𝐄𝐍𝐒𝐋𝐔𝐕
Jungkook nigohini Taehyung ortida turgan qizga qaratdi.
U uzun sariq sochli, moviy ko‘zli va nafis libos kiygan chiroyli qiz edi. U doimiy tabassum bilan qarab turardi.
— Bu mening sevgilim — Lia — dedi Taehyung faxr bilan.
Jungkook buni kutmagandi.
Lia unga qo‘lini cho‘zdi va mehr bilan jilmaydi.
— Siz haqingizda juda ko‘p eshitdim. Taehyung juda ko‘p gapirib bergan.
Jungkook bir lahza jim qoldi, keyin qo‘lini uzatdi.
— Yo'q, men sen haqingda hech narsa eshitmaganman, ismingdan tashqari — dedi sovuqqina.
Taehyung boshini qashib, kulimsiradi.
— Men seni syurpriz qilishni xohlagandim.
Jungkook Liaga sinchkovlik bilan qaradi.
— Amerikadan faqat Taehyungni ko‘rish uchun keldingmi?
Lia ko‘zlarini qisirib, mehribonlik bilan javob berdi.
— Ha, men uni juda sog‘indim.
Jungkook bosh irg‘adi, lekin ichida nimadir g‘alati his qildi.
U kimnidir bunchalik sevish nimaligini bilmasdi... Yoki bilardi, lekin bu sevgini boshqa odamga his qilishiga ruxsat bermasdi.
— Unda ichkariga kiringlar, — dedi u oxiri.
Yuqoridagi xonada
Y/N o‘zining joyida yotardi.
U deraza orqali pastdagi balkonni ko‘rib turardi.
Taehyung va notanish qiz... Kim u?
Y/N ularning suhbatini eshita olmasdi, lekin Jungkookning sovuq nigohlarini aniq sezdi.
Bu qiz kim ekan?
Y/N ichida allaqanday qiziq his uyg‘ondi.
Mehmonxona ichida
Taehyung va Lia mehmonxonaga kirishdi. Xonadagi hashamat va nafosat qizga ta’sir qildi.
— Bu joy ajoyib ekan! — dedi Lia hayrat bilan.
— Hali hammasini ko‘rmagansan, — dedi Taehyung jilmayib.
Shu payt Jungkook zinadan tushayotgan ovoz eshitildi.
U nogironlar aravachasida o‘tirgan Y/Nni ohista olib kelardi.
Lia ularni ko‘rib, hayron qoldi.
— Oh… bu sizning…?
Taehyung sekundiga havo yutib, unga qaradi.
Jungkook esa qat’iy va jiddiy ovozda gapirdi.
— Bu mening xotinim.
Lia ko‘zlarini keng ochdi.
— Siz uylangansizmi?!
Jungkook unga e’tibor bermay, Y/Nning yoniga tiz cho‘kdi.
— Qalay, yaxshi uxladingmi?
Y/N uning qo‘llarini ko‘rishga intildi, lekin harakat qila olmadi.
U sekin boshini qimirlatib, pichirladi:
— Ha…
Jungkook mehr bilan bosh irg‘adi.
— Ajoyib.
Lia esa hali ham shok holatida edi.
U Taehyungga pichirladi.
— Sen menga buni aytmaganding!
Taehyung unga bir qarash bilan "jim tur" degandek ishora qildi.
Lia bir zum Y/Nga qaradi.
Uning chiroyli yuzlari, muloyim ko‘zlari va nozik tabassumi…
U nogiron edi, lekin bundan ham go‘zalroq qizni hali ko‘rmagandi.
Bu vaziyat unga g‘alati tuyuldi.
Jungkook boshqalarga e’tibor bermay, faqat Y/N bilan gaplashayotganini ko‘rib, Lia beixtiyor o‘zini noqulay his qildi.
Jungkook Y/Nni o‘ziningn yonida o‘tg‘izadi, Y/N Lia qaradi.
U Taehyung bilan birga kelgan qizni ko‘rib, muloyim jilmaydi.
— Salom, siz Taehyungning sevgilisi bo‘lsangiz kerak? — dedi Y/N sokin ovozda.
Lia bir lahza hayratda qoldi, lekin tezda o‘zini o‘nglab, jilmaydi.
— Ha, men Lia. — dedi u. — Sizni uchratganimdan xursandman.
U qo‘lini uzatmoqchi bo‘ldi, lekin Y/N harakat qila olmasligini tushundi.
Bu unga noqulaylik tug‘dirdi.
Jungkook esa barchasini sezib turardi.
U sekin Y/Nning qo‘lini ushlab, Lia tomon engashtirdi.
— Siz bilan ham tanishganimdan xursandman, — dedi Y/N.
Lia biroz hayron bo‘lsa-da, Y/Nning samimiyligiga qarab jilmaydi.
— Siz juda chiroyli ekansiz, — dedi u ichida borini aytib.
Y/N mayin jilmaydi, lekin hech narsa demadi.
Jungkook esa Y/Nning qo‘lini muloyimlik bilan siqib, past ovozda pichirladi:
— Menimcha, u seni yaxshi ko‘rib qoldi.
Y/N kulib yubordi.
Taehyung esa barcha e’tiborni kuzatib, Lianing yoniga o‘tib o‘tirdi.
— O‘tiraylik, — dedi u. — Bizda suhbatlashish uchun vaqt bor.
Hamma joylashgach, Jungkook xizmatkorlarga ichimliklar va yengil taomlar olib kelishni buyurdi.
Ammo Lia hali ham nimadir haqida o‘ylayotganday edi…
Lia Y/Nga diqqat bilan qaradi. U Jungkook va Y/N orasidagi iliqlikni sezib turardi.
— Sizlar qachon turmush qurgansizlar? — deb so‘radi u qiziqish bilan.
Y/N ko‘zlarini pastga tikdi, Jungkook esa odatdagidek vaziyatni nazorat qilishni xohlardi.
— Deyarli bir yil bo‘ldi, — dedi u xotirjam ohangda.
Lia bosh irg‘adi, lekin Y/Nning yuzidagi nimadir unga g‘alati tuyuldi.
— Sizni hech kimga tanishtirmagan ekan-ku, — davom etdi u.
Jungkook qoshini kerib Liaga qaradi.
— Men shaxsiy hayotimni odamlarga ko‘rsatishni yoqtirmayman, — dedi u jiddiy ohangda.
Y/N yengilgina jilmaydi va ovozini pasaytirib, hazil aralash dedi:
— Ha, men uning yashirin xazinasiman.
Taehyung bu gapga sezilarli darajada kulimsiradi, lekin hech narsa demadi.
Lia esa jilmayib, Y/Nning so‘zlaridagi hazilni his qildi.
— Chiroyli so‘zlar, — dedi u. — Ammo, bilmayman…
U nimalarnidir sezayotganday edi.
Jungkook ko‘zlarini qisib unga qaradi.
— Nimani bilmayapsan?
Lia yelka qisdi.
— Bilasiz, shunchaki… Juda chiroyli, ammo g‘alati tuyg‘u bor.
Y/N unga qaradi.
— Qanday tuyg‘u?
Lia og‘ir tin oldi.
— Siz juda go‘zalsiz, ammo hech qanday kosmetika ishlatmas ekansiz, — dedi u. — Bu tabiiy go‘zallik… Lekin… Men tushunmayapman…
Jungkook yonida biroz taranglashdi, lekin hech narsa demadi.
Lia tezda mavzuni o‘zgartirdi.
— Xo‘sh, bugun nima rejalaringiz bor?
Taehyung uning gapni o‘zgartirishga urinishini payqab, yengil jilmaydi.
Jungkook esa Y/Nga qaradi.
— Bugun istaganingni qilamiz, — dedi u yumshoq ovozda.
Y/N ko‘zlarini pirpiratib, o‘ylanib qoldi.
— Men… balki biroz tashqariga chiqishni istardim, — dedi nihoyat.
Jungkook bir zum taraddudlandi.
U Y/Nni himoya qilish uchun uni ortiqcha tashqariga olib chiqishni yoqtirmasdi.
Taehyung esa bu vaziyatni qiziqish bilan kuzatib turardi…
Lia hayajon bilan qo‘llarini birlashtirib, ko‘zlari porlab dedi:
— Nega sohil bo‘yiga bormaymiz?
Y/N bu taklifni eshitib, ko‘zlari chaqnadi.
— Sohilmi? — dedi u xursand ohangda.
Lia bosh irg‘adi.
— Ha, havo ham a’lo darajada, quyosh ham issiq emas, ayni mos fursat!
Taehyung kulib yubordi.
— Yaxshi fikr, — dedi u Liaga qarab.
Lekin Jungkook bir zum jiddiy tortdi.
U Y/Nni odamlar ko‘z o‘ngida nogiron aravachasida ko‘rsatishni xohlamasdi.
Y/N Jungkookning shubhali jimligini sezdi va uning qo‘lini siqishga harakat qilib dedi:
— Iltimos, boraylik… Men anchadan beri tashqariga chiqmagandim.
Jungkook bir lahza uning ko‘zlariga qaradi.
Y/Nning ko‘zlarida samimiy iltijo bor edi.
U qandaydir zaif va beg‘ubor edi… Aynan shunday holatda Jungkook unga har doimgidan ham kuchli bog‘langanini his qilardi.
Nihoyat, u mayin ovozda dedi:
— Yaxshi… boramiz.
Lia xursand bo‘lib qarsak chaldi.
— Ajoyib! Tezroq ketaylik unda!
Jungkook hali ham bir oz xavotir bilan, Y/Nning qo‘llarini sekin qisib qo‘yab, unga qaradi.
— Agar charchasang yoki o‘zingni noqulay his qilsang, darhol aytasan, tushundingmi?
Y/N kulimsirab bosh irg‘adi.
— Albatta, janob himoyachim!
Jungkook uning bu hazilona gapiga kulimsiradi, ammo baribir ich-ichidan qandaydir xavotir sezayotgan edi…
Jungkook Y/Nni yotoqxonaga olib kirdi va ehtiyotkorlik bilan uni karavotga o‘tqazdi. Ko‘zlari mayin mehr bilan porlardi, lekin ich-ichidan u hamon ikkilanaayotgandi.
— Sohilga boramiz, lekin sen iliqroq kiyinishin kerak, sovuq shamol bo‘lishi mumkin, — dedi u Y/Nning yuziga ohista qaratib.
Y/N lablarini burdi.
— Balki engilroq kiyinsam yaxshiroq bo‘lar? Sohilda quyosh charaqlab turadi-ku!
Jungkook ko‘zlarini qisib unga qaradi.
— Menga e’tiroz bildirishni bas qil, — dedi u jiddiy ohangda.
Y/N bosh irg‘ashdan boshqa iloji yo‘q edi.
Jungkook shkafni ochib, Y/Nga mayin va iliq sviter, ustidan yengil palto olib keldi. U har bir harakatini muloyimlik bilan bajarayotgan bo‘lsa ham, uning qattiqqo‘lligi sezilib turardi.
U avval Y/Nning qo‘llarini yengil massaj qilib, keyin asta-sekin sviter kiydira boshladi. Y/N esa hech nima deya olmay, unga qarab turardi.
— Mana shunaqa yaxshiroq, — dedi Jungkook, nihoyat paltoni ham kiyintirib bo‘lgach.
Y/N muloyim jilmaydi.
— Jung...
— Hmm?
— Senga bog‘liq bo‘lishim yoqadimi? — dedi Y/N sekin ovozda.
Jungkook bir lahza to‘xtab qoldi.
U boshqa tarafga qaradi, go‘yoki o‘z hissiyotlarini yashirmoqchi edi.
— Men faqat seni asramoqchiman, — dedi u oxiri.
Y/N uning javobidan bir oz hayron bo‘ldi.
— Bu savolimga javob emas...
Jungkook kulimsiradi, lekin hech narsa demadi.
Keyin u Y/Nning uzun sochlarini sekin silab qo‘ydi va o‘rnidan turib, aravachani oldi.
— Yur, ular seni kutishyapti.
Y/N unga sinchkov tikildi, keyin esa mayin jilmayib aravachaga o‘tirdi.
Ular sohil tomon yo‘l olishga tayyor edilar…
Jungkook Y/Nni nogironlar aravachasiga ehtiyotkorlik bilan o‘tqazdi. U Y/Nning sochlarini sekin silab, o‘zining ichki iztiroblarini yashirishga harakat qildi.
— Hamma kutyapti, ketdik, — dedi u past ovozda.
Y/N uning yuziga qaradi. Ko‘zlarida nimadir g‘alati his-tuyg‘ular bor edi.
— Sohilda yoqimli esdaliklar bo‘ladi deb umid qilaman, — dedi u.
Jungkook uning qo‘llarini biroz siqib qo‘ydi.
— Men seni baxtli qilishni xohlayman.
Y/N hech narsa demadi, shunchaki yengil jilmaydi.
Ular pastga tushganlarida Lia va Taehyung allaqachon eshik oldida kutib turishardi. Lia Y/Nni ko‘rib, xursandlik bilan jilmaydi.
— Voy, sen juda yoqimtoysan! — dedi u hayrat bilan.
Y/N kulib qo‘ydi:
— Rahmat, sen ham juda chiroylisan.
Taehyung esa Y/Nga bir lahza jiddiy qarab turdi. Uning ko‘zlarida qandaydir iztirob bor edi.
— Xo‘sh, ketamizmi? — dedi Jungkook.
— Ha, sohilga borib dam olamiz! — deb xursand bo‘ldi Lia.
Hamma mashinaga o‘tirdi. Yo‘l davomida Lia va Taehyung ko‘proq gaplashishardi, lekin Jungkook esa orqada jim o‘tirib, faqat Y/Nning qo‘lidan ushlab turardi.
Y/N esa uning issiq qo‘lidan quvvat olayotganday his qildi.
Sohilga yetib kelishganda, quyosh ufqqa yaqinlashib, osmon pushti va to‘q sariq rangga bo‘yalgan edi.
Lia va Taehyung bolalarcha quvonib, qum ustida yugurib ketishdi. Dengiz to‘lqinlari mayin shovqin bilan oyoqlariga urilar, osmon esa iliq pushti va binafsha tusda tovlanardi.
— Tae, hozir suratga tushamiz! — dedi Lia telefonini ko‘tarib.
— Mayli, lekin keyin sen ham suvga borishing kerak! — Taehyung qahqaha otib, unga qarab turdi.
— Agar meni ko‘tarib olib kirsang, bo‘lishi mumkin, — hazillashdi Lia.
Taehyung hech narsa demay, tezlik bilan uni quchoqlab oldi va dengiz tomon yugurdi.
— Tae, qo‘yvor! — Lia xandon otib kulardi.
— Yo‘q, hozir seni suvga botiraman! — Taehyung uni sekin pastga tushirib, to‘lqinlar bilan o‘ynay boshladi.
Ularning quvonchi, kulgisi hamma joyga tarqaldi. Y/N ularni tomosha qilib, o‘zini biroz chetda his qilardi, lekin Jungkook uni yolg‘iz qoldirish niyatida emas edi.
— Ular juda baxtli ko‘rinishadi, to‘g‘rimi? — Jungkook Y/Nning yoniga tiz cho‘kib, uning qo‘llarini siladi.
— Ha… juda erkin va baxtiyor.
Jungkook chuqur nafas oldi. U bilardi—agar Y/N ham falaj bo‘lmaganida, hozir dengiz bo‘yida yugurib yurardi. Lekin hozir u faqat o‘tirib kuzatishi mumkin edi.
— Sen ham dengizni his qilishingni xohlayman, — Jungkook asta dedi va birdan Y/Nni quchoqlab oldi.
— Jungkook! — Y/N hayratda qoldi.
— Men seni biroz dengizga olib kiraman, yaxshi-mi?
Y/N biroz ikkilanib turdi, lekin Jungkookning ishonchli nigohlarini ko‘rib, sekin bosh irg‘adi.
— Menga ishonasanmi?
— Ha, ishonaman…
Jungkook uni ehtiyotkorlik bilan quchoqlab, dengiz suviga yaqinlashdi. Y/N oyoqlari suvga tegishi bilan mayin shivir qildi:
— Voy… bu juda yoqimli…
Jungkook uning belidan mahkam ushlab turar, to‘lqinlar esa ularga tegib o‘tardi.
— Ko‘ryapsanmi, sen ham dengizni his qila olasan.
Y/N tabassum bilan ko‘zlarini yumdi, shunchaki bu lahzadan zavqlanardi.
Jungkook Y/Nni mahkam ushlagan holda birdan dengiz suviga biroz egildi va ohista pichirladi:
— "Voy, Y/N, ehtiyot bo‘l! Men seni qo‘yib yuborsam, to‘lqinlar seni olib ketadi!"
Y/Nning yuragi tez urib ketdi.
— "Jungkook! Yo‘q! Meni tushirma!" — Y/N unga jon-jahdi bilan qaradi, lekin qo‘llarini harakat qila olmagani uchun faqat ko‘zlari bilan iltijo qildi.
Jungkook esa yengil kulib, yana biroz pastga egildi, go‘yo Y/Nni suvga tushirib yuborganday qildi.
— "Voy, qo‘lim sirg‘anib ketayapti!"
— "Jungkook! Seni yomon ko‘raman!" — Y/N shivirlagancha yuzini uning yelkasiga yashirdi.
Jungkook shirin kulimsirab, Y/Nni yanada mahkamroq quchoqladi.
— "Yolg‘on gapiryapsan. Sen meni yaxshi ko‘rasan."
Y/N og‘zini ochdi-yu, hech narsa deya olmadi. Jungkook buni juda yaxshi bilardi.
Lia dengiz sohilida qumni titkilab o‘ynab yurgan edi, birdan uning oldidan kichik yashil baqa sakrab o‘tib ketdi.
— "KYYYYAAAAAA! TAEHYUNG!" — deb baqirib, Taehyungga sakrab yopishib oldi.
Taehyung esa kutilmaganda orqaga chayqalib ketdi va muvozanatini yo‘qotdi.
— "Voy, Lia! Qo‘yib yubor! Qulayapman!"
Ammo Lia qo‘rqib Taehyungning bo‘ynidan yanada mahkamroq ushlab oldi va natijada ikkovlon sharaqlab qumga ag‘anab ketishdi.
Jungkook va Y/N bu manzarani ko‘rib haddan tashqari kulib yuborishdi.
— "Hahaha! Taehyung, sen qanday jasur himoyachisan, shunchaki bir baqadan yiqildingmi?!" — Jungkook kulib yotardi.
— "Bu hazil qiladigan narsa emas! Bu baqa shunaqangi yomon sakradi!" — Lia yana Taehyungning yelkasiga yashirinib oldi.
Taehyung esa "bu qiz menga qachon ishonsa ekan?" degan qiyofada yana bir marta qumni qoqib qo‘ydi va xo‘rsindi.
— "Lia, men seni Amerikadan sog‘inganim yoq, baqa yeb qo‘yishidan qo‘rqqaningni sog‘ingandekman."
— "Kim bilsin, ehtimol baqa meni emas, seni yeb qo‘ymoqchidir?" — dedi Lia burnini jiyirib.
Y/N esa yana kulib yubordi, Jungkook esa yelkasini qisib, "Bugun chindan ham ajoyib kun bo‘ldi" deb pichirladi.
Ular sohil bo‘ylab yurib, dengizga qaragan chiroyli kafega kirishdi. Kafe juda shinam edi, ichkaridan yoqimli dengiz shovqini eshitilib turardi.
— "Voy, bu joy chindan ham ajoyib ekan!" — dedi Lia hayrat bilan.
— "Ha, men bu yerga oldin ham kelganman," — dedi Taehyung stulni Y/N uchun surib, unga qulay joy tanlab berarkan.
Jungkook Y/Nni ehtiyotkorlik bilan joyiga o‘tqazib, stolga yaqinlashtirdi.
— "Demak, nima buyurtma qilamiz?" — dedi Jungkook menyuni varaqlab.
— "Men dengiz mahsulotlaridan tatib ko‘rmoqchiman!" — dedi Lia hayajon bilan.
— "Men esa burger yeyman," — Taehyung ko‘zini yumib "o‘h, tasavvur qilyapman" degandek bosh chayqadi.
Y/N esa atrofga qarab iliq muhitdan zavqlanardi.
— "Jungkook, sen nima yemoqchisan?" — deb so‘radi Y/N unga jilmayib.
— "Menmi? Sen nima yemoqchi bo‘lsang, men ham shuni olaman," — dedi Jungkook Y/Nning qo‘liga ohista tegib.
Lia va Taehyung ularga qarab pichirlab kulib qo‘yishdi.
— "Voy, Jungkook, qanchalik sodiq er ekansan-a!" — dedi Lia hazillashib.
— "Bu sadoqat emas, bu oddiy odat," — dedi Jungkook xotirjamlik bilan.
— "Ha, ha, juda oddiy ko‘rinib turibdi," — dedi Taehyung yengil kinoya bilan.
Ovqatlar kelguncha ular quvnoq suhbatlashib o‘tirishdi, dengiz shamoli esa havoni yanada yoqimli qilib turardi.
Lia Taehyungning nigohlarini kuzatib, bosh chayqab qo‘ydi.
— "Hmm... kimga qarayapsan, janob?" — dedi u kinoya bilan Taehyungning qo‘liga yengil urib.
Taehyung yelka qisdi. "Shunchaki atrofga qarayapman, nima bo‘pti?" — dedi u yengil kulib.
Lia lablarini burib, yana Jungkook va Y/N tomon qaradi. Jungkook umuman boshqa qizlarga qaramay, faqat Y/N bilan band edi. Har bir harakati, nigohi Y/N uchun edi.
— "Voy, Y/N, Jungkook seni shunchalik yaxshi ko‘radiki, hatto atrofdagi chiroyli qizlarga ham qaramayapti!" — dedi Lia havas bilan.
Jungkook bo‘sh kelmadi:
— "Men uchun bu qizlarning hech biri muhim emas. Men uchun faqat Y/N bor."
Bu gapdan keyin Y/N jimgina jilmayib, boshi pastga tushdi. U yuragida qandaydir iliqlik his qildi.
Taehyung esa yorug‘ osmon sari bir qarab qo‘ydi.
— "Voy, sen shu darajada oshiq ekansan-a, Jungkook?" — dedi u hazil ohangida.
— "Ha," — dedi Jungkook jiddiy ohangda. "Men Y/Nsiz hech narsaman."
Lia havas bilan chuqur nafas oldi.
— "Voy, Jungkook, buni eshitib, juda havas qildim! Taehyung, shuncha yil birgamiz, hech bo‘lmasa bir marta shunaqa gaplarni aytib qo‘ymaysanmi?"
Taehyung bir lahza o‘ylanib turdi-da, birdan Lianing yuziga siniq tabassum bilan qaradi.
— "Men... sening men uchun qanchalik muhim ekaningni sen shunchaki bilasan, shuning uchun aytish shart emas."
Lia dudog‘ini tishlab, yengil kuldi.
— "Shunaqa degin?..."
Jungkook va Y/N bir-biriga mehr bilan qarashda davom etishardi. Kechqurun dengiz to‘lqinlari ostida bu lahzalar o‘ziga xos sehrga to‘la edi.
Ofitsiant yigit buyurtmalarni olib kelayotib, Y/Nga bir necha bor ko‘z tashladi.
"Marhamat, sizning shirinliklaringiz," — dedi u muloyim ohangda, lekin nigohi faqat Y/Nga qadalgan edi.
Jungkook buni darhol payqab, lablarini mahkam qisdi. Ichida qizg‘anish his qilsa ham, o‘zini yo‘qotmaslikka harakat qildi.
Ofitsiant yana bir bor Y/N tomon qarab, yengil jilmaydi.
— "Siz juda chiroyli ekansiz..." — dedi u shunchaki gap orasida.
Jungkookning sabr kosasi to‘ldi. U stuldan sal oldinga egilib, sovuq nigohi bilan ofitsiantga tikildi.
— "Ishingni qil, ortiqcha gap-so‘zsiz."
Ofitsiant birdan dovdirab qoldi va tezda "Ha, albatta, uzr!" deb orqaga tisarildi.
Lia va Taehyung bu vaziyatni kuzatib, zo‘rg‘a kulgini bosishardi.
— "Voy, Jungkook, shunchalik rashkchi bo‘lsang-a?" — dedi Lia hazillashib.
Jungkook Y/Nning yoniga sal yaqinroq o‘tirib, qo‘lini uning o‘zinikiga ohista qo‘ydi.
— "Menga yoqmaydi, begona odamlar unga shunchalik tikilsa."
Y/N Jungkookning rashkini sezib, ichida xursand bo‘ldi, lekin hech narsa demadi.
Taehyung esa kulib bosh chayqadi.
— "Voy, voy, bu yigitga qaramanglar, faqat Y/N qarasa bo‘ldi."
Jungkook hech narsa demasdan, Y/Nga mehr bilan qaradi.