March 4

BLOOD LOVE

6-qism

Y/N POV

Tunni qanday o‘tkazganimni bilmayman, lekin ertalab uyg‘onishim kerak bo‘lgan vaqtda ham ko‘zlarimni ochmadim. "Bugun erta turishim shart emas, ayniqsa, Jungkook meni nazorat qilishga harakat qilayotgan bo‘lsa."

Ichimda yangi reja tug‘ildi. "Yigitlarga uyquchi qizlar yoqmaydi, shunday ekan, men ham shunday ko‘rinishim kerak!"

Jungook allaqachon uyg‘ongan, men esa o‘zimni chuqur uyquda yotgandek qilib ko‘rsatdim. "Ko‘raylik-chi, bu usul ishlaydimi?"

Men ko‘rpasini biroz tortib, yuzimni berkitdim va nafasimni sokin olishga harakat qildim. "Jungkook bu rejamni sezmasligi kerak."

U yotoqdan turib, yonimda tik turdi. Bir necha soniya jim qoldi, keyin esa yengil xo‘rsindi.

— Shirinim, uyg‘on… — dedi u past ovozda.

Men javob bermadim. "Agar shunday davom etsam, u meni tinch qo‘yadi."

Ammo kutilmaganda Jungkook yostiqni olib, ohista yuzimga tekkizdi.

— Boshqa payt erta turarding-ku, — dedi u kulimsirab. — Bugun nima bo‘ldi, uyquchi qizcham?

Ichimdan kuldim. "Rejam ish berayotganga o‘xshaydi!"

Jungkook javob kutib yana bir necha soniya turib qoldi. Keyin esa ohista yelkamdan ushlab, silkitdi.

— Uyquchi qiz, agar hozir turgan bo‘lsang, yaxshi tomoning bor. Lekin agar rostakamiga uxlayotgan bo‘lsang, demak, juda charchagansan… shuning uchun seni tinch qo‘yaman, — dedi u past ovozda.

"Nima?! U mendan voz kechmoqchi emasmi?!"

Men rejam ish bermayotganidan hafsalam pir bo‘lib, ozgina harakat qildim. Jungkook esa buni sezdi.

— Demak, uyg‘oqsan? — dedi u qiziqib.

Men tezda yana harakatsiz bo‘ldim. "Yo‘q, yo‘q, men hali ham uxlayapman!"

Lekin Jungkook buni sezgandek, kutilmaganda menga yaqinlashdi va shivirlagancha dedi:

— Agar hozir turgan bo‘lmasang, seni quchoqlab yotishda davom etaman…

Yuragim tez urib ketdi. "Nimaga bunday bo‘layapti?! Rejam teskari ishlayapti!"

Men nafasi ichimga tushib qoldi. "Bu qanday shart?!"

Jungkook gapini ohista pichirlab aytgan bo‘lsa ham, yuragim yana notinch ura boshladi. "Agar hozir uyg‘onmasam, u chindan ham shunday qilishi mumkin…"

Ammo o‘zimni qo‘lga oldim. "Yo‘q, men taslim bo‘lmayman! Uyquchi qiz bo‘lib ko‘rinishim kerak!"

Javob bermadim, ko‘zlarimni qattiq yumib yotishda davom etdim.

Shunda Jungkook birdaniga yonimga yotib, qo‘llarini belimga o‘radi va meni quchoqlab oldi.

— Xo‘sh, endi bu yerda yotaveramizmi? — dedi u yengil kulimsirab.

Ichimdan baqirib yubordim. "Bu reja butunlay teskarisiga ishladi!"

Jungkookning iliq nafasini bo‘ynimda his qilganimda, butun tanam titrab ketdi. "U nima qilmoqchi?!"

U hech qanday ogohlantirishsiz bo‘ynimga lablarini bosdi.

— Jungkook! — deya beixtiyor sapchib ketdim.

U esa yengil kulimsirab, boshini ko‘tardi va ko‘zlarimga tikildi.

— Axir uyg‘oq ekanligingni bilardim, — dedi u g‘alaba qozongandek ohangda.

Yuzim lovullab ketdi. Ko‘zim katta ochilgancha, hech narsa demay, chaqqonlik bilan o‘rnimdan turdim va to‘g‘ri hammomga qarab yugurdim. Yuragim hali ham tinimsiz urayotganini his qildim. "Bu nima edi?! U meni shunchalik oson aldab qo‘ydimi?"

Eshikni yopib, yuzimga suv sachratdim. Yonoqlarim qizargan, butun tanam esa issiqlikdan qizib ketgandi. "Jungkok meni shunchaki o‘ynatayaptimi yoki… bu uning odatiymi?"

Nafasimni rostlashga harakat qilib, nimalar bo‘lganini o‘ylab qoldim…

Hali ham yuzimdagi issiqlik bosilmagandi. "Jungkok… u har doim shunaqa bo‘ladimi yoki shunchaki meni shunday bezovta qilishni yoqtiradimi?"

Bir zumga ko‘z oldimga uning kulimsirashi, chuqur nigohlari keldi. U ba’zan jahlni chiqaradigan darajada asabiy bo‘lsa ham, lekin…

"U ba’zida juda ham yoqimtoy va… chiroyli ko‘rinadi."

O‘zimni silkitib, boshimni chayqadim. "Yo‘q! Nima deyapman?! Bu fikrlarni haydashim kerak!"

Suvni yuzimga sachratib, o‘zimni tinchlantirishga harakat qilayotgan edim, lekin birdan eshik ochilib ketdi.

— Hey! Jungkook! — deya baqirib yubordim va darhol orqaga chekindim.

U esa bemalol qadam tashlab ichkariga kirdi, xuddi bu mutlaqo normal holatdek.

— Nega bunchalik shoshyapsan, shirinim? — dedi u xotirjam ohangda.

Ko‘zlarim katta ochildi. "Bu yigit shunchalik bemalol yuradimi?!"

Jungkook qo‘llarini ko‘kragida chalishtirib, menga qarab kulimsiradi.

— Bir narsani tushunmayapman, shirinim… — dedi u sokin, lekin qiziqish bilan.

Men yuzimga tushgan suv tomchilarini artib, unga savol nazari bilan qaradim.

— Nima?

U bir qadam oldinga yurdi.

— Nega haligacha meni shunchaki Jungkook deb chaqiryapsan? Axir endi… sening eringman.

Yuragim yana notinch ura boshladi. "Bu yigit meni tinch qo‘ymaydi, shekilli…"

Jungkokning savoli meni joyimda qotirib qo‘ydi. "U shunchaki shunaqa so‘radi yoki jiddiymi?"

Men og‘zimni ochdim, lekin nima deyishimni bilmay qoldim.

— Men… bu haqida o‘ylamagandim, — deya sekin javob berdim.

Jungkok menga qiziqish bilan qaradi.

— Xo‘sh, endi o‘yla, shirinim, — dedi u yanayam yaqinroq kelib. — Endi Jungkook emas, boshqa qanday chaqirishing mumkin, a?

Men bo‘shashgancha unga tikildim. "Unga qanday erkalash bilan murojaat qilsam ekan?"

Jungkook mendan javob kutib turardi. Men esa o‘zimni yo‘qotib qo‘ygandek edim. "Unga qanday erkalab murojaat qilishim kerak?!"

Ko‘zlarimni chetga olib qochdim.

— Bilmayman… — deya shivirlab yubordim.

Jungkook kulimsiradi va kafti bilan yuzimni ohista ushladi.

— Unda men senga tanlov beraman, — dedi u sekin. — Jonim, azizam, yoki… sevgilim?

Yuzim lovullab ketdi. "Bu yigit meni qasddan qiynayapti, shunday emasmi?!"

Yuragim g‘alati tez ura boshladi. "Bu uchala so‘z ham juda shaxsiy va yaqin munosabatni ifodalaydi!"

Men tutilib qoldim.

— Men… Men hali tayyor emasman… — deya oldim nihoyat.

Jungkook esa yengil kulib, boshini qimirlatdi.

— Mayli, hozircha seni majburlamayman, shirinim, — dedi u sekin ovozda. — Lekin bir kun kelib, o‘zing sevgilim deb chaqirishni xohlaysan… Ishonchim komil.

U menga ko‘z qisib, hammomdan chiqib ketdi.

Men esa joyimda qotib qoldim. "U haqiqatan ham buni amalga oshira oladi deb o‘ylayaptimi?!"

* * * * * * * * * * * *

RM – Yashirin Ayg‘oqchi

RM uzoq yillardan beri Jungkookning eng ishonchli odamlaridan biri sifatida tanilgan edi. Ammo aslida, u boshqa bir kishiga xizmat qilayotganini hech kim bilmasdi…

Uning siri faqat bitta odamga ma’lum edi – Suga.

RM aslida Suganing odami bo‘lib, yillar davomida Jungkook haqida barcha maxfiy ma’lumotlarni unga yetkazib kelardi. Lekin endi vaziyat o‘zgargan edi. Jungkookning to‘yi – bu faqat shunchaki shaxsiy hayot emas, balki mafiya dunyosidagi katta o‘zgarish demak edi.

RM bu yangilikni Sugaga yetkazishga shoshildi…

RM POV

Men shoshilinch ravishda Jungkookning qarorgohidan chiqib, mashinamga o‘tirdim. Ichimda bezovtalik bor edi. "Bu juda yomon tugashi mumkin…"

Telefonimni oldim va maxsus shifr bilan saqlangan kontaktni terdim. Qisqa chaqiruv ketidan tanish ovoz eshitildi.

— Xabar bormi? — so‘radi Suga sovuq ohangda.

Men bir lahza jim qoldim, keyin past ovozda gapira boshladim:

— Jungkook uylangan. Endi rasmiy ravishda xotinli.

Telefonning narigi tomonida qisqa sukunat cho‘kdi. Keyin esa Suga jilmaygancha gapirdi:

— Qiziq… Demak, biz uning eng zaif nuqtasini topdik.

Suga ovozida qiziqish bor edi.

— Xo‘sh, kim ekan bu omadli qiz?

Men atrofdan hech kim eshitmasligiga ishonch hosil qilib, past ovozda javob berdim:

— Ismi Y/N. Oddiy qizga o‘xshaydi, lekin Jungkook uni himoya qilishga juda jiddiy yondashyapti.

Suga qisqa kuldi.

— Demak, bizning kichik Jungkook ham kimnidir sevib qolishiga ishona olamizmi?

Men og‘ir yutindim.

— Ehtiyot bo‘lish kerak. Jungkook juda shubhali bo‘lib qolgan. Agar u kimligimni bilib qolsa…

Suga so‘zimni bo‘ldi:

— Sen hozircha o‘zingni odatdagidek tutaver. Lekin menga har bir tafsilotni yetkazishni davom et. Chunki bu qiz… bizga juda kerak bo‘lishi mumkin.

* * * * * * * * * * * *

Jungkookning qarorgohiga yetib kelganimda, hamma narsa odatdagidek edi. Qo‘riqchilar joyida, kameralar ishlayapti, lekin… bugun hammada bir g‘alati hushyorlik bor edi.

Ichkariga kirdim va yo‘lak bo‘ylab yurarkanman, o‘zimni xuddi hech narsa bo‘lmagandek tutishga harakat qildim. "Hozircha shubha uyg‘otishim mumkin emas."

Jungkook xonasiga yetganimda, eshik ochilib, u menga qaradi. Uning nigohi odatdagidan ham o‘tkir edi.

— Kech kelding, — dedi u qisqagina.

Ichimda xavotir uyg‘ondi. "U nimanidir sezayaptimi?"

Jungkook odatdagidek edi. U hech narsani sezmayotgandi. Aslida, u butun diqqatini Y/N ga qaratgan, boshqa hech narsaga e’tibor bermayotgandi.

Men unga qarab, iloji boricha odatdagidek ohangda gapirdim:

— Hamma narsa joyida. Yangi buyruqlar bormi?

Jungkook stulga yastanib o‘tirdi va yengil jilmaydi.

— Bugun emas, RM. Hozircha hammasi yaxshi.

Uning yuzidan baxtiyorlik ufurib turardi. "Shu qiz tufaylimi?" Ichimda kulib qo‘ydim. Demak, Y/N unga haqiqatan ham muhim bo‘lib qolgan… Bu esa men uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Eshik ochilib, ichkariga Y/N kirdi. U kalta qora ko‘ylakda edi, harakati biroz asabiy, lekin baribir juda jozibali ko‘rindi.

— Jungkook, menga telefonimni ber, — dedi u to‘g‘ridan-to‘g‘ri.

Men ichimda jilmaydim. "Bu qiz haqiqatdan ham Jasur ekan."

Jungkook unga qarab bosh chayqadi:

— Hali yo‘q, shirinim.

Y/N qo‘llarini ko‘kragiga chalishtirdi.

— Bu adolatsizlik! Hech bo‘lmasa, kim bilandir gaplashishimga ruxsat ber!

Men ularning suhbatini kuzatib, bu vaziyatdan qanday foydalanishim mumkinligini o‘ylardim…

Jungkook yengil kulimsirab, o‘rnidan turdi va Y/N yoniga bordi.

— Shirinim, nega bunchalik qizishyapsan? Telefon sendan uzoq bo‘lishi yomonmi?

Y/N lablarini qimtib, jig‘ibiyron bo‘ldi:

— Ha, yomon! Men hech kim bilan gaplasha olmayapman! Ota-onam bilan ham!

Jungkook uni qattiq quchoqlab, peshonasiga ohista o‘pdi.

— Men seni qo‘yib yuborolmayman, buni tushunasan, to‘g‘rimi?

Ularning munosabatini kuzatarkanman, ichimda jilmaydim. "Jungkook, sen shunchalik beparvo bo‘lib ketyapsanki, men istaganimcha harakat qilishim mumkin."

Y/N hali ham qo‘lini ko‘kragiga chalishtirib, jiddiy qarashlarini Jungkookka tikkancha turardi.

— Hech bo‘lmasa televizor ko‘rsam bo‘ladimi? — dedi u hafsalasi pir bo‘lgandek.

Jungkook kulimsirab, Y/N ning yonidan o‘tib ketdi.

— Televizor ko‘rishing mumkin, lekin tashqariga chiqish haqida unut.

Y/N lablarini tishlab, yana e’tiroz bildirishga tayyor edi.

Jungkook yengil xo‘rsinib, Y/N ning yoniga bordi va yelkasiga ohista tegdi.

— Xonangga bor, shirinim. Hozircha tashqariga chiqishing yoki telefon ishlatishing mumkin emas, — dedi u qat’iy ohangda.

Y/N hafsalasi pir bo‘lgandek unga qaradi, lekin hech narsa demay ortiga burildi va xonadan chiqib ketdi.

Y/N eshikdan boshini tiqib, yaramascha kulimsiradi.

— Agar sevgilim desam, telefonimni berasanmi? — dedi u shirin ohangda.

Jungkook birdan kulib yubordi va boshini chayqadi.

— Yana bir oz harakat qilishing kerak, shirinim, — dedi u ko‘zlarini qisirib.

Y/N lablarini qimtib, hafsalasi pir bo‘lgandek "Ah, bo‘pti!" degandek yuz ifoda qildi va xonasiga qaytib ketdi.

Men esa bu kichik o‘yinga qarab jilmaydim. "Bu qiz juda qiziq. Balki uni manipulyatsiya qilish oson bo‘lar?"

Jungkook ofisiga qaytib, ish stoliga o‘tirdi. Oldida joylashgan katta monitor butun qarorgohni ko‘rsatib turardi. U hech narsadan shubhalanmay, odatdagidek xavfsizlik tizimini tekshira boshladi.

Men esa xotirjam ohangda gap boshladim:

— Hali ham hamma narsani o‘zing nazorat qilasanmi? Ishonchli odaming yo‘qdek…

Jungkook menga yonbosh qarab qo‘ydi.

— Ishonchli odamlarim bor. Ammo o‘zim kuzatganimga ishonaman.

Men ichimda jilmaydim. "Shunday bo‘lsa ham, sen meni dushmaning deb o‘ylamayapsan…"

* * * * * * * * * * *

Jungkook bilan bo‘lgan suhbatdan keyin ichimda bir tuyg‘u paydo bo‘ldi — men bu joyda uzoq qolishim kerak emas. O‘zimni odatdagidek tutib, xayrlashish bahonasida tashqariga chiqdim.

Mashinamga o‘tirib, harakatga tushdim. Ichimda faqat bitta fikr bor edi: "Bugun Sugaga borishim kerak."

Jungkookning butun e’tibori Y/N ga qaratilganidan foydalanib, rejani tezlashtirishim lozim edi. Suga menga yangi ko‘rsatmalar berishi kerak…