𝐒𝐄𝐂𝐑𝐄𝐓 𝐀𝐆𝐄𝐍𝐓𝐒
Y/Nning so‘zlari xuddi chaqmoqdek Jungkookning ongini yorib o‘tdi. “Bizning bolamizni o‘ldiryapsan...” U beixtiyor Y/Nning qorniga qaradi. Yuragi g‘azab va ayanchga to‘ldi. Bu mumkin emas... Axir ular qancha vaqtdan beri birga yashayotgan bo‘lsa-da, hech qachon farzand haqida o‘ylamagan edi.
Jungkookning qo‘llari titray boshladi. U bir lahza bo‘lsa ham o‘z vazifasini unutib, Y/Nning yuziga qaradi. Yuzidagi jarohatlar, ko‘zlaridagi og‘riq – bularning barchasi uning qo‘li bilan sodir bo‘ldi. “Men nima qildim?” ich-ichidan faryod chekdi u. Lekin atrofdagilarga sezdirib bo‘lmaydi. Hyujinning shubhalari ortib borayotgan edi.
— Jungkook, davom et, — dedi Hyujing sovuq ohangda. — Bu ayol hech narsani gapirmasa, uni yo‘q qilamiz.
Jungkookning yuragi birdan siqildi. “Yo‘q, men bunga yo‘l qo‘ymayman.” U qanchalik dushman guruhda bo‘lmasin, Y/Nni yo‘q qilishga qodir emas edi. Axir u nafaqat uning xotini, balki farzandining onasi ham edi.
— Buyruqni bajaramiz, — dedi Jungkook sovuqqonlik bilan, lekin ichida boshqa reja tug‘ilgan edi.
U Y/Nning yoniga o‘tirdi, sekin oldinga engashdi va pichirlad:
— Ishon menga...
Shu so‘zlar bilan u go‘yoki Y/Nga nimadir demoqchi bo‘lgandek edi. Y/N esa unga ishona olmasdi. Axir Jungkook uni qiynoqqa solayotgan edi. Lekin uning ko‘zlarida allanechuk umidsizlik aralash iltijo bor edi.
Jungkook asta-sekin Y/Nning bog‘langan qo‘llarini ushladi va yana qiynashni davom etayotgandek harakat qildi. Lekin shu bilan birga, bilagidagi bog‘ichni bo‘shatayotgan edi. Y/N buni sezib qoldi va ichida unga ishonishga majbur bo‘ldi. Lekin atrofdagilar buni payqamasligi kerak edi.
Hyujin qoniqmagan holda ularga qarab turardi.
— Hamon hech narsani aytmaydimi? — so‘radi u sovuq ohangda.
— Yo‘q, lekin bu vaqt masalasi, — dedi Jungkook. — Men undan hammasini tortib olaman.
U asta-sekin qo‘lini Y/Nning bo‘yniga yaqinlashtirdi, xuddi uni bo‘g‘ayotgandek harakat qildi, lekin aslida Y/Nga juda sekin shivirladi:
— Kechasi seni olib chiqaman… Ishon menga…
Y/Nning yuragi tez urdi. Bu yolg‘on emasmi? Yo‘qsa, Jungkook nega bunchalar sovuqqon? Lekin boshqa tanlov yo‘q edi… Unga ishongan holda, ko‘zlarini yumdi va og‘riqqa bardosh berdi.
Jungkook esa endi o‘z rejasini puxta o‘ylab chiqishi kerak edi. Kechasi Y/Nni qanday olib chiqadi? Uning qanchalik sodiq agent ekanini bilishsa, ikkalasini ham yo‘q qilishlari mumkin. Ammo endi faqat bitta maqsad bor edi: Y/N va farzandini qutqarish.
Kechasi kelganda hammasi o‘zgaradi…
----
Kechasi havo og‘ir va tiqilib qolgandek edi. Barcha agentlar o‘z o‘rinlariga tarqalishgan, lekin har doimgidek navbatchilik davom etardi. Y/N xonada yolg‘iz edi. Qo‘llari bog‘langan, tanasi hali ham qiynoqlardan og‘rirdi. Biroq uning yuragi faqat bitta narsa haqida o‘ylardi: Jungkook haqiqatan ham uni qutqaradimi? Yo‘qsa, bu faqat yana bir aldovmi?
Eshik asta ochildi. Y/N hushyor tortdi. Xona qorong‘u bo‘lsa ham, eshik oldida turgan odamning kimligini sezish qiyin emasdi. Bu Jungkook edi. U hech qanday shovqin chiqarmasdan ichkariga kirdi va eshikni asta yopdi.
— Tinch tur, men seni olib chiqaman, — past ovozda gapirdi u.
— Qanday qilib? — Y/N shubha bilan qaradi.
Jungkook tezda cho‘ntagidan o‘tkir pichoqni oldi va Y/Nning qo‘llarini bog‘lagan bog‘ichlarni kesib tashladi. Uning bilaklari qizarib ketgan, ba’zi joylari ko‘karib ketgandi. Jungkook uni ko‘rib yuragini siqib qo‘ydi. Bularning hammasi uning qo‘li bilan bo‘ldi…
— Endi ketamiz, — dedi u va Y/Nni qo‘liga oldi.
— Qayoqqa? — Y/N hali ham ishonchsizlik bilan so‘radi.
— Hamma narsadan uzoqqa, — dedi Jungkook qat’iy ohangda. — Men endi seni bu yerda ushlab turolmayman.
Ular sekinlik bilan xonadan chiqishdi. Jungkook yillar davomida ishlagan joyidan qanday chiqish kerakligini juda yaxshi bilardi. Kamera burchaklarini, qo‘riqchilar o‘rinlarini hisobga olgan holda, u Y/Nni olib yurdi. Ammo hammasi shunchalik oson bo‘lishini kutmagandi…
— To‘xta! — degan ovoz butun koridorni qamrab oldi.
Jungkook va Y/N qotib qolishdi. Orqalariga o‘girilganlarida, Hyujin va uning bir nechta agentlari qarshilarida turardi. Jungkookning yuragi urishdan to‘xtagandek bo‘ldi.
— Sen xiyonat qilyapsanmi, Jungkook, — dedi Hyujin sovuq ohangda.
— Yo‘q, men faqat o‘z oilamni himoya qilyapman, — dedi Jungkook mahkam turib.
— Oilang? — Hyujin kulib yubordi. — Demak, sen bilgan ekansan…
U atrofdagilarga ishora qildi. Bir zum ichida Jungkook va Y/N to‘rt tomondan o‘rab olinib, qurollar ularga qaratildi.
— Qani endi ko‘raylik, sen qanchalik usta agent ekansan, — dedi Hyujin jilmayib.
Jungkook asta Y/Nning qo‘lini siqdi va pichirlab dedi:
— Yugur!
Va shu lahzada hamma narsa birdaniga boshlandi. Jungkook tezkorlik bilan bir qo‘riqchini yerga yiqitdi, uning qurolini tortib oldi va o‘q uzdi. Y/N esa boshqa yoqqa qochdi. Biroq yo‘l ochish oson emasdi. O‘q ovozlari quloqlarni portlatardi.
Jungkook o‘z yo‘lini yoritish uchun yana bir necha marta o‘q uzdi va Y/N tomon yugurdi. Lekin aynan o‘sha lahzada…
— To‘xta! — Hyujinning ovozi jarangladi.
Jungkook orqasiga qaradi va yuragi muzlab ketdi. Hyujinning qo‘lida qurol bor edi va u bevosita Y/Nning boshiga qaratilgandi.
— Agar yana bir qadam qo‘ysang, u o‘lib ketadi, — dedi Hyujin qoniqish bilan jilmayib.
Jungkookning nafas olishi tezlashdi. Ko‘zlari Y/N va uning qorniga tikilgan edi. Bu uning farzandi edi… U endi nima qiladi? Qanday yo‘l tutadi?
Hyujin barmog‘ini sekin tetikka yaqinlashtirdi.
— Tanlovingni qil, Jungkook. Senga bir imkoniyat beraman: u o‘lsa, sen omon qolasan. Ammo uni tanlasang, sen ham o‘lasan.
Jungkook bir lahza jim turdi. Keyin asta shivirladi:
— Men tanlovimni allaqachon qilganman…
Va shu lahzada…
Hyujin barmog‘ini tetikka bosishga ulgurmasdan, birdaniga uning qo‘lidagi qurol havoga qarab uchib ketdi. U hayratdan ko‘zlarini katta ochdi.
— Nima?!
Y/N unga qarab sovuq jilmaydi. Birdan pastga egildi va oyoqlari bilan Hyujinning qo‘llariga zarba berdi. Qurol polga tushdi. Y/N undan foydalanish uchun egilgan paytda, ikki qo‘riqchi unga tashlandi. Lekin u shunchaki oddiy qiz emas edi.
Tezlik bilan birining qo‘lini burab, uni oldiga qalqon sifatida oldi va boshqa agentni unga qarata itarib yubordi. Ular bir-biriga urilib, orqaga yiqilishdi.
Jungkook bu sahnani ko‘rib, beixtiyor hayratdan qotib qoldi. Bu qiz… Uning rafiqasi… U bunchalik kuchli ekanini hech qachon tasavvur ham qilmagan edi.
— Sen… — shivirladi u.
Y/N esa unga ko‘z qisib qo‘ydi.
— Hali meni tanimadingmi, Jungkook?
Bu so‘zlar qotillikdan ham kuchli zarba edi. Jungkook yillar davomida yashagan yolg‘onining pardasi butunlay tushib ketdi. Uning oldida turgan ayol – uning rafiqasi, uning yuragini zabt etgan inson – dushman agenti edi.
Ammo hozir bu haqda o‘ylashga vaqt yo‘q edi. Y/N tezda qurolni ko‘tarib, atrofdagi agentlarga qarata o‘q uzdi. Harakatlari aniq va maqsadli edi, go‘yo u buni ming marta bajargandek.
Hyujin orqaga tisarildi va tishini tishiga qo‘yib, qichqirdi:
— Uni ushlang!
Lekin Y/N va Jungkook allaqachon qochishga harakat qilayotgandi. Jungkook tezda o‘zining yoniga kelgan Y/Nga qo‘l uzatdi.
— Menga ishonsang, yur!
Y/N uni bir lahza kuzatdi. Ishonish kerakmi? Axir, hozirgina uni qiynoqqa solgan odam shu emasmi? Lekin yuragining tub-tubida, u Jungkookni bilardi. U bir paytlar uni sevganini his qilgandi…
Y/N uning qo‘lini ushladi.
— Kettik!
Ular yashin tezligida eshikka yugurishdi. Atrofdan o‘qlar otilardi. Qo‘riqchilar ularga yaqinlashardi. Lekin Jungkook va Y/N ikkalasi birga harakat qilayotgan paytda, ularning qarshisida hech kim tura olmasdi.
Eshikka yetib borishdi. Jungkook tezda kodni kiritdi va og‘ir temir eshik ochildi.
— Mashina tayyor, — shivirladi u.
— Sen buni rejalashtirganmiding? — Y/N shubha bilan qaradi.
Jungkook jilmaydi.
— Men har doim rejamni tayyor qilaman.
Ular yugurib chiqishdi. Qorong‘u tun, o‘qlar ovozi, va yurakning shiddat bilan urishi… Endi bu jang nafaqat ikki agent guruhlari o‘rtasida edi. Bu – sevgi va xiyonat, ishonch va yolg‘on, hayot va o‘lim o‘rtasidagi kurash edi.
Ammo Y/N faqat bitta narsani bilardi.
U hozir Jungkook bilan edi. Va bu, hamma narsadan muhimroq edi.
Jungkook mashinani shiddat bilan haydab borar, har zamonda orqaga qarab, ularni ta’qib qilayotgan mashinalarni kuzatardi. Yuragi hanuz boshi berk ko‘chaga kirib qolgandek betartib urardi.
U Y/Nning xomilador ekanini endi bilgan edi… Yoki shunday deb o‘ylagandi.
Qisqa sukunatdan keyin, Y/N asta yelkasini turtib qo‘ydi.
— Hey, — uning ovozi allaqachon o‘ziga xos yengil kayfiyatga qaytgan edi.
Jungkook unga tez qarab qo‘ydi, lekin hali ham qattiq haydardi.
— Hm?
Y/N qoshlarini ko‘tarib, noxush jilmaydi.
— Men hazillashgandim. Xomilador emasman.
Jungkookning boshi biroz qiyshaydi, qo‘llari esa ruldan chiqib ketayozdi. Mashina ozgina chayqalib ketdi, ammo u o‘zini tezda qo‘lga oldi. Ko‘zlari birdan jiddiylashdi.
— Nima?!
Y/N kulib qo‘ydi va ko‘zini qisdi.
— Hamma narsani aytishimni istading, shundaymi? Mana, hamma narsani aytishdan qanday qochish mumkinligini ko‘rsatdim.
Jungkookning jag‘i qisilib ketdi, mushtlari rul ustida tortilib turardi. U chuqur nafas oldi.
— Y/N, — u g‘azabini jilovlagan holda gapirdi, — men sen uchun jonimni xatarga qo‘ydim! Sening... bizning bolamiz uchun!
Y/N yelkasini qisdi.
— Bilaman, shuning uchun yaxshi dars bo‘ldi. Yolg‘on ham har doim yomon emas, to‘g‘rimi?
Jungkookning tishlari g‘ijirlay boshladi. U shunchalik ranjigandiki, Y/N hatto shuning o‘zidan zavqlana boshladi.
— Sen bunchalik hissiyotlarga berilasan deb o‘ylamagandim, Jungkook, — dedi u iljayib. — Qiziq, bu haqiqiy his edimi yoki shunchaki missiyangni davom ettirish uchungina shunday harakat qilding?
Jungkook uning ustidan jilmaydi.
— Sen shunchalik qo‘rqinchlisanki, Y/N… ba’zan hatto mendan ham.
— Yo‘q, Jungkook, — dedi Y/N past ovozda. — Men hech qachon sendan qo‘rqmayman.
Ular bir-biriga bir lahza jim qarab turishdi. Ikki agent. Ikki dushman. Ikki sevgan qalb…
Orqada quvib kelayotgan mashinalar yondagi tor yo‘ldan chiqib ketayotgan payt, Jungkook shiddat bilan burildi va orqaga qaradi.
— Yopish, — dedi u keskin.
Y/N o‘sha zahoti qurollarini tayyorladi. Endi, nafaqat ular hayotlari, balki ichlaridagi sirlar ham o‘q yomg‘iri ostida qolayotgandi.
Ular qochib ketishdi, Y/n Jungkookni o‘zining maxfiy qarorgohiga olib bordi.
Jungkook hech qachon bunday joyni ko‘rmagan edi.
Y/N uni shinam, lekin sirli ko‘ringan yashirin qarorgohiga olib kelgan edi. Ichkariga kirishlari bilan avtomatik eshiklar yopildi, va Jungkook bir necha soniya atrofni kuzatdi. Bu joy sirli yoritilgan, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan, lekin ayni paytda qandaydir shaxsiy iliqlikka ega edi.
Lekin eng qiziq joy – chap tomondagi kiyimlar to‘la xonada edi.
Jungkook ko‘zlarini qisib, u yerdagi turli xil qora, qizil va hatto oltin rangdagi liboslarni ko‘zdan kechirdi. Har biri agent uchun maxsus tikilgandek edi. Ba’zilari hatto taxt kiyimlarini eslatardi.
— Nima bu? Sen qirolichamisan? — u istehzo bilan Y/Nga qaradi.
Y/N unga beparvo qarash qilib, javob berdi:
— Qora Kapalaklarning qirolichasi bo‘lsam kerak.
Jungkook bir lahza unga tikilib qoldi. Bu qiz, uning rafiqasi… u haqiqatan ham shunday darajadagi agent bo‘lsa, unda u qanchadan-qancha yirik missiyalarni bajargan? Nechta odamni yo‘q qilgan?
— Sen… — u chuqur nafas oldi. — Bu joyga yana kimlar keladi?
Y/N jilmaydi va unga yaqinlashdi.
— Hech kim. Faqat men. Bugun esa… sen.
Jungkook nimadir demoqchi bo‘ldi, lekin Y/N harakatini davom ettirdi.
— Qiynoqlaring yomon emas ekan, — dedi u ohista, yelkasidan tutgancha. — Lekin baribir meni sindira olmading.
Jungkook lablarini tishlab qo‘ydi.
— Men bunday qilishni istamagan edim…
— Bilaman, — dedi Y/N sekin. — Ammo baribir qilding.
Ular bir-biriga juda yaqin turishardi. Xonadagi yoritish unchalik yorqin emasdi, lekin Jungkook Y/Nning ko‘zlarida porlayotgan qandaydir o‘zgacha jozibani ilg‘adi.
— Endi nima bo‘ladi? — u past ovozda so‘radi.
Y/N sekin uni orqaga surib, devorga yaqinlashtirdi va ko‘zlarini qisdi.
— Endi sen menga javob berasan, Daxset agenti.
Jungkook yelkasini qisib kulimsiradi.
— Agar men rad qilsam?
Y/N uning yelkasiga lablarini yaqinlashtirib pichirladi:
— Unda sen ham qiynoqlardan o‘tasan, azizim.
Jungkook uning sirli jilmayishidan qandaydir qo‘rqinchli zavq oldi. Bu o‘yin endi yangi darajaga ko‘tarilayotgandi.
Jungkook chuqur xo‘rsindi va kresloga og‘ir o‘tirdi.
— Xo‘sh, endi nima? Men agent emasman, dushmanman, sotqinman… bundan ham yomoni, men seni odiy qiz deb o‘ylaganman, lekin bilmasdan senga oshiq bo‘lib qolganman… va hozir hamma meni yo‘q qilishni xohlayapti. Juda ajoyib holat!
Y/N unga choy olib kelib, stoldan joy oldi.
— Hm, juda yaxshi xulosa. Bu haqida qanday his qilyapsan, erginam?
Jungkook unga bir qarash qilib qo‘ydi.
— Bilasanmi, bu “erginam” so‘zini bunchalik masxara bilan aytmasang ham bo‘lardi.
Y/N qoshlarini ko‘tarib, choyini ho‘pladi.
— Xo‘sh, demak endi menga to‘liq sodiqmisan?
Jungkook unga qarab bir soniya jim o‘tirdi, so‘ng o‘zini orqaga tashlab, og‘ir nafas oldi.
— Ha, sening dushmanlaring meni allaqachon o‘ldirilgan agentlar ro‘yxatiga qo‘shgan bo‘lsa kerak. Endi faqat sening tomoningdaman.
Y/N jilmaydi va unga qarab, yelkasini qisdi.
— Juda yaxshi. Lekin senga yangilik bor.
Jungkook shubhali nigoh bilan unga tikildi.
— Yana nima?
Y/N sekin o‘rnidan turib, devordagi tugmachani bosdi. Birdan xonaning bir tomoni ochilib, u yerdan har xil agentlik kiyimlari, o‘qotar qurollar va… katta bir qora daftar chiqdi.
Jungkook ko‘zlarini katta ochdi.
— Bu nima?
Y/N jiddiy ohangda javob berdi:
— Bu bizning missiyalarimiz. Sen endi mening yonimda bo‘lasan, shundaymi?
Jungkook chuqur nafas oldi.
— Ehtimol, sen meni noto‘g‘ri tushunding. Men endi agent emasman, men oddiy hayotga qaytmoqchiman. Biror tinch joyga borib, biznes ochib, hayotimni davom ettirsam…
Y/N qarsak chalib kulib yubordi.
— Oh, shunaqami? Jungkook, biz endi agent emasligimizni xohlashimiz mumkin, lekin agentlik bizni tinch qo‘ymaydi. Senni Daxset tinch qo‘yadimi deb o‘ylaysanmi?
Jungkook jim bo‘lib qoldi. Ha, u ham buni juda yaxshi bilardi.
Y/N esa uning oldiga kelib, yelkasiga ohista turtib qo‘ydi.
— Shunday ekan, bugundan boshlab, sen mening yangi sherigimsan, janob oliylari!
Jungkook qoshlarini ko‘tarib, istehzoli jilmaydi.
— Janob? Sen o‘zingni qirol deb o‘ylaysan shekilli, ha?
Y/N xonaga jiddiy qiyofa bilan qarab, sekin ohangda javob berdi:
— Yo‘q, men qirolicha. Sen esa mening xizmatkorimsan!
Jungkook boshini qimirlatib kulib yubordi.
— Meni xizmatkor deb atashdan oldin, eslatib qo‘yay, hali ham jang san’atida sendan kuchliroqman.
Y/N birdan stol ustida turgan xanjardan birini olib, unga tikildi.
— Unda sinab ko‘ramizmi?
Jungkook boshini sarak-sarak qilib, stulga suyanib oldi.
— Yo‘q, men bugun shunchaki choy ichmoqchiman.
Y/N yana qarsak chalib kuldi.
— Xo‘sh, janob, hozir hammasi yaxshimi?
Jungkook chuqur nafas oldi.
— Yaxshi bo‘lishiga harakat qilamiz. Lekin unutmang, biz endi hamma joyda qidiruvdamiz.
Y/N jilmayib, unga chashkasini ko‘tardi.
— Xo‘sh, demak, hayot endi qiziqarli bo‘ladi!
Jungkook Y/Nning gaplarini eshitib, bir lahzaga karaxt bo‘lib qoldi.
— Nima?! Sen shunchaki agent emas edingmi?!
Y/N jilmaydi, keyin esa sekin stol ustidagi qora niqobni oldi va uni qo‘liga aylantirdi.
— Yo‘q, men shunchaki agent emasman. Men "Qora Kapalaklar" tashkilotining asoschisiman.
Jungkook hayratdan chuqur nafas oldi.
— Demak, sen butun bu yillar davomida…
— Ha, butun tizimni o‘zim yaratdim. Mening odamlarim bor, mening sadoqatli agentlarim bor. Va endi… erim ham bor.
Y/N uni kinoya bilan bir qarash qilib qo‘ydi.
Jungkook qo‘llarini ko‘kragiga chalishtirib, chuqur xo‘rsindi.
— Bu… ahmoqona. Juda ham aqldan ozdiradigan voqea!
Y/N xotirjam jilmayib, unga engashdi.
— Yo‘q, azizam. Bu bizning taqdirimiz. Sen endi menga qarshi emas, balki yonimda turasan. Birgalikda Daxsetni yo‘q qilamiz.
Jungkookning yuragi shiddat bilan urib ketdi. Daxset unga o‘sha tashkilot, uning oilasi, kasbi, hayoti edi. Lekin endi, ularning o‘zi uni o‘ldirish uchun ov boshlashgan.
— Agar biz ularni yo‘q qilmasak, ular bizni yo‘q qiladi, — dedi Y/N jiddiy ohangda. — Va sen buni juda yaxshi bilasan.
Jungkook biroz jim qoldi. So‘ng ohista kulib yubordi.
— Hayotim qanday qilib shunday bo‘lishi mumkin edi?!
Y/N kulib, choyidan bir ho‘plam ichdi.
— Chunki sen menga uylangan eding, Jeon Jungkook.
Jungkook yuzini changallab, yana chuqur xo‘rsindi.
— Xo‘p, mayli… Sen g‘alaba qozonding. Endi men kim bo‘ldim? Sening yordamchingmi? Qo‘riqchingmi? Sadoqatli eriingmi?
Y/N xonani aylanib yurdi va stol ustidagi qora niqobni ko‘tarib, unga qaradi.
— Sen endi Qora Kapalaklarning qirolisan.
Jungkook bir necha soniya jim qoldi, keyin kulimsirab boshini chayqadi.
— Juda qiziqarli bo‘lyapti… Unda boshladikmi?
Y/N unga qo‘lini uzatdi.
— Daxsetni yo‘q qilish vaqti keldi, erginam!
Y/N qora teri shim va qora jilet kiyib, yonidan kichik pichoqni olib beliga taqdi. So‘ng Jungkookga o‘girilib qaradi.
— Sen ham kiyinishni o‘ylaysanmi yoki agentlarim seni pijamada ko‘rishsinmi?
Jungkook tizzasida o‘tirgancha unga qarab kulimsiradi.
— To‘g‘risi, men agentlarning "kapalak" deb nomlanganini hisobga olsam, birorta rang-barang libos ham bo‘lishi kerak deb o‘ylayman. Qani, qayerda pushti kapalaklar formasi?
Y/N kulimsirab, unga qora forma uloqtirdi.
— Kiying, janob "Daxset"!
Jungkook formasini kiyib, oyna qarshisida o‘ziga tikildi.
— Hmm… Bo‘yi mos kelibdi. Lekin bir narsani ayt, Y/N. Bu formani kiygan odamlar barchasi senga sodiqmi?
— Ha, albatta, — dedi Y/N beparvo.
Jungkook kamarning qattiqligini tekshirib, yana jilmaydi.
— Unda nima uchun men hali ham bu formani kiygach o‘zimni «oddiy agent»dek emas, qiroldek his qilyapman?
Y/N ko‘z qisib unga qaradi.
— Chunki endi shundaysan.
Shu payt eshik ochildi va ichkariga qora kiyimli bir necha agent kirdi. Ular tartibli ravishda saf tortib, Y/Nga hurmat bajo keltirishdi.
— Qora Kapalaklarning bekasi!
Y/N odatdagidek sovuqqonlik bilan ularni qarshi oldi. Jungkook esa bunday muhitga hali ko‘nika olmagandi. U agentlarning oldiga chiqib, g‘ayrioddiy ohangda gapira boshladi.
— Yaxshi, yaxshi, sizlar "Qora Kapalaklar" ekansizlar, men esa… Bekangizning eri ekanman. Shuning uchun, hurmat bilan "Bekamizning eri" deb murojaat qilishingiz mumkin.
Agentlar bir-biriga hayrat bilan qarab qolishdi. Y/N esa peshonasini ushlab, asta kulib yubordi.
— Jungkook, iltimos, jiddiyroq bo‘la olasanmi?
Jungkook o‘zini jiddiy tutishga harakat qilib, qo‘llarini ko‘kragiga chalishtirdi.
— Bo‘pti. Xo‘sh, aziz kapalaklar, bugun nimani o‘rganamiz? Qanday qilib pastga teskari tushib, dushmanni chalg‘itishni yoki qanday qilib bir soniyada 10 ta pichoq uloqtirishni?
Agentlardan biri pichog‘ini olib, qahri bilan unga qaradi.
— Biz jiddiy odamlarmiz.
Jungkook ko‘zlarini katta ochib, orqaga bir qadam tashladi.
— Voy-voy, urishma, men shunchaki yangi ishga kirganman, hali tajriba to‘playapman!
Y/N xoxolab kulib yubordi.
— Xo‘p, yetar, yetar! Hammamiz tayyormizmi?
Agentlar jiddiy bosh irg‘ashdi. Jungkook esa chuqur nafas oldi va Y/Nning yoniga keldi.
— Mayli, Qora Kapalaklarning bekasi. Endi biz Daxsetni yo‘q qilishni boshlaymizmi?
Y/N unga bir qarash qilib jilmaydi.
— Boshladik.
Y/N agentlari bilan birga haritalarni tekshirar, strategiyalarni muhokama qilardi. Jungkook esa chetda qo‘llarini orqasiga qo‘ygancha turar va har bir aytilgan gapni sinchkovlik bilan tinglardi. U endi hazilni kamaytirgan bo‘lsa ham, hali ham o‘z uslubini yo‘qotmagan edi.
— Demak, Daxsetning bosh qarorgohi mana shu joyda, — dedi Y/N xaritaga ishora qilib. — Biz bu yerdan kiramiz, lekin juda ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak.
Jungkook birdan gapga aralashdi:
— Yoki shunchaki eshikdan kirib, Salom, biz sizni yo‘q qilish uchun keldik deb aytamiz? Ishonchim komil, ular choy bilan kutib olishadi.
Y/N unga keskin qaradi:
— Jungkook!
Jungkook yelka qisib qo‘ydi:
— Yaxshi, yaxshi, davom etinglar.
Agentlardan biri unga qattiqroq tikildi:
— Sen bu yerda hazil qilish uchun emassan, biz jiddiy rejalar tuzmoqdamiz.
Jungkook ko‘zlarini qisib, sekin agentga yaqinlashdi. Uning ovozi endi yanada sokin va sovuqqon bo‘lib chiqdi:
— Men Daxsetning eng kuchli agenti edim. O‘nlab maxfiy operatsiyalarni bajardim, yuzlab odamlarni yo‘q qildim, har qanday dushmanni qanday o‘ldirishni bilaman. Lekin agar mening uslubim yoqmasa… men juda yaxshi aktyorman ham.
Shu payt u birdan agentning bo‘yniga pichoq tiradi. Hamma hayratdan orqaga tislandi. Jungkook esa asta jilmayib, pichoqni tushirdi.
— Xotirjam bo‘ling, men hazillashdim. Lekin esda tuting: men sizlar bilanman, lekin agar kimdir menga ishonmasa, demak men ham unga ishonmayman.
Xonada sukunat cho‘kdi. Y/N esa chuqur nafas olib, unga yaqinlashdi.
— Yaxshi, Daxset agenti… Endi hazilni bas qilib, rejaga qaytamizmi?
Jungkook ko‘z qisib qo‘ydi:
— Albatta, bekajon.
Reja davom etadi, lekin endi hamma Jungkookning qanchalik xavfli ekanini tushungan edi. Lekin u hali ham o‘z uslubini o‘zgartirmadi. Chunki Jungkook uchun hayot – nafaqat kurash, balki o‘yin ham edi.