March 4

BLOOD LOVE

5-qism

Y/N POV

Jungkookning kulishi yanada balandlashdi. Men esa noqulay ahvolda edim. "Bu qanday ahmoqona reja edi o‘zi? Oltin shippak?! Rostan shuni aytdimmi?"

— Sen… sen jiddiy gapiryapsanmi? — deya kulgidan zo‘rg‘a to‘xtadi Jungkook.

Men esa xijolat bo‘lib, pastga qaradim. Endi nima qilishimni bilmay qoldim. "O‘zimni shunchalik ahmoq holatga solishim kerak emas edi!"

— Balki… yo‘q, hazillashgandim, — dedim asta.

Jungkook jilmayib, menga sinovchan tikildi.

— Hazillashgan bo‘lsang ham, bu juda qiziq bo‘ldi. Yana shunaqa g‘alati narsalar so‘rashni davom ettirasanmi?

Men esa battar qizarib ketdim. "Yo‘q! Bu reja ish bermaydi. Yaxshisi, boshqa yo‘l topishim kerak…"

Jungkookning tabassumi yo‘qolmadi. U yonimga biroz egilib, qiziqsinib so‘radi:

— Oltin shippakdan tashqari yana nimani xohlaysan? Balki, olmos bilan bezatilgan yostiq?

Men birdan hushyor tortdim. "U meni mazax qilyaptimi?! Endi battar xijolat bo‘ldim!"

— Yo‘q! — dedim shoshilib. — Shunchaki… hazillashgandim!

Jungkook kulimsirab, qo‘llarini ko‘kragiga chalishtirdi.

— Demak, injiqlik qilish rejang ishlamadi, to‘g‘rimi?

U hammasini bilib turibdi! Men esa o‘zimni tutolmay qizarib ketdim va unga qaramay past ovozda g‘udrandi:

— Bilmasam…

Jungkook esa faqat jilmayib, stoldan turdi.

— Qiziq qizsan, Y/N.

Men esa uning bu so‘zlari nimani anglatishini tushunolmay, o‘zimni yanada noqulay his qildim…

Jungkookning jilmayishi meni battar noqulay ahvolga solardi. "U men haqimda nima o‘ylayapti? Ahmoq deb o‘ylayaptimi?"

Men o‘rnimdan turdim va qo‘llarimni orqamga yashirib, iloji boricha xotirjam ohangda dedim:

— Qiziq bo‘lishga harakat qilganim yo‘q.

Jungkook yengil kulib, menga yaqinroq keldi.

— Baribir, men seni tushunaman, — dedi past ovozda. — Qochishga harakat qilayotganingni bilaman, lekin men seni hech qachon qo‘yib yubormayman, Y/N.

Yuragim bir zumga to‘xtab qolgandek bo‘ldi. "Endi nima qilaman?"

Birdan hamma narsa tezda sodir bo‘ldi. "Nima?!" Jungkook hech qanday ogohlantirishsiz meni quchoqlab, kelinlik uslubida ko‘tarib oldi.

— Jungkook! — deb yubordim, hayratimni yashira olmay.

— Juda ko‘p o‘ylayapsan, — dedi u jilmayib.

"Bu nimasi? U meni shunchaki shunday ko‘tarib ketaveradimi?" Yuragim qattiq urardi. "Meni shunchalik oson boshqara olishini o‘ylab ko‘rmagandim..."

— Meni qo‘yib yubor! — dedim qarshilik qilib.

U esa bemalol ohangda javob berdi:

— Yo‘q. Endi men xohlagan paytim seni shunday ko‘tarishim mumkin.

Men battar qizarib ketdim. "Bu yigit aqlimni chiqarib yuboradi!"

Jungkook meni haligacha qo‘yib yubormagan holda xonaga kirayotgan edi, shu payt eshik taqilladi.

— Jungkook, — RMning ovozi eshitildi. — Muhim gap bor.

Jungkook ohista menga qaradi va keyin meni ehtiyotkorlik bilan yerga tushirdi.

— Kir, — dedi u.

RM xonaga kirdi va meni bir nazar bilan ko‘zdan kechirdi. Uning yuzidagi ifoda jiddiy edi. "U har doim shunday sovuqqon bo‘ladimi?"

— Rahbar, — dedi RM, Jungkookga qarab. — Bizda muammo bor.

Men o‘zimni g‘alati his qildim. "Bu qanday muammo bo‘lishi mumkin? Va bu mening hayotimga qanday ta’sir qiladi?"

Jungkookning nigohi birdan jiddiylashdi. U RMga qarab nimanidir o‘yladi, keyin menga yuzlandi.

— Xonangga bor, — dedi u qattiq ohangda.

Men unga qaradim. "Nega birdan shunaqa buyruq ohangiga o‘tdi?"

— Nega? — so‘radim shubha bilan.

U menga yaqinroq kelib, ovozini pasaytirdi:

— Chunki bu sening ishing emas. Bor xonangga, Y/N.

Uning ovozida qandaydir ogohlantirish bor edi. Ichimda qandaydir notinchlik sezildi. "Bu nimadir jiddiy narsa bo‘lsa kerak…"

Jim turib, asta orqaga yurdim va xonamga qarab yo‘l oldim. Ammo yuragim tinchlanmasdi…

Jungkookning buyrug‘idan so‘ng xonamga yo‘l oldim, lekin yuragim hali ham bezovta edi. "Nima bo‘lyapti? RM qanday muammo haqida gapirdi?"

Eshik ortidan Jungkookning xonasiga kirib ketganini eshitdim. Ichimdagi qiziqish meni tinch qo‘ymay, eshikka yaqinlashib, diqqat bilan tinglay boshladim.

Jungkook xonasida

Jungkook RM bilan birga xonaga kirdi va eshikni yopdi. RM unga jiddiy nigoh bilan qarab turardi.

— Suga harakatlana boshladi, — dedi RM ohangida og‘irlik bilan.

Jungkookning yuzi darhol o‘zgarib ketdi.

— Demak, bizni kuzatyapti…

Xonada sukunat cho‘kdi. Bu gaplarning ma’nosi nimada? Eshik ortida turib, hech narsa tushunmasdim, lekin nimadir yomon narsa bo‘layotganini sezardim…

Eshik ortida turib, nafasimni ichimga yutdim. Jungkook va RMning gaplari meni qiziqtirib qo‘ygandi. "Suga? U kim?"

Shu payt orqamdan kimningdir sharpasini his qildim. Yuragim bir zumda tez ura boshladi. Sekin orqaga qaradim…

U qo‘llarini ko‘kragiga chalishtirib, menga qattiq tikilib turardi.

— Siz… kimsiz? — dedim shubha bilan.

U yengil kulimsirab qo‘ydi.

— Men? Men Jiminman. Jungkookning eng yaqin odami.

Ko‘zlarim katta-katta ochildi. "Demak, bu ham Jungkookning odami?! Endi nima bo‘ladi?"

Jimin qo‘llarini ko‘kragiga chalishtirib, sokin ohangda davom etdi:

— Y/N, eshik ortida turib tinglash yaxshi odat emas. Ayniqsa, bu yerda…

Ichimda vahima uyg‘ondi. "U meni Jungkookga aytadimi?!"

Ichimda vahima uyg‘ongan bo‘lsa ham, tashqaridan o‘zimni xotirjam tutishga harakat qildim. "Agar qo‘rqayotganimni sezsa, yana ham nazoratini kuchaytiradi."

Jimin esa jilmaygancha menga tikilib turardi.

— Demak, eshitgan gaplaring yoqadimi? — dedi u yengil kinoya bilan.

— Men hech narsa eshitmadim, — dedim shoshilib.

U boshini chayqab, ohista qahqaha otib qo‘ydi.

— Ha-a, shunday bo‘lsa kerak, — dedi u shubha bilan. — Lekin baribir seni bu yerdan ketkazishim kerak. Jungkook xohlamagan narsaga aralashmasliging lozim.

"U meni ushlab xonamga olib ketmoqchimi?!"

— O‘zim boraman! — dedim tezda.

Jimin yelkasini qisdi.

— Mayli. Lekin unutmang, Y/N… bu yerda har bir qadam nazorat ostida.

Gaplaridan ichimni allaqanday g‘alati his egalladi…

Jimin menga yana bir bor sinovchan tikildi, keyin xotirjam ohangda dedi:

— Yaxshi qiz bo‘lib, xonangga qayt.

Men o‘zimni noqulay his qildim. "Jungkookning odamlari hamma joyda ekan-ku… Demak, men hech qachon yolg‘iz qololmayman."

Orqamga burilib, xonamga yo‘l oldim. Yuragim tez urar, ichimda g‘alati xavotir bor edi. "Jungkook va RM nima haqida gaplashdi? Ular nimanidir mendan yashirishyapti!"

Eshikni yopib, to‘shakka o‘tirdim. "Bu yerda hamma sir saqlaydi, lekin men buni bilishim kerak!"

* * * * * * * * * * * * * * * * *

Oradan bir necha soat o‘tib, eshik ochildi va Jungkook xonaga kirdi. Men unga qaradim va birinchi bo‘lib uning yuz ifodasini tekshirdim. U jiddiy ko‘rinsa ham, ancha charchagani sezilardi.

U biror narsa demay, kastumini yecha boshladi.

Men joyimda qotib qoldim. "Nima? U shunchaki oldimda kiyimini almashtiraveradimi?"

Ko‘zlarimni boshqa tomonga burdim, lekin ich-ichimdan biroz noqulay va uyatli his qilardim. "Nima qilay? Indamay tursammi yoki unga e’tiroz bildiraymi?"

Men ko‘zlarimni boshqa tomonga burib, noqulaylik bilan gapirdim:

— Hech bo‘lmasa ogohlantirib qo‘ysang bo‘lardi…

Jungkook bir lahzaga harakatini to‘xtatdi va menga qaradi.

— Nima? — dedi u yengil kulimsirab.

— Shunchaki oldimda kiyimingni yecha boshlashing… biroz g‘alati emasmi? — dedim ovozim pastroq chiqib.

U esa xotirjamlik bilan yelkasini qisdi.

— Bu mening uyim, mening xonam, shunday emasmi?

Men battar qizarib ketdim. "U shunday deb tursa, men nima deyishim kerak?!"

Jungkook kastumini yechishda davom etar, men esa unga qanday qarashni bilmay, ko‘zlarimni boshqa tomonga burdim. Lekin uning keyingi so‘zlari meni yana o‘rnimda qotirib qo‘ydi.

— Bundan tashqari, sen mening xotinimsan, — dedi u xotirjam ohangda.

Yuragim bir lahzaga to‘xtab qolgandek bo‘ldi. "U bu gapni shunchaki aytyaptimi yoki chindan ham shunday his qiladimi?"

Men unga tikilib qoldim. "Bu shunchaki majburiy nikoh edi… shunday emasmi?"

Jungkook mening reaktsiyamni kuzatib, yana yengil jilmaydi.

— Nega bunchalik hayron bo‘lyapsan? Axir bu haqiqat, shunday emasmi? — dedi u sokin ohangda.

Men shoshib boshimni sarak-sarak qildim.

— Bu… bu shunchaki majburiy nikoh edi! — dedim ovozimni biroz balandlatib.

U kulib yubordi va menga yaqinroq keldi.

— Ammo baribir rasmiy ravishda mening xotinimsan, — dedi u past ovozda.

Yuragim yana qattiq urishni boshladi. "U bu gaplarni jiddiy aytayaptimi yoki shunchaki meni shunday holatda ko‘rish unga yoqadimi?"

Jungkook menga yaqinlashib, yuzimga sinovchan qaradi.

— Menga qaragin, Y/N, — dedi u ovozini pasaytirib.

Men beixtiyor unga ko‘z yugurtirdim. Uning nigohi jiddiy edi, hazil qilmayotgani aniq sezilardi. Yuragim notinch urardi. "Nega u shunday tikilayapti?"

— Xohlasang yoki xohlamasang, endi sen meniki, — davom etdi u. — Va men senga buni unutishga yo‘l qo‘ymayman.

Gaplari menga ta’sir qildi. "Bu so‘zlar nimani anglatyapti? U haqiqatan ham meni o‘ziniki deb hisoblayaptimi?"

Men noilojlik bilan yutindim.

— Meni majburlay olmaysan… — dedim past ovozda.

Jungkook kulimsiradi.

— Ko‘ramiz, — dedi u ishonch bilan.

Jungkook hech qanday shoshilmasdan kastyumini butunlay yechib, oq futbolka va qulay shim kiyib oldi. Uning harakatlari shunchalik tabiiy ediki, go‘yo men bu yerda yo‘qdek.

Men esa boshimni egib, ko‘zlarimni boshqa tomonga burdim. "Nega bunchalik noqulay his qilyapman? Axir bu mening uyim emasmi?" Yuragim notinch urardi, ammo o‘zimni qo‘lga olishga harakat qildim.

U kiyimini almashtirib bo‘lgach, ohista menga qaradi.

— Endi yaxshiroqmi? — dedi yengil kinoya bilan.

Men unga bir qarab oldim va bosh irg‘adim. "U buni ataylab qilgan bo‘lishi mumkinmi?"

Jungkook kiyimini almashtirgach, indamay yonimga kelib yotdi. Men birdan taranglashdim. "U nima qilmoqchi?"

U hech qanday ogohlantirishsiz qo‘limdan ushlab, meni o‘ziga tortdi.

— Jungkook! — deya sapchib ketdim, lekin u meni mahkam quchoqlab oldi.

— Jim bo‘l, — dedi u sokin, ammo qat’iy ohangda.

Yuragim tez urardi. "U shunchaki charchagan bo‘lsa kerak…" Lekin baribir tanam titrardi, uning yaqinligi meni butunlay gangitib qo‘ygandi…

Jungkookning quchoqlashi menga tasalli ham, bezovtalik ham berardi. Yuragim tez urib, nafasimni sekin olishga harakat qildim.

— Nega bunday qilyapsan? — deya shivirlab so‘radim.

U menga qarab qo‘ydi, ko‘zlarida hech qanday shubha yoki ikkilanmaslik yo‘q edi.

— Chunki istayman, — dedi u sokin ovozda.

Men jim qoldim. "Bu faqat oddiy quchoqlashmi yoki bundan ham chuqurroq ma’no bormi?" Ichimda chalkash hislar girdobida qolganimni his qildim…

Jungkookning quchoqlashi yetmagandek, u sekin yuzimga yaqinlashdi. Yuragim go‘yo qafasidan chiqib ketgudek urayotganini his qildim.

— Jungkook… — deya shivirlab, orqaga tortilmoqchi bo‘ldim, lekin u meni yanada mahkam ushladi.

Ko‘zlarimiz to‘qnashdi. Uning nigohi jiddiy, lekin shu bilan birga, nimadir talab qilayotgandek edi. Men beixtiyor nafasi issiqligini yuzimda his qildim… va keyingi lahzada u lablarini lablarimga bosdi.

Barcha fikrlarim g‘oyib bo‘ldi…

Jungkookning lablari lablarimga tegishi bilan tanam titrab ketdi. Yuragim qattiq urardi, miyam esa bo‘sh qolgandek edi. U meni shoshilmay, muloyim o‘pardi, go‘yo nimanidir sinayotgan yoki kutayotgandek…

Qo‘llarim beixtiyor uning ko‘kragiga tiraldi. "Nega unga qarshilik qila olmayapman?" Nafasim notekis chiqardi, lekin ichimda qarama-qarshi hislar girdobida qolgandim.

Jungkook asta menga yaqinroq kelib, lablarini ohista tortib oldi. Nigohimiz yana bir-biriga to‘qnashdi.

— Endi sening qochishing imkonsiz, Y/N… — dedi u past ovozda.

Y/N POV

Jungkook lablarini ohista tortib olgach, yuzimni qo‘llari orasiga oldi va menga sinchkov tikildi.

— Farishdam… — dedi u past, yoqimli ovozda.

Ichimdan nimadir titrab ketdi. "U meni shunday chaqirdi?! Bu hazilmi yoki jiddiymi?"

Ko‘zlarim katta ochildi, lekin Jungkook buni sezmagandek yengil kulimsiradi.

— Bunaqa qarama, yo‘qsa, yana o‘pib qo‘yaman, — dedi u yengil kinoya bilan.

Yuragim yana notinch ura boshladi…