April 29

𝕌𝕟𝕨𝕒𝕟𝕥𝕖𝕕 𝔸𝕥𝕥𝕖𝕟𝕥𝕚𝕠𝕟

3-qism🪻

Men bir lahzaga qotib qoldim. Suga ham jim qotgancha turardi. Ko‘zlari pastga tushdi, ammo u yerda nima yotganini ko‘rmaslikka harakat qilgandek, boshini biroz burdi. Ikki o‘rtada noqulay sukut hukm surdi. Yuragim allaqachon bo‘ynimga chiqib olgandi.
— Istasang, birga ovqatlanamiz... — dedim beixtiyor, xijolat ichida gapirayotganimni his qilsam-da, sukunatni buzish uchun nimadir deyishim kerak edi.
U bir zum indamay turdi. Ko‘zlari menga tikildi, lekin ichida nima o‘tayotganini o‘qish mushkul edi.
— Xo‘p unda... Mening kvartiramda ovqatlanamiz. Men pitsa buyurtma qilgandim. Birga yeyishimiz mumkin, — dedi nihoyat, odatdagi sokin, biroq bu gal biroz yumshagan ohangda.
Men bir lahza ikkilanib qoldim. Yana shu g‘alati holatdan qochgim kelardi. Boshimni egib, yengilgina jilmaydim.
— Xo‘p, unda tezroq boraylik, — dedim.
Suga darrov eshikni ochib chiqib ketdi. Men esa uning ortidan bir zum tikilib turdim. Shunda boshimda hanuz sochiq borligini angladim. Uni tezda yechib oldim, nam sochlarim yelkalarimga to‘kildi. Hatto ularni tarashga ham vaqtim yo‘q edi. Yuragim hali ham notinch urar, lekin men Suganing ortidan yurdim.
U allaqachon kvartirasiga kirib ulgurgan ekan. Men sekin eshik tutqichini ochdim va ichkariga qadam qo‘ydim. Kvartira oddiy edi. Devorlarda suratlar yo‘q, bezaklar yo‘q — hammasi xuddi egasining ichki dunyosidek sokin va soddalikka burkangan.
Yashash xonasiga kirganimda, u allaqachon divanda o‘tirgan, stol ustida pitsa qutisi va ikki stakan ichimlik turardi. Xona tinch edi. Hatto soat ham tovushsiz urayotgandek tuyuldi.
— Istagan joyingga o‘tir, — dedi u, menga qaramasdan.
Men sekin yurib borib, uning ro‘parasiga joy oldim. Soat 00:30 bo‘lib qolgan edi. Qorong‘ulik oyna ortidan xonani to‘ldirayotgan sokin shahar nurlari bilan aralashib, ichki muhitga g‘alati sokinlik olib kirgandi.
— Sen doim kech ovqatlanasanmi? — dedim ehtiyotkorlik bilan, ohangimga biroz muloyimlik aralashtirib.
U pitsa qutisini ochdi, menga qarab, tarelkamga bir bo‘lak pitsa soldi. So‘ng ko‘zlarimga tikildi.
— Shunchaki ishtaham yo‘q edi. Sen-chi, har doim shunday kech ovqatlanasanmi?
— Yo‘q, bugun birinchi ish kunim bo‘lgani uchun, hayajon bosib, ovqatlanishni unutdim, — dedim, uning nigohidan qochishga harakat qilib, pitsani tishlab.
Yeyayotganimda sochim nam holda yuzimga tushib ketdi. Suga asta yonimga egilib, sochlarimni muloyim harakat bilan ushlab, qulog‘im ortiga tiqdi. Qo‘li sochimni yengil silab o‘tganida yuragim yana bir urishni o‘tkazib yuborgandek bo‘ldi. Nafasim biroz tezlashdi. Men bir zum to‘xtab qoldim.
Nega bu sovuqqon, qo‘shni kvartirada yashovchi yigit yuragimni bu qadar chalg‘ityapti?

Nam sochlar🙇‍♀️

Men pitsa yeyayotganimda tomog‘imda bir bo‘lak tiqilib qoldi. Nafasimni to‘g‘rilashga urinarkanman, Suga jimgina ichimlikni menga uzatdi. Minnatdorchilik bilan ichib yubordim. Stakanni qo‘yarkanman, ko‘zim unga tushdi va yuragim yana bir bor urishini unutdi: u menga tikilib turardi. Faqat oddiy qarash emas har bir harakatimni, hatto nafas olishimni kuzatayotgandek edi.
Nima deyishni bilmay og‘zimni ochdim, ammo undan oldin u jilmayib:
— Kichkina kalamush, ortingdan hech kim quvlayotgani yo‘q. Sekinroq yeyishing mumkin-ku, — dedi.
Men uni inkor qilmoqchi bo‘ldim, biroq tilim chigallashdi.
— Men shoshmayotgandim... bu tasodif edi... siz meni tusada—
Gapim og‘zimda qoldi.
U bir harakat bilan yaqinlashdi, meni divanga biroz tortdi va yuzini yuzimga olib keldi. Nafaqat ko‘zlarimiz, balki nafaslarimiz ham bir-biriga aralashdi. Yuragim qafasimni teshib chiqayotgandek bo‘ldi. Men yutindim.
— Shundaymi? — dedi u, lablarining burchagida xavfli jilmayish bilan. Uning ko‘zlarida qandaydir o‘yin, qandaydir provokatsiya bor edi.
Men qotib qoldim. Ilk marta bunday holatga tushayotganimdan bo‘lsa kerak, miyam shovqin ichida edi.
— Tilingni yutib yubordingmi? — dedi u yengil kulib. Nafasi yuzimni silab o‘tdi. Har bir harakatida o‘ziga xos teskari sokinlik — o‘yinbozlik bor edi.
— Men... bunchalik... — deya gap boshladim, ammo so‘zlarim parokanda, mantiqsiz edi.
Shu payt u lablarini menga yanada yaqinlashtirdi. Men bexabar ko‘zlarimni yumdim.
Ammo u o‘pmadi.
— Nega doim yaqinlashganimda ko‘zlaringni yumasan? — dedi u sokin ohangda.
Men sekin ko‘zlarimni ochdim. Yuzim lovullab ketgan edi. U meni shunchaki sinayotganini tushundim. Shunchalik... ahmoq bo‘ldimmi?
— Shunchaki... balki... bu... bilmadim, — dedim dardchil ohangda, tilim kalovlanib.
Suga kuldi. Uning kulgusi baland emasdi, lekin qandaydir iliqlik bor edi. Keyin orqaga suyanib, yana o‘sha masofani tikladi.

— Hoy, men seni yemayman. Ota-onang seni qanday qilib yolg‘iz yashayotganingga rozi bo‘lganiga hayronman. Sen hali ham gudak kabisan, — dedi u kulimsirab.
Men yuragimni tinchlantirish uchun bir lahzaga ko‘zimni yumdim.
— Iltimos... ortiq bunday harakat qilmang, — dedim, qo‘limni ko‘ksimga qo‘yib, yuragim ustini bosdim.
U qoshlarini ko‘tarib jilmaydi:
— Yoki nima? Tishlab olasanmi?
Men uning yuziga termildim. Kulganida qandaydir iliqlik, joziba bilan qorishgan bexos uyatsizlik bor edi. Uning bu holatini ilgari hech ko‘rmagandim.
Ichimdan nimadir siljidi.

— Kech bo‘ldi... yaxshisi, men kvartiramga qaytay. Bugun charchagandekman, — dedim nigohimni undan olib, sekin o‘rnimdan turarkanman.
Ammo chiqishga ulgurmadim.
Suga bilagimdan ushlab, ohangsiz harakat bilan meni yana divanga tortdi. Tana og‘irligim bilan uning ustiga tushdim. Ko‘zlarimiz tutashgan lahzada, u asta egilib, lablarini lablarimga bosdi.
Dastlab hayratdan qotib qoldim. Nafasim to‘xtab qolgandek edi. Ammo... qandaydir ichki his meni harakatga undadi. Men ham javob qaytardim. Bu o‘pich chuqur edi, ammo g‘amgin va ohangsiz emas unda nimadir yumshoqlik, nimadir noma’lum, yurakni titratadigan bir tuyg‘u bor edi.

Bo‘sa uzildi. U lablarini asta orqaga tortdi, lekin ko‘zlari hanuz mening ko‘zlarimdan uzilmagan edi. Bir lahza ichida hamma narsa jim bo‘ldi. Nafas ololmasdim. Go‘yoki ongim ham menga buysunmayotgandek, ichimda bir nima qaynab, yuragim joyidan siljiyotgandek edi. Uning tizasida edim, vujudidan taralayotgan issiqlik tanamga singib ketayotganini his qilardim.
U sekin meni yana yaqiniga tortdi. Qo‘llari kuchli, ammo ehtiyotkor edi. So‘ng televizor pultini olib, tasodifiy dramani yoqdi. Ekranda notanish sahnalar namoyon bo‘ldi, lekin hech narsa qulog‘imga kirmas, ko‘zimga ko‘rinmas edi.
— Kel, televizor ko‘ramiz, — dedi u, go‘yoki hech narsa bo‘lmaganday. Uning ohangida yengil iltimos, ammo chuqur istak yashiringandi. U meni ketishimni istamayotgandi. Hattoki, hozirgina biz orasida bo‘lib o‘tgan bo‘sa, u uchun oddiy bir lahzadek tuyulayotgandek edi. Men esa... hanuz yuragimning urishini hisoblab o‘tirardim.
Ko‘ksiga yaqin edim. U yerda yuragi sokin urayotgandek tuyuldi, lekin bilardim ichida u ham men kabi qaynayotgandir. O‘zimga savol berdim: Nega yuragim bunchalik tezyurmoqda? Nega uning bag‘rida o‘zimni xavfsiz his qilyapman? Nega... men uni sevib qoldimmi?
Bu axir birinchi uchrashuvlarimizdan edi. Tanishganimizga balki uch kun bo‘lgandir, balki undan ham kam. Ammo u bilan bo‘lgan har bir soniya ongimni egallab olayotgandek edi.
Nigohimni undan olib qochish uchun ekran tomonga qaradim. Dramada kimdir yig‘layotgan edi, lekin hech nima tushunmasdim. Sekin-sekin tizasidan tushmoqchi bo‘ldim, ammo u meni yana mahkamroq quchdi.
Hech narsa aytilmasdi, lekin hammasi ayon edi.
Televidenie ovozi fon sifatida qolgandi, ichimizda esa jimjitlik hukmron edi. Har ikkalamiz ham bilardik u ekranni shunchaki vaziyatni yengillashtirish uchun yoqqan.
Va shunday sukunatda, men uning ko‘ksiga boshimni qo‘ygancha asta uxlab qoldim.
Soat tungi ikkini ko‘rsatar, ammo men endi vaqtni his qilmasdim. U yer uning quchog‘i men uchun bugun eng sokin, eng ishonchli joy edi.

4-sentabr, soat 12:00.

Ko‘zlarimni ochganimda, tanish yotoqxonamning shiftiga tikilib yotardim. Yostiqning iliqligi va xona ichidagi sukunat hanuz kechadan qolgan tuyg‘ularni yodimga soldi. Ishim soat 16:00da boshlanadi, shuning uchun shoshilmasdan uyg‘ondim. Kecha bo‘lgan voqealarni eslaganimda esa, yuzlarim istar-istamas qizargandek bo‘ldi.
Menimcha, kecha Suga meni kvartiramga olib kelib qo‘ygan. Esimda faqat uning iliq bag‘ri, yuragining urushi va... bo‘sa. U haqda o‘ylasam yuragim g‘alati urardi.
O‘rnimdan turib, ertalabki yengil salqin dush qabul qildim. So‘ng oshxonaga o‘tib, o‘zimga oddiy tushlik tayyorlab yeb oldim. Har doimgidek sodda, lekin yuragimga tinchlik beruvchi bir kun.
Tushlikdan keyin kvartiramni yig‘ishtirib, chiqindilarni olib chiqib qo‘ydim. Har bir xonani tozalab bo‘lganimda, soat ham sezdirmay 16:00ga yaqinlashgandi. Ishga ketish vaqti yetgandi. Qulay kiyimlarimni kiyib, kvartiramdan chiqdim. Eshikni qulflar ekanman, yuragim beixtiyor ikkinchi qavatga tushganda Sugani ko‘rishni kutdi. Lekin... yo‘q edi u. Sal xafa bo‘ldim, lekin o‘zimga hech narsa sezdirgim kelmadi.
Havo bugun juda yaxshi edi. Salqin shamol, quyoshning yumshoq nurlari – bular menga yoqardi. Kafe tomon yurarkanman, yuragim bir tekis urayotgan, xotirjam edim.
Kafega kirganimda har narsa odatdagidek edi. Men sekin Jennie bilan salomlashdim va ishga sho‘ng‘idim. Bu safar hammasi mukammal o‘tdi – hech qanday hayajon, hech qanday chalkashlik. Mijozlarga hizmat ko‘rsatib bo‘lgach, biroz tin olish uchun Jennie bilan suhbatlashayotgan edik. Shu payt eshikdan tanish ovoz eshitildi.
— Xayrli kech, qizaloq... yana men, — dedi u jilmayib. Bu Jimin edi.

Men unga qaradim. U qo‘lida bir narsa tutgan edi.
— Xavotir olma, hech narsa buyurtma qilmayman. Shunchaki bir narsani senga bermoqchiman, — dedi u.
Qiziqib, qo‘lidagiga qaradim. U yerda shokoladli kek bor edi.
— Bu nima? Nega? — dedim unga hayron bo‘lib.
— Sen uchun oldim, — dedi u ko‘zlarini mendan uzmasdan. — Yaqin atrofdagi shirinlik do‘konidan. Bilasanmi, u yerda kechga yaqin deyarli hamma narsa tugab qoladi. Shuning uchun bugun biroz oldinroq chiqib, sen yoqtirgan shirinlikni olib qo‘ydim.
Uning so‘zlari ichimdagi iliqlikni uyg‘otdi. Qanday qilib u men yoqtirgan shirinlikni bilgan? Jilmayishga harakat qilib, ohangimni muloyim tutdim.
— Rahmat katta... lekin bunga hojat yo‘q edi, — dedim.
U bir qadam menga yaqinlashdi. Ovozida kulgi, ammo ko‘zlarida jiddiylik bor edi.
— Men buni xohlaganim uchun qildim. Aytmoqchimanki, mendan ko‘rkamroq yigit, bunday shirinlikka loyiq qizga nima uchundir bunday sovg‘a qilmasa, u ahmoq bo‘lardi. Qani, olgin. Tatib ko‘r. Bu senga yoqadimi-yo‘qmi, bilishni istayman. Shunchaki... bir tishlab ko‘r, — dedi u, yuzida ozgina kinoyali tabassum bilan.
Men ikkilanib turdim.
— Bilmadim... anchadan beri shirinlik yemayapman, — dedim boshimni egib.
— Oh, shunchaki bir tishla, Y/N. Axir men buni aynan sen uchun oldim😈, — dedi u, yumshoq, ammo o‘tkir ohangda.