BLOOD LOVE
RM POV
Mashinamda bir necha daqiqa o‘tirdim. Nafasimni rostladim. Bu kechiktirish menga yoqmadi. Hamma narsa mukammal ketishi kerak edi.
Boya Jungkook birdan paydo bo‘lib, rejani buzib qo‘ydi. Kamera tizimini o‘chirib ulgurmadim. Lekin yana bir imkoniyatim bor.
Telefonimni chiqarib, past ovozda o‘zimga pichirladim:
— "Yana bir bor sinab ko‘raman."
Mashina eshigini sekin ochib, pastga tushdim. Atrofga nazar tashladim—hamma narsa tinch. Uy atrofidagi qorovullarga ko‘zim tushdi, lekin ular mendan hech qanday shubha qilishmaydi. Axir men Jungkookning eng ishonchli odami emasmanmi?
Xuddi hech narsa bo‘lmagandek, uy eshigini ochdim va ichkariga kirdim.
Jungkook hozir Y/N bilan, demak, ofis bo‘sh bo‘lishi kerak. Sezilar-sezilmas qadam tashlab, zinadan yuqoriga ko‘tarildim. Harakatlarim aniqligi va tezligiga o‘zim ham qoyil qolardim.
Eshik oldida to‘xtadim. Nafasimni rostladim. Agar hozir kimdir kelib qolsa, yana bahona topishga to‘g‘ri keladi. Ammo ortga yo‘l yo‘q.
Sevib qolgan Jungkook—bu bizga foyda. Chunki u hozir faqat Y/N haqida o‘ylaydi.
Eshikni asta ochdim va ichkariga kirdim.
Ofis qorong‘u edi. Faqat burchakdagi kompyuter monitorining yashil chirog‘i miltillardi. Shoshmaslik kerak.
Tezda stol yoniga bordim va tizimga ulanib, kameralarni o‘chirishga kirishdim. Jungkook xavfsizlik masalasida ehtiyotkor bo‘lgani uchun buni bajarish oson emas. Parollarini yangilab turganiga aminman, lekin men bu narsani oldindan rejalashtirib, kirish kodini bilib olganman.
Barmoq izlarini so‘rashini kutgandim, lekin ekranda boshqa variant paydo bo‘ldi—ikkilamchi xavfsizlik kodi.
— "Qiziq…" — sekin pichirladim.
Jungkook bunday narsani qo‘shganini bilmasdim. Bu kichik to‘siq edi, lekin meni to‘xtata olmasdi.
Shu payt tashqaridan oyoq tovushlari eshitildi.
— "Lanet…" — tishlarimni g‘ijirlatdim.
Shoshilinch ravishda dasturdan chiqib, o‘rnimdan turdim va eshik tomon bordim. Kimdir yaqinlashayotgan edi…
Tashqaridan kelayotgan oyoq tovushlari yuragimni tez urdirardi. Kim bo‘lishi mumkin? Jungkook emasligiga umid qildim. Chunki agar u bo‘lsa, shubhasiz, nega bu yerda ekanimni so‘raydi.
Sekin eshikni ochdim va shundoq qarshimda turgan Jimin bilan yuzma-yuz keldim.
— "Oh, RM?" — u qoshlarini biroz ko‘tarib, jilmaydi. — "Bu yerda nima qilyapsan?"
Ichimda g‘azabim qaynadi, lekin tashqaridan mutlaqo beparvo ko‘rindim.
— "Jungkook menga bir fayl berishimni aytgandi. Shuni izlab keldim," — dedim ishonchli ohangda.
Jimin nigohini menga qadadi. U hech qachon oddiy odam bo‘lmagan. Tashqaridan xotirjam, lekin ichida nimadir hisob-kitob qilayotganini sezar edim.
— "Shunaqami?" — u sekin so‘radi.
— "Ha," — bosh irg‘adim. — "Lekin topolmadim. Balki boshqa joyga qo‘yib qo‘ygandir. Bo‘ldi, ketaman."
Jimin yengil kuldi.
— "Xo‘p, unda sen bilan pastda ko‘rishamiz."
U asta orqaga yurdi va zinadan tushib ketdi.
Men esa bir necha daqiqa eshik oldida qotib qoldim. U mendan shubhalandimi? Yo‘q, men buni mutlaqo tabiiy qildim.
Hali vazifam tugamagan. Orqaga burilib, yana kompyuterga o‘tirdim.
Parol…
Jungkook juda ehtiyotkor. Oldingi kodlar ish bermadi.
Yana bir necha marta urundim, lekin tizim har safar rad javobini berdi.
— "Lanet bo‘lsin!" — past ovozda so‘kindim.
Bu parolni topish shunchalik oson emas ekan. Yana biroz harakat qilib ko‘rdim, lekin natija yo‘q.
Shunday ekan, vaqtimni bekorga sarflab bo‘lmaydi. Hozircha chiqib ketishim kerak.
Ertami-kechmi bu parolni ham topaman. Faqat bugun emas…
* * * * * * * * * * * * * * * *
Ertalab stol atrofida jimjitlik hukm surardi.
Jungkook odatdagidek jiddiy, Y/N esa sekinlik bilan nonushta qilayotgan edi. U so‘nggi paytlarda o‘zgarib qolganday edi—ko‘proq erkalik qilardi, lekin ayni damda u tinch va sokin edi.
Men qo‘limdagi choyni sekinlik bilan ho‘pladim.
— "Bugun kompaniyaga borish kerak," — dedi nihoyat Jungkook, gap orasida.
Men xotirjam bosh irg‘adim.
— "Hozirgi holatda kompaniyaga nazoratni kuchaytirish kerak," — dedim.
Jungkook asta menga qaradi.
— "Men ham shuni o‘ylayapman."
Y/N bizning suhbatimizga unchalik e’tibor bermayotgandek ko‘rindi. U sekin ohangda:
— "Jungkook, kechqurun qancha kechga qolasan?" — deb so‘radi.
Jungkook lablarini qimtib, bir oz o‘yladi.
— "Ishlarim ko‘p, ehtimol, kechga borib kelaman."
Y/Nning yuzi biroz tundlashdi, lekin hech narsa demadi.
Men ichimda kulimsiradim. Qiziq, Y/N uni bu qadar kutadigan bo‘lib qoldimi?
Lekin hozir meni boshqa narsa qiziqtirardi—kompaniyada qanday rejalar bor? Va eng muhimi, Jungkookning ishonchini yana mustahkamlash uchun nima qilishim kerak?
Bu odam menga birodarday ishonadi, lekin men esa... unga pichoq sanchish uchun to‘g‘ri fursatni kutayotganman.
Jungkook nonushtani tugatib, stuldan turdi. Men ham unga ergashdim.
— "Bugun kompaniyada muhim ishlar bor," — dedi u jiddiy ohangda.
Men bosh irg‘adim.
— "Ha, bilaman. Bugun ayniqsa ehtiyot bo‘lish kerak."
Jungkook biroz o‘ylanib turdi, so‘ng menga tikildi.
— "Men Jimin bilan boraman. Sen esa uyda qol. Uyni nazorat qilishing kerak."
Men buni eshitib, ichimdan jilmaydim, lekin yuzimga hech qanday shubhali ifoda chiqarmadim.
— "Muammo yo‘q, do‘stim. Hammasini nazorat qilaman."
Jungkook qoshlarini bir oz ko‘tardi.
— "Agar biror g‘alati narsa sezsang, menga darhol xabar ber."
— "Albatta."
U bosh irg‘ab, orqasiga o‘girildi. Jimin bilan chiqib ketishayotganini kuzatdim.
Bu yaxshi imkoniyat edi. Kecha tungi rejam amalga oshmagan bo‘lsa ham, bugun hammasini to‘g‘rilashim mumkin.
Endi faqat parolni aniqlashim kerak…
Jungkook va Jimin eshikdan chiqib ketishdi. Men ularga qarab turdim, keyin sekin stulga suyanib, qo‘limdagi kofe chashkasini aylantirdim.
Y/N esa bir necha daqiqa jim o‘tirdi. U ovqatini tugatgach, qo‘lidagi salfetkani stolda qoldirib, oyoqqa turdi.
— "Men yotoqxonaga chiqib turaman," — dedi u oddiy ohangda.
Bosh irg‘adim.
— "Ha, albatta."
U zinapoyaga yo‘l oldi va sekin qadam tashlab yuqoriga ko‘tarildi.
Men esa uning ortidan kuzatib turdim. Jungkook Y/Nni shu qadar himoya qiladi-ki, unga yaqinlashish deyarli imkonsiz. Lekin men unga zarar yetkazmoqchi emasman. Mening maqsadim boshqa…
Yana bir marta atrofga ko‘z yugurtirdim. Uy tinch. Endi ofisga kirib, kechagi rejamni oxiriga yetkazishim kerak.
Bugun parolni aniqlayman. Nima bo‘lsa ham…
Uy nihoyat tinchib qoldi. Jungkook va Jimin ketgan, Y/N esa yotoqxonada. Bu mening eng yaxshi imkoniyatim.
Sezilar-sezilmas odim tashlab, ofis tomon yurdim. Eshikni sekin ochdim va ichkariga kirdim. Kecha Jungkook kelib qolib, hamma kameralarni o‘chirib ulgurmagandim. Bugun esa buni hal qilishim kerak.
Shu payt, birdan telefonim titradi. Suga.
Javob berishdan oldin eshikni qulfladim va past ovozda gapirdim:
— "Ha?"
— "Nima bo‘lyapti?" — Suga ohangida odatdagidek sovuqqonlik bor edi.
— "Rejam bo‘yicha harakat qilyapman," — dedim sekin. — "Bugun yana urinib ko‘raman."
— "Parolni topdingmi?"
Tishlarimni g‘ijirlatdim.
— "Yo‘q hali. Lekin bu safar… bu safar albatta topaman."
Suga jim qoldi. Keyin sovuq kulib yubordi.
— "Bo‘lmasa shoshil. Jungkookning kuchli ekanini bilasan. Agar xato qilsang, nafaqat rejani, balki o‘zingni ham yo‘qotasan."
Qo‘lim musht bo‘lib tugildi.
— "Men buni hal qilaman."
— "Ko‘ramiz," — Suga ohangida ishonchsizlik sezildi. — "Xabar berib tur."
U qo‘ydi.
Men esa chuqur nafas olib, kompyuter oldiga o‘tirdim. Bugun har qanday holatda ham ofis tizimiga kirishim kerak. Endi ortga yo‘l yo‘q…
Men Jungkookning kompyuteri oldida o‘tirib, parolni kiritishga harakat qildim. Yana xato. Yana urinish. Yana bloklanish xavfi.
Tishlarimni g‘ijirlatdim. Parolni topishim kerak!
Shu payt, stol ustidagi bir narsaga ko‘zim tushdi. Bu… kichik bir ramka ichida turgan surat edi.
Men uni qo‘limga oldim.
Suratga diqqat bilan qaradim. Unda Jungkook va Y/N bor edi. Y/N jilmaygan, Jungkook esa odatdagidek sovuq, lekin ko‘zlarida nimadir iliqlik bor edi.
Bu surat qachon olingan?
Birdan xayolimga bir fikr keldi. Tug‘ilgan yilmi? Yoki to‘y sanasimi?
Men klaviaturani bosib, ehtiyotkorlik bilan Y/N tug‘ilgan yilini kiritdim.
Xato.
Tishlarimni tishlab, yana urindim. Ularning to‘y sanasi?
"Qabul qilindi."
Ko‘zlarim katta ochildi.
Ichimdan kulib yubordim. Shu qadar sodda parolmi? Jungkook, Jungkook… Sen ham o‘zgarib boryapsan…
Endi faqat bitta qadam qoldi. Kamera tizimini to‘liq o‘chirib, kerakli ma’lumotlarni olishim kerak. Bugun rejamni oxiriga yetkazaman. Jungkook, sen hatto sezmayapsan ham…
Ehtiyotkorlik bilan, kameralar tizimiga kira boshladim. Endi qo‘limda butun uyga kirish imkoniyati bor edi. Jungkookga sodiq qo‘riqchilar bu tizimni shunday mustahkamlagan ediki, hatto eng kuchli xakerlar ham unga kira olmasdi. Lekin men ichkaridaman.
Barcha kameralar oldimda paydo bo‘ldi. Y/N yotoqxonasida edi, Jungkook va Jimin esa uydan chiqib ketayotgan edi.
Zo‘r. Endi faqat bitta narsa qoldi – bu tizimni Suganing kompyuteriga ulash.
Tayyorlab qo‘yilgan fleshkani kompyuterga uladim va maxsus dasturimni ishga tushirdim. Ko‘zlarim ekrandagi progress-barni kuzatdi. 10%... 25%... 60%...
Shu payt telefonim jimirladi. Suga.
Men javob berdim.
— "Ish bitayapti," — past ovozda gapirdim. — "Hali bir necha soniya kerak."
— "Tezroq bo‘l, RM. Har qanday to‘satdan kelgan muammo hamma narsani barbod qilishi mumkin."
Men uni tinglamay, ekranga tikildim. 90%... 99%... 100%!
Tizim ulangan. Endi butun boshli uy kameralarini Suga bemalol kuzata oladi.
Men fleshkani chiqarib, hamma narsani o‘z joyiga qo‘ydim. Jungkook hech narsani sezmaydi.
— "Hamma narsa joyida," — dedim Sugaga.
— "Zo‘r. Endi shunchaki kutamiz."
Telefonni o‘chirib, xotirjamlik bilan stulga suyanib oldim.
Jungkook, seni butunlay yo‘q qilish vaqti tobora yaqinlashib kelyapti.