𝓦𝓲𝓽𝓱𝓲𝓷 𝔂𝓸𝓾 𝓵𝓲𝓮𝓼
Y/N
Shaharning ayni zodagonlar yashaydigan qismida ulg‘aydim. Hashamatli uyimiz Hanlar oilasining ko‘rki edi. "Uyimizning har bir qismiga muhabbat bitganman", derdi otam. Haqiqatdan ham shunday edi.
Boshqalarning ta’kidlashicha, men hech ham katta farzandga o‘xshamasdim. Ehtimol, otam bizni malikalar-dek asrab katta qilgani uchundir. Hayotimda biror qiyinchilik ko‘rmay, oppoq orzularga burkangancha yashagan qiz edim.
Hayotim to‘liq qobiliyatlarimizni rivojlantirish, har xil to‘garaklar, mashg‘ulotlar va o‘qishlar bilan o‘tar edi. Onam uch qizini ham erinmay, faqat bilim va tarbiyasiga e’tibor qilardi. Shuning uchun deyarli bo‘sh vaqtim bo‘lmasdi — doim nimadir bilan band edik.
Men saroy ichida ulg‘aygan, dunyoning faqat oq tomonini ko‘rgan, otasining ertaklarini tinglab, oppoq otdagi shahzodasini kutgan malika edim.
Ammo bir kun hayotimda qora shahzoda paydo bo‘ldi.
Va shu bilan mening eski orzularimning ahamiyati yo‘qoldi.
Faqatgina u — mening azobim, mening visolim, mening ishqim...
Har yili o‘qishdan olib boriladigan konferensiyalarning birida boshlangan garov sababli, hayotimda ko‘p narsalar o‘zgardi.
— Bu yil o‘sha qari amakining nutq so‘zlashi bo‘lmaydi! U kasal bo‘lgan, endi farzandlari uni hech qayerga qo‘ymayapti, — dedi katta zalning burchagida yonimda o‘tirgan dugonalarimdan biri. — Balki qari domlamiz allaqachon nafaqaga ketgandir. O‘tgan yildan beri ko‘rinmaydi.
— Nafaqaga ketgan bo‘lsa ham, u baribir chiqadi. Qara tur, — men uning qo‘liga sekin osilib, suhbatga qo‘shildim. — Nutqni har yili o‘zi boshlab beradi.
— Garov o‘ynaymizmi, u chiqmaydi? — dedi Jennie, ko‘zlarida o‘sha ayyorona chaqnash bilan. — Agar chiqmasa, yutqazgan uyiga oyoq kiyimsiz qaytadi.
Doim undan shunaqa telba g‘oyalar chiqardi. Bu safar ham, nimagadir, darrov rozi bo‘ldim.
— Qancha pulga garov? — dedim men.
— Yo‘q, pulmas, — dedi Jennie, labida mayin tabassum bilan. — Shart — oyoq kiyimsiz qaytish.
— Xo‘p! — dedim men, ishonch bilan. — U albatta keladi.
Konferensiya tugadi, lekin domla ko‘rinmadi.
Shundan keyin kursdoshlarimizdan biri atrofdagi soyning bo‘yiga borishni taklif qildi. Hamma rozi bo‘ldi. Tashqariga chiqayotganimizda Jennie qo‘limdan ushlab:
— Bugun uyinga Zolushka bo‘lib qaytasan, Y/N! — dedi quvnoq kulib.
— Xo‘p, xo‘p, juda kulgili, — dedim men, ammo ichimda yengil xavotir o‘ynab turardi.
Soy bo‘yiga borganda esa bizni kutgan manzara boshqacha edi. Hudud to‘sib qo‘yilgan, suv loyqa, xavfli.
— Bu yer yopiq, ketinglar, — dedi qo‘riqlovchi.
Jennie esa menga qarab sekin pichirladi:
Men esa shunday odam edim — u kulsa, men ham kulardim. U yur desa, men ham ergashardim.
Ba'zida ongli, ba'zida esa shunchaki — odatda shirin, ammo xavfli do‘stlik.
Va o‘sha orqa yo‘l menga hayotimdagi birinchi adrenalinni, birinchi qo‘rquvni, va... uni olib keldi.
Soy bo‘yiga borganimiz xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. Ko‘plab ko‘cha tozalovchi ishchilar tomonidan bu hudud o‘rab olingandi. Tiniq va sharillab oqadigan suvi loyqa edi.
— Kechirasiz, bu yerga nima bo‘ldi?, — Jennie biz bilan maslahatlashmay qo‘riqlash xizmati tarafga borib o‘hu ko‘zlarini hatto o‘sha ishchini ham ko‘zini qamashtiradigan darajada so‘radi, — Bu yer yopiqmi?
— Ha, yaxshi qiz, — dedi xizmat xodimi, — Kechagi yomg‘irdan, suv o‘zani oshib ketdi. Juda loyqa. Sayr qilishga xavfli, bu yerdan ketinglar.
Jennie o‘zicha ko‘ngandek bo‘lib, nari ketdi-da, keyin bizni o‘ziga imlab chaqirdi.
— Nima qilyapsan?, — avval men unga ergashib, qulog‘i tagida pichirladim, — Mumkin emas, deyilgandi-ku!
— Har ham yomg‘irdan keyin shunday deyishadi. Hech nima bo‘lmaydi, orqa tarafga o‘tamiz.
U bizga quloq solmadi. Meni yuragim orqaga tortdi. U kimsani fikrlari bilan qiziqmay, yurishda davom etdi. Dugonamni yarim yo‘lda tashlab ketgim kelmay, ergashdim unga.
Oh, mening quloqsiz dugonam.
Ba’zan, o‘zimni juda-juda yuvosh va esli qiz ekanimni his qilardim. Onam bizni shunday tarbiya qilib qo‘yganini maktab vaqti odamlarni dilini o‘g‘ritishdan qo‘rqib, noḥaq odamlarga javob qaytarmaganimda tushungandim.
Soy to‘lib oqadigan qismiga kelsak, panjaralar bilan o‘ralib tashlanganini guvohi bo‘ldik. Jenniening xunobi oshib ketdi.
— Yo‘q! Nega yopib qo‘yishadi?!
— Aytishdi, suv to‘lg‘an!, — suvning tosh qoyaga urilib-urilib oqayotganidan chiqayotgan baland ovozi mening ovozimga to‘sqinlik qilar ekan dedim baqirib, — Yur, qaytamiz! Bizni bu yerda ekanimizni hech kim bilmaydi, biror nima bo‘lsa-chi yordam beradigan odam yo‘q!
— Y/N, to‘g‘ri aytdi, — kursdoshimiz Rosè qo‘shildi, — Jennie, ahmoq bo‘lma. Bizga tinchlik kerak.
— Unda shu yerda turamiz, biroz, — Jennie to‘siqqa osildi odamni qo‘rqitib, — Havosini qara-nglar. Mazza!
Birdan to‘siq joyidan siljib, Jennieni o‘zi bilan tortib ketay dedi. Boshqa kursdoshlarim shokkaga tushib baqirishdan nariga o‘ta olmaganida birinchi men o‘zimga kelib, Jenniening qo‘lidan ushlab qoldim.
— Jennie!, — ovozim suv ovozidan ham balandlashib ketdi, — Jen, meni yaxshilab ushla! Pastga qarama!
— Iltimos, qo‘yib yuborma, Y/N, — u yig‘lagudek bo‘ldi.
Meni qo‘limdan Rosè, Rosèning boshqa qo‘lidan qolgan qizlar ushlab olishgandi. Jennieni tortib olganimizdan so‘ng, u yig‘lab yubordi. Men yengil nafas olib chiqardim.
Hamma narsa juda tez sodir bo‘ldi-ki, mana buni adrenalin desa bo‘ladi!
Uning kiyimi to‘siqqa ilakishgani uchun, huddi menikiga o‘xshash yubkasi yonidan yirtilibdi. Qanday ketish haqida bosh qotirishiga to‘g‘ri keladi. Meni oyoq kiyimsiz uyga jo‘natayotganidan juda xursand edi, olifta dugonam, o‘zi endi qanday ketadi?
— Bu tomonga mumkin emas degandim!, — bizni boyaroq qarshilagan xizmat xodimi shaxdam qadamlar bilan yonimizga keldi, — Nega yana keldinglar? Agar tushib ketganingizda nima bo‘lardi? Bu yosh qizchalarga qachon es kiradi-ya!!!
Uning tashvishi bekorga emasligini albatta tushunib turardim. Har kim ham xizmat chog‘i bunday bosh og‘riqlar bilan to‘qnashishi yoqmaydi o‘ziga. Ortiqcha muammo kimga kerak.
Biz bir ovozda kechirim so‘rashdan nariga o‘ta olmadik. Xizmat xodimi uzrimizdan umuman qoniqmadi.
— Yaxshi, dugonangizning tezligi joyida ekan. Ushlab qolmaganingizda oqib ketardingiz! Bu nimasi?!
Sal qoldi bizni javobgarlikka tortmoqchi bo‘ldi. Amal-lab qo‘lidan qutulib chiqdik. Jenniening o‘zi amallab yubordi. Ketar oldi ikkinchi bunday qaltis harakat qilmaslikka va’da berdik. Yo‘l-yo‘lakay, suvning chetlari bo‘ylab yig‘ilib qolgan axlatlarni tozalab yurayotgan ishchilarni tomosha qilib qaytdim.
Yarim yo‘lda ajralishimiz kerak edi. Ustozimiz undan avval konferensiya bo‘lgan binoga chaqirdi. Sababi esa birgina rahmatini shaxsan izhor qilish bo‘lgan ekan.
Konferensiya binosidan chiqqanimizda Jennie qo‘limdan tortqiladi:
— Yaxshi qiz, garov esingdami?
— Yo‘q!, — dedim oldinlab, — O‘zingning yubkang yirtilib yotibdi, menga oyoq kiyimingni hech deydi.
U qiqirlab kelib, qo‘limga osilgancha qosh qoqdi:
— Shuning uchun oyoq kiyimingni yech!
Shu qizdan boshqacha qutilib bo‘lmasdi. Noiloj, oyoq kiyimni yechib qo‘limga oldim.
U oppoq tufligimni qo‘limdan tortib oldi.
— O‘, yo‘q! Bugun aniq uyga Zolushka bo‘lib qaytasan! Oyoq kiyiming men bilan qoladi.
Miyamda esa reja bor: oldimdan chiqqan birinchi kiyim do‘koniga kirib oyoq kiyim sotib olaman. Pulim bor, nima g‘amim bor!
Yo‘lda ketma-ket ajralishdik. Keng maydonning katta darvozasidan chiqib, oxirgi marta kulrang binoga qaradim.
Nahot, sendan mendek qiz oyoq kiyimsiz tushayotgan bo‘lsa-ya?!
Maydonning darvozasi yonida negadir yubkamni kech ko‘rib qoldim. U ham yonidan biroz yirtilgan ekan!
Jennie’ni qutqarib qolaman deb o‘zimni ham kiyimim yirtilganini tushunganimda, hamyonim darrov esimga keldi. U o‘ng cho‘ntagimda bo‘lishi kerak edi va afsuski endi meni na plastik kartam va na naqd pulim bor! Rahmat senga, Jennie! Huddi bechora kabi oyoq kiyimim ham yo‘q.
Odamlar psixologiyasidagi yagona qoida — o‘zing sezib turgan kamchingni yo‘qdek tasavvur etib, oldinga qadam bosish. Huddi shu talqinda yo‘lga tushdim. Oyoq kiyimim yo‘q, ammo etagi uzun ko‘ylagimdan bu deyarli ko‘zga tashlanmas, hech kimga menga parvo bermasdi. Hech vago sig‘maydigan elkamdan ilib olingan kichik sumkam, zar lak bilan qoplangan tirnog‘im va dazmol qilingan sochlarim meni boy ko‘rsatadi, pastki qismim kambag‘alcha xolos. Ko‘chadan biror taksi to‘xtatib, uyimgacha borsam, uydan pul berib yuborishni o‘ylab ketardim. Rejam toki oyimdan xabar kelmaguncha pishiq edi:
«Biz Nara holangnikiga ketganmiz. Uyda hech kim yo‘q. O‘zngda kalit bor-a?»
Yo‘q! Menda aksiga olib shu kuni kalit yo‘q. Birdan sarosimaga tushdim. Otamga qo‘ng‘iroq qilib uni chaqirishni iloji yo‘q edi, chunki otam ham aynan mana shu kunlarda ish yuzasidan boshqa joyga ketib qolgan!
Shoshilib-shoshilib, asabiylashib onamga xabar jo‘natishga tushdim, o‘zim piyodalar yuradigan tratuardan ketarkanman, ikki ko‘zim telefonimga kirib ketay dedi:
«Oyi, bugun menda kalit yo‘q! Pulimni ham yo‘qotib qo‘ydim. Uyga qanday kiraman, taksi ushlab uydan pul olib chiqib bermoqchi edim»
Bizni uyda pul qaerda va turadigan kichik seyfning kodini hamma bilardi. Otam behuda pul olmasligimizni bilib, hech qachon bizdan bunday narsalarni yashirmagin ekan.
«Hozir bank kartangga pul jo‘natib qo‘yaman, qizim. Bir soatlar ichida uyga boramiz, ungacha qaerdadir o‘tirib turasan.»
Shu vaqti meni ustimdan achchiq kulayotgan taqdirni yuziga shapaloq tortgim keldi. Bu istagim paydo bo‘lganiga ikki daqiqa bo‘lmasdan, hayotning o‘zi menga shapaloq tortib yuboray dedi!
Tratuardan ketyapman deb o‘ylab, svetafor qismiga chiqib ketganimni va men yashilga emas, aynan qizilga o‘tganimni svetaforning o‘rtasiga kelganida, meni yam-yashil Ferrari urib ketay deganida bildim.
Ferrari? Hozir ajal domidan qaytganim ham yodimdan chiqib, mashinaga tikildim. Bizning shaharda, ferrari faqat ikkita odamda borligini aytardi, otam.
Bittasining egasi uni sotib yuborgan, ikkinchisi esa Minlar oilasi. Bu oila haqida faqat Ferrarisi bor oila deb bilardik, xolos.
— Ahvolingiz joyidami?, — ichidan yosh yigit tushdi havotirlanib, — Hozir qizil, qayoqqa o‘tyapsiz?!
Tush ko‘rmayapmanmi deb ko‘zlarimni pirpiratdim. Axir, bunaqa mashinalarni bizning yurtda katta yoshli qorin qo‘ygan amakilar haydaydi. Birorta ham yoshroq yigit ularning orasida yo‘q, mobodo shunday baxtga musharraf bo‘lib qolgan bo‘lsa-da, allaqachon peshonasi sho‘r bechoraning boshi ochiq emas, yopiq bo‘ladi. Eh...
Joyimda qotib turganim yigitni chindan cho‘chitib yubordi. Yonimgacha kelganida bo‘yi ikki metr ekanini bildim. Buncha uzun?
Mayli, 10 santimetrga oshirib yubordim, menimcha. Uning yonida kichkina bo‘lib ketgandek his qildim o‘zimni. Aslida unchalik kichkina qiz emasdim.
— Meni eshityapsizmi?
Endi yashil yonib, mashinalar to‘xtagan, yo‘ldan o‘tayotgan piyodalar bu yerdagi jonli kinodan ko‘z uza olmay o‘tib ketardi.
— Ha-a-a. Kechirasiz.
Negadir yo‘lning bu tarafiga ham emas, dovdirab yana kelgan tarafimga qaytib ketdim. Biroz o‘tip qizil yongach, u mashinasiga qaytishiga to‘g‘ri keldi. Shunday yigit bilan jon deb tanishishni o‘yladim, ammo g‘urur degan narsa unga qiziqib qolganimni inkor etishni boshladi. Noto‘nish yigit mashinasini bir chetga olib, yana tushdi va men tomonga kelardi.
Nahotki? U shunchaki havotir olib kelyapti, to‘g‘rimi?
— Men rostdan yaxshiman, — u yetib kelmasidan va og‘iz juftlashga ulgurmasidan bidirlashga tushdim, — Sizni ham qo‘rqitib yubordim, uzr so‘rayman.
— Rostdan yaxshimisiz?, — endi negadir uning ovozi mayin yangradi.
Bu men butun boshli hayotimda ahmoqlardek hayol surib, orzu qilgan ovoz ekan! Nega men koʻproq ovozlarga eʼtibor qarataman. Shunchaki jim ketsam boʻlmaydimi.
— Ha, ha.
— Hamon karakhtsiz, nazarimda, — u yoʻlimni toʻsdi, — Biror yordam bera olarman.
— Tashvishlanganingiz uchun rahmat. Buni sizga dahli yoʻq.
Shunday imkoniyat turganida u bilan tanishgim keldi. oʻylab qoldim, ehtimol, taqdir bizni bekorga uchrashtirmagandir. Agar u meni suhbatga chorlasa gaplashganim boʻlsin.
— oʻzi bugun yaxshi kun boʻlmadi. Hayolim joyida emas, — engil jilmaydim, qizigʻi u ham hammasini biladigandek jilmaydi.
O, notanish yigit menga tabassum qildi!
— Tushunaman, — dedi u, — Savolim gʻalati tuyuladi, lekin nega oyoq kiyimingiz yoʻq?
U nima uchun sal avval nigohi yerga qaratilganini anglab, men ham oyoğimga qaradim. Begona odamga oʻzim haqida aytib berish xatoligini bilsam-da, tilim sayrab ketdi.
— Buning tarixi uzun. Dugonalarim bilan garov oʻynadik. Garovda yutqazgan, oyoq kiyimsiz uyga qaytadi, deyishdi. Koʻrib turganingizdek men yutqazdim.
Kulib turgan yigitning yuzi oʻzgardi va jiddiy qiyofaga kirdi, — Garov yaxshi narsa emas.
— Bilaman. Bizniki shunchaki hazil. Yoʻldan oyoq kiyim sotib olmoqchi edim, ammo hamyonimni ham yoʻqotib qoʻyibman.
Yigit atrofga nazar solib, qayerda turganimizni bilishga harakat qildi, choʻgʻi. Biror nimani oʻylayotgani yuzidan bilinadi.
— Bunisi endi yomon boʻlibdi. Keling men sizga yaxshilik qilaman...
— Yoʻq, yoʻq, shart emas, — u menga pul bermoqchi ekanligini darrov tushunib rad etdim-u, keyin oyoq kiyimsiz uyga qaytish bundan yomon ekanini tushundim, — Lekin agar qarz deb bersangiz olaman. Menga shunchaki 200 000 qarz bera olasizmi?
— 200 000?, — u hayratda takrorladi, — Atigi shunchami?
— Ha, bu menga yetadi.
U charm qop-qora hamyonini choʻntagidan chiqardi, aynan shunda u kasytum shimda ekanini bilib qoldim.
Erkak kishi kasytum shimda... Bu qandaydir juda jozibador va elegant.
— Yana bir narsa soʻramoqchi edim, — u menga pulni shunchaki tutqazmoqchi boʻlganida dedim, — Menga haligi...
Uning raqamini soʻrab olishim kerak, ammo betim qoʻymayapti.
— Bu pulni sizga qaytarib berishim uchun, sizni topa olishim kerak...
Bitta gapni ayta olmay, o‘n soat chaynaldim. U ham sabr bilan yuzimga tikilib turdi.
— Raqam… Raqamingizni berasizmi?
— Ha, albatta, — shuncha qiynalib aytgan gapimni umuman oddiy qabul qilib, ichki cho‘ntagidan tashrif qog‘oz chiqardi, — Bu shaxsiy raqamim. Bemalol o‘zimga bog‘lana olasiz. Ammo, menga qolsa atigi shu pul uchun ovora bo‘lishingiz shart emasdi…
— Yo‘q, qarz deb oldim, albatta qaytaraman!, — dedim qat’iy, — Aytgancha, ismim Y/N.
Qo‘ng‘iroq qilganimda qaysi qiz ekan deb o‘ylab o‘tirmasligi yuzasidan o‘zimni tanitdim.
— Meniki, Yoongi, — dedi u javoban, — O‘zingiz keta olasiz, to‘g‘rimi?
— Albatta. Shuncha yordamingiz uchun rahmat.
Undan bazur ko‘z uzib, ortimga qayrildim. Faqat ortingga qarama, Y/N, qarama. Uni yoqtirib qolganingni sezdirmas.
Ko‘p uzoqlashib ulg‘urmasimdan telefonim yodimga kelib, menga kelgan xabarlarga ko‘z yugurtdim. Hozirgina nima qilishni bilmay turgandim, endi esa qo‘limda ozgina pul bor. Albatta, onamga duch kelgan begona yig‘itdan qarz olganimni ayta olmasdim. Onam aniq vahima ko‘tarib, o‘n kun shu narsani eslab yuradi.
Ikki yoni uzun daraxtlar bilan qoplangan, bir tomondan mashinalar shuvillab o‘tib ketayotgan salqin piyodalar yo‘lagi bo‘ylab ketarkanman, ko‘zim uzoq-uzoqlardan ham birorta do‘kon izladi. Ko‘p qavatli uylarning katta ko‘chaga qaragan qismida juda ko‘p do‘konlar qatorlashgan bo‘lsa-da, birorta menga kerakli narsalarni ko‘zim ilg‘amay halak edim.
Taxminan, yana ikki kilometrni yalangoyoq bosib o‘tganimda, yo‘lning boshqa tarafidagi kichik butikga ko‘zim tushdi. Nihoyat!!!
Etagim uzunligi foydamga ishlab, oyoqimda hech nima yo‘qligini deyarli hech kim payqamayotgandi. O‘zim esa boshqa bunday ahmoqona garovlarda qatnashmaslikka ont ichdim. Kichik, ammo shinam kiyim do‘konida tezlikda oq krasovka tanladim. Bir oz arzonroq edi-yu, hozirchaga meni qoniqtirdi. Qolgan pulni esa taksiga ishlatib, uyga yetib olsam-u, salqin uyimda dam olsam edi, mendan baxtli odam bo‘lmasdi.
Taksiga o‘tirganimda Yoongi degan yigit qo‘limga tutqazgan tashrif qog‘ozini sumkamdan chiqarib tomosha qilishga tushdim. Odatda tashrif qog‘ozi o‘zining biror shaxsiy ish joyi yoki shunga o‘xshash biznesiga ega bo‘lganlarda bo‘lardi. Uning mashinasidan Minlar oilasidan deb o‘ylaganim, silliq, qop-qora tashrif qog‘ozining pastdagi ismining yonidagi familiyasini ko‘rib, taxminlarim o‘zini oqladi.
Yoongi Min!
Endi, unga qarzimni zudlik bilan qaytarishim kerak.
* * *
Men bu xonadonning eng ko‘p kutilgan ilk farzandi edim. Allal-o‘qibat katta farzand baribir eng ko‘p istalgani bo‘ladi. Mendan so‘ng tug‘ilgan yana ikkita qizdan keyin, onamning sog‘lig‘i tufayli tug‘ish qat’iyan taqiqlanadi. Shu tufayli Hanlar oilasining butun boyligining merosxo‘ri uchta qiz ekani va onamning nahot birorta o‘g‘il tug‘ib bera olmagani tashqaridagilarni tashvishlantirardi.
Ehtimol, otam Yunho Han, qachonlardir boshqa ayoldan o‘g‘il farzand tug‘dirib olgani uchun bemalol yashab yurgan, degan taxmin ham yo‘q emasdi. Ammo men otamning bunday pastkash emasligiga yuz foiz ishonardim.
Oilamizdagi havas qilgulik barcha narsa, hatto o‘zimizning ham ko‘zimiz tegib qolmasin deya, bu haqda ko‘p maqtanib gapirilmasdi. Ota-onam biz uchun eng yaxshi hayot yaratib berganlari ertakga o‘xshardi.
Onam Sohyun Han, bo‘yi yetgan qizlarining shaxsiy fikrlarini inobatga oladigan, istak va xohishlarimizni tinglay oladigan, bizga ishona oladigan dono ayol edi. Na otam, na onam bizni qo‘rquvda tutishmasdi. Ular shunchaki biz ularning yuzi, nomusi va sha’ni ekanligimizni va yomon hayotga o‘zimizni tashlab qo‘yadigan darajada ahmoq bo‘lmasligimizni bolaligimizdan tushuntirib kelishgan.
Balki shuning uchundir, men otamning erka malikalari qatorida edim.
Uyimizning ikkinchi qavatidagi, issiq shamol kirib pardalari hirpirab turgan xonamda, dars stolimda go‘yo dars qilayotgan bo‘lib, o‘tirib o‘ylardim. Albatta, endigina 18 yoshdan 19 yoshga o‘tayotgan qiz haqida gap ketayotgan bo‘lsa, bizning oilada hali turmush haqida o‘ylash to‘g‘ri emas edi.
Lekin men ba’zan miyamni bir joyga to‘plolmay, shirin hayollarga ketib qolardim. Keyin oldimda uyilib yotgan kitoblarni ko‘rib, yana o‘zimni yig‘ib olardim.
Kecha birga kulib o‘ynagan dugonalarim bugunga kelib ona bo‘lishga ulgurdilar. Ularning turmushdagi achchiq qismatlarini eshitsam ham, baribir oppoq kelinlibosning jozibasiga uchib qolishimga juda oz qolgan edi.
O, bu hayajonlarni tuyish menga ham qachon nasib qilarkan? Muhimi, munosib inson bilan bo‘lsin!
Nega bilandir, shuni qog‘ozga to‘kishni istadim. Balki bu istak-orzularim haqida bir yildan keyin unutarman va balki saqlanib qolsa, eski Y/N bilan yangi Y/Nni solishtiraman. Dars qilishdan zerikib qolgan har onimda doim qog‘ozga bitiklar tushirib o‘tiradigan odatim qo‘zqab qoldi. Aynan shu uchun yaqindagina sotib olgan bejirim daftarni stolimning bir burchagidan barmog‘im bilan surib oldim. Uni ochishim bilan bitdim quyidagilarni:
Hozir juda bandman.
Doimgidek.
Yana yangi bilimlar izidan quvib yuribman, ota-onam qizlari aqlli bo‘lishini xohlaydi.
Dastimdan tikuvchilik, to‘quvchilik, rassomchilik qolmadi.
Musiqaga qiziqdim, hammasini qilib ko‘rdim.
Pianino va skripka chalishni bilardim. Shug‘ullanmay qo‘yganimga 6 yil bo‘ldi, ehtimol yodimdan chiqqandir.
Ammo raqsga borganim va turli millat raqslari hali yodimda.
Ovqat qilishni yaxshi bilaman, to‘g‘ri juda erinaman, xohlamayman. Ayniqsa shirinlik pishirish...
Har bir oila orzu qiladigan kelin shunday bo‘ladimi? Lekin men kelin emas, rafiqa bo‘lgim bor!
Hozir yana o‘qiyapman. Balki yana ko‘p o‘qirman. Bundan nolimayman.
Ba’zan yana dunyoning ko‘p qit’asini ko‘rgim keladi. Yana va yana o‘qigim, rivojlangim keladi. Bajaryapman ko‘pini.
Ammo, atrofimdagi qizlarda bor bir narsa yo‘q hayotimda. Bari bor, u yo‘q.
Ularning pushti ko‘zoynaklari ortidagi hayotiga aldangim kelmaydi, ammo muhabbat mavzusi huddi ohangrabo kabi o‘ziga tortadi odamni.
O‘ylaymanki, mening turmush o‘rtog‘im ham juda band. U ham o‘qiyapti, rivojlanayapti, yana ko‘plab qo‘shimcha yangi narsalarni o‘rganayapti. Shunday ekan davom etaaversin. Hali yana birga o‘rganadigan narsalarimiz ko‘p bo‘ladi.
— Sizga kimdir, nimadir jo‘natibdi!, — xonamga otilib kirgan katta singlim Ahyeon, — Yaxshi hamki, oyim uyda yo‘q vaqti kelibdi!
Onam akademiyada o‘qituvchilik qilgani tufayli ko‘p kunlari erta ketib kech keladigan ishi bor edi. Otamning yana bir tomoni — u onamning o‘z sevimli ishida davom etishiga umuman qarshilik ko‘rsatmagan.
— Menga ham kim ham oyim va dadamdan qo‘rqishga majbur qiladigan narsa jo‘natishi mumkin, — unga parvo qilmay hozirgina dardimni dasturxon qilgan daftarimni yopib dedim, — Nima ekan?
— Pastga tushsangiz ko‘rasiz! U og‘ir, bir kami tepaga olib chiqishim qolgan edi!
O‘zimda qiziqish uyg‘onib, Ahyeonning orqasidan ergashdim. Kimdandir sovg‘a oladigan qiz emasman, kim menga og‘ir vaznli narsa jo‘natishi mumkin ekaniga boshim qotdi.
Zinaning hali oxirgi pog‘onalarini bosib ulg‘urmasimdan, Ahyeon mehmonxonadagi stol ustida qoldirib ketgan buket g‘ulga ko‘zim tushdi-yu yuragim qinidan chiqqudek urdi.
U yerda qop qora atirgullar yaltirab turardi!
Qandaydir hazilga o‘xshaydi.
— Sirli shahzodangiz bormi, opa?, — singlim qosh qo‘qib kuldi, — Gul jo‘natgani mayli, lekin bunaqa ranglisi... Bu oshib ketmaganmi?
— Hech kimim yo‘qligini juda yaxshi bilasan, — gulga qo‘llarim cho‘zganimda barmoqlarimning uchida uning ho‘l ekanini his qildim, — Bo‘lsa ham birinchi sen bilarding.
— Aniq mengami? Balki, sengadir?
O‘zimdan soqit qilish uchun, gulni aylantirganimda bir parcha qog‘ozda «Y/Nga» degan yozuvni ko‘rib tosh qotdim.
— Qora atirgul ma’nosi yaxshi emas, — Ahyeon ona xotindek bosh chayqadi, — Agar hamkorga jo‘natgan bo‘lsa yaxshi ma’noda bo‘ladi. Lekin u aslida o‘lim ma’nosida keladi.
— Nafasingni yel uchirsin! O‘lim qora rang bilan ifodalanadi deyishning o‘zi g‘alati. U hamma istagan rangda!
— Mayli, agar muhabbat ramzida kelgan bo‘lsa ham yomon!
Ko‘zim qoradan qora, ba’zida to‘q binafsha rangga o‘xshab ketadigan atirgullarda qotib qoldi.