𝐄𝐍𝐒𝐋𝐔𝐕🍃
Sud kuni — Maldivlar, Sud Zali
Zalda sukunat. Oq devorlar har bir nafasni aks ettiradi. Sud stoli ortida jiddiy chehrali sudya, advokatlar va politsiya xodimlari. Tomoshabinlar safida Lia, Taehyung, va hushsiz holatda yotgan Y/N haqida o‘ylab yuragi ezilgan ko‘zlar.
Jungkook qora kostyumda. Bilaklarida hali ham eski zo‘ravonlik izlari, rangi oqarib ketgan, ko‘zlarida hayot alomati yo‘q. Nigohi devorga mixlangandek, yonida nima deyilayotganiga e’tibor qilmaydi. Advokati unga bir nimalar deb tushuntirishga urinmoqda, ammo u quloq solmaydi.
— "Jeon Jungkook, siz odamga og‘ir tan jarohati yetkazganlikda ayblanmoqdasiz. Davogar sifatida Xo Min Ho ko‘rsatilgan."
Zalda jimjitlik. Barcha nigohlar kaltaklangan yigitga qaratiladi.
Xo Min Ho (jarohatlangan yigit):
U sekin o‘rnidan turadi. Boshida oq bint, burnida plastinka. Nafas olishi biroz qiynaladi, ammo ovozini yig‘ib gapiradi:
— "Men da’vo qilmayman. Chunki bu yigitning ko‘zida yovuzlik emas, ichki alamni ko‘rdim. Bu... bu bir fojea edi, tasodif edi."
Zalda shivir-shivirlar eshitila boshlaydi.
— "Siz og‘ir jarohat olgansiz. Da’vo qilmaslikka qat’iy ishonchingiz komilmi?"
Xo Min Ho boshini qimirlatadi, ovozi asta:
— "Ha. Bu qarorimni pul emas, insoniylik belgiladi."
Sudya buni rasmiy qaydlarga kiritishni buyuradi. Advokat yelkasidan yuk tushgandek nafas oladi. Ammo...
Jungkook hamon lom-mim demaydi. Hatto unga "biror fikringiz bormi?" deb so‘rashganda ham, u pastga tikilgancha jim o‘tiraveradi.
Lia ko‘z yoshlarini to‘xtata olmaydi. Taehyung lablarini tishlab, joyida qimirlamasdan o‘tiradi.
Sudya nihoyat qarorni o‘qiydi:
— "Jeon Jungkook, jabrlanuvchi shikoyat qilmaganligi, shuningdek, ruhiy holatingiz va o‘tmishingiz inobatga olinib, siz vaqtinchalik sud nazorati ostida ozod qilinasiz. Ammo bu — to‘liq erkinlik emas. Siz psixiatriya shifoxonasida kuzatuv ostida bo‘lasiz."
Zal dag‘al sokinlikka cho‘madi. Erkinlik — ammo shartli. Qamoqdan chiqdi, lekin hanuz ozod emas.
Taehyung sekin Jungkookga yaqinlashadi, ammo Jungkook hech kimga qaramaydi. Lia esa ko‘zlariga ishonmay unga qarab turadi.
Taehyung past ovozda, yurakdan gapiradi:
— "Jungkook... Y/N hali ham hushiga kelmadi."
Jungkook eshitganday bo‘ladi. Ko‘zlarini yumib, lablari orasidan ovozsiz pichirlaydi:
— "Agar uni yana ko‘rmasam... men tirik emasman."
Zalda hamma joy-joyiga tarqalmoqchi bo‘lgan paytda, Taehyungning telefoni jiringlaydi. U seskanib, darhol javob beradi.
— "Alo?"
Ovozning ohangi darhol o‘zgaradi. Shifokorning jiddiy, ammo ehtiyotkor ohangda aytilgan so‘zlari quloqlarida yangraydi:
— "Y/N hushiga keldi. Ko‘zlarini ochdi... lekin hech qanday reaksiya yo‘q. Gapirmaydi. Hatto ko‘zlari ham qimirlamaydi. Go‘yoki tanasi uyg‘ondi, ammo ruhi hanuz jim."
Taehyung bir zum jim turadi. Ko‘zi asta-sekin Jungkookka qaraydi. U yuragini qo‘liga olib, chuqur nafas oladi, so‘ng ovozini balandroq qilib aytadi:
— "Jungkook… U hushiga keldi."
Bu so‘zlar Jungkook uchun to‘satdan portlagan chaqmoqdek bo‘ldi.
U o‘tirgan joyidan beixtiyor o‘rnidan turadi. Ko‘zlari bir zumda yongan shamdek chaqnaydi. U hech kimga qaramay, hech bir so‘z demay oldinga yuradi.
Politsiya ofitserlari yo‘lini to‘smoqchi bo‘lishadi, ammo u ularni ko‘rmaganday, yurishdan to‘xtamaydi. Harakatlarida vahima yo‘q — aksincha, ichki tuyg‘ular portlayotgan, ammo o‘zini tutishga harakat qilayotgan odam harakati.
— "Jungkook!" — deb chaqiradi orqadan ofitserlardan biri.
Ammo u to‘xtamaydi. Taehyung ham, Lia ham bir zumda nima bo‘layotganini tushunolmay qoladi. Chunki bu — o‘z jonining yarmini eshitgan, uzoq zulmatdan birdan yorug‘lik tovushini eshitgan insonning yurishi edi.
Jungkook to‘g‘ri Taehyung tomon yuradi. Ko‘zlarida chorasizlik, umid, qo‘rquv — hammasi aralash. Yuragi qattiq urayotgandi. Nafasi notekis, harakati qat’iy edi.
U Taehyungning yoniga yetganda, ko‘zlariga to‘g‘ri qarab, ohangida so‘rov emas, iltijo yashiringan tovushda dedi:
— "Meni… meni Y/Nning oldiga olib bor. Iltimos..."
Taehyung beixtiyor bir qadam orqaga chekinadi. U bu so‘zni kutgandi, lekin unga tayyor emas edi. Boshini sal egib, ohista javob beradi:
— "Jungkook… bu imkonsiz. Hozircha seni u yerga qo‘yishmaydi. Sen sud nazoratidasan. Ruxsat kerak..."
Ammo bu so‘zlar Jungkookning qulog‘iga yetib bormaydi. U bir lahzaga qotib qoladi. So‘ng... ichidagi barcha og‘riq, bosim, qo‘rquv, yolg‘izlik — hammasi yuzasiga urilib chiqadi. Ko‘zlari g‘azab bilan to‘lib, to‘satdan yonidagi stulni tepib yuboradi. Uning nafas olishi tobora tezlashadi.
— "YO‘Q! Men u holda kutolmayman! U meni tanimay qolsa-chi? U yana ketib qolsa-chi?! Men uni yo‘qotolmayman!"
U to‘satdan devorga musht tushiradi. Politsiya xodimlari ehtiyotkorlik bilan yaqinlashadi, ammo Taehyung ularni to‘xtatadi.
— "Kutib turing... U faqat og‘riqni his qilayapti."
Jungkook qattiq lablarini tishlab, tizzasiga cho‘kadi. Qo‘llari bilan yuzini berkitadi. Ichidan chiqayotgan ovozlar — bu yig‘i emasdi. Bu ichidan yirtilayotgan qalbning ovozi edi.
— "Men uni ko‘rmasam... men tirik emasman..." — pichirlaydi u yana, bu safar siniq holda.
Zalda sukunat cho‘kadi. Lia ko‘zlarini yumib yig‘laydi. Taehyung esa yoniga cho‘kkalab, sekin yelkalariga qo‘l qo‘yadi.
— "Biz ruxsat olish yo‘lini topamiz, Jungkook. Lekin sen o‘zingni yo‘qotma. U seni his qiladi. U hali butunlay ketmagan."
Shifoxona – Y/Nning palatasi
Yumshoq yorug‘likda turgan palatada Y/N hali ham ko‘zlarini ochgan, ammo nigohi xira. U hushida, lekin... hech qanday reaksiya yo‘q. Qo‘llari, oyoqlari — hatto barmog‘i ham qimirlamaydi.
Uning atrofida bir necha shifokor va bosh vrach turgan. Monitorlar sekin chiroq chaqillatmoqda. Bosh vrachning qo‘lida tahlil natijalari. Uning yuzi xavotirli.
— "Qon tahlillarida… g‘alati narsa bor," — deydi u yordamchisiga, tahlillarni ko‘rsatib.
Yordamchi shifokor yuragini ushlab so‘raydi:
— "Nima degani bu? U falajmi? Miyaning zarari yo‘q-ku!"
Bosh vrach qog‘ozga yana bir qarab, chuqur nafas oladi.
— "Bu… bu dorilar atayin berilgan. Kuchli falajlovchi moddalar. Doimiy, sekin dozada. Tanasi harakat qilolmaydi, lekin aqli, hissiyotlari... ularning bari joyida. U hammasini eshitayapti, ko‘rayapti. Ammo harakat qila olmayapti…"
Hammaning yuragi siqiladi. Y/Nning nigohi shiftga tikilgan, ammo ko‘zlari yoshga to‘la.
— "Bu… bu jirkanch. Kim unga bunday qilgan?" — deydi boshqa bir shifokor.
Bosh vrach og‘ir nafas olib, telefonini olib qo‘ng‘iroq qiladi. Ekranda ism ko‘rinadi: "Kim Taehyung".
Taehyung javob beradi, ovozda shoshilish bor.
— "Ha? Qanday yangiliklar bor?"
Bosh vrach, ovozini pastlatib, ohista javob beradi:
— "U hushida, lekin harakat qilolmayapti. Biz tanasidan falajlovchi moddalarning yuqori miqdorini topdik. Bu… bu tabiiy emas. Kimdir unga atayin bergan."
Taehyungning yuragi urib ketadi. U telefonga ishona olmaydi.
— "Nima?! Siz... siz aniqmisiz?"
— "Ha. Va bu dorilar uzoq muddat berilgan. Juda ehtiyotkorlik bilan. Ularni oddiy odam topa olmaydi. Kimdir uni nazorat qilgan..."
Taehyung asta orqasiga qaraydi. Jungkook polda cho‘kkancha, hali ham boshini quyi solgancha o‘tiribdi.
Taehyungning ko‘zlari keng ochiladi.
— "Jungkook..."
Sud zalining tashqarisi – Zina oldida
Taehyung telefonni qo‘lidan tushirib yuboray dedi. Nafasi qisildi. Yuragi qattiq urmoqda. Qon qulog‘iga urayotganini his qildi. Bosh vrachning so‘nggi so‘zlari qulog‘ida yangraydi:
“U uzoq muddat davomida falaj qiluvchi dorilar ta’sirida bo‘lgan… va bular tasodifan berilmagan. Kimdir unga doimiy nazorat ostida shuni bergan.”
Taehyung asta orqasiga qaraydi. Jungkook hali ham joyida, ko‘zlarini yerga tikkancha, jim o‘tiribdi. Politsiya xodimlari uning yonida turibdi, lekin unga qo‘l tekkizishmayapti.
Taehyungning ko‘z oldidan o‘tmish lavhalari lipillaydi:
Jungkookning: “Agar uni yo‘qotsam, o‘zimni yo‘qotaman...” degan so‘zlari.
Y/N tushi sababli baqirgan kunlar.
Jungkookning Y/nga juda kuchli g‘amhurligi.
Y/Nning har doim yomonlashib borayotgan holati...
Hammasi o‘z joyiga tushdi.
Taehyung ichida pichirlab dedi:
— "Sen... Jungkook... o‘z xotiningni... o‘z qo‘ling bilan falaj qilgan ekansan..."
U bir necha qadam Jungkookga yaqinlashadi, lekin to‘xtaydi. Uning ko‘zida g‘azab va achinish aralashib ketgan. U titrayapti.
Jungkook boshini ko‘tarmaydi. U bularni eshitgandek, yuragi siqilayotgandek qo‘llarini qattiq musht qiladi.
Taehyung past ovozda, o‘zi uchun pichirlaydi:
— "Agar buni suddagilar bilib qolsa... agar ular seni yana tekshirishsa... sen undan butunlay ajralasan. Bu endi faqat jinoyat emas... bu shunchaki sevgidan tug‘ilgan ruhiy halokat."
U yana bir bor bosh vrachning so‘zlarini eslaydi:
“U hozir hushida. Ammo harakat qila olmaydi.”
Taehyung o‘zini yo‘qotayotgandek his qiladi. Bir tarafdan — adolat, boshqa tarafdan — Y/Nning hayoti, va Jungkookning qulab borayotgan ruhiy dunyosi.
— “Endi men nima qilaman?..”
Maldivlar aeroporti – Kechki soat
Yog‘ingarchilikdan keyin havo jimjit. Atrofni kuchli xavfsizlik choralari o‘rab olgan. Samolyotga olib chiqilayotgan Jungkookni ikki nafar maxsus ofitser kuzatib bormoqda. Uning qo‘llari qattiq bog‘langan, ko‘zlari esa pastga tikilgan.
Jungkook bir og‘iz ham gapirmaydi. Hali ham hech narsaga qaramaydi. Uning yuzida charchoq, tanasi bo‘shashgan. Ammo ichida nima bo‘layotgani, faqat u o‘zi biladi.
Taehyung orqadan qarab lturadi.
U bir oz yaqinlashmoqchi bo‘ladi, ammo ofitserlardan biri unga to‘xtashini ishora qiladi. Taehyung to‘xtaydi. Uning ko‘zlarida og‘riq va qarama-qarshilik.
— "Senga ishongan edim, uka..." — deydi ichida. — "Lekin endi Y/N uchun men kurashaman."
Samolyot dvigateli ishga tushadi.
Jungkookni Koreyadagi ruhiy salomatlik markaziga olib ketishadi. U yurtiga qaytmoqda... ammo ozod emas. U o‘zi qurib olgan sevgi qamoqxonasiga hamroh bo‘lib ketyapti.
Maldivda – Kasalxona xonasi
Xonada sokinlik hukm suradi. Y/N hushida, ammo halicha hech narsaga reaksiya bermaydi. Nafas olishi sekin va sokin, go‘yo qalbi uzoqlarda adashib yurgandek.
Lia uning qo‘lini ushlab o‘tiribdi, yuzida titroq bilan aralashgan mehr. U Y/Nni o‘z singlisidek asraydi, va bu lahzada unga singlisidan ham yaqinroq tuyuladi.
Taehyung deraza yonidan yurib keladi, Lia yoniga tiz cho‘kadi. Uning ko‘zlari toliqqan, lablari biroz qaltiraydi.
— “Lia… dam ol,” — deydi u muloyim ovozda. — “Men shu yerda bo‘laman. Yolg‘iz qolmaydi u.”
Lia boshini asta silkitadi, lekin Taehyung uni quchoqlab, yelkasiga suyandi.
— “Iltimos. Sendayam kuch kerak… Men uchun emas, Y/N uchun dam ol.”
Lia oxiri ko‘z yoshlariga yeng beradi, lekin Taehyungning quchog‘i unga biroz tinchlik olib keladi.
Samolyot ichida – Jungkook
O‘rindiqda qattiq belgilangan xavfsizlik kamariga bog‘langan holda, Jungkook jim o‘tiribdi. Uning nigohi oyna ortidagi qorong‘ulikda, ammo ko‘zlari biror manzilni ko‘rmayapti — faqat ichki bo‘shliq.
Tanasi esa biroz titraydi. U na jahl bilan, na pushaymon bilan — u aynan ich-ichidan sinayotgan odam kabi. Uning lablari qimirlaydi, ammo hech qanday tovush chiqmaydi.
— “Y/N…” — deb pichirlashi mumkin, ammo atrofdagilar eshitmaydi.
Yuragida birgina savol:
“Agar men sevgidan shunday yomon inson bo‘lib chiqsam… unda men qachon yaxshi bo‘la olaman?”
Samolyot osmonni kesib boradi. Har bir kilometr, Jungkook uchun bir umrlik masofa kabi. Yaqinlikdan yiroqlikka, sevgidan jazosizlikka — bu uning ayanchli safaridir.
Maldiv – Kasalxona xonasi. Tunda.
Xona jim. Faqat yurak urish monitori asta ovoz chiqarib turibdi. Taehyung va Lia yon atrofda kursida uxlab qolishgan. Derazadan kechki shamol parda bilan o‘ynaydi.
To‘satdan, Y/Nning ko‘zlari ochiladi. Nafasi bir zumda og‘irlashadi. Ko‘kragiga tosh bosilgandek.
Birdan ich-ichidan kuchli vahima otilib chiqadi. Qorong‘u tushdan uyg‘ondi.
Y/N (birdan baqiradi, qaltirab):
— "Men aybdor emasman!!"
Ko‘zlaridan yosh oqib ketadi. Nafasi notekis.
— "Men aybdor emasman! Eshityapsizmi?! MEN AYBDOR EMASMAN!!!"
U qichqirgancha, to‘xtamay yig‘laydi. Nafasi qisilib, lablari titraydi. Boshini o‘rnidan ko‘tara olmaydi, lekin ichidagi og‘riq butun tanasini qamrab olgan.
Taehyung ko‘zlarini ochadi, o‘rnidan irg‘ib turadi. Lia ham hayratdan dong qotgan.
— "Y/N?! Y/N!" — deydi Taehyung yugurib yoniga borib.
Ammo… u qanchalik tinchlantirmoqchi bo‘lmasin, Y/N tinchimaydi. O‘sha bir so‘zni takrorlayveradi:
— "Men aybdor emasman... men emasman... men emasman..."
Taehyungning yuragi siqiladi. U boshini egib, chuqur nafas oladi. Va ichidan bir so‘z o‘tadi:
— “Bu paytda uni faqat bitta odam tinchlantira olardi... faqat Jungkook...”
Taehyung Y/Nning yonida, Lia esa hayratda.
Y/N hali ham yig‘lab, o‘sha so‘zlarni takrorlab turadi. Nafasi qisilgan, ko‘zlari qorong‘ulikdan qo‘rqqan bola kabi ochilgan.
Lia (sarosimada):
— "Hamshira! Hamshira!!!"
U eshikka yuguradi va tugmani bosadi. Zudlik bilan bir nechta hamshiralar yugurib kirishadi. Taehyung esa Y/Nning qo‘lini ushlab, sekin pichirlab gapiradi:
— "Bu sendan o‘tmaydi, Y/N. Men sen bilanman. Tinchlan, iltimos..."
Ammo Y/N eshitmaydi. Yig‘i ichidan o‘zini yo‘qotgan. Qichqiradi, yig‘laydi, qaltiraydi.
Hamshira tinchlantiruvchi ukol tayyorlaydi.
— "Biz unga ukol qilishimiz kerak. Aks holda yuragiga zarar yetadi," — deydi u.
Taehyung boshini qimirlatib rozi bo‘ladi, ko‘zlari to‘la og‘riq.
Hamshira ukolni ehtiyotkorlik bilan qiladi. Bir necha daqiqa ichida Y/Nning nafas olishi sekinlashadi, ko‘zlari ohista yumiladi, lekin hali ham lablari shivirlab aytadi:
— "Men... aybdor emasman..."
Taehyung uning yuzini silaydi.
— "Senga ishonaman, Y/N. Sen aybdor emassan."
Lia esa deraza oldida turib, yulduzlarga qaraydi.
— "Jungkook... qaerda bo‘lsang ham, Y/N seni chaqiryapti. Endi sen ham kurashishing kerak..."