BLOOD LOVE
Jungkook uning yoniga kelib, qo‘lidan ushladi. “Bu endi sening yangi hayoting, malikam.”
Y/N bir lahzaga ko‘zlarini yumdi. “Bu qanday hayot bo‘ladi?” – degan savol uning xayolini tark etmasdi.
Jungkook uni ichkariga boshladi, va eshik ortidan yopildi...
Jungkook Y/Nni ichkariga boshlab kirdi. Hashamatli mehmonxona yaltirab turardi. U eshik ortidan berk etilishi bilan, Y/N qo‘lini tortib oldi va unga o‘qrayib qaradi.
— Endi nima? — dedi Y/N sovuq ovozda.
Jungkook unga yaqinroq kelib, yuziga tikildi.
— Endi sen rasmiy ravishda mening rafiqam bo‘lding, — dedi u sekin. — O‘z joyingni o‘rganishing kerak.
— Men bu joyga hech qachon o‘rganmayman.
Shu payt xizmatkorlardan biri yaqinlashdi.
— Xonangiz tayyor, janob, xonim.
Jungkook Y/N tomon ishora qildi.
U hech qanday javob kutmasdan, uni yetaklab zinapoya tomon yurdi. Y/N esa yuragi shiddat bilan urayotganini his qildi. Bu joydan qochish umuman imkonsiz edi.
Jungkook Y/Nni yetaklab, zinadan yuqoriga chiqdi. Yo‘lak uzun va jimjit edi. Har bir burchakda kuzatuv kameralari, har tarafda qo‘riqchilar turardi.
Eshik oldiga kelishdi. Jungkook uni ochib, ichkariga ishora qildi.
Y/N ichkariga qadam qo‘ydi. Xona juda keng va chiroyli edi, lekin oyna panjaralar bilan berk edi.
— Demak, qamoqxona? — dedi u istehzoli ohangda.
Jungkook eshik oldida turib jilmaydi.
— Bu sening hayoting endi. Shu yerni o‘rganib chiq. Ertaga yangi qoidalarni tushuntiraman.
Shunday deb, u eshikni yopdi va qulfladi.
Y/N yolg‘iz qoldi. U panjarali derazaga yaqin borib, tashqariga qaradi. Yuragi siqilib ketdi. Bu yerdan qochish imkonsiz edi.
Y/N POV
Ertalab uyg‘onib, shiftga tikilib yotdim. “Men qayerdaman? Ha, to‘ydan keyin…”
O‘rnimdan turib, xona ichida yurib chiqdim. Bu yer shunchalik hashamatli ediki, lekin baribir o‘zimni tutqun kabi his qilardim.
“Men universitetga borishim kerak. Hayotim faqat shu uydan iborat bo‘lib qolmasligi kerak.”
Nafasimni rostlab, eshik tomon yurdim va asta taqillatdim. Bir necha soniyadan keyin eshik ochildi. Jungkook qarshimda turardi.
— Menga gapirishim kerak, — dedim unga tikilib.
U qo‘llarini ko‘ksiga chalishtirdi.
Men chuqur nafas olib, qat’iyat bilan gapirdim.
— Men universitetga qaytishim kerak. O‘qishimni davom ettirishni xohlayman.
Jungkook ko‘zlarini qisib, sinchkovlik bilan menga tikildi. Uning javobi hayotimni butunlay o‘zgartirishi mumkin edi.
Jungkook POV
Y/Nning so‘zlarini eshitib, chuqur o‘ylab qoldim. "Universitetga qaytish?" Bu oddiy istakdek tuyulishi mumkin, lekin men uchun emas.
Men hozirgina mafiya boshlig‘ining xotiniga aylandim. Bu degani, endi u ham xavf ostida.
U mening eng katta dushmanim, va agar u Y/N borligini bilib qolsa… uni nishonga olishi mumkin.
Y/Nning nigohiga qaradim. U hali o‘zi qanday dunyoga tushib qolganini tushunmaydi.
— Bu masalani keyin gaplashamiz, — dedim sovuqqina.
Men unga yaqinroq kelib, yuziga tikildim.
— Bu sening xavfsizliging bilan bog‘liq, Y/N.
U qaltiragancha orqaga tislandi. Unga qanday tushuntirishimni bilmasdim, lekin bitta haqiqat bor edi: endi u mening zaif tomonim edi.
Y/N POV
Jungkookning sovuq ovozi meni g‘azablantirdi. "Xavfsizlik deysanmi? Aslida bu shunchaki nazorat!"
Men chuqur nafas oldim va iloji boricha xotirjam gapirdim.
— Menga telefonimni qaytarib ber.
Jungkook menga qaradi, go‘yo bu iltimosni oldindan kutgandek edi.
— Ota-onam bilan gaplashishim kerak. Do‘stlarim bilan ham.
Jungkook kulimsiradi, lekin bu kulgi samimiy emas edi.
— Endi sening hayoting boshqacha, Y/N. Senga telefon kerak emas.
Men uning ko‘zlariga tikildim.
— Demak, menga hamma narsani taqiqlash niyating bormi?
U bir lahzaga jim qoldi, keyin yuzidagi ifoda o‘zgardi.
— Agar o‘zim nazorat qilsam, bir telefon topib berishim mumkin. Lekin faqat men ruxsat bergan odamlar bilan gaplashasan.
Yuragim tez urib ketdi. Bu erkinlik emas, bu shunchaki boshqacha usul bilan qo‘yilgan qamoq.
Suga POV
Sovuq tunda Suga yashirin ofisida stulga suyanib, qo‘lidagi sigaretni ohista burab o‘tirdi. Uning qarshisida qora kiyimli odam — X turgan edi.
— Demak, yangiliklar bormi? — so‘radi Suga past ovozda.
— Juda qiziqarli yangiliklar bor. Jungkook turmush qurdi.
Suga bir lahzaga jim qoldi. Keyin nigohi keskinlashdi.
— Oddiy qiz. Ammo… muhim narsa bor.
Suga ko‘zlarini qisdi. So‘ng asta kulimsiradi.
— Demak, nihoyat, unga zarba berishning vaqti keldi…
Suga — Jungkookning eng katta dushmani, ilgari mafiya oilasining vorisi bo‘lgan. Ammo uning oilasi Jungkookning ota-onasi tomonidan xiyonatga uchragan va butun imperiyasi qulashi natijasida Suga bolaligida yetimxonaga tushib qolgan. U yillar davomida o‘z kuchini to‘plab, qayta mafiya dunyosiga kirib kelgan.
Suga Jungkookni nafaqat o‘zining oilasini barbod qilgani uchun, balki uning hozirda kuchli mafiya yetakchisi bo‘lgani uchun ham yomon ko‘radi. U har doim Jungkookdan o‘ch olishni orzu qilgan, lekin bunga imkon topolmagan. Endi esa, Xning xabari unga eng yaxshi imkoniyatni taqdim etmoqda.
— Ha. Y/N ismli oddiy qiz. Lekin… u juda muhim. U Jungkookning zaif joyi.
Suga barmog‘i bilan stolni ohista taqillatib o‘tirarkan, o‘yga toldi.
— Bu qizni qo‘lga olish qanchalik qiyin bo‘ladi?
— Oson emas. Jungkook uni o‘z uyida qafasga o‘xshash joyda saqlayapti. Qo‘riqchilar har tarafda. Harakatlari nazorat ostida.
Suga qiziqib boshini qimirlatdi.
— Juda yaxshi. Demak, unga yetib borishning iloji yo‘q degani emas.
U sigaretasini kuldon ichiga tashlab, o‘rnidan turdi.
— Menga reja tuz. Biz Jungkookning zaif nuqtasiga zarba beramiz.
Y/N POV
Xonada jimjitlik hukm surardi. "Bu joydan chiqishning iloji bormi?" Ichimdan bu savolni qayta-qayta berardim.
Jungkook menga telefon bermadi, universitet haqida gaplashishni keyinga surdi. Demak, u meni butunlay nazorat ostida ushlab turmoqchi.
Shu payt eshik ochildi va xizmatkor kirdi.
— Xonim, kechki ovqat tayyor. Jungkook janoblari sizni kutyaptilar.
Men sekin nafas oldim. "Men unga bo‘ysunmayman. Lekin hozircha sukut saqlashim kerak."
Eshikdan chiqarkanman, yuragim tez ura boshladi. Chunki bu uyning har burchagi sirli edi, va eng qo‘rqinchlisi… men bu yerda yolg‘iz edim.
Men asta zinapoyadan pastga tushdim. Yuragimni vahima qoplagandi, lekin tashqaridan xotirjamlikni saqlashga harakat qilardim.
Ovqat xonasiga kirganimda, stolning boshida Jungkook o‘tirardi. Uning nigohlari menga qadalgan edi.
— O‘tir, — dedi u sokin ohangda.
Men stol yoniga borib, o‘tirganimda xizmatkorlar ovqat torta boshlashdi. Jimlik og‘ir edi. Nihoyat, men unga tikilib savol berdim:
— Universitetga borishimga ruxsat berasanmi?
Jungkook qoshlari bir-biriga yaqinlashdi. U stolga tirsak qo‘yib, menga diqqat bilan tikildi.
Men jahlimni bosishga harakat qildim.
— Chunki sen endi mafiya boshlig‘ining xotinisan. Dushmanlarim ko‘p, va ular seni nishonga olishlari mumkin.
— Demak, men butun umr shu yerda qamalib yashashim kerakmi?
Jungkook yuzini biroz egib jilmaydi.
— Sen men bilan xavfsizsan, Y/N. O‘zingga zarar yetkazishlariga yo‘l qo‘ymayman.
Lekin men bilardim… bu faqat mening xavfsizligim emas, bu nazorat edi.
Jungkookning sovuqqina javobidan yuragim g‘ashlandi. "Men nazorat ostida emas, ozod bo‘lishni xohlayman." Lekin u menga shunchaki himoya qilish haqida gapirardi.
Jimlik uzoq cho‘zildi. U qo‘lidagi vilkani stolga qo‘yib, chuqur nafas oldi.
— Y/N, men seni qafasga qamashni xohlamayman… lekin bu dunyo shunchalik xavfli. Sen tushunmaysan…
Men unga tikildim. U birinchi marta jiddiy va muloyim ohangda gapirayotgandi. Ko‘zlarida charchoq va qandaydir yashirin tuyg‘ular sezildi.
— Balki, tushunishim uchun menga imkoniyat berarsan? — dedim past ovozda.
U nigohimga tikilib qoldi. Bir lahzaga xona ichida hech narsa muhim emasdek tuyuldi.
Shunda u qo‘lini uzatib, mening barmoqlarimni ohista ushladi. Bu kutilmagan edi. Yuragim tez urib ketdi.
— Menga vaqt ber, Y/N, — dedi u yumshoq ohangda. — Men hamma narsani to‘g‘ri qilishni xohlayman.
Nafasimni ichimga yutdim. "Bu qanchalik rost bo‘lishi mumkin?" Lekin ilk bor, men Jungkookning ichki olamidan nimadir sezgandek bo‘ldim…
Jungkookning qo‘li barmoqlarimni ohista siqdi. Yuragim birdan tez ura boshladi. "Bu nima? Nega birdan o‘zimni shunday his qilyapman?"
Uning nigohi iliq edi, bu esa meni hayratga soldi. Odatda u sovuqqina, qattiqqo‘l odam edi… lekin hozir unda nimadir o‘zgargandek edi.
— Menga ishonishni o‘rgan, Y/N, — dedi u past ovozda.
Men uning ko‘zlariga tikilib qoldim. Balki bu qamoqday tuyulardi, lekin ich-ichimda… u meni chin dildan himoya qilayotgandek edi.
Shu onda o‘zim ham bilmagan holda boshi berk ko‘chaga kirib qolgan edim.
Ovqatlanish tugadi. Xizmatkorlar idish-tovoqlarni yig‘ishtirishga tushishdi. Men asta joyimdan turdim, lekin Jungkook hali ham o‘tirardi.
— Hali ham mendan qochishga harakat qilasanmi? — dedi u sekin.
Men to‘xtadim. "Men qochish haqida o‘ylayotganimni qayerdan bildi?"
— Men faqat erkin bo‘lishni xohlayman, — dedim ohista.
Jungkook o‘rnidan turib, yonimga keldi. U juda yaqin turgani uchun yuragim yana shiddat bilan ura boshladi.
— Men seni tushunaman, Y/N… lekin hozir sening hayoting avvalgidek emas.
Uning ovozida qandaydir samimiyat bor edi. Bir zumga bu yovuzlik va nazorat emas, balki himoya ekanligiga ishonib qoldim.
— Menga vaqt ber, — dedi u past ovozda. — Balki, bu yerdan ketishni istamay qolarsan…
Nega uning gaplari yuragimni larzaga solmoqda?
kirib qolgan edim. Yoki bu yuragimning yangi yo‘li bo‘lishi mumkinmi?..
Xonamga qaytib, o‘zimni karavotga tashladim. "Bu yerdan qanday qutulishim mumkin?" Jungkook meni hech qayerga yubormaydi, telefonim yo‘q, hamma harakatlarim nazorat ostida…
Shu payt miyamga g‘alati fikr keldi. "Agar men haddan tashqari injiq bo‘lsam-chi? Qimmatbaho sovg‘alar, dabdabali sayohatlar talab qilib, faqat o‘zimni o‘ylasam… ehtimol, Jungkook mendan bezor bo‘lib, o‘zi meni qo‘yib yuborar?"
Bu fikr mantiqsizday tuyuldi, lekin unga bog‘lanib qolishdan qo‘rqayotgan edim. Agar u mendan sovib qolsa, men ozod bo‘laman… To‘g‘rimi?
* * * * * * * * * * * * * * * *
Ertalab uyg‘onib, rejamni amalga oshirishga tayyor edim. "Agar Jungkook mendan charchasa, ehtimol, meni qo‘yib yuboradi."
Men ko‘zguga qarab, o‘zimga ishonch bilan bosh irg‘adim va pastga tushdim. Jungkook allaqachon nonushta qilayotgan edi.
Men ataylab erkalangandek uning qarshisiga o‘tirdim.
— Jungkook, — dedim mayin ovozda. — Menga yangi avtomobil olib berasanmi? Yoki Parijga sayohat? Oh, aslida, men zargarlik buyumlarini ham yaxshi ko‘raman…
U qoshlari ko‘tarilgan holda menga tikildi.
— Bularning barchasi nimaga kerak? — dedi shubha bilan.
Men xayolimda "agar haddan tashqari talablari ko‘p bo‘lsa, erkak bezor bo‘ladi" deb o‘yladim va jilmayib yelka qisdim.
— Shunchaki, hayotimga biroz hashamat qo‘shmoqchiman, axir men mafiya boshlig‘ining xotiniman, to‘g‘rimi?
Jungkook bir necha soniya jim turdi, keyin esa kutilmaganda kulib yubordi.
— Xo‘sh, bu qadar ochiqko‘ngillik kutmagandim.
Uning reaksiyasi meni hayratga soldi. Nega bezor bo‘lmadi?
Jungkookning reaktsiyasi meni hayratga soldi. "Nega u asabiylashmadi? Axir rejam ishlashi kerak edi!"
Men uni yana sinab ko‘rishga qaror qildim. Xayolimdan "agar uni erkalab chaqirsam, balki charchab mendan soviydi?" degan fikr o‘tdi.
— Jungkookie… — deya unga iltifot bilan tikildim.
— Hmm, bu yangilik. Odatda sen menga sovuq muomalada bo‘lar eding.
Mening yuragim tez ura boshladi. "Bu reja aksincha ishlayapti, u mendan bezor bo‘lish o‘rniga, ko‘proq yaqinlashyapti!"
Shu onda rejamni qayta ko‘rib chiqishim kerakligini angladim…
U stulga suyanib, menga sinovchan tikildi.
— Yana nimalarni xohlaysan? — dedi u qiziqish bilan.
Shu onda miyamdan "Balki haddan oshib ketsam, u o‘zgaradi?" degan fikr o‘tdi, lekin keyin o‘zimni to‘xtatdim. "Bu reja yaxshi emas… bu men emas!"
Men shunchaki qafasdan qutulish uchun yolg‘on yo‘l tanlayapmanmi?..
Jungkookning qiziqish bilan menga qarayotganini ko‘rib, o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. "Endi nima deyishim kerak? Ko‘proq dabdabali narsalar so‘rasam, balki, bezor bo‘lar?"****.
— Menga… um… uy ichida yurish uchun oltin shippak olib berasanmi? — dedim jiddiy ohangda.
Jungkook ko‘zlarini katta ochib menga tikildi.
— Ha, ha! Toza oltindan bo‘lishi kerak! Juda qulay bo‘lishi shart!
Jimlik. Keyin esa u kutilmaganda qattiq kulib yubordi.
Men esa indamay qoldim. Chunki bu reja men kutgandek ishlamadi… Endi esa uning oldida o‘zimni yanada noqulay his qilardim.