𝓦𝓲𝓽𝓱𝓲𝓷 𝔂𝓸𝓾 𝓵𝓲𝓮𝓼
Singlim ikkimiz, birlagalashib atirgullarni mening xonamga olib chiqib, parda ortasiga yashirib qo‘yganimizdan ikki soat o‘tib, onam bizni pastga, oshxonaga ovqat qilishga yordamlashish uchun chaqirdi. Asosan, kechki ovqatni oyimning o‘zi tayyorlar, bizga esa darsimiz bilan mashg‘ul bo‘lishimizni tayinlardi. Yordamga chaqirdimi, demak o‘sha kuni qozonimizda birorta qiyinroq va tansiq taom qaynayotgan bo‘ladi. Har doim ikkinchi qavatning zinasidan sirpanib tushishni yoqtirganim uchun bu safar ham shunday qildim. Meni chaqirish uchun bu safar oshxonaning eshigidan boshini chiqargan oyim meni ko‘rib qolib:
— Oxiri yiqilib ketasan, shu o‘lgur zinadan! Qiz bolaga o‘xshab qiliq qilsang-chi qizim, — dedi koyib.
— Oyi-i-i, — erkalashib oshxonaga kirdim.
O‘ylaganimdek, bugun juda mayda ovqat bo‘lmish chuchvara tugarkanmiz. Ovqat tayyorlaydigan stolimizda tog‘orachada qiymasi, yonida esa allaqachon qorib, yoyib, kesib, tayyor qilingan xamiri bor edi. Xom qiymadan og‘zimgasoldim, orqamdan kirgan oyim qo‘limga urdi:
— Yema! Oxiri iching qurt bosib ketadi. O‘n to‘qqizga kirgan qizning bir tiyinlik aqli yo‘q!
— E-e-y, — kuldim, — Hali yosh bolaman-da.
— Yosh bolaging qolibdimi, Y/n?, — oyim fartugini qayta belidan o‘tkazib dedi, — Yigirma yoshga kirasan yaqinda.
Onam yigirma yoshida otamga turmushga chiqqan. Ba’zan: “O‘sha vaqti ham hali oilaga tayyor bo‘lmagan ekanman, yosh edim, qiynalganman”, — derdi onam o‘z hikoyasini aytib bersa. Men esa yigirma yosh bu ayni erga tegish yoshi deb hisoblardim. Qanday qilib yigirma yoshli qiz yosh bola bo‘lishi mumkinligi aqlimga sig‘masdi. Ular kap-katta qiz edi nazdimda. Hozir esa o‘zim shu yoshga yetay deganimda ichimga g‘ulg‘ula tushdi. Menda umuman katta qizlarga xos aql yo‘q. Nahotki yigirma yosh ham hali yoshbolalik bo‘lsa?
— Rami qani?, — kichik singlim uyga hali kelmagani uchun so‘radim.
— Uning qo‘shimcha to‘garagi bor bugun, — oyim chuchvaralarni tugishni boshlarkan, meni ham tugishimga ko‘zi bilan ishora qildi, — Ahyeon esa dars tayyorlashi kerak. Shuning uchun buguncha o‘zing qarashib tur, qizim.
Oyim bilan yigirma daqiqa o‘tirib, chaqqon qo‘llarimizni ishga solib, yarim chuchvalarni tugib tashlashga ulgurdik. Orada gaplashmagan mavzuyimiz qolmadi. Tugib bo‘lingan chuchvaralarning hozircha bizga kerak emas qismini muzlatib qo‘yish uchun muzlatgichga qo‘yayotganimda oyim savol berdi:
— Aytgancha, ikki kun avval uyga qanday kelding?
Ko‘z qirim bilan oyimga qaradim. Javob bersammi yoki yo‘qmi? Begona odamdan qarz olib, endi uni qanday qaytarishni o‘ylab o‘tirganimni oyimga aytsam, o‘zini tashlab yubormaydimi?
— Amalladim, — javobidan asta qochdim.
— Singling kimdandir qarz olganingni aytdi, — oyim menga ko‘z ostidan jiddiy qaradi.
Bunaqada oyimdan gap berkitolmayman. Singlimga esa behosdan aytib qo‘ygandim, u ham oyimdan hech nima berkitolmapti.
— Bir tanishimdan. O‘qishga chiqqan kunim qaytaraman.
— Ha, mayli, — oyim qo‘lini yuvib, oshxonadan chiqar ekan, qo‘shib qo‘ydi, — Choy ham quyib yubor. Ko‘k choy damla.
— O‘z xonangga bormaysanmi?, — kechasi yarim tunda singlimga savol berdim. U mening o‘rnimga yastanib olgancha, har doim uyga kela-kela, bozorchadan oladigan qurutlarimni yeb o‘tirardi.
Avvallari hammamiz bitta xonada yotardik, katta bo‘lganimiz sari daftar, kitob, qalamlar tufayli qizg‘onib janjal chiqa boshladi. Shunda otam hammamizga alohida xona qilib berdi. Ayrim kunlar bir-birimizni qumsab qolsak, bitta xonada qolamiz-u, biroq bir kunga bormay yana arzimas narsa tufayli urishib qolamiz. Oyim opa-singillar o‘rtasidagi janjalga tabiiy qaraydi, har holda u bizga shunday tarbiya berganki, baribir bir-birimizni juda yaxshi ko‘ramiz.
— Buncha ko‘p qurut yeysiz, — u yana bittasini og‘ziga solib chala gapirdi, — Oxiri qoningiz kamayib ketadi. Mana bu marmedlarni kechasi yeyish uchun saqlab qo‘yasizmi?
Stolim ustidagi mayda narsalarga ko‘z yugurtirdim. Shunaqa odatim bor edi. Kechasi doim nimadir egim kelib qoladi, ayniqsa uyqusirab dars qilayotganim tunlarim og‘zimda albatta nimadir bo‘lishi kerak. Kechasi otam o‘lib qolsa ham bizni ko‘chaga chiqarmaydi. Olib kelib berishga ham ko‘nmay, pul beradi-da, ertalab o‘zimiz olishimizni aytadi. Shuning uchun oldindan tayyorgarlik ko‘radigan odat chiqargandim. U hali javonimdagi shokoladlarni bilmaydi.
— Oyimga nega men qarz olganimni aytding, — uni tergadim o‘zimcha, — Senga nima aytsam, darrov oyimga aytasan-a?
— Oyim bilib turishi kerak-ku, — u ko‘zini pirpiratdi, — Nega o‘zi duch kelgan odamdan qarz oldingiz? Kim u o‘zi?
— Bitta odam. Tanimayman, — dedim, — Pulimni yo‘qotib qo‘yganim uchun undan qarz olgandim. Menda faqat raqami bor.
— Raqamini nima qilasiz?
— Qarzimgni qaytarish uchun olganman raqamini.
— Unda telefon qilib qarzingizni qaytarishni ayting, — Ahyeon undadi meni, — Dadam hech qachon bu hayotda hech kimdan qarzdorning bo‘lma, derdi, bilasiz-a?
— Esing joyidami? Soat to‘qqiz yarim!, — devorda ilinib turgan soatga ishora qildim, — Telefon qilib nima deyman? «Alo, meni yaxshi tanimaydigan Yoongi afandi, kechirasiz sizni kech bo‘lganda bezovta qildim. Meni tanisizmi-yo‘qmi bilmayman. Bu men Y/Nman, yaqindagina sizdan qarz olgandim. Oyoq yalang qiz yodingizdami, o‘shaman.» U bechorani hozir men bilan gaplashishga ko‘zi juda uchib turibdi-da!
— Xullas, o‘zingiz bilasiz, — menga gapirish befoyda deb o‘yladimi joyimdan turib, — Yaxshi uxlab turing. Endi men ham kechasi yeb o‘tirishga shunaqa narsalar olib kelaman.
Uni kulgancha kuzatib qo‘ydim. Keyin sumkamning bir burchagida tiqilib yotgan tashrif qog‘ozini chiqardim. Bu tashrif qog‘oziga qarayverib, yodlab olibmanki, endi tushimda turg‘azib so‘rashsa, qanday ekanini ayta olaman. Qachondir menga ham shaxsiy tashrif qog‘ozim bo‘ladi deb niyat qildim.
O‘zimni unga kechasi qo‘ng‘iroq qilishdan bazor tiyib uxladim. Faqatgina qarzimni qaytarish uchun qo‘ng‘iroq qilishim kerak, lekin hayajondan ming bir o‘lay dedim. Nonushtadan so‘ng tilla rangda ko‘rg‘a hassadek yozib qo‘yilgan raqamiga qo‘ng‘iroq qildim. Javobni kutib, nafasimni yutdim, afsuski hech kim ko‘tarmadi. Juda band odamligi uning o‘sha kungi minib olgan mashinasi va menga tutqazgan qog‘ozchasidan bilinardi. Biror kun gapni aylantirib Minlar oilasi haqida so‘rab ko‘rishni dilimga tugdim.
Bu kursni tugatish arafasida bo‘ladigan oxirgi imtihonimga bordim. Har safar o‘qishga borganimda boshqa narsalar ikkinchi darajada o‘tib qolardi. Shu jumladan telefon ham.
— O‘tgan hafta uyinga yaxshi yetib oldingmi?
Imtihondan chiqishimiz bilan boshqa talabalar kimga qanday savol tushganini muhokama qilsa, meni dugonam boshqa narsani so‘raydi.
— Juda mazza qilib yetib oldim, — kesatdim unga, — Yubkamning yoni yirtilib ketgan, oyoq kiyimim yo‘q. Hatto, hamyonimni ham yo‘qotib qo‘yibman!
— Qanday bording uyga?
— Bittasidan qarz oldim.
Hammaga takrorlayvergani hisob, meni charchatib yuborgan fakt yana og‘zimdan chiqdi:
— Endi unga qarzimni qaytarishim kerak.
Baxtimga dugonam kimdan qarz olganimga qiziqib o‘tirmani, qo‘lidagi paketni menga uzatdi:
— Oyoq kiyimingni olib keldim.
— Endi kerak emas. O‘zing bilan olib ket.
Qo‘limda yana bitta ortiqcha narsa ko‘tarib yurgim kelmadi.
— Bu seniki, axir.
— Ber!, — qo‘lidan jahl qilib oldim, — Bugun hech qayerga aylangani bormayman. Boshqa joyga borishim kerak.
Yana ozgina tursam mendan hisob so‘rashini bilib juftakni rostladim.
Talablarning serqatnov yo‘lagi bo‘ylab ketar ekanman, bu safar ikki yoniga ancha yillar avval ekilganidan hozir basavlat yam-yashilni daraxtlarni tomosha qilib ketishni emas, telefonimdagi ertalabdan beri qaytib chiqmagan raqamni tomosha qilib ketardim.
Universitetning avtobus qatnaydigon bekati tarafga o‘tib, yana qo‘ng‘iroq qilish tugmasini bosdim. Bu safar ham Yoongi Min deganlari javob bermadi. Shaxsiy raqamini shuncha ko‘tarmasa, ish yuzasidan ishlatadigan raqamiga javob berish uchun qancha odamni mushtoq qilar ekan-a? Nega uning yana bitta raqami bor deb o‘yladim, hayronman. Chunki, o‘sha kuni o‘zi shunday degandi:
— Bu shaxsiy raqamim. To‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zimga bog‘lana olasiz.
Kartaning ikkinchi tarafida ishxonasining nomi yozilgani esimga tushdi. Nomini internetdan qidirib, manzilini topdim. Hech yo‘q ishxonasidan toparman degan umidda edim. Borishga boraman, keyin nima deyman? Qo‘liga 200 000 ni qanday tutqazaman? Olmasachi? Ammo, qarz deb olganman, qaytarishim shart.
* * *
Izlab kelgan binoyimni osonlikcha topdim. U shundoqqina yo‘l yuzidan ikki chaqirim ichkariga kirganda ekan. Bundan tashqari katta yo‘lga shu ishxonaning belgisi ishora qilib ilib qo‘yilgan. Internetdan ko‘rganimda, bu yer qandaydir ishlab chiqarish zavodining rasmiy korxonasi edi. Kulrang binoning eshigidan kirishim bilan sovuq havoni his qildi badanim. Ko‘cha yondiradigan issiq, bu yer esa juda sovuq. Temperatura bir-biriga umuman to‘g‘ri kelmayapti. Ishchilari bitta joyda o‘tirib ishlasa, muammo yo‘q. Biror hadeb tashqaridan ichkariga kirib chiqaverishsa aniq shamollashadi. Chamamda, bu yerga aniq bir ish bilan yoki hamkorlik yuzasidan kelishadi. Chunki, ishchilari menga adashib qolgan odamni ko‘rgandek qarashdi. Ikkilanmay to‘g‘ri borib, qabulxonadagi ayolga murojaat qildim.
— Xush kelibsiz, xizmat?, — ayol iliq jilmaydi.
Jilmayishlarga aldanma, bu uning ishdagi vazifasi. Odatda bunaqa joyda yosh qiz yoki yigitlar o‘tirardi. Rangpar, istarasi issiq, russifat bu ayol agar o‘z o‘zini ustasi bo‘lmasa bu yerda o‘tirmasdi aniq. Axir, menga bir og‘iz gapirishidan ko‘nglimga iliqlik kirdi-ku.
— Men Yoongi Min bilan uchrashmoqchi edim.
Ayol ayni shu daqiqada menga boshdan oyoq qaradi. Ichida nimalarni o‘yladi bilmayman. Men ham sekin o‘zimga qarab oldim. Egimda o‘qish kiyimim: atlas matoli uzun yubka, ko‘k kofta, “Dior” brendining kichik sumkachasi.
Talaba ekani tashidan bilinib turgan qiz kela solib ularni direktori bilan ko‘rishmoqchiligini ma’lum qilsa, har qanday ishchining miyasidan ming xil o‘ ylar o‘tadimi?
Va yana bir narsa — nega men Yoongi Minni ularning direktori deb o‘yladim? Tashrif qog‘ozi borligi uchunmi? Oddiy ishchida ishlaydigan korxonasining nomi tushirilmasligini bilardim, har holda.
— Uchrashuv belgilanganmi?, — ayol axiyri meni ko‘zdan kechirib bo‘lgach so‘radi.
— Yo‘q. Lekin, u meni taniydi. (Tanisa kerak) Undan narsa olganman, shuni qaytarishim juda zarur.
— Afsusdaman, — u ortimdan o‘sha qaergadir qaradi, — Direktorimiz hozirgina ketgandi.
— Istasangiz qo‘ng‘iroq qilib beraman, — u taklif kiritdi.
— Yo‘q, rahmat, — ishchisi to‘g‘ri yetkazib bera olmasachi, — Kutib tursam qanchadan keladi?
— Unisini bilmadi m.
Shashtim so‘nib, binodan chiqdim. Atrofda kimniki bo‘lsa menga noma’lum mashinalar to‘la edi. Balki, o‘sha kungi tanish mashinani ko‘ramanmi deb umid qilib ko‘zim bilan qidirdim. Mashinasi tugul, hech qanaqa yashil rang ko‘rinmasdi atrofda!
— Ertaga zavoddan chiqqan oxirgi yukni olib chiqib ketishsin. Agar ular kelmasa, boshqalarga sotib yuboramiz, — orqamdan o‘sha yigitning ovozi eshitildi.
Shoshilib qayrilib qaradim, u ham meni ko‘rgach taniganini uchunmi eshik oldida kirib ketish o‘rniga to‘xtab qoldi. Telefonda gaplashib bo‘lishini kutib, joyimda turdim, keyin o‘zi men tomonga keldi.
— Arzimagan qarzingizni qaytarish uchun kelmagandirsiz, to‘g‘rimi?, — bir daqiqa avval ishchisiga qattiq ovozda buyruq berayotgan yigitdan asar qolmadi. U menga juda yumshoq murojaat qildi. O‘zim esa meni taniganidan quvonib ketdim.
— Bunaqa joydan narsa sotib oladigan odam emasman, — kulib dedim men, — Albatta, pulingizni qaytarish uchun keldim.
Endi sumkamdan pul olib beraman desam u o‘zini ortga oldi.
— Men qarz deb bermagandim, — dedi.
— Lekin, men qarz deb olgandim, — dedim.
— Kechirasiz, buni ololmayman, — u ko‘zimga tikildi.
Odamlarning ko‘ziga uzoq qaray olmasligim pand berib, ko‘zimni olib qochdim.
— Olishingiz kerak. Men qarzdor bo‘lib qola olmayman.
— Men buni qarz deb hisoblayman.
— Men hisoblayman.
— Buncha qaysarsiz!, — u huddi yaqin odam ini urishgandek dedi.
Men qaysarmanmi? Men-a? Oyim meni farzandlari ichidagi eng yu voshi deb biladi-ku! Shu yu voshligim uchun, oyoq kiyimsiz uyga qaytishga rozi bo‘lgandim-ku.
— Pulni olasizmi?, — talmovsiradim.
— Yo‘q, — u so‘nggi so‘zini aytib, orqasiga qayrildi va keta boshladi.
Indamay tursam, ishxonasiga kirib ketadi!
— Shoshmang, — ortidan yurishga tushdim, u qadamini shuncha tezlatdi, — Bunday qila olmaysiz! Olishingiz kerak! Mening bo‘ynimda qarzi qolib ketadi! Sizdan qarz deb olganman. To‘xtasang izchi. Menga qarang...
U to‘xtab, men tomonga qayrilganida yuzida tushunarsiz ifoda mujassam edi. Go‘yo, qandaydir rejasi bor kimsadek.
— Qarzingizni uzmoqchimisiz?, — ovozida chuqur ton bilan so‘radi.
— Ha, — pulni unga tutqazsam, yana olmadi.
— Qiz boladan pul olishni yomon ko‘raman. Hatto, buni qarz deb bergan bo‘lsam ham.
— Unda men nima qilaman?
Shunchaki olsa nima qiladi!!!
— Men bilan qahva ichishga nima deysiz?
Nima ichishga? Qahva? Ha, qahva.
O, Y/N, u seni ochiqdan-ochiq uchrashuvga taklif qilyapti!
— Nechanchi kurs siz? Adashmasam talabasisiz?
Yoongi Min bizga olib kelingan qahvani qabul qilgach, savolga tutdi. Men esa o‘zimni to shu yaqin atrofdagi shinam kafega kelganimizdan koyib o‘tirganch a biror so‘z deya olmayotgan edim. Allal-oqibat u faqat qahvaga taklif qildi-ku.
— Ha, uchinchi kursni tamomlayapman. Tarixshunoslikda o‘qiyman.
— Yana nimadir buyurtma qilasizlarmi?, — suhbatimizni buzib so‘radi ofitsiant.
Yoongi Min ga savol nazari bilan qaradim.
— Albatta, — u menyuni qo‘lga olib menga yuzlandi, — Siz ham nimadir tanlang.
— Biz faqat qahva ichishga kelgandik, — eslatdim unga.
— Quruq qahva bilan sizni mehmon qila olmayman.
— Shart emas. Chin so‘zim.
U bir menga, bir ofitsiantga qaradi va o‘z bilganidan qolmadi. Men umr imda nomini eshitmagan chizkeyk buyurtma qildi. Keyin ikki daqiqa avval hech nima bo‘lmagandek, yana eski mavzuyimizga qaytdi.
— Oilada katta farzand bo‘lsangiz kerak?
U qahvasidan ichganida tomo‘g‘iga ko‘zim tushdi. Erkak kishida bu y o‘gi chiroyli ko‘rinishini endi anglabman. Agar teg inib ko‘rsa nima bo‘ladi?
Jim, Y/N!
— Nega unday deb o‘ylayapsiz?, — men ham chalg‘ish uchun qahvamdan ichdim, — Katta farzandga o‘xshadimmi?
— Xafa bo‘lmang. To‘g‘risini aytaman. Nimani to‘g‘ri deb bilsangiz, shuni qilar ekansiz. Oxirini biroz o‘ylab ko‘rmaysiz. Sizni shoshqaloqsiz degan bo‘lardim.
— Haqiqat, — jilmaydim, — negadir shoshqaloqman.
— Men begona edim. Menga ishonib orqamdan kela olishingiz uchun, hayotingizda umuman pand yemagan odam bo‘lishingiz kerak. Yoki ota-onangiz sizga faqat dunyoning oqini ko‘rsatib katta qilishgan.
— Bu ham to‘g‘ri. Mening ota-onam dunyodagi eng yaxshi ota-ona! Ayniqsa otam! Biz u tufayli juda to‘kis ulg‘aydik. Qolaversa, men sizni yaxshi odam deb o‘yladim.
Uning nigohi o‘zgardi. Gaplarimda qaysi bir unga yoqmadi, nima uni sarosimaga tushirdi?
— Gaplaringizdan otangiz mukammal ota bo‘lib gavdalandi, — u aynan otamga urg‘u berdi.
Ehtimol, uning ota borasida og‘rig‘i bordir, shuning uchun biroz o‘ng‘aysizlagandir.
— Albatta!, — otamdan yana bir bor faxrlanib, huddi maktabdagi vaqti singari otam haqida yozgan inshoyimdagi so‘zlarni gapirgim kelib qoldi, — Dadam bilan maqtansam arziydi. Bizni yer-u osmong a ishonmaydi. Va u juda mehribon inson. Doim bizni deb uzoq ishlaydi, ko‘p safarga ketadi.
— Otangiz nima ish qiladi?
— Anig‘ini bilmayman, — to‘g‘risini aytdim, — Dadam, uyda gi ayollar erkaklar haqida qancha kam bilsa, shuncha yaxshi uxlaydi, deydi.
— Qanchalar haqiqat, — Yoongi Min qo‘lini qisib, jilmaydi.
— Men haqimda biror nim alar bildingiz, men esa ism familiyangizdan boshqa hech narsa bilmayman.
— Nimani bilmoqchisiz, — u sergak tortdi.
— Yoshingiz nechchida?, — hayolimga kelgan ilk savolni berdim.
— Men sizdan yoshingizni so‘ramagandim, — shunchaki tabassum qildi.
— Qiz boladan yosh so‘rash yaxshi emas, chunki, — hozirjavoblik qildim.
— 27 yoshman, — tez dedi.
O‘zim ham taxminan shu yoshlar atrofida deb bilgandim, to‘g‘ri chiqdi. Umid qilamanki, u un ashtirilmagan yoki uylanmagan. Yo‘q, bu uni yoqtirishni boshlaganim uchun emas, o‘zimga buni ep ko‘rmaganimg a uchun edi. Barmo g‘ida uzuk ko‘rinmadi. Buni qanday aylantirib so‘rashni bila olmayapman.
— Mobodo sevgan qizingiz yo‘qmi? Aytmoqchimanki, mobodo bo‘lsa ham menga farqi yo‘q, shunchaki qizlar boshqacha rashk qiladi. Qulog‘iga qandaydir qiz bilan qahvaxorlik qilgani chal inib qolsa-ya, keyin munosabatingizga sovuqlik tushirib qo‘ymay degandim…
Nimalar deb tashladim? Kerak emas vaqti aylanadi shu til.
U miyig‘ida kulib labini qimtdi.
— Sevganim yo‘q, — dedi keyin jiddiy tortib, — Siznikini? U ham noto‘g‘ri tushunmasin.
— Menga chivinning erkagi ham yaqinlashmagan, — bitta kinoimda eshitgan gapimni hazil tariqasida aytdim.
— Chivinning erkagi hech kimga yaqinlashmaydi o‘zi, — u hazilimni tushunib kuldi, — U o‘simliklar bilan oziqlanadi, qon bilan emas.
Y/N, zoologiyani qayta o‘rganishingga to‘g‘ri keladi, shekilli. Oddiygina narsani undan eshitib turibsan. Men unga yangilik ekanini sezdirmadim. Bu fandan yaxshi o‘qiy olmaganligimni bilishi shart emas.
Bizga chizkeyklarimizni olib kelishganida nigohim ko‘chadagi ovozlarga qarab ketdi. Shundoqqina kafening mashina qo‘yadigan qismida taxminan men qatori yosh yigitlar to‘planib olib, mototsikldagi nimadirni berilib muhokama qilishardi. U ko‘rinishidan yangi edi.
— Mototsikli yangi shekilli, — qiziqishim ustunlik qilib ustimda gapirib yubordi, — Boshqalarga ham rossa yoqyapti.
Yoongi men qarayotgan tarafga e’tibor qaratdi-da, xursindi:
— U mototsikl emas. Skutor. Yo‘q, adashmasam benzinda yurarkan, unda moped.
— Bu nima degani? — unga qayrilib qaradim, — Men shunaqa narsalarga qiziqaman, lekin yaxshi bilmayman.
— Mototsikl haydash uchun guvohnoma kerak bo‘ladi, skutorga esa shart emas. Skutor benzinda yurmaydi, u zaryad oladi. Lekin, bu yigitlarniiki, — u tashqariga qo‘li bilan ishora qildi, — Benzinda yurarkan. Orqasida baki turibdi, ammo pedali yo‘q. Haydash uchun qo‘li bilan ushlaydigan joyini burash kerak bo‘ladi.
— Shunda u mototsikl va skutorning bolasimi?
Yoongi gapimdan kulib yubordi. Nega u har kulganida bu menga hush yoqib ketyapti?!
— Ha, bolasi, — mening gapimni ma’qulladi, — Aniqrog‘i qo‘shilmasi va qulay varianti. Haydashni istarmidingiz?
Tashqariga chiqib yigitlardan so‘rab berishning hojati yo‘q. Unga qiziqib tikildim. U cho‘ntagidan mashina kalitiga o‘xshash narsa chiqardi.
— Men taklif qilaman, — mamnun dedi.
— Meni yana bitta uchrashuvga taklif qilayapsizmi?
— Ha. Hozir ham huddi uchrashuvda o‘tirgandek o‘tiribmiz-ku.
— Axir qarzingizdan qutulmoqchi edingiz?
— Shuning uchun har doim siz taklif qilgan joyga borishim kerakmi? — kesatdim.
— Yo‘q, albatta. Atigi ikkita uchrashuv so‘radim. Birinchisi shu, ikkinchisi u.
Men o‘ylanishga tushganimda takror so‘radi:
— Xo‘sh, rozimisiz?