March 4

BLOOD LOVE

2-qism

Mashina ichida og‘ir sukunat hukm surardi. Ota-onamning yuzida xavotir aralash dahshat aks etardi. Men esa sabrsizlik bilan kutardim—otam nega bunday gapirdi? Nega hammasi avvalgidek bo‘lmaydi?
Nihoyat, otam chuqur nafas olib gapira boshladi:
— Y/N, sen hech qachon bizning biznesimiz haqida qiziqib ko‘rmagansan, to‘g‘rimi?
Men hayron bo‘lib unga qaradim.
— Ha, otajon, bu men uchun muhim emasdi… Nima bo‘pti?
Onamning qo‘llari titray boshladi. U otamga xavotirli nigoh tashladi, go‘yo bu haqda gapirmasligini iltimos qilayotganday edi. Lekin otam shunchaki bosh chayqadi.
— Biz katta muammoga duch keldik, Y/N. Juda katta muammo.
Mening yuragim tez ura boshladi.
— Nima haqida gapiryapsiz?
Otam yuzini changalladi va derazadan tashqariga qaradi. Keyin ovozi titrab davom etdi:
— Men… Men xato qildim, Y/N.
Onam yonida beixtiyor yelkasini silkitib yubordi.
— Nima?! Qanday xato?!
Otam qo‘llarini qattiq musht qilib tugdi.
— Menga ishon, bu faqat biznes edi. Menimcha, hech kim bilmaydi deb o‘ylagandim… Lekin… u bilib qolgan.
Men qotib qoldim.
— Kim?
Otamning yuzi oqarib ketdi. U past ovozda, deyarli pichirlab javob berdi:
— Jeon Jungkook.
Bu ismni eshitishim bilan yuragim yana-da tez ura boshladi.
— J-Jungkook? — dedim hayratdan titrab.
Otam boshini qimirlatdi.
— Biznes dunyosida kim bo‘lishidan qat’i nazar, hamma undan qo‘rqadi. Hech kim uni ko‘rmagan, lekin hamma eshitgan. U… oddiy tadbirkor emas. U mafiya boshlig‘i.
Onam lablarini mahkam tishladi.
— Va men… — otam davom etdi — …men uning pullari bilan o‘ynadim. Ba’zi hujjatlarni o‘zimning nomimga rasmiylashtirdim. O‘ylagandimki, hech kim bilmaydi…
— Lekin u bilib qolgan, — dedim men dahshat bilan.
Otam indamay bosh irg‘adi.
— Endi hamma narsamiz yo‘q, Y/N. Uyimiz, kompaniyamiz, hisob raqamlarimiz—hammasi Jungkookning qo‘liga o‘tib ketdi.
Mening nafasim bo‘g‘zimga tiqildi.
— Bu… Bu hazil-a?
Onam boshini sarak-sarak qilib yig‘lay boshladi.
— Yo‘q, Y/N… Bu haqiqat… Biz hech narsasiz qoldik.
Men Felixga qaradim. Uning yuzi odatdagidan ham sovuq va hissiz edi.
— Jungkook… bizni o‘ldiradimi? — deb so‘radim qo‘rquv bilan.
Otam javob bera olmadi. U faqat past ovozda shivirlagancha bitta gapni qayta takrorlardi:
— Endi hammasi tugadi… hammasi tugadi…
Ammo men boshqa narsani o‘ylardim.
Jungkook… Men uni allaqachon uchratgandim.
O‘sha kuni… o‘sha qahva to‘kilgan yigit… bu Jungkook edi.
U esa menga aytgan edi:
"Keyin yana uchrashamiz, Y/N."
Demak, bu uchrashuv faqat tasodif emas edi.
Va u meni allaqachon bilardi.

O‘sha kuni kechqurun oilamizning hashamatli uyi mutlaqo boshqa kayfiyatda edi. Odatda iliq va farovon bo‘lgan bu joy endi bo‘m-bo‘sh va g‘amgin tuyulardi. Ota-onam o‘z xonasiga kirib ketdi, men esa mehmonxonada divanga o‘tirib, o‘ylarga cho‘mib qoldim.
Jungkook…
Bu ism endi mening hayotimni butunlay o‘zgartirib yuborishi aniq edi.
Telefonimni oldim va Roséga yozmoqchi bo‘ldim, lekin barmoqlarim harakatlanmadi. Nima deb yozaman? "Hey, Rosé, bilasanmi, oilam mafiya boshlig‘ining pulini o‘g‘irlagani uchun hamma narsamizni yo‘qotdik. Endi biz qashshoqmiz va ehtimol, u bizni yo‘q qiladi."
Bu narsa kulgili tuyuldi, lekin hech qanday hazilga o‘rin yo‘q edi.
Shu payt eshik taqilladi. Men tez o‘rnimdan turib, yuragim gupillagancha eshik tomon bordim. Balki bu Felixdir? Yoki…
Eshikni ochishim bilan yuragim to‘xtab qolgandek bo‘ldi.
U shu yerda edi.
Jungkook.
U kechki qorong‘ulik ichida ham aniq ko‘rinardi. Ko‘chadagi chiroqlar uning jiddiy va sovuq chehrasini yoritib turardi. U o‘sha kungidek beparvo ko‘rinsa-da, ko‘zlarida sharpaga o‘xshash qandaydir sirli narsa bor edi.
Men qotib qoldim. Nima qilishim kerak?
— Ichkariga kirsam bo‘ladimi? — dedi u sovuqqina ovozda.
Men yutinib, orqaga tisarildim. U eshikdan ichkariga qadam qo‘ydi. Yuragim ich-etimni yeb, tashvish bilan urardi.
— Bilmadim… — ovozim titrab chiqdi.
Jungkook ichkariga bemalol kirdi va mehmonxonada bir oz aylanib yurdi. U yerga qattiq nigoh tashladi, go‘yo shu paytgacha bu joyga hech qachon qadam qo‘ymagan odamdek.
— Hashamatli joy, — dedi u xuddi o‘ziga o‘zi gapirgandek. — Juda ham chiroyli… lekin endi sizga tegishli emas.
Bo‘g‘zimga nimadir tiqilgandek bo‘ldi.
— Nega bu yerga keldingiz? — deb so‘radim nihoyat.
U menga yuzlandi. O‘sha nigoh… Ko‘rinishda shunchaki sovuq va befarqdek edi, lekin men uning ostida qandaydir xavf yashiringanini sezardim.
— Otang bilan gaplashish uchun keldim, — dedi u. — Lekin avval… sen bilan.
Men ich-ichimdan titrab ketdim.
— M-meni nima uchun?
U jilmaydi. Yengil, lekin sovuq jilmayish.
— Chunki sen endi menga tegishlisan.
Yuragim urishdan to‘xtagandek bo‘ldi.
— N-nima?!
U shoshmasdan qadam tashlab menga yaqinlashdi.
— Otang menga katta qarz bo‘lib qoldi. U buni to‘lay olmaydi… Shuning uchun men boshqa variant tanladim.
Men orqaga tisarildim.
— Qanday variant?
Jungkook endi juda yaqin kelgandi. U past ovozda, juda xotirjam ohangda pichirladi:
— Sen.
Men yana orqaga qadam tashlamoqchi bo‘ldim, lekin orqamda divan borligi sababli qimirlay olmadim.
— Bu… Bu nima degani? — dedim hayajon bilan.
U egilib, mening yuzimga tikildi.
— O‘ylab ko‘r.
Men dahshatdan ko‘zlarimni katta ochdim. Jungkook orqaga tortildi va mayin jilmaydi.
— Endi sen menga tegishlisan, Y/N. Bu haqda yaxshi o‘ylab ko‘r.
Shundan so‘ng u ortiga burildi va zinapoya tomon yurdi. Men qotib turardim. Yuragim shunchalik tez urardiki, nafas olishni ham unutayozdim.
Jungkook otamning xonasiga kirib ketdi.
Va men bilardim—bu uchrashuv oilamning taqdirini butunlay o‘zgartirib yuborardi.

Xonada tarang jimlik hukm surardi. Jungkook otamning xonasiga kirgan zahoti men ham ortidan borishni istadim, lekin oyoqlarim qotib qolgandek edi. Ichimni qandaydir qo‘rquv va xavotir egallagan edi.
“Sen endi menga tegishlisan.”
Uning so‘zlari xuddi boshimning ichida aylanardi. Nima demoqchi bo‘ldi? Qanday qilib men unga tegishli bo‘laman? Bu… bema’nilik!
Xonaga yaqinlashganimda ichkaridan otamning ovozi eshitildi.
— Men… men buni hal qilishim mumkin, janob Jeon! Faqat menga biroz vaqt bering…
Jungkookning javobi esa tinch, lekin ayovsiz ohangda keldi:
— Vaqtingiz tugadi, janob Kim. Men sabrli inson emasman.
Men qotib qoldim. Uning ovozida g‘azab yo‘q edi, lekin shunchalik sovuq ediki, bu yuragimni battar tez ura boshlashiga sabab bo‘ldi.
— Iltimos… Mening oilamni o‘ylang…
— Men oilangizni o‘ylayapman, — dedi Jungkook. — Aynan shu sababli qizingiz hozirgacha xavfsiz yuribdi.
Ichimdan sovuq ter chiqdi. “Qizingiz” degan so‘z uning meni nazarda tutayotganini bildirardi. Bu esa…
Shu payt otamning ovozi yanada pastlashdi.
— Iltimos… Mening qizimga… unga tegmang.
Jungkookning javobi uzoq kuttirdi.
— Endi juda kech, — dedi u oxiri. — Siz bergan zarar o‘ta kattalik qiladi. Endi yo hamma narsani yo‘qotasiz… yoki…
Jimlik cho‘kdi. Men esa yuragim gupillagancha eshik ortida turardim. Nihoyat Jungkookning ovozi yana eshitildi.
— Yoki qizingiz bilan kelishuvga rozilik bildirasiz.
Otamning nafasi bo‘g‘ilib chiqdi.
— Nima… qanaqa kelishuv?
Jungkook shoshilmasdan javob berdi:
— U meni rafiqam bo‘ladi.
Menga nimadir bo‘lib qolgandek edi. Oyoqlarim shalvirab ketdi, xuddi shu joyda yiqiladigan darajaga keldim.
Bu… bu qanaqa shart?!
— Yo‘q… Bu mumkin emas! — dedi otam. — Iltimos, unga tegmang!
Jungkookning ovozi yana past ohangda, lekin qat’iy chiqdi:
— Yoki sizning oilangiz butunlay barbod bo‘ladi. Sizga tanlov qoldirayotganimning o‘zi katta yaxshilik.
Otam chuqur nafas oldi. Men esa hayajondan titrab turgandim. Qanday qilib bu sodir bo‘lyapti? Qanday qilib mening oddiy, beg‘am hayotim birdan mafiya o‘yinining bir qismiga aylanib qoldi?
Shu payt eshik ochildi.
Jungkook eshikdan chiqib kelayotgan edi. Men orqaga tisarildim. U esa menga qaradi—sovuqqina, hissiz nigohi bilan.
— Tez orada to‘yimiz bo‘ladi, Y/N. Tayyorlan.
Shundan so‘ng u shunchaki burildi va uyimdan chiqib ketdi.
Men esa joyimda qotib qoldim. Bu tush emas edi. Bu haqiqatan ham sodir bo‘layotgan edi.
Va men bilardim—bu endi qaytarilmas yo‘l edi.

Hulas uyning ko‘rinishi.

Jungkook POV

Men yillar davomida hech kimni yonimga yaqinlashtirmaganman. Shafqatsiz, sovuq va hisob-kitobli bo‘lishimning sababi bor edi. Chunki bu dunyoda zaiflik kechirilmaydi. Ayniqsa, mening dunyomda.
Meni ko‘rgan hech kim yo‘q. Meni faqat ismim bilan tanishadi—Jeon Jungkook. Men faqat soyalar ichida harakat qilaman. Butun shahar mening kimligimni bilsa-da, hech kim yuzimni ko‘rmagan. Bu menga kerak bo‘lgan narsa edi.
Mafiya olamida faqat kuchlilar omon qoladi. Mening yo‘limni to‘sishga harakat qilganlarning barini yer bilan bitta qilganman. Shuning uchun ham men hozir eng yuqori pog‘onadaman. Bu shaharning qonunlari meniki. Moliyaviy imperiyam esa yillar davomida qurilgan va har bir g‘ishtida qon bor.
Lekin men har doim qoidalarimga amal qilganman. Xiyonatning jazosini o‘lim deb belgilaganman.
Janob Kim esa xiyonat qildi.
U mening eng ishonchli odamlarimdan biri edi. Mening pulimni ishlatgan, hujjatlar bilan o‘ynagan. U meni axmoq deb o‘yladi.
Lekin men hech qachon hech narsani unutmayman.
Shuning uchun men unga tanlov qoldirdim. Uning hayotini bir zumda barbod qilishim mumkin edi, lekin men o‘yin o‘ynashni yoqtiraman. Eng shirin jazo—shaxsiy hayotni yo‘q qilish.
Qizi endi meniki.
Bu faqat qasos uchun emas. Menga biror narsa yoqsa, uni olaman. Menga hamma narsani osongina topshirishadi. Lekin bu safar… bu safar bu qiz men uchun nimadir boshqa edi.
U meni tanimagan holda menga duch keldi. Qo‘rquv bilan emas, balki shoshqaloqlik bilan. Boshqa odamlardan farqli ravishda… u men haqimda hech qanday tasavvurga ega emas edi.
Bu meni qiziqtirdi.
Y/N menga tegishli.
U shuni hali tushunmagan bo‘lsa ham, tez orada tushunadi. Bu o‘yinda faqat men g‘olib chiqaman.

* * * * * * * * * *

Shaharda mendan qo‘rqadigan odamlar ko‘p, lekin hamma ham mendan nafratlanmaydi. Chunki men odamlarni boshqaraman, yo‘q qilaman yoki sotib olaman. O‘zimga qarshi chiqishga hech kim jur’at etmaydi.
Lekin Suga bundan mustasno.
U meni yo‘q qilishni maqsad qilgan yagona odam. Uning har bir harakati, har bir rejasining oxiri faqat bitta narsa—meni yo‘q qilish.
Lekin nega?
Men uning dushmanligiga sabab bo‘ladigan hech narsa qilmaganman. Yoki hech bo‘lmaganda shunday deb o‘ylayman. Lekin u har doim mendan bir qadam oldinda bo‘ladi. Go‘yo mening har bir harakatimni oldindan biladi.
Bu imkonsiz.
Menda eng yaxshi odamlar bor. Eng kuchli axborot tarmoqlarim bor. Lekin baribir Suga mening rejalarimni qandaydir yo‘l bilan oldindan bilib oladi.
Shuning uchun men oxirgi paytlarda faqat unga e’tiborimni qaratganman. Uni topishim kerak. Uni kuzatishim kerak. U menga qanday kirib kelayotganini tushunishim kerak.
Agar Suga hali ham tirik bo‘lsa, demak men uni yo‘q qilishga yetarlicha urinish qilmaganman.
Lekin bu uzoq davom etmaydi.
Mening sabrim tugayapti.
Va men sabrim tugaganda, odatda odamlar yashamaydi.

* * * * * * * * * *

Men ofisda RM bilan o‘tirib, qarshimdagi hujjatlarni varaqlay boshladim. RM—menga eng yaqin odam. Bolalikdan yonimda bo‘lgan, eng qiyin kunlarimda ham sodiqligini yo‘qotmagan yagona inson. Agar bu dunyoda kimdandir shubhalanmasam, bu faqat u edi.
— Hammasi tayyor bo‘lishi kerak, — dedim unga.
RM qo‘llarini ko‘kragiga chalishtirdi va menga tikildi.
— Sen rostdan ham buni qilishni xohlaysanmi? — dedi u jiddiy ohangda.
Men unga tik boqib, bosh irg‘adim.
— Bu faqat shaxsiy masala emas. Bu strategiya. Janob Kim mendan o‘g‘irladi. Uning oilasi menga qarzdor. Men Y/Nni shunchaki jazolash uchun emas, balki o‘zimga tegishli bo‘lgani uchun ham olaman.
RM chuqur nafas oldi va stulida biroz oldinga egildi.
— Bilaman, lekin bilasanmi… u oddiy qiz. U sening dunyongga mos kelmaydi.
— Moslashadi. Moslashmasa, men uni moslashtiraman, — dedim qat’iy.
RM bosh chayqadi.
— Mayli, lekin bitta muammo bor. Suga.
Uning nomi tilga olinganda, jag‘im qisilib ketdi.
— Men ham o‘sha haqda o‘ylayapman, — dedim. — Agar bu to‘y haqida eshitsa, albatta aralashadi.
Suga mendan nafratlanadi. Agar u bu to‘y haqida eshitsa, albatta meni to‘xtatishga harakat qiladi. Shuning uchun ham men bu to‘yni yashirin o‘tkazmoqchiman.
— Hammasi maxfiy bo‘lishi kerak, RM. Hattoki mening eng yaqin odamlari ham bu haqda bilmasin.
RM jiddiy qiyofada bosh irg‘adi.
— Xo‘p, bu ishni hal qilaman. Lekin bir narsani eslab qol, Jungkook…
Men unga qaradim.
— Bu o‘yinda dushmaning doim yashirin harakat qiladi. Suga qandaydir yo‘l bilan hamma narsani bilib oladi. Hali ham qayerdan axborot olayotganini bilmaymiz. Demak, ehtiyot bo‘lishing kerak.
Men jilmaydim.
— Har doim ehtiyot bo‘laman, RM. Har doim.
Lekin ichimda shubha bor edi. Suga yana bir bor hamma narsani buzishi mumkinligini bilar edim. Shuning uchun bu safar, agar u yo‘limga to‘siq bo‘lsa… men uni butunlay yo‘q qilaman.

* * * * * * * * * * * *

Xona eshigi taqilladi.
— Kir.
Eshik ochilib, ichkariga Janob Kim — Y/Nning otasi kirdi. Uning qadam bosishi ancha sust edi, yuzida esa tashvish aks etardi. Men kresloda o‘tirgancha unga beparvo tikildim.
— Janob Jeon, — dedi u past ovozda, salomlashishga harakat qilib.
Men qog‘ozlarni sekin bir chetga surib, qo‘llarimni stolga qo‘ydim.
— Janob Kim, — dedim sovuq ohangda. — Nihoyat, kelishga jur’at topdingizmi?
U bo‘sh kresloga cho‘kib o‘tirdi. Peshonasidan mayda ter chiqayotgan edi.
— Mening oilamni bunday qiyin ahvolga solmagin, Jungkook, — dedi u iltijo bilan. — Men bu xatolarni tuzataman.
Men kulimsiradim. Lekin bu kulgi hazilga o‘xshamasdi.
— Xatolar? Sen o‘g‘irlikni “xato” deb atayapsanmi? Menga tegishli bo‘lgan pullarni o‘z ismingga rasmiylashtirib, boylik orttirganing esingdami?
U nigohini pastga tushirdi.
— Bu shunchaki biznes edi… men bunday oqibatlarni kutmagandim…
— Yo‘q, — dedim uning gapini bo‘lib. — Sen oqibatni juda yaxshi bilar eding. Faqat men bilmay qolishimga ishongan eding.
U jim qoldi. Men stuldan sekin turdim va uning oldiga yaqinlashdim.
— Mol-mulking endi meniki, — dedim qat’iy. — Sening hayoting ham qo‘limda. Lekin sendan hech narsa tortib olmoqchi emasman.
U ko‘zlarini katta ochib, menga qaradi.
— Nima demoqchisan?
Men sekin jilmaydim.
— Qizingni menga ber.
Uning yuzi birdan oqarib ketdi.
— Jungkook… iltimos…
Men egilib, unga tik boqdim.
— Bu shunchaki shartnoma, janob Kim. Mol-mulking o‘zingda qolishi mumkin. Lekin Y/N menga tegishli bo‘ladi. Agar rad etsang… unda senga hech narsa qolmaydi.
Uning qo‘llari titray boshladi. U o‘tirgan joyida qotib qoldi. Mening esa sabr-toqatim yo‘q edi.
— Ixtiyoriy ravishda rozi bo‘lasanmi yoki majburlaymi?
Janob Kim ko‘zlarini yumib, og‘ir nafas oldi. Va nihoyat, past ovozda javob berdi:
— Mayli…
Men yana joyimga borib o‘tirdim.
— Ajoyib. Endi qizingga bu xushxabarni yetkazishing kerak.
U hech narsa demay o‘rnidan turdi va xonadan chiqib ketdi.
Men esa o‘zimga ichimda shivirlab qo‘ydim:
— Endi sen faqat menikisan, Y/N.