jungkook-nim...
Jungkook uning gapini bo‘ldi.
— Hali tushunmadingmi? — dedi u keskin. — Mening xotinim bor. Va men faqat uni sevaman.
Sohyun chuqur nafas oldi, hafsalasi pir bo‘lib, boshi egildi.
Jungkook esa undan ko‘z uzmay davom etdi.
— Boshqa bunday harakat qilma, Sohyun. Yo‘qsa, bu yerda ishlash muddating tugaydi.
Sohyun boshini qimirlatib, indamay eshik tomonga yurdi.
Lekin yuragida achchiq hasad va g‘azab jo‘sh urardi.
U hech qachon bunday oson taslim bo‘lmaydi.
Sohyun sekin yurib eshikka yetdi, lekin chiqishdan oldin bir lahza to‘xtadi. Nafasini rostlab, o‘zini sokin ko‘rsatishga harakat qildi. Yuragi g‘azab va alamdan siqilardi, lekin hozircha hech narsa qila olmasdi. U ortga burilib, Jungkookga so‘nggi bor qaradi.
— Men hech qachon taslim bo‘lmayman, — dedi u shivirlab, ammo Jungkook buni eshitmadi yoki eshitishni istamadi.
Jungkook esa qog‘ozlariga qaytib, uning chiqib ketishini kutdi. Eshik ohangsiz yopildi. U qattiq nafas oldi va kaftlarini chakkasiga qo‘ydi. Bugun hammasi juda charchatgandi. Biroq, uning ongining eng tubida faqat bitta narsa bor edi: Y/N.
U qo‘lidagi qalamni stolga qo‘yib, o‘rnidan turdi. Uning sabri tugab borardi. Y/Nni yana bir marta bag‘riga bosishni, uning ko‘zlariga qarashni, sochlarini siypalashni istardi. U xotiniga zarracha ham zarar yetkazmoqchi emasdi, faqat uni o‘zidan uzoqlashtirishga chiday olmasdi.
U tezda paltosini oldi va chiqib ketdi. Mashinasiga o‘tirib, dvigatelni ishga tushirdi. Yuragi tinimsiz urardi. U Y/Nning oldiga borishi kerak edi.
Uy ichida sukunat hukmron edi. Y/N o‘z xonasida yotgancha shiftga tikilgan holda o‘ylardi. Tanasi unga bo‘ysunmasdi. Harakat qilishga harakat qilganida ham oyoqlari va qo‘llari unga itoat etmasdi. Yuragining tubida qo‘rquv bor edi.
Xonaga Jungkook kirganida, havo o‘zgarib ketdi. U asta-sekin yotog‘iga yaqinlashdi va Y/Nning yoniga tiz cho‘kdi. Qo‘lini sekin Y/Nning yonoqlariga tekkizdi. Unga mehr bilan boqdi, lekin bu mehr ortida nimadir yashirin edi.
— Seni sog‘indim, — pichirladi u.
Y/N uning qo‘liga qaradi. Ich-ichidan qo‘rquv his qildi, lekin buni bildirmaslikka harakat qildi.
— Meni qo‘yib yubor, Jungkook... — ovozi titrardi.
Jungkook jilmaydi, lekin bu jilmayishda iliqlik yo‘q edi. U Y/Nning sochlarini sekin siypaladi.
— Men seni hech qachon qo‘yib yubormayman, — dedi u qattiq ohangda. — Sen faqat men uchun yashaysan, Y/N.
Y/N ko‘zlarini yumdi. Nafas olish og‘irlashdi. U bu do‘zirash, bu zulmat ichida qancha vaqt qamalib qolishini bilmasdi.
Lekin bir narsa aniq edi: Jungkook hech qachon uni o‘zidan uzoqlashtirishga yo‘l qo‘ymasdi.
— Men... o‘tirishni istayman, — dedi Y/N asta-sekin.
Jungkook bir lahza jim bo‘ldi, so‘ng ko‘zlarida g‘alati jilva paydo bo‘ldi. U ehtiyotkorlik bilan Y/Nning jonsiz tanasini ko‘tarib, uni o‘tqazdi. Qo‘llari uning belini mahkam ushladi, go‘yo hech qachon qo‘yib yubormoqchi emasday.
— Tashqariga chiqishni istayman... Uyda zerikdim.
Jungkook unga qaradi. Tashqarida kuz edi, havo biroz sovuq, shamol esib turgan bo‘lsa ham, Y/N bir lahza bo‘lsa ham toza havoda bo‘lishni istardi.
Jungkook uning qo‘llarini ushladi va yumshoq ovozda so‘radi:
— Sovuq ekanini bilasanmi?
Y/N unga tikildi. Jungkook uning ko‘zlariga termuldi, so‘ng sekin jilmayib, pichirladi:
— Agar xohlasang, seni tashqariga olib chiqaman. Lekin faqat men bilan.
Jungkook sekinlik bilan Y/Nning yoniga o‘tirdi. Uning yuzi xotirjam, ko‘zlarida esa o‘zgarmas jiddiylik bor edi. U Y/Nning qo‘llarini ushlab, asta kiyintira boshladi.
— Sovuq bo‘ladi, — dedi u past ovozda, Y/Nning nimjon qo‘llariga qo‘lqop kiydirib.
Y/N hech qanday harakat qila olmasdi, faqat boshi biroz qimirlayotgan, ovozi esa juda sust edi.
— Havo... yaxshi bo‘ladi, — dedi u zo‘rg‘a.
Jungkook unga qalin kurtka kiydirdi va sochlarini tartibga keltirdi. Uning harakatlari ehtiyotkor, lekin bir vaqtning o‘zida hukmron edi — go‘yo Y/Nning ustidan to‘liq nazorat o‘rnatganidan mamnun edi.
— Faqat mendan uzoqlashmaysan, — dedi Jungkook uning bo‘yniga sharf o‘rayotib. — Har doimgidek.
U Y/Nning nimjon yuziga qo‘li bilan tegib, ohista jilmaydi.
— Tayyormisan?
Y/N hech narsa deya olmadi, faqat sekin ko‘zlarini yumib, so‘ng yana ochdi. Jungkook bu harakatni tasdiq sifatida qabul qildi va uni bag‘riga oldi.
— Xo‘sh, ketdik…
Jungkook ehtiyotkorlik bilan Y/Nni qo‘liga oldi va nogironlar aravachasiga o‘tqazdi. Uning tanasi mutlaqo kuchsiz edi, faqat boshini biroz qimirlatib, atrofga qaray olardi.
— Sovuq bo‘lsa ham, ozgina toza havo senga foydali, — dedi Jungkook sekin ohangda.
U aravachani asta itarib, uy hovlisiga olib chiqdi. Kuz havosi biroz sovuq edi, mayin shamol esib, daraxt yaproqlarini sekin tebratar edi. Y/Nning yuziga salqin havo urildi, lekin u shunchaki chuqur nafas oldi, boshqa hech narsa qila olmasdi.
Xizmatkorlardan biri Jungkookning harakatini ko‘rib, unga yaqinlashdi.
— Janob, yordam kerak emasmi?
Boshqa xizmatkorlar ham unga qarab turishardi. Jungkook ularga bir qarash tashlab, sovuq ohangda gapirdi:
— Ketaveringlar.
Xizmatkorlar bir-biriga qarashdi, lekin hech kim qarshilik qilmadi. Ular asta ortga chekinishdi.
Jungkook Y/Nning yonida tiz cho‘kib, uning qo‘llarini kaftlari orasiga oldi.
— Qanday? Sovuq emasmi?
Y/N zo‘rg‘a ovoz chiqardi:
— Havo… yaxshi…
Jungkook unga tikilib turdi, so‘ng sekin jilmaydi.
— Demak, biroz shu yerda qolamiz… faqat men bilan.
Bu orada Taehyung kuchadan qaytib hovliga chiqqanida Jungkook va Y/Nni ko‘rib to‘xtab qoldi. Havo salqin, daraxtlarning sarg‘aygan barglari shamolda shitirlab yerga tushardi. Jungkook nogironlar aravachasida o‘tirgan Y/Nning yonida turgancha nimadir pichirlayotgandi.
Taehyung asta oldinga yurib, jilmaydi:
— Nima, bugun romantika kunimi?
Jungkook unga qisqa qarab, xotirjam ohangda gapirdi:
— Y/Nga toza havo kerak deb o‘yladim. Kun bo‘yi uyda o‘tirgani yetar.
Taehyung Y/Nga qaradi. U biroz rangi oqarib ketgan, juda sokin edi. Lekin Taehyung bu haqida o‘ylamadi, faqat xotirjam so‘radi:
— Yaxshi bo‘lib qoldingmi, Y/N?
Y/Nning lablari zo‘rg‘a qimirlagan holda past ovozda javob berdi:
— Ha... yaxshi.
Taehyung boshini qimirlatib, yana Jungkookga qaradi:
— Hm, lekin uni bunchalik charchatib qo‘ymadingmi? Juda holdan toygan ko‘rinadi.
Jungkook sekin kulimsiradi va bemalol javob berdi:
— Hali biroz zaif. Bilasan-ku, bu tug‘ma holat. Endi asta-sekin o‘ziga kelmoqda.
Taehyung bosh irg‘ab, tushungancha jilmaydi:
— Ha, yaxshi. O‘zing qarab turganing yaxshi. Men ichkariga kirdim.
U uydan ichkariga kirib ketarkan, bir lahza Y/Nning nigohi unga tushgandek bo‘ldi. Nimadir noto‘g‘riligini anglagandek yuragi allanechuk g‘ashlandi, lekin Jungkookning gaplari unga yetarlicha ishonchli tuyuldi.
Jungkook esa Taehyung ichkariga kirib ketishi bilan Y/Nning yoniga egildi va mayin ohangda pichirladi:
— Ko‘rdingmi? Hech kim hech narsani bilmaydi, jonim. Va hech qachon bilmaydi ham.