March 11

BLOOD LOVE

17-qism

JUNGKOOK POV

Men yotoqxonadan chiqib, zudlik bilan kerakli buyruqlarni bera boshladim. Bu uy endi xavfsiz emas. Y/N bu yerda qolishi mumkin emas.
Jimin yonimda turardi. U ham jiddiy edi.
"Hamma narsa tayyor bo‘lishi kerak," — dedim unga, harakatlarimni tezlashtirib.
"Bilib qo‘y, hech kim bizni kuzatayotgani yo‘qmi?"
Jimin bosh irg‘adi:
"Hamma narsa nazorat ostida. Ammo shoshilishimiz kerak."
Men shkafni ochib, eng zarur narsalarni olishga tushdim: pul, qurollar, Y/Nga kerak bo‘ladigan kiyim-kechak.
Shu payt orqamdan RMning ovozi eshitildi:
"Sen nimaga bunday shoshyapsan?"
Men unga qarab ham o‘tirmay javob berdim:
"Y/N bu yerda xavfsiz emas. Uni boshqa joyga ko‘chiramiz."
Uning nigohi bir lahzaga o‘zgarib ketdi, lekin tezda o‘zini qo‘lga oldi.
"Qayerga?"
Men unga beparvo ohangda qaradim:
"Buni bilishing shart emas. Sen shunchaki uyda qolib, hamma narsani nazorat qil."
RM bir lahza jim turdi. Keyin sekin bosh irg‘adi:
"Xo‘p, lekin ehtiyot bo‘l, Jungkook. Sening dushmanlaring juda ko‘p."
Men unga uzoq qarab turdim. Nega u menga bu gapni aytyapti? Ichimda shubha tug‘ila boshladi, lekin hozir bu haqida o‘ylashga vaqt yo‘q edi.
"Jimin, mashinani tayyorla," — dedim qat'iy.
U bosh irg‘ab, tashqariga yo‘l oldi.
Endi hamma narsa tez va aniq bajarilishi kerak.
Y/Nni olib, bu joydan ketamiz. Lekin bu reja chindan ham xavfsiz bo‘ladimi?

Shoshilib narsalarni joylashtirayotganimda telefonim shiddat bilan jiringlab qoldi.
Ekranga qaradim — Taehyung.
"Nima gap?" — dedim shoshilinch ohangda.
Taehyungning nafasi ichiga tushib ketgandek eshitildi:
"Jungkook! Kompaniyaga hujum qilishdi! Bu oddiy hujum emas, ular juda ko‘p! Odamlaringni shu yerga yubor!"
Yuragim g‘ash tortdi. Bu tasodif bo‘lishi mumkin emas.
Boshimdagi reja sinovdan o‘tayotgandi. Agar men o‘zim bilan ko‘p odamlarni olib ketmay, ularni kompaniyaga jo‘natsam, Y/N himoyasizroq qoladi…
Lekin kompaniya ham muhim! Bu mening kuchim, ta’sirim, hayotim!
Jahl bilan tishlarimni g‘ijirdatdim va RMga o‘girildim:
"Barcha odamlarning yarmini kompaniyaga yubor! Faqat eng ishonchli qo‘riqchilar bu yerda qolishsin."
RM bosh irg‘adi va telefonini olib, darhol buyruqlar bera boshladi.
Jimin menga qaradi:
"Bu juda shubhali. Bular hammasi bir vaqtga to‘g‘ri kelishi tasodif emas, Jungkook."
"Bilaman." — Nigohim qorayib ketdi. "Lekin men hammasini hal qilaman."
Shoshilish kerak. Endi faqat Y/Nni tezroq bu yerdan olib chiqish muhim!

RM va yigitlarning ko‘pchiligi kompaniyaga jo‘nab ketdi. Ularning mashinalari hovlidan chiqqach, atrof biroz jimjit bo‘lib qolgandek edi.
Shu payt Jimin yonimga kelib past ovozda gapirdi:
"Tezroq harakat qilishimiz kerak. O‘ylashimcha, bu hali hammasi emas."
Men unga qarab bosh irg‘adim.
"Men ham shunday his qilyapman."
Shunda orqamga o‘girildim va Y/Nga qaradim. U hali ham bexavotir emasdi, ko‘zlari biroz qo‘rquv bilan yonib turardi. Lekin u hech narsa demadi, shunchaki bosh irg‘ab, mashina tomon yurdi.
Tezda mashinaga yaqinlashib, orqa eshikni ochdim.
"Ichkariga o‘t, Y/N. Jimin, sen old tomonda bo‘lasan."
Jimin joyiga chiqayotgan edi, shu payt otishma ovozi eshitildi.
“BAM! BAM! BAM!”
Men chaqqonlik bilan Y/Nni yelkasidan tortib, mashinaga tiqib yubordim va o‘zim ham orqamga burildim.
O‘q ovozlari hovlidan kelayotgan edi.
Jimin ham bir zumda hushyor tortdi va past ovozda so‘kindi:
"Bizni kutib turishgan!"
Qo‘lim avtomatik ravishda belbog‘imga yetdi va qurolimni chiqardim. Nigohim atrofni sinchiklab o‘rgana boshladi. Bu shunchaki tasodif emas edi.
Suga…
Bu uning ishi ekaniga shubham qolmadi. Lekin u qanday qilib bu joyni bilib oldi?
Yana bir necha o‘q ovozi eshitildi. Dushmanlar bu yerda!
Endi faqat ikkita variant bor: jang qilish yoki qochish!

"Jimin, tezroq hayda!" — past ovozda bo‘lsa ham, keskin buyurdim.
Jimin bir soniyada rulga o‘tirdi va gazni bosdi. Mashina oldinga otilib, darvozadan katta tezlikda chiqib ketdi.
Y/N orqada jim o‘tirardi, lekin nafas olishi tezlashganidan vahima qilayotgani sezilib turardi. Men unga tinchlantiruvchi qarash tashladim, lekin hozir uni ovutishga vaqt yo‘q edi.
Shu payt orqamdagi oynaga ko‘zim tushdi
“Taqibchilar.”
"Jimin, ortimizdan kelishyapti!"
"Qarang, bu qancha mashina?! Ular bizni oson qo‘yib yubormaydi." — Jimin rulni mahkam ushlab, yo‘lga qaradi.
Orqamizdan kamida to‘rtta qora mashina bizni katta tezlikda quvib kelardi. Ularning tezligi va harakatlaridan ularning oddiy odamlar emasligi ko‘rinib turardi.
Bu o‘yin emas.
Men tishlarimni g‘ijirlatdim.
"O‘q otishga majburmiz."
Y/N birdan menga qaradi:
"Nima?! Yo‘q! Jungkook, iltimos!"
Uning qo‘rquvga to‘la nigohlari ichimni biroz titratdi, lekin men boshimni burmadim. Agar otishmasak, bizni bitta ham tirik qoldirishmaydi.
Jimin ham gap qotdi:
"Tezroq harakat qilishimiz kerak. Hozir yo‘l torayadi. Agar bu yerdan chiqolmasak, ushlanib qolamiz!"
Men ortga o‘girilib, o‘q uzishga tayyorlandim…

Orqaga qaradim. Yo‘q, ular ortimizdan bittagina mashina bilan quvib kelayotgan emas…
Besh… Yo‘q, olti mashina!
Lanati!
Yana shuncha odamni qayerdan oldi bu Suga?!
Jimin ham ortga qarab, tishlarini g‘ijirlatdi.
"Bularning hammasi bizga qarshi ekanini his qilyapsanmi?" — dedi u yelkasini qisib.
Shu payt orqa oynaga o‘q tegdi.
"Jimin! Tezroq!"
Jimin mashinani keskin burdi, lekin orqadagilar ham shunga yarasha haydashardi. Ular shunchaki quvib kelishayotgani yo‘q – ular bizni siqib, yo‘ldan chiqarishga harakat qilishayotgandi.
Men tezda mashina oynasini ochdim va orqaga burildim. Qurolimni ko‘tarib, nishonga oldim.
Birinchi o‘q!
O‘ng tomondagi mashinaning old shishasi yorilib ketdi, lekin ular to‘xtamadi.
Ikkinchi o‘q!
Chap tomondagi mashina yo‘lning chetiga chiqib ketdi. Ularni chalg‘itishga ulgurdim!
Lekin orqadan yana ikkita mashina yaqinlashardi.
"Jungkook!" — Y/Nning ovozi titradi.
Men unga tezda qaradim. Uning qo‘llari titrayotgan edi, lekin u o‘zini bardoshli tutishga harakat qilayotgandi.
"Qo‘rqma," — dedim men. "Seni bu yerdan olib chiqaman."
Jimin rulni yana burib, mashinani tor ko‘chaga olib kirdi.
Lekin…
Orqadagi mashinalardan biri yonimizga kelib, bizni siqishga harakat qildi!

"Jimin, mashinani to‘xtat!" — dedim jahl bilan.
"Nima?! Eshitmadim…"
"To‘xtat dedim!"
Jimin bir lahza ikkilanib, keyin tormozni bosdi. Mashina qattiq silkindi. Orqadagilar ham to‘xtadi. Ular bizni siqib, qo‘lga tushirishmoqchi edi.
Men qurolimni qo‘limga oldim va Jimin tomonga qaradim.
"Sen Y/Nni olib ketasan."
"Nima?!"
"Men qolaman. Ularni o‘zimga tortaman. Sen esa Y/Nni xavfsiz joyga yetkazishing kerak!"
"Yo‘q!" — Y/Nning ovozi titradi. U qo‘limdan mahkam ushladi. — "Jungkook, iltimos…"
Men unga qaradim. Ko‘zlarida yosh qalqib turardi. U meni bu yerda qoldirib ketishni istamayotganini aniq bilardim.
"Y/N… Menga ishon," — past ovozda gapirdim. "Men qaytaman. Lekin hozir sen xavfsiz bo‘lishing kerak."
U bosh chayqadi. Ko‘z yoshlari yuzini nam qilib yubordi.
"Sen men bilan ketishing kerak! Iltimos, buni qilma!"
Men yuzimni unga yaqin olib borib, peshonasiga engil tegib o‘tdim.
"Men sen uchun kurashaman. Har doim."
Y/N lablarini qattiq tishlab, titray boshladi. Jimin unga qarab, boshini sarak-sarak qildi.
"Jungkook… o‘zingni o‘ldirtirma," — dedi Jimin.
Men jilmayib, mashinadan tushdim.
"Jimin, bor. Uni xavfsiz joyga olib bor."
Jimin g‘azab bilan rulni burdi.
"Qani, biz ketamiz!" — dedi u Y/Nni shoshirib.
"Yo‘q! Yo‘q!" — Y/N qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘ldi, lekin Jimin mashinani katta tezlik bilan haydab ketdi.
Men esa joyimda qoldim.
Orqamda esa Suganing odamlari asta mashinalaridan tushib kelishardi…

Mashinadan birinchi bo‘lib Suga tushdi. Uning doimiy sovuq tabassumi yuzida aks etardi. Orqamda yo‘l yo‘q edi. Atrofimni uning yigitlari o‘rab olishgandi.
Qo‘lga tushdim.
Suga ustimdan nazar yugurtirdi va sekin yurib menga yaqinlashdi.
"Shu darajaga tushib qoldingmi, Jungkook?" — dedi u masxara ohangida. — "Hali sen ham sevgining quliga aylanib qolasanku?"
Men unga o‘qdek nigohimni qadadim.
"Qanday yutug‘ing bor, Suga?" — sovuq ohangda so‘radim.
"Menmi?" — u boshini biroz egdi. — "Men faqat senga kichik bir o‘yin tayyorlab qo‘ydim. To‘g‘rirog‘i… sizlarga."
Mening ichimda nimadir g‘uvillab ketdi. "Sizlarga"?"
"Sen faqat meni ushlading, Suga. Y/N allaqachon yo‘lda."
Suga jilmaydi. Xotirjam. Haddan tashqari xotirjam.
"Sen shunday deb o‘ylaysanmi?"

Suga qo‘lini yoniga qo‘yib, menga yaqinroq keldi. Atrofimizdagi yigitlari hali ham qurollarini pastga tushirmagan edi.
— "Sen shuncha vaqt meni eng kuchli raqibing deb bilarding, to‘g‘rimi, Jungkook?" — dedi u sokin ohangda. — "Lekin men sendan bir qadam oldindaligimni ko‘rsatadigan payt keldi."
Men jag‘imni qisib, unga tikildim.
— "Nima demoqchisan?"
Suga yonidan telefonini oldi va kimdir bilan bog‘landi.
— "Ular hali ham harakatda, to‘g‘rimi?"
Noma’lum ovoz eshitildi:
— "Ha, hali ham mashinada."
Suga jilmayib, menga qaradi.
— "Bilasanmi, men seni ushlashga urinmadim ham, Jungkook. Men seni shunchaki olib qochish rejangni bilardim."
Ichimda nimadir titrab ketdi.
— "Ammo afsuski, sening eng katta xatoying — menga raqib deb qaraganing." — dedi Suga ohangini pasaytirib. — "Sen meni tushunmading. Men faqat sening yo‘q bo‘lishingni emas, sening sinishingni xohlayman."
Men tishlarimni g‘ijirdatdim.
— "Y/N va Jimin hali ham yo‘lda, ularni ushlash oson emas, Suga."
Suga yelkasini qisdi.
— "Ko‘ramiz. Sen faqat bir joyda tur va ko‘zlaring bilan guvoh bo‘l."
U yana telefoniga qaradi.
— "Ular bizning yigitlar orqasidan tushganini bilishdimi?"
— "Ha, lekin mashina hali to‘xtamadi."
Suga kulimsirab, telefonni o‘chirdi.
— "Ko‘ryapsanmi, Jungkook, hozircha ularning omadi bor. Ammo bu qancha davom etadi?"
Men og‘zimni mahkam qisdim. Suga faqat shafqatsiz emas, balki sabrli ham.

Suga yonidagilarga bir qarab qo‘ydi va xotirjam ohangda buyruq berdi:
"Uning qo‘llarini bog‘lang va mashinaga joylashtiring."
Ikki yigit oldimga kelib, qo‘llarimni burishga harakat qilishdi, lekin men o‘zimni bo‘sh qo‘ymadim. Ulardan birini tizzam bilan urdim, ikkinchisini tirsagim bilan siltab tashladim.
Ammo bu faqat bir soniya davom etdi — birdan orqamdan kimdir bo‘ynimga qurol tiradi.
"Sokinroq bo‘l, Jungkook." — Suga sovuq ohangda gapirdi.
Tishlarimni g‘ijirdatib, joyimda qotib qoldim. Bu yigitlar ko‘p, hozir ularga qarshi kurashish befoyda.
"Juda injiqsan." — Suga mayin kulimsirab, boshini chayqadi. — "Hali ham hammasini nazorat qilish mumkin deb o‘ylaysan, to‘g‘rimi?"
Qurolli yigitlar yana oldimga kelib, qo‘llarimni orqaga qayirdilar. Qancha harakat qilmay, baribir ularning kuchi ko‘proq edi. Nihoyat, qo‘llarimni bog‘lashdi va meni qora yuk mashinasiga sudrab olib ketishdi.
Suga mashina eshigi oldida to‘xtab, menga qaradi.
"Endi seni o‘z qoidalaring bo‘yicha o‘ynashga majburlamayman, Jungkook. Bu safar men o‘yin qoidalarini belgilayman."
Men unga qattiq tikildim.
"Men sening qo‘g‘irchog‘ing emasman, Suga."
U qoshlarini ko‘tarib, bir qadam oldinga yurdi va sekin shivirladi:
"Yo‘q, sen shunchaki men sindirishni istagan odamsan."
Uning bu gapi yuragimni g‘azab bilan to‘ldirdi. Lekin hozirda hech narsa qila olmasdim.
Boshimdan pastga qonga botgan o‘yin boshlangandi.