April 10

𝐄𝐍𝐒𝐋𝐔𝐕🍃

15-qism FINAL❤️

Maldivlar aeroporti – Bir oy o‘tib

Osmon ochiq, tong nurlari samolyot qanotlariga tegib porlaydi. Aerovokzal ichida odamlar harakatda, ammo bu uchlik — Lia, Y/N va Taehyung — sukunatga o‘ralgan.
Y/N nogironlar aravachasida. U ozg‘inlashgan, rangi oqarib ketgan, lekin ko‘zlari hozir hushyor — hayotga, og‘riqqa, esdaliklarga to‘la. Qo‘lida esa Jungkook sotib olib bergan kichkina ayiqcha, unga juda aziz.

Lia sekin aravachani surmoqda, har bir qadamida ehtiyotkorlik, mehr bor. U Y/Nning qulog‘iga biror narsalar deydi, Y/N esa kuch bilan, ammo aniq iljayishga urinishadi. U hali gapirmaydi. Ammo ko‘zlari… ular juda ko‘p narsa deydi.

Orqada Taehyung pasportlarni ruyxatdan o‘tkazmoqda. Har bir harakati aniq va xotirjam, lekin yuzida hali ham ichki og‘riq soyasi bor. U bir zumga Y/Nga qaraydi, ko‘zlari unga “men sen bilanman” deya mehr bilan boqadi.
Terminal ovozli e’lon qiladi:
“Koreya yo‘nalishidagi parvozga chiqish boshlandi.”

Lia aravachani sekin buradi. Y/N boshini egib, o‘zining titrab turgan qo‘li bilan ayiqchani ko‘kragiga bosadi. Bir necha soniya jim turadi… so‘ng birdan barmog‘i biroz silkinadi. U asta ayiqchaning qulog‘iga pichirlaydi:
— "U menga yomonlik qildi... lekin men hali ham... uni unutmadim..."
Lia eshitmaydi, lekin Taehyung orqadan yaqinlashganda bu so‘zlarni eshitib qoladi. Yuragi gursillaydi. U Y/Nning yoniga cho‘kadi.
— "Senga vaqt kerak, Y/N. Qolganini biz birga yengamiz."
Y/N unga qaraydi. Bu safar ilk marta ko‘zlarida allaqanday ravshanlik bor. Yuragi singan bo‘lsa ham, o‘zini yo‘qotmagan. Orqasida ajralgan bir qalb bor — ammo oldida hali yozilishi kerak bo‘lgan o‘z taqdiri.

Koreya – Ruhiy salomatlik markazi, Seul chekkasida

Hamma narsa oppoq: devorlar, choyshablar, hatto quyosh ham derazadan tushayotganida xira tusda ko‘rinadi. Hushyorlik va sukut bu yerning asosiy qonunidir.
Jungkook deraza yonida o‘tiribdi. Sochlari biroz o‘sib ketgan, yuzi ozg‘in, ko‘zlarida esa chuqur charchoq va umidsizlik. U barmoqlari bilan deraza tokchasini sekin urib turadi, xuddi musiqasiz ritm eshitayotgandek.

Psixolog uning orqasida jim turadi, daftarga nimadir yozadi. So‘ng asta savol beradi:
— "Bugun o‘zingizni qanday his qilyapsiz, Jungkook?"
U javob bermaydi. Faqat ko‘zini osmondagi bulutlarga qadab turadi. So‘ng past ovozda:
— "Yuqotdim… hammasini. O‘zimni ham."
Psixolog jim. Faqat yozishni davom ettiradi. Bu yigit kuchli, ammo singan. U sevgidan, rashkdan, aybdan va azobdan iborat tuzoqda qolgan.

So‘ng Jungkook asta yon cho‘ntaklaridan eski, bir oz yirtilgan kichik suratni chiqaradi — Y/Nning tabassum bilan tushgan rasmi. Rasmdagi Y/N orqa fonida dengiz, ehtimol Maldiv. U barmoqlari bilan surat burchagini silaydi.
— "U endi meni ko‘rishni istamaydi" — deydi. — "Lekin men har kuni uni chaqiryapman... ichimda, bekinib."

Koreya – Jungkookning uyi, Tong

Uy ichida sokinlik. Taehyung deraza yonida kofe ichmoqda. Lia oshxonada yengil nonushta tayyorlamoqda. Y/N esa to‘shagida o‘tirgan, oyoqlari ustiga adyol yopilgan, qo‘lida ayiqcha.
U endi har kuni bir oz gapiryapti. Unga har kuni psixolog keladi. Ammo ba’zan tunda hali ham baqiradi, yig‘laydi, "men aybdor emasman" deb pichirlaydi.

Bugun esa… u boshqacharoq.
Y/N asta jurnalini ochadi. Qalamni oladi. Birinchi sahifaga yozadi:
“Men hali ham singanman. Ammo men endi jim turmayman.”
Uning yuzida kuchsiz tabassum paydo bo‘ladi. U asta derazaga qaraydi, va o‘ziga pichirlaydi:
— "Bir kun kelib, men seni kechiraman… yoki o‘zimni. Lekin hozircha, men yashayman."

Ruhiy markaz – Jungkookning xonasi, xuddi o‘sha payt

Jungkook derazaga qarab, o‘ziga so‘zlaydi:
— "Bir kun... agar taqdir imkon bersa... men oldingga kelaman. Boshqa odam bo‘lib. Boshqa niyat bilan. Seni yo‘qotganimni tan olib."
So‘ng ilk marta ko‘zlarida yosh paydo bo‘ladi. Bu yengillik emas — bu kechikkan pushaymon, sog‘inch, va muhabbatning so‘nggi qoldig‘i.

Ruhiy salomatlik markazi – Ko‘rish xonasi

Deraza ortida yomg‘ir tomchilari ohangsiz musiqa kabi sekin tushmoqda. Markaz ichida esa xuddi vaqt to‘xtab qolgandek. Tashrif buyuruvchilarga mo‘ljallangan kichik xona — oppoq devorlar, bitta stol, ikki stul.
Taehyung eshikdan kiradi. U klassik qora palto kiygan, qiyofasi jiddiy. Ko‘zlarida og‘riq, lekin harakati sokin. U markaz nazoratchisiga ko‘rsatma beradi:
— "Men ukamni ko‘rmoqchiman. Jeon Jungkook."
Nazoratchi bir lahzalik sukutdan so‘ng bosh irg‘aydi.

Xuddi shu markaz – Jungkookning xonasi
Jungkook stulda o‘tiribdi. Qo‘llari bilagacha bog‘langan emas, lekin u o‘zini xuddi bog‘lab qo‘ygandek tutadi. Harakat qilmaydi. Psixolog unga kimdir kelganini aytganida, u befarq yelka qisadi.
Eshik ochiladi. Taehyung kiradi.
Jungkook boshini ko‘tarmaydi.
Taehyung sekin o‘tiradi, ukasiga to‘g‘ri tikiladi.
— "Ko‘p narsani yo‘qotding, Jungkook."

Jungkook past ovozda javob qaytaradi:
— "Hammang mendan voz kechding."
— "Yo‘q. Biz seni tushuna olmading, men seni yolg‘iz qoldirmasligim kerak edi, meni kechir" — deydi Taehyung. — "Y/N...u hozir davolanishni boshladi endi u qo‘larini harakatlantira oladi garchi so‘st bo‘lsa ham. Hozir esa seni qutqarish uchun hamma harakat qilyapti lekin sen o‘zingni qutqarmayapsan."
Jungkook asta ko‘zlarini ko‘taradi. U yerda na nafrat, na g‘azab bor — faqat charchoq va o‘kinch.
— "Men buni qilmadim... bilaman. Ammo bu meni kechirishga yetmaydi, to‘g‘rimi?"
Taehyung biroz jim turadi. So‘ng:
— "Men seni ko‘rishga kelganim — kechirish uchun emas. Balki eslatsam, sen hali ham insonsan, deb."
U cho‘ntagidan bir narsa chiqaradi — Y/N yozgan kichik eslatmani. Y/N uni o‘sha kun sog‘lig‘i o‘nglay boshlagach yozgan:
“Men ham uni kechira olmayman. Lekin, u odam edi. Va odamlar xato qiladi.”

Taehyung varaqani stolga qo‘yadi. So‘ng o‘rnidan turadi.
— "U hali ham seni eslaydi, lekin bu eslash og‘riqli. O‘zingni yo‘qotishdan oldin... top."
Jungkook hech nima demaydi. Faqat varaqaga qaraydi. Va birinchi marta, yuragining chuqur joyida nimadir silkinadi. Bu – umid emas, lekin ehtimol… boshi.

Vaqt o‘tgan. Bahor.

Jungkookning terapiya mashg‘uloti

Xona sokin. Devorlar pastel rangda. Jungkook stulda o‘tirgan, qo‘llari tizzasida. Terapevt unga muloyim nigoh bilan qaraydi.
— "Nega har hafta bu yerga qaytasiz, Jungkook?"

U chuqur nafas oladi. Ko‘zlarini pastga qaratgancha javob beradi:
— "Chunki... men uni yana baxtli ko‘rmoqchiman. Y/N. Balki u men bilan emas. Lekin... agar men tuzalsam, u og‘rimaydi."
U ilk bor terapevtga ochilmoqda. Yuragida ich-ichidan kelgan pushaymon bor. Bu safar u o‘zini emas, boshqasini o‘ylamoqda.

Y/N va Lia

Y/N kasalxona bog‘ida yurmoqda. Qo‘lida daftarcha, lablarida zaif tabassum. Lia yonida, unga kitob o‘qib bermoqda.
— "Yana yomon tush ko‘rdingmi?" — so‘raydi Lia ohangdor tovushda.
Y/N boshini qimirlatadi.
— "Ha... lekin bu safar u oxirida meni quchdi. Qonli qo‘llari bilan emas, oddiy insondek. U menga men aybdor emasligimni, bu shunchaki tasodif ekani aytdi."
Lia jilmayadi. Sochlaridan mayin shamol o‘tadi.
— "Demak, onging ham buni tushinishni boshlamoqda."

Y/N jim. Ichida kurash bor — sevgi va qo‘rquv o‘rtasida. Lekin u har kuni kuchliroq bo‘lyapti.

Taehyung ofisda

Ofis keng, zamonaviy. Deraza ortida shaharning manzarasi. Taehyung stolda o‘tiribdi, Jungkookning biznes hujjatlarini ko‘zdan kechirmoqda.
Yonida advokat:
— "Siz chindan ham bu korxonani davom ettirmoqchimisiz, janob Jeon?"
Taehyung ko‘zoynagini yechib, javob beradi:
— "Ukam qaytguncha, hamma narsa joyida bo‘lishi kerak. U o‘zgaryapti. Men bunga ishonaman."

U Jungkook bilan yuzma-yuz turgan daqiqalarni eslaydi — ko‘zlaridagi o‘sha chuqur og‘riqni, ammo hozir o‘sha ko‘zlar asta yengillashayotganini ham.

Uzoq kutilgan uchrashuv

Joy: Shaxsiy terapiya markazining sokin bog‘i. Havoda bahorning yengil ifori. Daraxtlar orasidan quyosh nurlari oqarib tushadi. Qushlar chug‘urlaydi, lekin yurakdagi hayajon ularning ovozini bosib ketayotgandek.

Taehyung mashinani to‘xtatadi.

Orqa o‘rindiqda Y/N o'tiribdi. Uning qo‘lida tayanadigan tayoq. Ko‘zlarida hayajon, qo‘rquv, sog‘inch qorishib ketgan. Taehyung unga qaraydi, yuzida iliq tabassum.
— "U seni har kuni kutdi," — deydi Taehyung yumshoq ovozda. — "Shunchaki ko‘rish ham unga davolovchi doridek."

Y/N chuqur nafas oladi. So‘ng eshikni ochib, ehtiyotkorlik bilan oyoqlarini yerga qo‘yadi. Tayoqdan mahkam ushlab, asta yurishni boshlaydi.

Bog‘ ichida Jungkook.

U skameykada o‘tiribdi, yelkasiga kapyushon tashlangan, qo‘lida yirtilgan kundaligi. Uning ko‘zlari toliqqan, lekin hali ham umid porlaydi.

Birdan... qadam tovushi.
U boshini ko‘taradi — va yuragi urishni unutadi. Y/N. U rostdan ham kelgan. Ammo... u tayoq bilan yurayapti.

Jungkook o‘rnidan sapchib turadi. Nafasi qisiladi. Ko‘zlari sekin yoshga to‘ladi. U bir necha qadam yuradi, lekin to‘xtaydi — ko‘zlarini Y/Nning qiyofasidan uzolmaydi.
Y/N asta, qadam-baqadam yaqinlashadi. Og‘riqli, ammo qat'iyatli yurish. Uning har bir qadamida kurash, harakat, muhabbat bor.
Jungkook ko‘z yoshini artmaydi. U uyalmaydi. Bu ko‘z yoshi — sog‘inch, kechikkan baxt, va yana topilgan yurak nidosi.
— "Y/N..." — ovozi bo‘g‘iq, ich-ichidan chiqqan. — "Men seni shunchalar kutdimki... Sen uchun tuzalishga harakat qilyapman... men har kuni seni o‘yladim."
Y/N yelkasi bilan tayoqqa suyanib, uning oldida to‘xtaydi. Titroq lablari bilan jilmayadi:
— "Men ham seni unutmadim... Men ham davolanyapman."
Jungkook asta-asta egiladi, Y/Nning qo‘lini ushlaydi. Uning kaftlari larzaga keladi.
— "Endi seni hech qachon qo‘yib yubormayman."
Ular jim turishadi. Atrofda faqat shamol barglar bilan o‘ynaydi. Ammo bu sukunat ichida shunchalik ko‘p so‘zlar yashiringan: kechirim, muhabbat, umid va yangi boshlanish.

Taehyung esa uzoqdan kuzatadi. Yuzida yumshoq tabassum. U biladi — bu ikki yurak endi asta-asta, ammo birga tuzaladi.

Y/N sekin skameykaga o‘tiradi. Tayog‘ini yoniga qo‘yadi. Jungkook uning qarshisida tiz cho‘kadi. Uning ko‘zlari yoshdan xiralashgan, ammo hozir u chin dildan gapirmoqda. Uning qo‘llari Y/Nning qo‘llarini ushlab turibdi, barmoqlari orasida titroq bor.
— "Y/N... men senni ko‘p og‘ritdim. O‘zimda emasdim. Yuragim to‘la yaralar edi... Men odam bo‘la olmadim, senga er bo‘la olmadim... Faqat o‘zimdagi qorong‘ulik bilan yashardim. Senni yomon ko‘rmasdim, lekin qanday sevishni bilmasdim. Kechir meni..."
U boshini pastga egadi. So‘zlari bo‘g‘zida tiqilib qolgan. Yelkalari larzaga keladi. U ilk bor yuragini ochyapti. Himoyasiz, mag‘rurliksiz, to‘g‘ri.

Y/N jim. Ko‘zlari pastga qaraydi. Keyin chuqur nafas olib, ovozini sekin chiqaradi:
— "Men senni kechiraman, Jungkook."
Jungkook bir zum boshi bilan yuqoriga qaraydi. Ishonchsizlik, umid, quvonch ko‘zlarida uyg‘unlashadi.

Y/N davom etadi:
— "Taehyung o‘tmishingiz haqida gapirib berdi. Onangiz... sizning bolalikdagi og‘riqlaringiz... sizning qanday yolg‘iz ulg‘ayganingizni. Menga qarshi qilganlaringizni oqlamayman. Lekin yuragingizdagi og‘riqni endi tushunaman."

U ko‘zlariga yosh olib jilmayadi.
— "Meni ham kechir... men ham sizdan nafratlanib, yuragingizni tushunmasdan yurgan kunlarim uchun."

Jungkook boshini chayqaydi. Uning lablari titraydi:
— "Yo‘q... sen meni kechirding, bu menga yetarli. Men o‘zimni kechirish uchun hali ko‘p ishlashim kerak. Lekin har bir qadamimda senni yaxshi ko‘rganimni isbotlayman."
U asta Y/Nning qo‘lini labiga bosadi. Keyin sekin Y/Nning yoniga o‘tiradi. Uning yelkasiga boshini qo‘yadi. Y/N esa boshini uning yelkasiga suyanadi.
Shamol yaproqlarni uchiradi. Quyosh botib borar ekan, ularning ustiga iliq nurlar sochiladi. Bu yangilanish, kechirim va sevgining yangi boshlanishi edi.

To‘y kuni❤️💋

Sahna: To‘y kuni — Yozgi bog‘ bezatilgan, o‘rtada oppoq arka, atrofda gullar, charaqlagan chiroqlar. Yengil shamol asta barglarni tebratadi. Mehmonlar allaqachon joylarini egallagan, hamma quvonchli.

Taehyung qora kastim-shimda turibdi. Sochlari ehtiyotkorlik bilan taralgan, yuzida biroz hayajon, ammo har doimgidek jiddiy va chiroyli. U do‘stlariga salom berib, salomlashib yuradi.

Yonida Jungkook turibdi. U oppoq ko‘ylak, qora galstukda. Nigohi ravshan, kayfiyati ko‘tarinki. U qo‘llarini ko‘kragiga chirmab, akasi oldida kulimsirab gapiradi:
— "Taetae, esingdami, bolalikda aytgan eding, ‘men hech qachon uylanmayman’ deb? Endi seni ko‘rib, nima deyishni bilmay qoldim!"

Taehyung lablarini burib, hazil aralash indamaydi:
— "Shunday deganmidim? Unda xatoga yo‘l qo‘yganman, chunki bu hayotimdagi eng to‘g‘ri qaror."

Jungkook kuladi, Taehyung ham jilmayadi. Ularning aka ukaligi, kulgulari havoda porlaydi.

Orqa tomonda Lia oppoq ko‘ylakda — haqiqiy malika kabi. Sochlari orqaga yig‘ilgan, qo‘lida kichik guldasta. U Y/N yonida turibdi. Y/N moviy libosda, moviy jilvalar bilan bezatilgan ko‘ylagi unga nihoyatda yarashgan. Sochlari yelkalariga to‘kilib tushgan, mayin yulduz shaklidagi ziraklari porlaydi.

Y/Nning ko‘ylagi❤

Y/Nning yuzida iliq jilmayish, yurishida hozir mustahkamlik bor. Faqat qo‘llaridagi engil qaltirash hali ham biroz seziladi. Lia unga shivirlab dedi:
— "Y/N... sen shunchalik go‘zalsan. Bilasanmi, yuragim qattiq uryapti. Men shunchalik hayajonlanyapmanki, bu tushmi yoki haqiqat, farqiga bora olmayapman..."

Y/N jilmayib javob beradi:
— "Bu tush emas, Lia. Bu biz orzu qilgan kun."

Lia Y/Nning qo‘lini tutadi:
— "Qo‘llaring hali biroz qaltirayapti... lekin bu ham o‘tadi. Sen kuchli qizsan. Sabir bilan, muhabbat bilan hammasi tuzaladi."

To‘y marosimi boshlanadi. Musiqa yangraydi. Mehmonlar hushyor. Jungkook, Taehyung, Lia va Y/N birin-ketin yurishadi. Arkaning oldiga yetib kelishadi. Har kimning nigohi ularga qaratilgan — bu nafaqat to‘y kuni, balki davolangan qalblarning bayrami edi.

To‘y boshlovchisi: — "Bugun biz muhabbat, kechirim va sabr oldida ta'zim qilamiz..."

Jungkook va Y/N yonma-yon yurib, mehmonlar orasidagi ajratilgan joyga o‘tishadi. Jungkook har bir qadaminga ehtiyotkor. Y/Nning qo‘lini ohistalik bilan ushlab, unga suyanishga imkon beradi. Hatto stulga o‘tirayotganda ham Jungkook avval Y/N uchun joy tayyorlaydi, keyin ohista yoniga o‘tiradi.
U Y/Nga mehr bilan qarab, shivirlab deydi:
— "Senga biror narsa og‘irlik qilmayaptimi? Suv olib kelaymi? Ko‘proq dam olmoqchimisan?"
Y/N boshini chayqab, tabassum bilan javob beradi:
— "Hozir joyim juda qulay. Sen yonimda bo‘lsang, hech narsadan shikoyatim yo‘q."

Jungkook esa unga hali ham ishonib bo‘lmagandek nigoh tashlaydi, Y/Nning har harakati, yuz ifodasi, tabassumi — unga davo, unga baxt. Yuzidagi nur faqat Y/N tufayli porlayapti.

Taehyung va Lia to‘yxonani zabt etishgan. Musiqa yangraydi, mehmonlar kulib, qarsak chalib, raqsga tushyapti. Taehyung va Lia birga raqsga tushishar ekan, bir-biriga qarab, quvonchdan ko‘zlari porlaydi.
Lianing ko‘ylagi go‘yo yengil shamolda uchayotgan bulutga o‘xshaydi, Taehyung esa unga faqat muhabbat bilan qaraydi. Har bir raqs, har bir kulgi — sevgi bilan to‘lib-toshgan.

Jungkook Y/Nga qarab yana sekin so‘zlaydi:
— "Agar istasang, bir kun biz ham... shunaqa go‘zal kunni nishonlaymiz. Ammo hech qachon seni shoshirmayman. Sen tayyor bo‘lguningcha kutaman. Sen men uchun eng muhim odamsan, Y/N."

Y/N bir lahza ko‘z yoshlarini zo‘rg‘a tiyadi. So‘ng asta, sekin, uning qo‘lini siqadi:
— "Bu so‘zlaring... yuragimni davolayapti. Men ham senga ishonaman, Jungkook."

Taehyung va Lia bir-biriga yaqin turgan holda, jamiyatning quvonchli kayfiyatidan bahramand bo‘lganlarida, Taehyung so‘nggi bir o‘ylab, ko‘z qisib Lia tomon buriladi. Uning yuzida sirli tabassum bor, va so‘ngra qisqa fursatda unga:
"Balki bu kecha uchta raunt qilishimiz kerak. Bu yaxshi bo‘ladi, deb o‘ylayman."
Liani o‘ylab, u past ovozda, qizargan yuz bilan javob beradi:
"Ha, men bunga tayyorman, Taehyung."
Taehyung yana bir bor ko‘zlarini qisib, unga iliq tabassum beradi.