March 31

𝐒𝐄𝐂𝐑𝐄𝐓  𝐀𝐆𝐄𝐍𝐓𝐒

1-qism

Tungi shahar sokin edi. Ko‘chalarning tungi chiroqlari xira yog‘du sochib, qorong‘ilik ichida yo‘l ko‘rsatardi. Y/N qora kiyimda osongina soyaga singib ketardi. Uning yuzini qora niqob to‘sib turardi, qo‘llari maxsus qo‘lqopda, har bir harakati aniqlik va jimgina amalga oshirilardi. "Qora kapalaklar" agentligining eng iqtidorli josuslaridan biri bo‘lgan Y/N navbatdagi topshirig‘ini bajarayotgandi.
U baland binoning tomiga chiqdi va binoning xavfsizlik tizimini buzib, ichkariga kirishga tayyorgarlik ko‘rdi. Maqsad aniq edi – maxfiy hujjatlarni qo‘lga kiritish. Biroq bu safar hammasi reja bo‘yicha ketmadi.
Bino ichida allaqachon "Daxset" agentligi harakatga tushgandi. Ular noma’lum josusni qo‘lga olish uchun tayyor edi. Y/N buni bilmasdi. U xonasiga yaqinlashayotganda, birdan signalizatsiya ishladi. Yuragi shuv etib ketdi, lekin yuzidagi niqob ortida xotirjam edi. Ortga chekinmoqchi bo‘ldi, biroq endi kech edi.
"To‘xta! Qo‘lingni ko‘tarib, oldinga chiq!"

Y/N sekin ortga burildi. Qarshisida bir necha qurollangan odamlar turardi. Boshliq esa qorong‘ilik ichida sharpadek turardi. U asta-sekin qadam tashladi va Y/Nga yaqinlashdi.
Y/N yuragini shiddat bilan ura boshladi. Bu ovozni u istalgan joyda taniy olardi.
"Jungkook..." deya ichida pichirladi u. Lekin bu mumkin emas edi. Unga oddiy hayot kechirayotgan turmush o‘rtoq sifatida tanish edi, ammo bu yerda... dushmani sifatida turardi.
Jungkook bir qadam oldinga yurdi va sirli niqobli shaxsga qaradi.
"Kimligingni ko‘rsat," dedi u sovuqqina.
Y/N harakat qilmasdi. U bu yerda bo‘lishi mumkin emasdi. Jungkook bu safar shaxsan o‘zi josusni qo‘lga olish uchun kelgan edi. Qiziq, nega bunday muhim topshiriqni o‘zi bajarayotgandi? U shunchaki oddiy odam bo‘lishi kerak edi-ku?!
"Agar hoziroq taslim bo‘lmasang, ishing tugadi," deya yana gapirdi Jungkook.
Y/N yuragini bosishga harakat qildi. Endi faqat bitta yo‘l bor edi – qanday bo‘lsa ham qochish. Lekin qanday? Uning hayoti, uning sirlari fosh bo‘lishi arafasida edi...
Ammo ortga yo‘l yo‘q edi. Bir necha qurolli agentlar uni qurshab olishdi. Jungkook esa hali ham harakatsiz turardi. Y/N so‘nggi imkoniyat sifatida qochishga urindi, lekin bir soniya ichida Jungkookning odamlaridan biri uni yelkasidan qattiq bosib, joyida qoldirdi.
"Niqobingni yech," Jungkookning ovozi qattiq eshitildi, ammo u shunchalik sovuq va qattiq ohangda gapirgandiki, yuragi muzlab ketdi.
Y/N titrayotgan qo‘llari bilan sekin niqobini yechdi.
Jungkookning nafasi ichiga tushdi. Yuragi gupillab urdi. Qarshisida turgan dushmani – bu uning rafiqasi edi.
Ko‘zlari Y/Nning yuziga mixlanib qoldi. Odamlari hali ham hech narsani tushunmagan holda uni qurollari bilan nishonga olgan edi. Jungkook esa joyida qotib qoldi. Uni sevardi... lekin boshqa iloji yo‘q edi.
U agentlikka xiyonat qila olmasdi. Y/Nni qo‘lga olib, boshlig‘iga topshirishi shart edi. Bundan boshqa chorasi yo‘q edi.
"Qo‘llarini bog‘lang," deb buyurdi u nihoyat.
Y/N ko‘zlarini katta ochib, unga baqrayib qaradi. "Jungkook... yo‘q, sen bunday qilmaysan!"
Lekin Jungkook indamadi. Uning yuragi qon yutayotgan edi, ammo u agent edi. Shunchaki oddiy odam emas... xuddi Y/N ham shunday ekanini endi bilganidek.


Y/N ko‘zlarini ochganida, oldidagi qora devor va xira chiroqni ko‘rdi. Qo‘llari bog‘langan, butun tanasi og‘rirdi. Qarshisida esa Daxset agentligining boshlig‘i – Hyujin turardi. U keskin nigohi bilan Y/Nga tikildi.

"Demak, sen 'Qora kapalaklar' agentligining a’zosisan," dedi u, yuzida sovuq tabassum bilan. "Aytingchi, sizning guruhingiz qanday ishlaydi? Qanday topshiriqlaring bor?"
Y/N uning nigohiga qattiq qaradi va sukut saqladi.
Hyujin bir qadam oldinga yurdi. "Gapirmaysanmi? Bilasanmi, bu yerdan tirik chiqish faqat bitta shart bilan mumkin – hamkorlik qilsang. Aks holda, og‘riq seni sindiradi."

Y/N kulimsiradi. "Men sotqin emasman."
Hyujin yelka qisdi. "Demak, biz seni sindirishimiz kerak bo‘ladi. Va buni kim qiladi, bilasanmi?"
U orqasiga burildi va bir kishini ishora qildi.
Jungkook asta oldinga yurdi. Yuzida hissiz ifoda bor edi, lekin yuragi ichida urilib yotar edi. Qo‘llari musht bo‘lib tugilgan edi.
"Jungkook, bu sening ishing. Sen agentligimizning eng ishonchli kishisisan. Bu qizni so‘roq qil. Agar gapirmasa... qiynashni boshlaysan."
Y/Nning ko‘zlari katta ochildi. "Jungkook... yo‘q..."
Hyujin esa shubha bilan ularga qaradi. Birdan u so‘radi:
"U qiz seni taniydimi? Sening ismingni qayerdan biladi?"

Jungkook ko‘zlarini qisdi. Bu eng nozik daqiqalardan biri edi. Agar adashsa, o‘zi ham shubha ostida qolishi mumkin.
"Men uni tanimayman," deb javob berdi u qat’iy ohangda.
Y/N esa hech narsani aytmasdi. U faqat ko‘zlarini yerga tikib turardi.
Hyujin esa sovuq kulimsiradi. "Shundaymi? Mayli, demak u sen bilan shunchaki o‘ynayotgan bo‘lsa kerak. U holda kuchliroq qiynashni boshlang."
Jungkookning yuragi g‘ash bo‘ldi, lekin boshqa chorasi yo‘q edi. U qo‘lidagi elektr tayoqni mahkam ushladi va buyruqni bajarishga majbur bo‘ldi.
Ko‘p qiynalgandan so‘ng ham Y/N javob bermadi. Uni stolga bog‘lab qo‘yishdi. Jungkook unga sekin pichirladi:
"Shunchaki hammasini ayt, iltimos, buni qiyinlashtirma..."
Y/N esa ko‘z yoshlarini yutib, qorniga ishora qildi va pichirladi:
"Sen bizning bolamizni o‘ldiryapsan..."
Keyin esa boshini ko‘tarib, qat’iy ohangda shivirladi:
"Men hech narsani aytmayman."