𝕌𝕟𝕨𝕒𝕟𝕥𝕖𝕕 𝔸𝕥𝕥𝕖𝕟𝕥𝕚𝕠𝕟
Suga ketgach, yuragim hali ham notinch urardi. Ichimda titroq, ongimda esa uning ko‘zlari jonlanib turardi. Nafasimni tekislashga urinib, xizmatimni davom ettirdim. Ammo orqamdan kelgan ovoz yuragimni yana bir karra titratdi.
— Y/N, iltimos... men hozir tashqariga chiqishim kerak. Mening o‘rnimga qarab tura olasanmi? — dedi Jennie, tovushida shoshqaloqlik va tashvish aralashgancha.
Orqamga burilib, unga diqqat bilan tikildim. Ko‘zlarida bir nima bor edi — qo‘rquvmi? Shubha bilan so‘radim:
— Shoshmang, nima bo‘ldi? Hammasi joyidami?
— Erim... u meni chaqiryapti. Tezda borishim kerak, iltimos. Keyin tushuntiraman... rahmat. — U allaqachon eshikni ochayotgan edi.
— Jennie...
— Keyin, Y/N... keyin. — dedi va izsiz chiqib ketdi.
Kafe ichida go‘yo vaqt to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Sukunat havoda osilib qolgandi. Oxirgi mijozni kuzatib, oynadan tashqariga qaraganimda, yuragim yana qattiq urib ketdi — Jimin. U sokin, o‘ziga xos hotirjamlik bilan kafe tomon yurar, har qadami bilan ichimdagi xavfni uyg‘otardi.
Eshik ochildi.
— Salom, mitti xonim... Tun yaxshi o‘tyaptimi? — dedi u, ovozi ohangdor va xavfli jilmayish bilan sug‘orilgan edi.
— Menimcha... — dedim sovuq va qisqa javob bilan. Uning ko‘zlari yuzimdan ko‘z uzmasdi, bu esa menga yoqmasdi.
— Jennie biroz g‘alati ko‘rindi. Umid qilamanki, u... yaxshi bo‘ladi, — dedi u, o‘zini mutlaqo befarq tutgancha.
— U o‘zini eplaydi, — deb javob berdim, ohangimda sezilarli xavotir aralashgan edi.
— Bilasanmi... ayrim hollarda birgina xato... birgina harakat... hamma narsani qulatib yuboradi. — U sekin egilib, menga yaqinlashdi. Nafasim bo‘g‘zimda tiqilib qolgandek bo‘ldi. Uning so‘zi, nigohi, hatto nafasining isig‘i menga yaqinlashayotgan xavf kabi tuyuldi.
Orqaga yurdim.
— Senga biror narsa kerakmi? — dedim, o‘zimni jiddiy tutishga urinib.
U kuldi. Bu kulgi menga mehr emas, nazorat istagini his qildirardi.
— Yo‘q. Faqat... eng yaxshi ofitsantkam yaxshi ishlayaptimi, shuni tekshirayotgan edim, — dedi u va qo‘lini yuzimga uzatdi.
Darhol orqaga chekildim.
— Rahmat, Jimin. Men ishlarimni yakunlashim kerak... — dedim, undan uzoqlashib.
U nimalarnidir aytmoqchi edi, ammo men uni to‘xtatdim:
— Uhm... meni kechir, lekin smenamni tugatishim kerak. Okay?
Jimin sokin kuldi. Ammo ko‘zlari jilmaymas edi.
— Mayli... ko‘rishguncha, mitti xonim, — dedi va asta eshik tomon yurdi.
Shu payt telefonimdan xabar ovozi yangradi — Instagram xabari. Men o‘zimni unutganday telefonga qaradim, ammo Jimin birdan to‘xtadi. U asta orqasiga o‘girildi. Ko‘zlarida shubha uchquni paydo bo‘ldi.
— Nima bu? — dedi u sovuq ohangda. — G‘alati... O‘ylagandimki, senda ijtimoiy tarmoqlar yo'q deb. Bu esa... Instagram, to‘g‘rimi?
U bir zumda menga yaqinlashdi, harakati yirtqichga xos, shiddatli edi. Qo‘limdan ushlab, meni devorga tirab qo‘ydi. Nafasim qisildi.
— Jimin, buni vaqti emas... iltimos, meni qo‘yib yubor... — dedim, ovozim hirilab chiqdi.
Uning nigohi nafrat va dard aralash edi. Lablarida chiziqday siqilgan jimjitlik turardi. So‘ng birdan portladi:
— Lanati qiz... meni aldadingmi? Yolg‘on gapirding-a?!
U qo‘li bilan devorga musht tushirdi. Yuragim joyidan chiqib ketgudek bo‘ldi.
— Nega bunday qilding, ha?! Men... men senga ishongandim! — dedi, ko‘zlari qon quyilgandek bo‘lib.
Men qo‘rquvdan titray boshladim.
— J-Jimin... iltimos... o‘zingni bos. Sen... sen meni qo‘rqityapsan...
U yuzini chetga burdi. Nafas olishini eshitardim, u g‘azabini yutishga urinayotgandek edi. So‘ng bir og‘ir, mag‘lub ohangda gapirdi:
— To‘g‘ri... smenangni yaxshi o‘tkaz, Y/N.
U eshikni shiddat bilan ochib, izsiz chiqib ketdi. Orqasida esa... meni o‘z qo‘rquvlarim bilan yolg‘iz qoldirdi.
8 sentabr, yarim tun. Soat 12:07...
Kafe smenasi nihoyat tugadi. Shahar ko‘chalari jimjit, sokin qorong‘ulikka cho‘kkan, go‘yo hamma narsa uxlardi — men bundan mustasno. Kafeni yolg‘iz yopish men kutganimdan uzoqroq vaqt oldi. Charchagan tanamni sudrab, tun sokinligida kvartiramga yo‘l oldim. Lekin yuragimdagi g‘ashlik — Jimin bilan bo‘lgan voqeadan keyin — meni butkul tinch qo‘ymasdi. Ichimda g‘alati tuyg‘ular g‘uvillardi: qo‘rquv, ajablanish, shubha.
Kvartiraga kirganimda, o‘zimni mashina kabi his qilardim — ongim allaqachon uxlardi, faqat tanam harakat qilardi. Derazadan ko‘cha fonarlari yorug‘ligi tushardi, lekin bu yorug‘lik hech narsani ilitmadi. Xonamda sovuq tun sukunatday suzib yurardi.
Birdan ertalab yig‘ib qo‘ygan axlat paketlari ko‘zimga tushdi. Ularni olib tashlashni unutganimni esladim. Og‘ir xo‘rsinib, paketlarni oldim va yuragimda ming xil fikr bilan zinapoyadan pastga — ikkinchi qavatga tushdim.
Ammo u yerda kutmagan narsam meni kutib turgan edi.
Suga.
U eshigining oldida tik turgancha, yuzida hech qanday hissiyot ifodasi yo‘q, lekin nigohida... jahl va sovuqlik bor edi. U qorong‘ulikda boshqa odamga o‘xshab qolgan — xuddi yorug‘lik uni hech qachon tegmagan mavjudotdek.
— Men senga soat 12da uchrashamiz degan edim, — dedi u, tovushida sovuq po‘lat aks-sadosi bor edi. — Yoki bu gap esingdan chiqdimi?
Men joyimda qotib qoldim. Endi esladim — men unga vada bergandim. Ammo bu haqiqatni anglagan paytim, endi kech edi. U allaqachon hafa edi. Yuzimda pushaymonlik bilan gap qotdim:
— S-Suga... kechir... men butkul unutibman.
U sekin menga yaqinlashdi. Har bir qadami go‘yo yerni larzaga solayotganday edi. Uning yuzi menga yaqinlashgan sari yuragim siqilar, nafasim qisilar edi. Sovuq nigohi qalbimning ichigacha kirib borayotgandek tuyuldi.
— Men... — dedi u, tovushi past, ammo g‘azab bilan — o‘z vaqtida kelmaganlarni va meni etiborsiz qoldirganlarni yoqtirmayman.
— Men... men kechirasan deb umid qilaman. To‘g‘risi, men juda charchadim va hammasi chalkashdi. Bu atayin emasdi...
U bir lahza jim qoldi. Ko‘zlarimiz to‘qnashdi. Nigohida ayov yo‘q edi. Faqat sovuqlik, xafa qalb, va... ehtimol, bir parcha ishonchni yo‘qotish.
— Ortiq ko‘zimga ko‘rinma. Yoki yomon bo‘ladi, — dedi u nihoyat, ohangida muhrlangan tahdid bilan.
Shunda u eshikni ochdi, yuragini ichkariga yashirdi va... eshikni qattiq yopdi.
Shunday og‘ir portlashday ovoz yangradi. Yuragim cho‘kdi. Og‘zim qurib ketdi. Qorong‘ulikda yolg‘iz qoldim — qo‘rquv va pushaymonlik bilan.
Yuragim urayotgani qulog‘imda jaranglardi. Suganing so‘nggi so‘zlari — “Yoki yomon bo‘ladi” — xuddi la'natdek havoda muallaq turardi.
Men shunchaki tik tura olmadim. Qadamlarimni eshik tomonga bosdim, yuragim zirqirardi. Qo‘llarim bilan eshikni taqillatdim — avval asta, keyin esa umidsiz urib-urib yubordim.
— S-Suga... iltimos... meni kechir, iltimos, eshikni och... — dedim titrab. Ovozimda yig‘i aralash edi. Ammo... u javob bermadi. Eshik orqasidan na tovush, na harakat.
Ko‘zlarim yoshga to‘ldi. Yuragimda pushaymonlik bilan padezdan chiqib ketdim. Pastga, dom tagiga — qorong‘i, yaltiroq asfalt, hidi ketmagan axlatlar yoniga yo‘l oldim. Axlat qutisiga paketni uloqtirdim. Qo‘llarim qaltirardi. Sovuqmi, qo‘rquvmi — farqi yo‘q. Faqat ichimda bo‘shliq bor edi.
Ortimga qaytib zinapoya tomonga yurayotganimda... hammasi birdan bo‘ldi.
Kimdir orqamdan kelib, og‘zimni qattiq yopdi. Nafasimni chiqarishga ham ulgurmadim, yuragim joyidan otilib tushgudek bo‘ldi.
— Mm-mmhh! — ovozim bo‘g‘ildi. Tanaim tipirchiladi, urinishlarim panjalari orasida bemani tuyuldi. U meni mashinasiga sudradi. Ko‘zlarim ochiq edi, lekin bu zulmatda hech narsani aniq ko‘rmasdim. Hamma narsa qorong‘i edi — ham yuragim, ham ko‘chalar.
Mashina eshigi ochildi. U meni orqa o‘rindiqqa itardi. Men tipirchiladim, kurashdim, lekin u qattiqroq bosdi. Tanasi kuchli edi. U tezda qo‘llarimni arqon bilan bog‘lay boshladi, harakatlari aniq va sovuq edi — xuddi buni ming marta qilganday.
— Iltimos, qo‘yib yubor! — deya chinqirdim, lekin ovozim og‘zimdagi mato ichida yo‘qolib ketdi.
Uning yuzini ko‘rishga urinib qaradim — lekin u boshiga chuqur tushirilgan kepka va yuziga qora maska taqqan edi. Hech narsani anglash mumkin emasdi. Sirli va xatarli begona.
Qo‘llarim, oyoqlarim qattiq bog‘landi. Tanaim noqulay bukilgan holatda orqa o‘rindiqqa qulab tushdi. U esa, xuddi hech narsa bo‘lmaganday, oldingi haydovchi o‘rindig‘iga o‘tirdi va mashinani yurgiza boshladi.
Shahar yoritqichlari ortda qolarkan, yuragim shunchalik tez urardiki, u ovoz hammasini bosib ketayotgandek edi. Mashina tezlashar, ichimda faqat bir narsa qayta-qayta aylanardi: "Bu kim? Va u meni qayerga olib ketayapti?..”
Men tipirchilar edim. Xuddi ozodlik o‘z qo‘limda turganday, harakatlarimni to‘xtatmadim. Ammo bu — umidsiz kurash edi.
Mashina harakatlanar ekan, tashqaridagi manzara tobora o‘zgarib borardi. Shahar chiroqlari asta-sekin yo‘qolib, o‘rnini zulmat va sukunat egalladi. Endi atrofda faqat daraxtlar, soya ichidagi sukunat va hech kimning ko‘ziga tashlanmaydigan yo‘l bor edi.
Oradan qancha vaqt o‘tgani noma’lum, lekin yuragim charchashni bilmasdan urishda davom etdi. Nihoyat mashina to‘xtadi. Men boshimni ko‘tarishga harakat qildim, lekin hech narsani ko‘ra olmadim. Birozdan so‘ng eshik ochildi.
U mening tomonimga keldi. Nafasimni ushlab, yana tipirchiladim. Lekin u umuman shoshilmadi — sovuqqonlik bilan meni yelkasiga ko‘tardi, xuddi men tirik jonsiz bir yukday.
Qo‘llarimdagi arqon terimga botib, azob bilan siqayotgan edi. Izlar allaqachon paydo bo‘lgan, og‘riqdan ko‘zlarim yoshlangan edi. Men unga qarshi chiqishga urindim, o‘zimni har tomonga urdim, lekin u bir qadam ham chekinmadi. Xuddi bu unga tanish, odatiy hol kabi edi.
U meni qandaydir oddiy uy tomon olib yurdi. Bu uy chekkada, qorong‘i va huvillagan joyda edi. Atrofda uylar deyarli yo‘q, faqat daraxtlar orasida yashiringan bu uy jimjitlikda nafas olayotgandek edi.
U uy eshigini ochdi — kalit kerak emas edi. Ichkarida hech kim yo‘qdek tuyuldi. Hamma narsa silliq, sokin. Ichkariga kirarkan, poyabzali tagida pol qarsillab ovoz chiqardi. Har bir tovush yuragimga sanchilar, har bir qadam yangi xavfni anglatardi.
U to‘g‘ri yotoqxona tomon yo‘l oldi. Meni hali ham yelkasida ko‘targanicha, hech qanday shubha yoki ikkilanishsiz, men bilan nima qilishini allaqachon belgilab olganday, og‘ir qadamlar bilan xonaga kirdi.
Yotoq xona... bu yerda hammasi joyida edi. Pokiza choyshab, ko‘z ilg‘amas darajada tartib. Ammo bu sokinlik ichida nimadir... nimadir yovuz va sovuq edi. Xuddi bu xona ko‘plab sirlarni yashirayotganday.
U meni karavotga ohista emas, balki nazorat bilan, sovuqqonlik bilan tashladi. Tanam to‘shakka urilib, ichimda og‘riqli ovoz chiqdi. U esa jim turardi.
Men ko‘zlarim bilan uning yuzini ko‘rishga harakat qildim — u hanuz maska ostida edi. Qandaydir ko‘zlarimni yondirib yuboradigan sovuq nigoh bilan menga tikildi.
U sekinlikda qora maskasini yechdi – o‘sha tanish qomat, o‘sha lazzatli husn. Jimin.
Ko‘zlarim kattalashdi, nafasim tirband bo‘lib qoldi. "J-Jimin? Nega…?" So‘zlarim titroqda edi, ko‘zlarimdan issiq yoshlar oqib ketdi.
U qorong‘u nigohini mening ustimda aylantirdi, lablarida shafqatsiz jilmayish. "Men seni yaxshilik bilan o‘zimniki qilmoqchi edim…" Qo‘llari mening bo‘ynimga suzildi, barmoqlari terimga tegganida titradim. "Lekin bunga o‘zing majbur qilding."
Birdan orqamga qarab qo‘llarimni qisdi, og‘zimga qattiq tiqin bosdi. "Sen menga yolg‘on gapirding," – dedi u shivirlab, har bir so‘z qalbimga pichoqday sanchilar edi.
"Yo‘q… Iltimos, Jimin!unday qilma!" – deb yalvardim, lekin ovozim tiqin ostida bo‘g‘ildi. Uning qo‘llari zanjir kabi qattiq edi – qochishning iloji yo‘q.
Uning barmoqlari sochlarim orasida sekin sayr qildi, lahzali bir mazax bilan. "Shhh…" – deb shivirladi qorong‘u ohangda, "Qarshilik qilishdan hazil qilmayapsanmi?"
Men qaltirab, qo‘llarimni siltab chiqishga urindim, lekin u arqonni bo‘shashtirgandek qilib, birdan boshqa narsaga bog‘ladi – bu yangi tuzoq edi.
"Foydasi yo‘q," – dedi u lablarini quloq oldimga yaqinlashtirib. Issiq nafasi terimni qo‘zg‘atdi. Qo‘llarimni ikki tomonga taratib, qattiq bog‘ladi. Keyin bo‘ynim orqasidagi arqonni tortdi – egilishimga majbur qildi.
"Ko‘rinmayapsanmi? Bu seni tinch qilish uchun," – dedi u qo‘pollik bilan oyoqlarimni yelkalarimga mahkamlab, bo‘ynimdagi arqonni qisib. Har bir harakatda nafasim qisilardi.
5-qism tugadi, eslatib utaman bu dark romance uslubida yozilmoqda❤️