April 7

✧THE CURSED QUEEN✧

5-𝐪𝐢𝐬𝐦 』

Ertasi kuni…

Yana bir bor saroy xizmatkorlari meni ertalab uyg‘otish uchun kirishdi. Lekin bu safar odatdagidan boshqacha edi.
Hamma o‘zidan ko‘ra jiddiyroq, ehtiyotkorroq edi. Men esa hamon charchoqni his qilardim.
Lekin xizmatkorlardan biri sekingina egilib aytdi:
Oliy hazratlari siz uchun jazo tayinladi…
Ichimdan yuragim gupillab ketdi.
Jazo?
Qanday jazo?
Xizmatkorlar bir-biriga qarashdi. Nihoyat eng keksa xizmatkor sekingina so‘zladi:
Siz qirollik kutubxonasida kechgacha qo‘lyozmalar nusxasini ko‘chirishingiz kerak.
Men beixtiyor yengil tin oldim. Kutganimdan yengilroq jazo edi.
Lekin xizmatkor shoshilmay davom etdi:
Va… bu jarayon davomida sizning oldingizga hech kim kira olmaydi.
Ko‘zim katta-katta ochildi.
Nima?!
Bu — qirolning buyrug‘i. Siz kutubxonada butun kun yakkalab qo‘yilasiz va faqat kechga yaqin chiqarilasiz.
Ichimdan norozilik bilan xo‘rsindim.
Axir men aynan kutubxonada "Luan" haqida izlanmoqchi edim!
Lekin endi hamma mening harakatlarimni kuzatadigan bo‘ldi.
Bu jazo emas, bu nazorat!
Otam meni kuzatayotganini bilardim. Va men undan ko‘ra bir qadam oldinda bo‘lishim kerak edi…

Kutubxonaning og‘ir yog‘och eshiklari ortimdan yopildi. Endi men butun kun shu yerda qolishim kerak.
To‘g‘risi, bu joyni yaxshi ko‘rardim, lekin hozirgi vaziyatda emas.
Sham yorug‘ida eski qo‘lyozmalarni ko‘chirishga majburligim meni qiynardi.
Malika bo‘lish hech qachon oson bo‘lmagan, lekin barcha qiziqishlarim, his-tuyg‘ularim, hatto hayollarim ham nazorat ostida ekanini his qilish — bu azob edi.
O‘zimga tasalli berish uchun tushimda ko‘rgan “Luan”ni esladim.

Nega uning nigohi yuragimni allaqachon egallab bo‘lgandi?
Shu o‘ylar bilan vaqt o‘tib borardi…
Qo‘lyozmalarni ko‘chirish bilan band bo‘lsam-da, ko‘nglimning bir chekkasi kutubxonaning ichki javonlarida edi.
Agar shu yerda o‘sha qalin, qora muqovali kitob – “The Cursed Queen” bo‘lsa-chi?
Otam bu kitobni mendan yashirdi, lekin shu joyda bo‘lishi aniq!
Shu o‘y bilan sekingina atrofdagi kitoblarga qaray boshladim…

Kitob javonlari orasidan kutilmaganda bir soyadek silkinib Jhope paydo bo‘ldi.
Men beixtiyor ortga tisarildim. Bu qanday mumkin?!
U esa mayin jilmayib, xuddi yillar davomida meni kutgandek ohangda gapirdi:
Salom, mening aziz xotinim.

Xotinim?!
Yuragim bir lahza to‘xtagandek bo‘ldi.
Bu tush emas edi. Bu haqiqat edi. Luan… Yo‘q, Jhope… U rostdan ham shu yerda edi!
Men beixtiyor pichirlab yubordim:
Luan…
Jhope yengil kulib qo‘ydi. Ko‘zlarida zavq va qiziqish aks etdi.
Demak, sen menga ism qo‘yibsan? Bu ajoyib.
Uning ovozi… Shu ovoz mening har kechagi tushlarimda jaranglardi.
Men unga yaqinlashmoqchi edim, lekin yuragim shunchalar tez urardiki, nafas olishni unutgandek edim.
Nega u meni xotinim deb atadi?
Nega uni ko‘rganimda yuragim shunchalar qattiq urmoqda?
Jhope qo‘llarini yoniga tushirdi, u charchagandek ko‘rindi.
Mening bor-yo‘g‘i besh daqiqam bor, — dedi u, ko‘zlarini chuqur va og‘ir qayg‘u qoplagan edi.
Men seni tushlaringda chaqirdim. Endi haqiqatni eshitishing kerak.
Uning nigohida qandaydir qayg‘uli iltijo bor edi.
Men og‘ir yutindim.
U menga bir qadam tashladi, lekin oyoq ostidagi yer biroz titrab ketgandek bo‘ldi.
Sen aslida kim eding? — deya so‘radim. Ovozim titrar edi.
Jhope esa, ko‘zlarini uzmay, shivirlagandek gapirdi:
Men seniki edim.

Men… uni allaqachon sevib bo‘lgandimmi?

Y/N ko‘zlarini katta ochgancha Jhopega tikilib qoldi.
Mening xotinim… — deya xotirjam gap boshladi Jhope, — sen haqiqatni eshitishga tayyormisan?
Mening yuragim urush maydonidek gumburlardi.
Qanaqa haqiqat? — deya pichirlab so‘radim.
Jhope o‘zidan g‘ayritabiiy issiqlik taratayotgandek tuyuldi.
Sen mendan avval ham qocholmading, hozir ham qocholmaysan.
Uning ovozi og‘ir va ishonchli edi.
Sen tug‘ilganingdan boshlab meniki eding, Aconite.
Men beixtiyor oldinga bir qadam tashladim.
Nega meni shunday chaqiryapsan?
Jhope sekin jilmaydi, uning ko‘zlari qandaydir quvonch va achinish bilan to‘la edi.
Chunki sen mening najotim va la’natim bo‘lishing kerak.
U biroz jim qoldi, so‘ng davom etdi:
18 yoshga kirishing bilan sen meni ozod qilishing kerak.
Mening yuragim yana tez urdi.
Nima?! Qanday qilib?!
Jhope yuragini mahkam changallagancha oldinga engashdi. U og‘riq his qilayotgandek edi.
Bo‘sa orqali.
Men qotib qoldim.
Agar sen meni o‘psang, men ozod bo‘laman. Va agar men ozod bo‘lsam, hech kim meni yana to‘xtata olmaydi.
Uning ovozi qorong‘u, lekin yoqimli edi.
Qirollik endi meniki bo‘ladi.
Ko‘zlarim katta ochildi.
Yo‘q, bu bo‘lishi mumkin emas!
Jhope sekin bosh chayqadi.
Balki sen men haqimda ko‘p narsani bilmasang kerak, — dedi u, — men juda qudratliman, Aconite.
U birdan jilmaydi, lekin bu jilmayish yovvoyilik bilan yo‘g‘rilgandek edi.
Sen shahzoda Taehyung bilan unashtirilgansan, bilaman.
Mening nafasim bo‘g‘zimga tiqildi.
Lekin agar u senga yaqinlashsa… — dedi Jhope past ovozda, — men uni o‘ldiraman.
Men qotib qoldim. Uning nigohi yolg‘on demayotgan edi.
U meni egallashni xohlardi.
Meni hech kim bilan bo‘lishishni istamasdi.

Y/N yuragining tub-tubida Jhopega allaqachon yutqazganini sezardi.
U qanchalik qo‘rqinchli bo‘lmasin, qanchalik zulmat bilan o‘ralgan bo‘lmasin, uning ovozi hamon shirin va sehrli ohangdek tuyulardi.
Jhope yana asta jilmaydi.
Seni mendan tortib olishmoqchi, lekin hech kim bunga qodir emas.
U asta qo‘lini ko‘tarib, havoda yengil harakat qildi. Go‘yo ko‘rinmas iplar bilan mening taqdirimni o‘zi boshqarayotgandek.
Men seni oldindan tanlaganman, Aconite. Seni yaratishganida ham meniki bo‘lishingni bilardim.
Uning har bir gapi qalbimga mehrli pichoq kabi botardi. Men buni yomon his qilishim kerak edi. Men qo‘rqishim kerak edi!
Lekin yo‘q…
Uning so‘zlari menga yoqimli ertakdek eshitildi.
U meni egallashni xohlardi. Menga ega bo‘lishni xohlardi.
Va eng qo‘rqinchlisi – men buni istay boshlagandim.

Qo‘llarim beixtiyor oldinga cho‘zildi. Uni his qilgim keldi. Uni haqiqiy ekaniga ishonch hosil qilgim keldi…
Barmoqlarim deyarli tegdi.
Lekin shu lahzaning o‘zida Jhope yo‘qoldi.
Hamma narsa g‘oyib bo‘ldi. Kutubxona yana avvalgidek jimjitlikka cho‘mdi.
Go‘yo hech narsa bo‘lmagandek.
Hatto havo ham harakatsiz edi. Xuddi u hech qachon bu yerda bo‘lmagandek.
Men beixtiyor chuqur nafas oldim. Yuragim tez urardi.
"Bu… bu nima edi?"
Bu tushmi edi? Yo‘q, bu tush emasdi.
Bu haqiqatga yaqinroq narsa edi.
Men uni ko‘rdim.
Men uni eshitdim.
Men hatto uning borligini his qildim.
Lekin… endi hammasi yo‘q.

Ikki oy o‘tdi.
Endi men o‘zgargandek edim.
O‘sha kecha – o‘sha galutsinatsiya – menga tasir qildi.
Men Jhopega bog‘lanib qolgan edim.
U har kecha tushlarimga kirardi. Ba’zida u shunchaki meni kuzatardi. Ba’zida gaplashardi. Ba’zida esa shunchaki jilmayardi.
Va har safar uyg‘onsam… hamma narsa g‘ira-shira, qorong‘i va hunuk ko‘rinardi.
Hatto odamlar ham.
Men otamga qarardim – uning yuzi sovuq va beg‘am edi.
Men onamga qarardim – u go‘yo mendan uzoqlashganday.
Va hatto Jimin ham…
Men unga qaraganimda u yillar davomida men uchun eng yaqin, ishonchli odam emas, balki qandaydir g‘alati, begonadek tuyulardi.
Men o‘zimni tushunmay qoldim.
Nima bo‘layapti?
Nega endi haqiqat juda hunuk ko‘rinayapti?
Nega faqat tushlarimda o‘zimni baxtli his qilaman?
Men bilardim. Men allaqachon javobni bilardim.
Men Jhopega bog‘lanib qolgan edim.
U meni asta-sekin o‘ziga tortayotgan edi.

Yumshoq, shirin hid butun atrofga taraldi. Aconite. Yana u.
Jhope barmoqlari bilan sochlarimni ohista tarab turardi. Uning barmoqlari salqin edi, lekin men bu sovuqlikdan zavq olardim. Tinchlik. Men faqat shu lahzada o‘zimni butunlay xavfsiz his qilardim.
Mening go‘zal Aconite'im, — shivirladi u. Ovozi hech qachon bunchalik sokin va muloyim bo‘lmagan edi.
Men asta boshi bilan uning tizzasiga suyandim. U esa sochlarim orasiga yana bir aconite guli qo‘ydi.
Sen menga tegishlisan, shohinam, — davom etdi u. — Qanchalik yaqin kelsang, shunchalik haqiqatni ko‘rasan.
Ha, men tushunib yetgandim. Haqiqat – bu u.
U meniki.
Men esa… unikiman.

Uyg‘onish vaqti keldi, Aconite.
Jhope ovozi qulog‘imda yangradi. U muloyim, lekin buyruq berayotganday edi.
Men boshimni sekin ko‘tardim. Yo‘q, men hali ketishni istamasdim. Bu yer – mening haqiqatim edi.
Yo‘q… — pichirlab gapirdim. — Men yana shu yerda qolmoqchiman.
Jhope jilmaydi, lekin ko‘zlarida nimadir boshqa narsa bor edi. Og‘riq… afsus…
Hali emas.
Uning barmoqlari yonoqlarimni ohista siypaladi. Qanchalik sovuq, lekin qanchalik iliq…
Lekin men…
Hali emas, — takrorladi u. Keyin birdan hammasi qorong‘ilikka singib ketdi.
Men uyg‘ondim.

Men shoshilib nafas oldim. Yuragim gupillab urardi. Bu faqat tush edi… to‘g‘rimi?
Atrofga qaradim. Xonam… lekin… nimadir o‘zgargan.
Xizmatkorlar… Ular… odam emas!
Ko‘zlarim katta ochildi. Ularning yuzlari g‘ayritabiiy cho‘zilib ketgan, terilari qoraygan, tirnoqlari uzun va o‘tkir. Hamma joydan shivirlagan ovozlar eshitilardi, lekin ular gapirmasdi… ularni og‘zi yo‘q edi!
Orqaga tisarildim. Yuragim gupillardi. Bu nima?! Bu kimlar?!
Yordaaam!
Hech kim javob bermadi.
Xuddi butun dunyo iblisga aylangandek edi.

Xizmatkorlar menga yaqinlashishga harakat qilishardi, lekin men ularni ko‘rib dahshatga tushardim. Ular odam emas edi! Ularning tanalari g‘alati egilar, yuzlari qorong‘ilik ichida yaltirardi.
Yo‘q… menga yaqinlashmang! — orqaga tisarildim, yuragim tez urardi.
— Shohbonu, iltimos, tinchlaning! — xizmatkorlardan biri qo‘rquv bilan gapirdi. Uning ovozi titrab chiqdi, lekin men unga qaray olmadim.
Haqiqiy dunyo nega bunday qorong‘u?
Nega hamma dahshatli?
Nega faqat u yer yorug‘ edi?
Nega faqat Jhope haqiqiy ko‘rinadi?
Qo‘llarim bilan boshimni changalladim. Bu nimalar? Kimga ishonishim kerak?
Ko‘z oldim yana xiralashdi. Fikrlarim chalkashib ketdi.
Men hech narsani tushunolmayapman.