March 14

Forced love

Tashqarida yomg'ir shivalar go'yo osmon yaqinlashib kelayotgan fojiadan xabar bergandek atrofni zulmat qoplagandi. Jeon Jungkook o'zining hashamatli, ammo sovuq xonasida, qimmatbaho charm kursisida o'tirardi. Uning qo'lidagi qadahda qizil vino xuddi qon kabi tovlanar, nigohlari esa deraza ortidagi tungi Seulga qadalgan edi.
Uning g'azabi olov emas, muz kabi edi β€” jimgina kuydiradigan sovuq nafrat. Kim janob uning yo'liga ko'ndalang bo'lgan birinchi odam emasdi, lekin birinchisi bo'lib uning sabr kosasini to'ldirgan edi.
Eshik sekin ochilib, xonaga Suga kirdi. U doimgidek bosiq, ammo nigohlari o'tkir edi. Eshikni ortidan ehtiyotkorlik bilan qulflarkan, Jungkookning stoli yoniga yaqinlashdi.
β€” Nima gap? β€” dedi
Jungkook ovozini chiqarmay, faqat ko'zlarini Sugaga qaratib. Uning ovozida o'lim nafasi sezilib turardi.
Suga stolga yaqinroq egilib, past, lekin qat'iy ovozda gap boshladi:
β€” Kim janobni qanday yakson qilish yo'lini topdim. Uni shunchaki o'ldirish
β€” bu sovg'a bo'ladi...Biz uning eng zaif nuqtasini nishonga olamiz...
Jungkook qadahdan bir qultum ichib abida sovuq va qonxo'r jilmayish paydo qildi.
β€” Gapir Suga... Meni qiziqtirib qo'yding.
β€” Uni qizi... YN, β€” dedi Suga, qizning rasmini stol ustiga tashlab.
β€” Kim janob uchun u dunyodagi yagona xazina. Agar sen unga uylansang, Kim janobning qo'l-oyog'ini bog'lab qo'ygan bo'lasan. Qizi sening qafasingda ekan, u barcha biznesini, davlatini va hatto jonini sening poyingga tashlaydi.
Jungkook rasmga qaradi. 18 yoshli begunoh, hayotdan hali bexabar YN ning nigohlari unga termulib turardi. Jungkook barmog'i bilan rasmning yuzini siladi, go'yo o'ljasini ushlab ko'rayotgandek.
β€” Qafasdagi qushcha deysanmi? β€” Jungkookning kulgisi xonada aks-sado berdi, bu kulgu g'alaba nashidasi emas, dahshatning boshlanishi edi.
β€” U hali kimning yotog'iga qadam qo'yayotganini bilmaydi....Kim janob qizini qutqarish uchun borini beradi lekin u bilmaydiki... men uning qizini qaytarib berishni reja qilganim yo'q.


Jungkook va Suga Kim janobni uyiga yaqinlashib qolishdi uy hashamatli edi lekin Jkni uyi kabi emas Jk uchun bu uy oddiy oshxonadek tuyulsa ham...hech nima demadi.
Kim janobning hashamatli qasri tinch va osoyishta edi. Ammo bu tinchlik ortida katta bo'ron pishib yetilayotganini hech kim bilmasdi. Darvoza oldida qora, lekin ko'zga tashlanmaydigan avtomobil to'xtadi.

Jungkook mashinadan tusharkan ustidagi qora charm kurtkasini to'g'irladi. Uning yuzida mafiya sardorining sovuqqonligi emas, balki samimiy va muloyim tadbirkorning niqobi bor edi.

Yonida esa Suga u doimgidek bosiq yuziga qora tibbiy niqob taqib olgan (go'yo shamollagan kabi), ko'zlarini esa kepka ostiga yashirgandi.

β€” Esingda bo'lsin, β€” pichirladi Jungkook tishlari orasidan.
β€” Men hozir Jeon Jungkook emasman...Men...Jeon Noahman...Xalqaro investorman bir axmoqni ismi bilan (soxta isim bilan) Kim janob yoniga ish bilan kelgandek koβ€˜rinaman..

Ular ichkariga kirishganda, Kim janob ularni katta ochiq chehra bilan kutib oldi. U o'zining biznes hamkorlari sotilib ketayotgan bir paytda, yangi va istiqbolli "hamkor" kelganidan chin dabdaba bilan quvonardi.

β€” Xush kelibsiz, janob Noah! β€” dedi Kim janob qo'l berib ko'risharkan.
β€” Siz haqingizda ko'p eshitgandim...Sizning sarmoyalaringiz bizning kompaniyamizni yangi bosqichga olib chiqishi aniq.

Jungkook (Noah) biroz egilib..xuddi kichik yoshdagi hurmat ko'rsatuvchi tadbirkordek jilmaydi.
β€” Sharaf menda,..Kim janob. Siz kabi tajribali inson bilan ishlash ... mening orzum. Bu esa mening yordamchim... biroz betob..shuning uchun niqobda, uzr so'raymiz.

Suga shunchaki bosh silkib qo'ydi. Uning ko'zlari esa uyning har bir burchagini, chiqish yo'llarini va qo'riqchilarni hisoblab chiqayotgan edi. Ular mehmonxonada o'tirib, uzoq suhbat qurishdi. Jungkook o'z rolini shunchalik mukammal o'ynardiki, hattoki Suga ham uning aktyorlik mahoratiga ichida tan berardi.

Shu payt tashqi eshik ochilib, uyga yengil qadamlar tovushi va begona ifor kirib keldi. Bu YN edi. U maktab (o'qish) kiyimida, yelkasida sumka bilan charchagan holda kirib keldi.

β€” Dada, men keldim! β€” dedi u, mehmonxonadagi notanish kishilarni ko'rib to'xtab qolarkan.

Jungkook o'rnidan turdi. Uning nigohlari YN ga qadaldi. Bu qiz rasmda ko'rganidan ham go'zalroq, lekin eng asosiysi β€” u juda ham "toza" edi. Jungkookning ichidagi yirtqich bu poklikni bulg'ash istagidan titrab ketdi.

β€” YN, qizim, kel! β€” Kim janob qizini yoniga chorladi. β€” Bu janob Noah, bizning yangi hamkorimiz.

YN yaqinlashdi, lekin uning qalbida kutilmagan bir sovuqlik va xavotir uyg'ondi. U Jungkookning yuzidagi chiroyli tabassumga qaradi-yu, lekin negadir uning ko'zlarida tubsiz zulmatni ko'rgandek bo'ldi. Qizning nigohlari Jungkookdan Sugaga ko'chdi. Suganing niqob ortidagi o'tkir nigohlari qizni battar seskantirdi.

β€” Assalomu alaykum...
β€” dedi YN sekin, lekin uning ovozi biroz titradi. U beixtiyor bir qadam orqaga chekindi.

Jungkook qizning bu shubhasini sezdi. Uning lablari chetida sezilar-sezilmas, xavfli bir uchqun paydo bo'ldi.
β€” Tanishganimdan xursandman, YN xonim. Dadangiz siz haqizda ko'p gapirgandi, lekin siz kutganimdan ham... qiziqarliroq ekansiz.

YN uning gaplaridagi ohangdan qo'rqib ketdi. Bu shunchaki maqtov emas, balki hukmdek eshitildi. Uning ichki sezgisi baqirardi: "Bu odamdan uzoqroq tur!"

β€” Kim janob, men sizga faqat biznes taklifi bilan kelganim yo'q,
β€” dedi Jungkook ovozini imkon qadar samimiy va biroz hayajonli qilib. β€” To'g'risi, qizingiz YN ni ko'rgan zahotim... ichimda nimadir o'zgardi. Men hayotimda ko'p narsani ko'rganman, lekin bunday poklikni uchratmagandim. Men qizingizga uylanmoqchiman.

Kim janob kutilmagan gapdan qotib qoldi. Uning yuzidagi tabassum yo'qolib, o'rnini hayrat va e'tiroz egalladi.
β€” Nimalar deyapsiz, janob Noah? Qizim hali juda yosh, u bor-yo'g'i 18 da! Ustiga-ustak biz sizni deyarli tanimaymiz... Yo'q bu mumkin emas!

Jungkook bo'sh kelmadi. U stuliga suyanib, chuqur tin oldi. Uning yuzi bir lahzada g'amgin tusga kirdi.
β€” Men tushunaman. Lekin eshiting... Sizning atrofingizda dushmanlar ko'p...Ayniqsa, o'sha vahshiy Jeon Jungkook degan mafiya sizga tish qayrab yurganini eshitdim. Siz kundan-kun keksayib boryapsiz, Kim janob. Xudo ko'rsatmasin, ertaga sizga bir gap bo'lsa, YN ni kim himoya qiladi? Men esa uni dunyodagi har qanday yovuzlikdan, o'sha mafiyadan ham asrashga qodirman. Bor boyligim va kuchimni uning poyiga to'shashga tayyorman.

Kim janob jim bo'lib qoldi. Uning hayolidan dahshatli sahnalar o'tdi: Jungkookning odamlari uning biznesini tortib olayotgani, o'zining zaiflashib borayotgani... U "Noah"ning (soxta Jk) gaplarida jon borligini his qildi. "Agar qizimni shu yigitga bersam, u hech bo'lmaganda xavfsiz bo'ladi," deb o'yladi u adashib.

β€” Mayli... β€” dedi Kim janob ovozi titrab. β€” Agar u rozi bo'lsa, men qarshi emasman. Uning kelajagi uchun bunga majburman.

Shu payt eshik ortida turgan YN barcha gaplarni eshitib turgan edi. U xonaga bo'rondek kirib keldi. Uning ko'zlari yoshga to'la, lekin nigohlari g'azabli edi.

β€” Yo'q!
β€” deb baqirdi YN.
β€” Dadajon, nimalar deyapsiz? Men bu odamni tanimayman ham! Uning ko'zlari... uning ko'zlari menga qo'rqinchli ko'rinyapti! Men unga hech qachon turmushga chiqmayman!

Jungkook o'rnidan turib, sekin YN ga yaqinlashdi. Uning har bir qadami qizni devorga taqab qo'ygandek bo'ldi.
β€” YN, men sizga ozor bermayman
β€” dedi u pichirlab lekin bu ovozda shunday bir sovuqlik bor ediki, YN ning butun vujudi muzlab ketdi.

Suga esa chetda turib, niqob ostida sovuq jilmaydi. Reja mukammal ishlayotgan edi. Yn qarshilik qilsa ham endi uning taqdiri Jeon Jungkookning qonli qo'llari orasida edi.