𝓦𝓲𝓽𝓱𝓲𝓷 𝔂𝓸𝓾 𝓵𝓲𝓮𝓼
— U sizni mototsikl uchrashuvga taklif qildi va siz rozi bo‘ldingiz?
Aytganimdan beri o‘ziga kela olmayotgan singlim xonamda joy kamlik qilayotgandek u yoqdan bu yoqqa borib kelaverdi, — Bormaysiz!
Yoongi meni mototsikl sayriga suhbatimizning ertasi kuniga taklif qilgan edi. Bu haqida singlim bekor aytibman deb o‘ylab qoldim.
— Sen meni singlimsan, opam emas, — shkafimdan eng-eng qulay kiyim izlab dedim, — Meni nega tergaysan?
— Sizni o‘rningizga men qo‘rqyapman! Umringizda ikki marta ko‘rgan yigitingiz bilan uchrashuvga ketayapsiz. Sevgi ko‘zlaringizni ko‘r bo‘lib qoldirgan qizlarga o‘xshab qolgansiz!, — u birdan ovozida hasratga to‘la nadomat bilan dedi, — O‘yim bizni hech qachon biror yigitni sevishimizga ruxsat bermadi. Gaplashishimizni taqiqlardi. Bitta dugonam aynan bizdaka qizlar juda tez aldanganini aytgandi.
— Bekorlarning beshtasini aytgandi, o‘sha dugonang, — jahlim chiqdi o‘zimga qulay bo‘lgan futbolkani qo‘limga ilganimda, — Bu erga tekkuncha o‘ntalab yigitlar bilan gaplashishdan yaxshiroq.
— U shunchaki yigit tanlashni bilmasligimizni aytgandi.
— Tur yo‘qolsin. Juda aqlli-da, seni dugonalaring! Mushtimdek qizlar har baloni biladi.
— Siz nega gaplarimni jiddiy olmayapsiz, qarang kech tushyapti, uydan qanday chiqib ketmoqchisiz?
Nega aynan shu vahimachiya aytdim o‘zi? Sezib qolmaganida aytmasdim ham. Bundan Rami yaxshi, hamma gapimni jimgina eshitib sirimni yaxshi saqlaydi. Mana buni esa ona o‘rniga qayno‘na, bizga ona o‘rniga ona bo‘lib oladi doim.
— Meni esityapsizmi? Dadam uyga keldi.
— Juda yaxshi, hozir oyimga uxlagani chiqib ketayotganimni aytaman, — shkafimni yopib unga qayrildim, — Keyin sekin uydan chiqib ketaman. Atigi bir soatda qaytaman! Biz u bilan uyim atrofidan uzoqqa ketmaslikka kelishdik.
— Nega bu uchrashuvga rozi bo‘ldingiz o‘zi?
— Men qiziqyapman. Dadam hech qachon bizni qiz bolaga shart emas deya mashina va mototsikllarga qiziqtirmagan. Hamma narsaga ruxsat bersam ham shunga ruxsat bermaydi. Menda uning nima ekanini bilishga imkon bor.
— Aldamang. Siz yigit tufayli ketayapsiz. U sizga yoqib qoldi, unga yaqin bo‘lmoqchisiz? Xo‘sh, bugungi uchrashuvdan keyin nima bo‘ladi?
— Shu oxirgisi, — uning elkasidan tutdim, — Boshqa shartlariga rozi bo‘lmayman. Agar chindan yoqtirib qolgani bo‘lsa, menga erishishning boshqa yo‘lini topsin.
— Masalan, to‘ymi?
— Ehtimol.
— U sizga ikkita uchrashuvdan keyin darrov uylanmoqchi bo‘ladi deb o‘ylayapsizmi?!
— Bilmadim!, — tan oldim, — men shunchaki mana shu uchrashuvga chiqib ko‘rmoqchiman.
— Shuncha yigitlarni basharasiga qaramay rad etgansiz! Bundan nima topdingiz?
O, qani edi bu savolga o‘zim javob bera olsam. Shu javobni topa olmay halak edim. Avval meni yoqtirib qolgan odam menga hadab uchrashuv yoki munosabat taklif qilmasdan shartta otamning yoniga kelishi va qo‘limni so‘rashi kerak deb hisoblar edim. Oxirgi kunlarda esa negadir bu narsalar o‘z ahamiyatini yo‘qotib qo‘ydi.
Dadam bilan oyim o‘z xonasiga kirib ketganidan foydalab, uydan amallab chiqdim.
Singlim xavotirlanib darvoza tagida qoldi. Garchi, xavotirlari o‘rinli emas deb bilardim. Yoongi ko‘cha boshida boshqa mashinasida meni kutib turardi.
— Sizni mashinangiz ko‘pmi?, — orqaga emas, oldiga o‘tirishi uchun ishora qilganim sababli old o‘rindiqqa joylashib meni qiziqtirgan savolni shartta berdim.
— Ko‘p emas, 3-4 ta, — u beparvo javob berdi.
— Ha, kamgina ekan, — men ham kesatdim kulib, — Hozirgi kunda bitta odamda 3 ta, 4 ta mashina kamlikka kirmaydi, lekin. Nega, aynan kechki vaqtni tanladingiz?
— Ko‘zga tashlanmaymiz, — u meni biroz cho‘chitdi, so‘ng qo‘shib qo‘ydi, — Kechasi mashina kam bo‘ladi. Atmosfera ham chiroyli.
— Sizga tun yoqadimi, kunmi?
Vaziyatdan foydalab yana ko‘proq narsa bilmoqchi bo‘ldim.
— Tun, — u jiddiy dedi, — Sizgachi?
— Ikkisi ham, — to‘g‘risini aytdim.
— Keyinchalik tunlar yoqmay qolsa chi?, — u boshqacha tonda so‘radi, ovozida qattiq notalar yangradi.
— Tushunmadim, — ko‘zimni undan uzolmay qoldim.
— Yetib keldik, — u keng maydonga ishora qildi, — Bu yer hali ham bo‘sh ekaniga umid qilib kelgandim. Kutganimdek bo‘ldi.
Bu joylarni har kuni ertalab ko‘rib o‘tar edim. Ikkita ko‘p qavatli uylarning o‘rtasidagi keng yaylov edi. Na shahar ga kiradi, na qishloqqa. Arosatda qolib ketgan joy bir kun asqotadi deb o‘ylamadsim.
Yoongi ning mashinasidan tushishim bilan ikkita mototsiklga ko‘zim tushdi.
— Bular mototsikl emas, moped, — huddi hayolimni o‘qigandek to‘g‘riladi, — Avval haydab ko‘rganmisiz?
— Ha, — mamnuniyat bilan dedim.
— Qayerda?, — ulardan birini silaayotganimda so‘roq qildi u.
— Katta tog‘amniki-da, — gapimga tushunmay qolganini sezib to‘g‘irlashdim, — Oyimning tog‘asini katta to‘ga deymiz.
— Tushunarli.
U mashinadan shlem olib kelib bittasini menga tutqazdi,
— Qarang, hammasi juda oddiy. Bu yerda oyoqni ishlatishga majbur qiladigan pedal yo‘q. Ya’ni gaz. Hammasi mana bu yerda, — dedi qo‘l bilan ushlaydigan joyni burab, birdan moped ovoz chiqarganda cho‘chib tushdim, — Asosiy vazifangiz va diqqattingiz qo‘lingizda bo‘lsin.
— Yaxshi, — unga quloq solib ikki tarafini ham mahkam ushladim.
— Hozir kalitni tiqmaganman, ammo mana bu joyini buraganingizda, — o‘ng qo‘lim ustidagi dastakni qo‘lim ustiga qo‘yib buradi, — U yurishni boshlaydi. O‘zingizni yo‘qotib qo‘ymasligingiz kerak. Uni qancha yana burasangiz tezlik oshadi, to‘xtatish uchun burab borishni kamaytirasiz.
U menga berilib, jiddiy qiyofada instruktsiyani tushuntirayotgan bir onida mening ko‘zlarim uning ko‘zlarida, e’tiborim esa qo‘llarim ustidan his qilib turgan taftida edi. Uning nigohi ochiq lablarimga tushib, nigohini olib qochdi va qo‘lini qo‘lim ustidan oldi. Bu qandaydir hayajon bo‘ldi...
— Hayday olasizmi, yo birinchisida o‘zim ko‘rsataymi?
— Mayli, — dedim o‘zimni yo‘qotib. U chalg‘isa o‘zimga kelib olar-man balki.
U ikkinchi mopedga o‘tirib, yana gapira ketdi. Ulay agar gaplari quloqimga kirmasdi. U shlemni kiyib mopedni yurgazib ketganida, yolg‘iz qoldim. Ancha uzoqqa ketib qaytish uchun bu tomonga qayrildi. Bir mahal qarasam, meni mopedimga ichimlik bor ekan. Shu vaqt chanqoqni his qilib, suvdan ichdim yutoqib.
— Ta’mi biroz boshqacha ekanmi?, — suvning idishni tekshirdim. Ishqilib, boshqa narsani ichib qo‘ygan bo‘lmay dedim. Qaytib kelgan Yoongi qo‘limdagi suvni ko‘rib yuzi o‘zgardi.
— Ha... Ichdingizmi? Ikimizga bir yo‘la olgandim. Mashq ham odamni chanqatadi degandim.
— Bunisi menga edi to‘g‘rimi?, — qo‘limdagiga ishora qildim, — Katta rahmat.
— Endi men haydab ko‘rsam bo‘ladimi?
— Albatta, — u mopeddan tushib, mening yonimga keldi, — Orqa o‘rindiqda qoldirib ketgan shlemni o‘zim kiya olmasligimni bilib, to‘g‘ri kiyish tartibini o‘rgatish uchun kiydirib qo‘ydi. Shlemni taqayotganda ko‘zlarim qo‘llarida edi.
— Bo‘ldi, — dedi.
U biroz avval o‘rgatgani kabi qo‘l gazni buradim. Mototsikl yurib ketishni boshlagan ilk daqiqalarda meni qo‘rquv, so‘ng adrenalin qurshab oldi. Yo‘lning oxiri ko‘rinmay qolganida dastakni joyiga asta qaytardim. Yoongi joyidan siljimasdan mendan ancha uzoqda qaytishimni kutib turardi. Orqaga qaytayotganimda endi zavqlanishni boshladim. Shlemning ochiq qismida yuzimga shamol ayovsiz urilar edi.
Yoongi ning yoniga yetib kelganimda boshim aylanib undan tushdi. Erga oyoq qo‘yishimga Yoongi yordamlashib yubordi. Yo‘qsa, bilmadim yiqilib tusharmidim.
— Juda tez o‘rgandingiz, qoyil, — dedi u, hozirgina belimdan o‘tkazgan qo‘llarini qaytib olib.
— Men shunaqa tez ilg‘ab olaman!, — maqtandim o‘zimcha.
Ikki qadam uzoqlashmasimdan yana boshim chirpirak bo‘lib aylan-di, ko‘z oldim tinib ketarkan, tasvirlar miyamda chalqashib, oyoqlarimni his qilmay o‘zimni Yoongi ning qo‘liga tashlab yubordim.
— Boshim, — dedim bazo‘r, — Boshim aylanayapti.
— Hozir o‘tib ketadi, — dedi Yoongi shunday bo‘lishini bilgandek, — Biroz...
— Nima biroz, — uning ko‘zlariga tikilishga befoyda harakat qildim, ko‘zlarim og‘irlik qildi o‘zimga, — Menga nima bo‘lyapti.
— Hech narsa, — ovozi qulog‘im ostida jarangladi, — Shunchaki hushingdan ketyapsan...
Lekin, nega... Nega u juda xotirjam. Buni uzoq kutgandek mamnun.
Nafasim sekinlashib, oxiri yo‘q zulmat bo‘shliqka quladim...