𝐄𝐍𝐒𝐋𝐔𝐕🍃
Aeroportda:
Jungkook hammaning pasport va chiptalarini topshirib, tekshiruvdan o‘tkazdi. Y/N uning yonida jim o‘tirardi, yuragidagi g‘ashlik hali ham ketmagandi.— "Hali ham nimadandir xavotirdasanmi?" — deb so‘radi Jungkook, Y/Nning qo‘lini ushlagancha.Y/N boshini silkib, sekin jilmaydi.— "Yo‘q, hammasi joyida," — dedi u. "Shunchaki, bu hammasi tush kabi." Jungkook Y/Nning peshonasiga lablarini tekkizib, yumshoq ohangda gapirdi.— "Sen menga ishonishing kerak, kapalagim. Bu sayohat ikkovimiz uchun maxsus bo‘ladi."
Bu orada Lia va Taehyung aeroport do‘konlarini aylanishga tushib ketishdi. Lia parfyum do‘konidan o‘tib ketayotganida birdan to‘xtadi.— "Taehyung, menga bu hid yoqdi! Bu parfyumni olsam bo‘ladimi?" Taehyung uning so‘zlariga kulimsirab qaradi.— "Sen istagan narsangni olishing mumkin, Lia." Lia quvonib parfyumni oldi va Taehyungning qo‘liga tutqazdi.— "Unda sen to‘laysan!" — deb kuldi u. Taehyung esa bosh chayqadi va parfyum uchun pul to‘ladi. Bu orada reys e’lon qilindi. Jungkook Y/Nning aravachasini itarib, samolyotga chiqish joyiga yaqinlashdi.— "Kelinglar, bizni kutishmaydi."
Lia va Taehyung ham ularning ortidan yurishdi. Ular samolyotga chiqishdi. Jungkook Y/Nni ehtiyotkorlik bilan o‘rniga joylashtirdi va o‘zi uning yonida o‘tirdi.— "Endi bir necha soatlik parvoz," — dedi u. Jungkook unga mehr bilan qarab, qo‘lini mahkam ushladi. Samolyot asta-sekin harakatlana boshladi…
SAMOLYOT ICHIDA – KECHQURUN
Parvoz boshlanganiga chamasi bir soat bo‘ldi. Samolyot ichida jimlik hukm surardi. Jungkook Y/Nni ehtiyotkorlik bilan yonidagi o‘rindiqqa joylashtirgach, unga mo‘minona boqdi. Yorug‘ chiroqdan Y/Nning yuzida nozik soyalar paydo bo‘lgandi. Uning nigohlari asta sekin xiralashdi va ko‘zlari yumildi.
Jungkook ohista uning barmoqlarini silab, mayin ovozda pichirladi:
— “Shunaqa ham nozik bo‘lasanmi, kapalagim…”
U avval qo‘llarini, so‘ngra oyoqlarini sekin massaj qildi. Har bir harakatida mehr, har bir teginishda g‘amxo‘rlik bor edi. Y/N tinch uxlab yotgan edi.
Lekin bu tinchlik uzoqqa cho‘zilmadi.
Y/N birdan bezovta ohangda harakatlana boshladi. Uning ko‘zlari yumulgan, ammo yuzida qo‘rquv ifodasi paydo bo‘ldi. Nafas olishi og‘irlashdi, lablari sekin titrardi.
U tush ko‘rayotgandi.
Qorong‘u, sovuq xonada edi. Atrofda hech kim yo‘q. Faqat notanish, qop-qora soyalar unga yaqinlasha boshladi. U harakat qilishga urindi, lekin tanasi unga bo‘ysunmasdi. Oyoqlari qotib qolgan, qo‘llari bir joyga mixlangandek edi.
— “Yo‘q… Jungkook… yordam ber…” — dedi u tushida, ammo ovozi real hayotda chiqmayotgandi.
Birdan tanasi butkul falaj bo‘lib qoldi.
Boshi ham qimirlamaydi. Faqat ko‘zlari ochiq bu Jungkook kecha bergan dorilar tasiri sababli edi bu dorilar endi tasir qilishni boshladi— ammo chaqiriqsiz, harakatsiz. Tanasi butunlay bo‘shashgan, tilini ham qimirlatolmaydi. Nafasi g‘alati tarzda chiqmoqda.
Yuragi urmoqda, ongida hush bor — lekin tanasi uni sotgandi.
Jungkook birdan hushyor tortdi. U Y/Nning yuzi oqarib ketganini, lablari qizarib, ko‘zlari g‘ayritabiiy ochiq qolganini payqadi.
— “Y/n?” — dedi u darrov, qo‘rqib. Yuziga yaqinlashdi, ammo Y/N hech qanday reaksiya qilmayapti.
Jungkook yuragini ushlab, pichirladi:
— “Yo‘q… bu dori… qachon boshlabdi… Hali erta emas edimi?!”
U darrov Y/Nning qo‘llarini silay boshladi, ammo hech qanday refleks yo‘q edi. U qimirlamaydi. Ko‘zlarida yosh, lablari esa titrab, ichki baqiriqni yashiryotgandek edi.
— “Y/N… men shu yerdaman. Nafas ol… men seni tashlab ketmayman… yo‘q, iltimos, hozir emas…”
Jungkook uni quchoqlab, peshonasidan o‘pdi. Yelkalarini siladi, belini ohista quchoqladi.
— “Meni eshit… sen bu yerdan o‘ta olasan. Bu faqat vaqtinchalik. Nafas ol, kapalagim… iltimos, menga qara.”
Y/N ko‘zlarida yoshlanib, faqat titragan lablari bilan pichirladi:
— “Jung… kook…”
Jungkook titradi. U Y/Nning boshini ehtiyotkorlik bilan o‘z yelkasiga qo‘ydi. Har soniya uzoqlashayotgan tuyg‘ular uni yirtib tashlayotgandek edi.
— “Bu dorilar seni himoya qilish uchun… seni butunlay o‘zimga olish uchun. Hamma narsaga arziydi, to‘g‘rimi, kapalagim?”
U Y/Nni quchoqlagancha, yelkasiga yuzini bosdi. Uning yuragi ichkaridan ezilardi, ammo tashqaridan bardoshli ko‘rinishga urinardi.
Jungkook sekin Y/Nning sochlarini silab, uni yanada mahkam bag‘riga oldi.
— "O‘zingni qanday his qilyapsan?" — deb past ovozda so‘radi u.
Lekin Y/N hech narsa deya olmadi. U faqat ko‘zlarini qimirlatishi mumkin edi, tanasi esa xuddi muzlab qolgandek edi. Yuragi g‘alati g‘uldirab urardi, ammo Jungkookni bezovta qilgisi kelmadi.
Jungkook Y/Nning yuziga qaradi va yengil jilmaydi.
— "Sen hozir juda zaifsan, shuning uchun dam olishing kerak. Men shu yerdaman, yoningdaman."
U sekin Y/Nning qovoqlarini yengil barmoqlari bilan silab, uni uxlatishga harakat qildi.
Dorining ta’siri ortib borar, Y/N endi umuman harakatlana olmasdi. Jungkook esa bunga befarq qarayotgandek edi, go‘yo bu hammasi odatiy holdek.
— "Shundoq ham charchagan eding, kapalagim… Hozir hammasi yaxshi bo‘ladi."
Jungkook yana Y/Nning lablariga yengil bo‘sa qo‘ydi, so‘ng uni quchoqlagan holda ko‘zlarini yumdi.
Samolyotning ichida faqat past shivir va yurak urish tovushlari eshitilardi.
Samolyot nihoyat qo‘ndi.
Yo‘lovchilar asta-sekin tushayotgan bir paytda, Jungkook Y/Nning nogironlar aravachasini ehtiyotkorlik bilan surib borardi. Lekin bu safar Y/N odatdagidan ham zaifroq edi. U tanasi ustidan butunlay nazoratni yo‘qotgan, hatto boshini ham qimirlata olmas, faqat ko‘zlari bilan atrofga boqardi.
Lia birinchi bo‘lib buni sezdi. — "Y/N, sen… nega bunday bo‘lib qolding?" — deb u tashvish bilan oldiga yugurdi.
Taehyung ham shoshilinch qadamlar bilan yaqinlashdi, Y/Nga egilib qaradi. — "Uchishdan oldin bunday emasdi-ku… Nima bo‘ldi?"
Jungkook esa juda xotirjam edi. U aravachani biroz oldinga surdi va yengil jilmayib javob berdi: — "U charchagan. Shuncha yo‘l bosib keldik, tabiiyki, kuchsizlanib qoldi."
Lia shubha bilan Jungkookka qaradi. — "Biroz kuchsizlanish boshqa, lekin butunlay qimirlamay qolish boshqa masala, Jungkook."
Y/Nning ko‘zlaridan sukunat ichida yosh sizib chiqdi. Gapirishga ham kuchi yo‘q edi. Uning yuragi shunchalik tez urayotgandek edi, go‘yo ichidan kimdir yordam so‘rayotganday.
Taehyung dudaqlarini qattiq qisib, sovuq ohangda so‘radi: — "Sen unga nimadir qildingmi?"
Jungkookning jilmayishi o‘zgarmadi, lekin ko‘zlarida qorong‘ulik paydo bo‘ldi. — "Men unga hech qanday yomon narsa qilmadim, aka."
U Y/Nning yelkasiga asta qo‘lini qo‘ydi va mayin ovozda shivirladi: — "Hammasi joyida, kapalagim. Endi menga to‘liq ishonishing kerak."
Mehmonxonaga yetib kelgach, ular joylashishdi. Jungkook Y/Nni yotoqqa ehtiyotkorlik bilan yotqizdi. U hali ham harakatlana olmasdi, lekin nihoyat sekin gapira boshladi.
Lia va Taehyung o‘z xonalariga o‘tishdi. Xonada faqat Y/N va Jungkook qolishdi.
— "Qalay, kapalagim? O‘zingni yaxshiroq his qilyapsanmi?" — Jungkook uning sochlarini sekin siladi.
Y/N asta ko‘zlarini pirpiratdi, lekin boshini hali ham qimirlata olmasdi. — "Men… o‘zimni yaxshi his qilmayapman, Jungkook…"
Jungkook jilmaydi, go‘yo bu kutilgan holatday. U sumkasini ochdi va kiyimlarini shkafga joyladi. Shu payt ohangli, muloyim tarzda qo‘shiq ayta boshladi. Uning ovozi yumshoq va yurakni tinchlantiruvchi edi.
Y/N ko‘zlarini yumishga urindi, lekin tanasi unga bo‘ysunmasdi. Ovozida titroq bilan so‘radi: — "Menga… nima bo‘lyapti?"
Jungkook ishini to‘xtatib, uning yoniga o‘tirdi. U Y/Nning yuzini muloyimlik bilan siladi: — "Sen shunchaki charchagansan, kapalagim. Men shu yerdaman, hammasi joyida."
U Y/Nning qo‘lini asta kaftiga olib, ohista siqdi va yana qo‘shiq aytishda davom etdi.
Tashqarida okean to‘lqinlarining ovozi eshitilar, xona ichida esa Jungkookning sokin ovozi yangrardi. Y/N yuragidagi qo‘rquv bilan kurashar, lekin bu ovoz ostida sekin-sekin ko‘zlarini yumdi.
Nonushtadan so‘ng, Jungkook Y/Nni nogironlar aravachasiga ehtiyotkorlik bilan joylashtirdi va ularning Maldivdagi sayohati boshlandi.
Ular birinchi bo‘lib sohil bo‘ylab sayr qilishdi. Quyosh musaffo suvlarni yaltiratib, qum yupqaroq ipakdek mayin edi. Y/N dengizdan taralayotgan yoqimli shamolni his qilib, ko‘zlarini yumdi.
— “Yoqyaptimi?” — deb pichirladi Jungkook.
— “Juda,” — deb javob berdi Y/N sekin, faqat lablari qimirlagancha.
Keyin ular tropik bog‘ga yo‘l olishdi. Har tomonda gullab-yashnayotgan noyob o‘simliklar va rang-barang qushlar uchib yurardi. Lia va Taehyung bir-birlarini suratga olish bilan band edilar, Jungkook esa Y/Nga tabiatni ko‘rsatib, “Bu sening ko‘zlaringdek chiroyli,” deb shirin gaplar aytardi.
Keyin ular shaffof suvli ko‘rfazga borishdi. Lia sho‘ng‘iydigan joyni ko‘rib, hayajonlanib:
— “Men buni sinab ko‘rishim kerak!” — dedi.
— “Men ham,” — deb unga qo‘shildi Taehyung.
Jungkook esa Y/N bilan qoldi.
— “Seni ham dengiz bo‘yiga olib boraymi?” — deb so‘radi u.
Y/N boshini qimirlata olmasdi, lekin sekin javob berdi:
— “Iltimos…”
Jungkook uni soyabonli joyga olib bordi, dengizning yengil to‘lqin shovqini ostida quchoqlagancha, Y/N bilan uzoq vaqt shirin suhbat qurdi.
Keyingi manzil Maldivning mashhur suv ustidagi villalaridan biri edi. Jungkook bu joyni maxsus Y/N uchun tanlagan edi. U Y/Nni mehmonxona terassasiga olib chiqdi, u yerdan okean cheksizdek ko‘rinardi.
— “Bu joyni aynan sen uchun tanladim,” — dedi Jungkook.
— “Bu juda go‘zal, Jungkook... Rahmat,” — dedi Y/N, lablarida samimiy tabassum bilan.
Jungkook uning qo‘lini mahkam ushladi va yuziga shirin o‘pich qo‘ydi.
— “Bu faqat boshlanishi, kapalagim,” — deb shivirladi u.
Kun shu tarzda romantik va zavqli sayohat bilan o‘tdi.
Kechqurun esa ularga maxsus kechki ovqat tayyorlandi. Sham yorug‘ida, yoqimli musiqa ostida, hamma dengiz bo‘yidagi restoranda ovqatlanib o‘tirardi. Lia ovqatining so‘nggi bo‘lagini yeb, shirin desertga qarab jilmaydi.
Shu payt Taehyung stulidan sekin turib, cho‘ntagidan kichkina qutichani oldi.
— “Lia…” — dedi u biroz hayajon bilan.
Lia hayron bo‘lib unga qaradi, lekin Taehyung birdan uning oldida tiz cho‘kdi.
— “Men seni sevaman… va har doim sevaman. Hayotimni sensiz tasavvur qila olmayman. Menga turmushga chiqasanmi?”
Lia birdan hayajon va quvonchdan ko‘zlarini katta ochdi.
— “Bu chinakammi?!” — dedi u ovozi titrab.
Taehyung kulib, uzukni oldi va uning qo‘llarini mahkam ushladi.
— “Ha, men jiddiyman. Men seni umrim davomida yonimda bo‘lishingni istayman.”
Lia yig‘lab yubordi va kulib bosh irg‘adi.
— “Ha! Albatta, ha!”
Shu payt hamma olqishladi. Jungkook Y/Nning qo‘lini sekin siqib, unga jilmaydi.
— “Akam ham nihoyat o‘z baxtini topdi,” — dedi u kulimsirab.
Taehyung uzukni Lianing barmog‘iga taqdi, va ularning ko‘zlarida faqat baxt porlab turardi.
Y/N bularni ko‘rib tabassum qildi, lekin miyasi birdan
o‘tmishga qaytdi.
O‘tmish
O‘sha kecha Jungkook Y/Nni sevib qolgan edi…
Bu kutilmaganda sodir bo‘lgan. Y/N Jungkookning ishxonasiga ish izlab kelgan edi. U chidab bo‘lmas darajada tabiiy go‘zal edi. Jungkook unga tikilib qoldi, yuragi avvalgidek sovuq emas, aksincha, g‘alati tuyg‘ular bilan to‘lgan edi. Bu ayolni yo‘qotishni istamasdi. Shuning uchun unga turmushga chiqishni taklif qildi.
Lekin Y/N rad etdi.
Bu rad javobi Jungkookni g‘azablantirdi. U Y/Nni qo‘lga kiritish uchun har qanday yo‘lga borishi mumkin edi. U Y/Nning ota-onasini kundirdi va natijada Y/N unga turmushga chiqishga majbur bo‘ldi.
Ammo, u hali ham unga e’tibor bermasdi.
Bu Jungkookni yanada telbalashtirdi.
U aldov yo‘li bilan Y/Nga dorilar bera boshladi. Boshlanishiga oddiy, sezilmas dorilar… Keyinchalik esa og‘irroq. Shu tariqa, Y/N asta-sekin Jungkookga muhtoj bo‘lib qoldi. Yura olmay qolgach, faqat Jungkookning qo‘liga tushdi. Shunday qilib, u ko‘nikdi, unga ishonch hosil qildi
Lekin bu vaqtga kelib… juda kech edi.
Hozir esa, Maldiv orollarida, Y/N o‘zining falaj tanasi bilan birga, yuragini ham Jungkookga topshirganini tushunib yetdi.
Jungkook, Taehyung va Lia birgalikda rasmga olish uchun o‘rnidan to‘radi. U kamerani sozlardi, Lia esa o‘zining eng chiroyli tabassumlarini ko‘rsatib, pozaga kirdi. Y/N shunchaki buni ko‘zatib to‘radi.
Shu payt, tasodifan bir erkak ular tomon yaqinlashib kelardi. Pol sirg‘anchiq edi va erkak qadamlariga e’tibor bermay, u tasodifan Y/Nning nogironlar aravachasini to‘rtib utib ketadi. Aravacha birdan orqaga harakatlanib, unga qarshi turolmasdan, suvga tushib ketdi. Y/N cho‘kib ketdi, lekin uning falaj holati tufayli u hech qanday harakat qilolmadi.
Jungkookning yuragi bir zumda to‘xtaganidek bo‘ldi. U darhol nima bo‘lganini tushunib, uning yoniga yugurdi. Y/Nning ko‘zlarida qo‘rquv va yordamga bo‘lgan ehtiyojni ko‘rdi, ammo u hech narsa ayta olmadi, faqat ko‘zlari bilan yordam so‘rayotgandek bo‘ldi.
Jungkookning ko‘zlari kengayib, to‘plagan kuchi bilan, bir oz ham o‘ylamasdan, tezda suvga sakrab tushdi. Y/Nni topib, uni kuch bilan quchoqlab olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Jungkook uni qirg‘oqqa olib chiqqanida, uning ko‘zlari allaqachon qaltirayotgan edi. Y/Nni quchoqlab, uning yuziga qarab, Jungkook shunday dedi:
— "Y/N? Iltimos, hech narsaga bo‘lmasin...iltimos ko‘zlaringni och, iltimos hech narsa bo‘lmadi iltimos."
Uning ovozi, hayajon va qo‘rquvdan titragan holda chiqdi.
Taehyung darhol telefonni qo‘lga oldi va shifokor chaqirdi, uning ovozida tashvish va shoshilish bor edi.
Bir necha daqiqadan so‘ng, shifokorlar kelib, Y/Nning ahvolini tezda baholashdi. Bir necha so‘nggi daqiqalar ichida ular Y/Nni tekshirib, uning havo yetishmasligi va tanasining kuchsizligi sababli hushidan ketganini aniqlashdi.
Y/Nning yuzi oqarib ketgan, ko‘zlari yumuq, lekin u asta-sekin nafas olayotgan edi. Shifokorlar uni atrofga to‘planib, harakat qilib, sun’iy nafas oldirishga harakat qilishardi. Hamma hovli-hayajonda edi. Ammo Jungkook... u butunlay boshqa holatda edi.
Ko‘zlarida olov, yuragida og‘riq. U hech narsani eshitmas, faqat ko‘z oldida suvga tushib ketayotgan Y/N, va hozirgi holati — hushsiz, harakatsiz. U asta yurib, o‘sha erkak tomon bordi.
Erkak esa nima bo‘layotganini ham anglamay, o‘zini oqlashga urinayotgan edi.
Ammo kech edi.
Jungkook yigitning yoqasidan olib, birdan musht tushirdi. Erkak qattiq yiqildi, ammo Jungkook to‘xtamadi. Yana, yana va yana... U ko‘zlarini yumib, hatto erkakning dodini ham eshitmasdan, qattiq zarbalar bera boshladi. Oxiri bir urishda erkakning burni qarsillab sindi. Uning boshi orqaga ketib, yerni urdi. Miyasi chayqalgan, qoni oqayotgan edi. Erkak hushidan ketdi.
— "SENI O‘LDIRAMAN! Y/N GA ZARAR YETKAZGANING UCHUN SANI YER BILAN YUZA QILAMAN!" — deb baqirdi Jungkook vahshiylarcha.
Taehyung yugurib yetib keldi, u Jungkookni orqasidan tortdi, lekin kuchi yetmay, yana bir necha marta musht tegdi erkakka. Nihoyat, Taehyung orqasidan qattiq tortib, Jungkookni ushlab qoldi.
— "Esingni yig‘, Jungkook! Uni o‘ldirib qo‘yasanku! Sen nima qilayapsan?!" — deb baqirdi u, yuragi junbishda.
Ammo Jungkook allaqachon bu dunyoda emas edi. U aqldan ozganday, ko‘zlari yoshlab, og‘zi bilan faqat bitta ismni takrorlardi:
— "Y/N... Y/N... Meni tark etma... iltimos…"
Ammo bu paytga kelib, politsiya allaqachon voqea joyiga yetib kelgan edi. Ular tezlik bilan Jungkookni yerdan ko‘tarib olishdi, unga kishan taqishdi.
— "Qo‘lingizni orqada tuting!" — deb baqirdi ofitser.
Jungkook qarshilik qildi, u hatto politsiyachilarning ko‘ziga qarab:
— "Meni olib ketmang! Y/Nni yolg‘iz qoldirmang! Y/N!!!" — deb qichqirdi.
Lekin kech edi. U kishanlangancha, bo‘ysunmay, qichqirib, politsiyachilar tomonidan olib ketildi. Uning ovozi butun ko‘rfaz bo‘ylab jarangladi:
— "Y/N!!! Meni kechir… Y/N!!!"
Orqa fonda esa, hushsiz yotgan Y/Nga shifokorlar tinimsiz yordam ko‘rsatishda davom etishardi…