February 11

*WILL WE SURVIVE?*

_O‘tmish_

Jin ovchilik bilan shug‘ilangan hayoti davomida sevgiga qiziqmagan, Jin qurolda juda yaxshi ota olardi, qishloqga kelishidan oldin, snayperlik bilan shug‘ilangan, va hozirda ta‘til olishga qaror qilgani uchun qishloqa kelgan edi, RM shu qishloqning cheka bir qismida o‘zining bunkerida bog‘bonlik bilan shug‘ilangan, oziq ovqat sotib olish uchun bazida bunkerdan chiqib turgan va Jinni o‘chratib ikkisi yaqin do‘st bo‘lishgan. Menimcha bu yigitlar uchun eng yaxshi ta‘sadif bo‘lgan. Endigi navbatni Yoongiga bersak, Yoongi shaxarda yashagan, shaxarning eng xavfli qotilaridan biri edi, rahm shavqat nimaligini bilmagan ashadiy qotil. Jhope Yoongining ukasi, Yoongi ota onasining o‘lmidan keyin, Jhopega o‘zi g‘amhurlik qilgan, Jhope akasini juda yaxshi ko‘rgan va bu hayotda faqat akasiga ishonadi, Jhope politsiya idorasing bosh FBI derektori bo‘lib ishlagan, akasining barcha qotiliklarini yashirib kelgan, va shu sababli politsiyachilar Yoongini hech qachon qo‘lga olisholmagan. Jimin Yoongining bolalikdagi eng ishongan do‘sti. Yoongi faqat Jiminga o‘z sirlarini ishona olgan, Jimin maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, bialogiya fanidan dars bergan, oddiy yigit, Jimin oilada yolg‘iz farzand lekin u o‘zini Yoongi sababli hech qachon yolg‘iz his qilmagan.

*Jungkookdan*
Jungkook oilada yolg‘iz farzad bo‘lgani uchun, juda erka qaysar bola bo‘lgan. Jungkook kuchada kichik bezorilar boshlig‘i bo‘lgan. Jungkook odamlarni pulini olib qo‘yishni, mayda og‘riliklarni va klupda qizlar bilan kungil hushlik qilishni yaxshi ko‘rar edi.

Shunday kunlarning birida Jungkook o‘z guruhi bilan bir qizning yulini tusib unga tegajonlik qilishayotgandi. Bu orada Jhope o‘z moshinasida ishdan uyga qaytayotgan endi va Jungkook va uning guruhini ko‘rib qoladi, moshinasini to‘xtatib, o‘z qurolini oladi. Jhope ularga yaqinlashadi va qurolini Jungkookga qaratadi.

Jhope: Hechkim qimirlamasin, qo'laringni ko'rib turishim kerak.

Jungkook qo'lini ko'taradi, nafasi ostida sukadi.

-Jin ursin bu ahmoq politsiyachi qayerdan paydo bo'ldi.

Jhope ratsiya orqali o'z xodimlariga murojat qiladi.

-Uyim yaqinida jiniyatchilar guruhini qo'lga oldim, qo'shimcha guruh yetib kelsin, tezda!.

Jhope ratsiyaga chalg'iganidan foydalanib, Jungkookning sheriklari qochib ketadi, lekin Jungkook qochishga ulgurmaydi, Jhope bir chaqon harakat bilan Jungkookga zarbaberib yiqitadi va qo'liga kishan soladi.

-Men seni ogohlantirgandim, yigitcha endi men bilab qomoqxonaga borasan, sheriklaring haqida ham aytib berasan.

Jhope Jungkookni moshinasi tomon olib boradi, uni ichkariga itarib, o'z qizning yoniga boradi.

-xonim ahvolingiz yaxshimi, sizga zara yetmadimi.

Qiz bosh irg'aydi va endi gapirmoqchi bo'lganida tusatdan nomalum mavjudot uzun tirnoqlari bilan qizni o'ziga tortib boshini uzub tashlaydi.

Jhope hayratda qoladi va tezda qurolidan o'q uzadi lekin mahluqa tasir ham qilmasdi. Jhope tezda moshinasiga qaytib moshinani haydaydi.
Bu manzarani ko'zatib turgan Jungkook kishanlarga qarshi ko'rashadi.

JK: Bu qanday lanati mavjufot edi...bu nima, hoy meni kishandan yechib yubor.

Jhope:Og'zingni yop!

Jhope katta tezlikda moshinani haydaydi, birdan tirbantlika duch keladi, hamma joyda serina tovushlari, odamlar qichqirig'i bilan tulgan edi. Jhope radiyoni yoqadi.

?: Sungi yangiliklar, Shaxarda nomalum mahluq paydo bo'ldi, ularga qarshi hech narsa qila olmayapmiz, iltimos uyingizdan chiqmang.--

Lekin mahluq osongina uyga kira olayotgan va binolarni vayron qilyotgan edi, tusada Jhopening telifoni jiringlaydi. U bu Yoongi ekani ko‘radi.

Jhope: Yoongi ahvoling yaxshimi, senga zarar yetmadimi.

Yoongi:Men yaxshiman men Jimin bilan uning uyidamiz, bizning oldimizga kel tezroq.

Jhope aloqani tugatadi va tezda Jiminning uyi tomonga haydashni boshlaydi, Jungkook hali ham orqa o'rindiqda kishanlarga holatda o'tirardi.

*Taehyungdan*

Taehyung Koriyaning eng tajribali shifokori edi. Taehyungning Emliy xotini bilan yashaydi va u juda baxtli edi, ularning turmush qurishganiga ikki yil bo'lgan va Emliyning ikki oylik xomilasi bor edi.
Bugun Taening juda muhim opiratsiyasi bo'lgani uchun ishdan juda kech chiqan edi. U o'z moshinasida uyga qaytayapti lekin yullar juda tirband va u hali mahluqlar haqida habar topmagan edi. Taehyung moshinasini uyi tomon haydar ekan Emily bilan telifon orqali suxbatlashmoqda.

Tae: Azizam men tez orada uyga yetib boraman, seni juda sog'indim.

Emily:Men ham seni sog'indim, Tae-

Birdan aloqa uzuladi va butun shaxarda sevet taminiti uchadi butun shaxar zulmatda qoldi, Taehyung moshina derazasidan atrofga qaraydi va birdan tirbantlikdagi moshinalar o'stiga nomalum mavjudotlar chiqib hamma joyni vayron qilishni boshlaydi, hamma har tarafga qochishadi qich qirishadi, Taehyung buni ko'rib Emilydan xavotir olishni boshlaydi, tezda moshinasini orqaga buradi va tirbantlikdan chiqib boshqa yul bilan uyi tomon haydaydi. Taehyung hozir faqat Emily haqida o'ylardi, u Emilyni shu qadar qattiq sevardiki uni yuqotish haqida tasavur ham qilolmasdi.

Taehyung nihoyat uyga yetib keldi lekin afsuski u kech qolgan edi, Emil o'lgan, uyi vayronaga aylangan edi. Taehyung vayrona uyga ko'zida yosh bilan kiradi, Emilyning jonsiz tanasini quchoqlab yig'lay boshladi, unga yordam bera olmagani uchun o'zidan usha onda juda qattiq nafratlandi, shu onda Emilyning sevimli kuchukchasi Iris divan tagidan chiqib Taehyungga yaqinlashdi, Taehyung bush hayolar bilan Emilyning jasadi bilan qolib ketti, va bir necha daqiqalik sukunat va o'ylashlar bilan u kerakli narsalarini yig'ishni boshladi, tibiyot buyumlari Emily bilan bog'liq buyumlarni hammasini oldi va moshinasiga yukladi, Taehyung Emilyning jonsiz tanasini ham moshinaning orqa o'rindig'iga qo'ydi, U hali ham Emilyning o'lganiga ishina olmadi, Iris ham moshinaga chiqib oldi, Taehyung qishloqa otasini meros qilib tashlab ketgan labaratorya bunkeriga borishni rejalashtirgan edi, Taehyungning otasi olim bo'lgan va har xil sirli ishlarni olib borgani uchun, Taening otasi o'zi uchun katta miqdordagi pulga sirli bunker qo'rgan edi, va Taehyung ayni paytda shu bunga ketyotgan edi.

*Yoongidan*

Yoongi Jiminning uyida Jhopeni kutarkan, hayolarida juda ko'p savolar bor edi, Yoongi hayolar bilan band bo'lgada mahluq derazadan sakrab kirib keladi, Yoongi tezda Jiminni himoya qilib boshqa xonaga tortadi, ular ham deraza orqali uydan chiqib ketishadi.

Yoongi: Jin ursin jhope qayerda qolding.

Shu onda Jhope Jungkook bilan Jiminning uyi oldida moshinani tuxtatadi. Jhope telifoni olib Yoongiga telifon qilmoqchi bulganda birdan yoongi oldi o‘rindiqa Jhopening yoniga o‘tiradi. Jimin ham tezda orqa o‘rindiqa Jungkookning yoniga o‘tiradi.

Yoongi: Tezroq hayda.

Jhope: Qayerga hayday...

Yoongi: Qayerga haydashing muhim emas tezroq hayda.

Jhope moshinani haydashni boshlaydi, lekin mahluq moshina orqasidan taqib qiladi. Jhope bor tezlik bilan haydaydi, hozir ular qayarga ketyotgani emas tirik qolishni o‘ylashyotgan edi.
Yoongi Jungkookga qaraydi.

Yoongi: Bu bola kim...nega buni o‘zing bilan olib yuribsan

Jhope: Bu hozir muhim emas aka.

JK: Hoy ofeser iltimos bu lanati kishanlarni yech.

Jhope kalitlarni Jiminga o‘zatadi, Jimin Jungkookning kishanlarini yechadi, Yoongi moshinaderazasi orqali mahluqa o‘q uzadi, lekin bironta ham o‘qi tasir qilmayotgan edi.
To‘satdan harakatlanyotgan moshina tomiga chiqib oladi. mahluq uzun tirnoqlarini moshina ichiga tiqishni boshlaydi natijada Jhope chalg‘ib ketadi va moshina yuldan chiqib ketib daraxtga o‘riladi. Yoongi otishdan tuxtamay mahluqa qarata otaveradi, mahluq ko‘proq o‘q tufayli orqaga chikinadi va o‘rmon buylab g‘oyib bo‘ladi.
Jimin afvto halokat tufayli boshini urib olib hushidan ketgan edi, Jungkook Jiminga yordam berib uni moshinadan tortib oladi. Yoongi Jimindan xavotir olib yaqinlashadi.

Yoongi: Jimin ahvoling yaxshimi, iltimos uyg‘on...

Jungkook: Xa u yaxshi menimcha u ho‘shidan ketti, tezroq havfsiz joy topishimiz kerak.

Jhope: Men bu yerni yaxshi bilaman, yaqin atrofda qishloq bor, mahluqlar qaytib kelmasidan oldin qishloqa boraylik, u yerda havfsiz joy topishimiz mumkin.

Jhope o‘rmon buylab yo‘l boshlaydi, Jungkook Jiminni yelkasiga ko‘tarib oladi, Yoongi atrofda mahluq yo‘qligiga ishonch hosil qilib ketadi. Ular Rmning bunkeriga duch kelishadi, Jhope u yerga yaqinlashib eshikni taqilatishni boshlaydi.

*Rmdan*
Rm bugun Jinni bunkeriga kechki ovqalanishga taklif qilgan edi, Ular birga ovqatlanib ichib o‘tirishgan edi tusatdan eshik taqilaganda RM o‘rnidan turib eshikni ochadi va Jhope to‘rgani ko‘radi.

_*Hozirgi kun*_

Bu mahluqlar juda havfli mavjudotlar, ularga hech narsa ta'sir qilmaydi, ularning zaifligi faqat uta sovuq ulkalarga bora olishmaydi, mahluq odamning g'azabini va qanchali kuchli ekani seza olishadi, mahluqlar zaif insonlar bilan oziqlanib, kuchli insonlarni o'zi kabi mahluqa aylantiradi, mahluq faqat inson ko'ziga qarashi yetarli hisoblanadi, usha inson yengib bo‘lmas mahluqa aylanadi. Lekin buning uchun insonda yetarlicha kuchli g‘azab va qasos hisi bo‘lishi kerak.

*Fleshback*

Yoongi bunkerdan jahil bilan chiqib ketadi u Jimin va Rmni o‘lganiga ishona olmadi, u ularni qidirish uchun o‘rmon tomon yura boshlaydi, lekin mahluqlar Yoongining kuchli g‘azabini sezishadi, Yoongi o‘rmon buylab yurar ekan, darax tepasidan mahluq tushib, ko'zi bilan Yoongini zaharlaydi va Yoongini boshqarishni boshlashadi.

Yoqan bo'lsa fikirlaringizni qoldiring🙂‍↔️✨️