𝐄𝐍𝐒𝐋𝐔𝐕🍃
Y/N sokin, beg‘ubor bir joyda — bolaligining hovlisida edi. Yozgi quyosh osmonni ilitib turar, skamekaga o‘tirib ukasi bilan kulib o‘ynayotgan edi. Ukasining yuzida bolalarcha beg‘ubor tabassum, qo‘lida esa o‘yinchoq mashina bor edi. Ular birga kulishar, quvonchli qichqiriqlar eshitilardi. Hammasi shunchalar tinch va chiroyli edi.
Lekin bir zumda hamma narsa o‘zgara boshladi. Quyosh soyaga aylana boshladi, atmosfera og‘irlashdi. Ukasi tasodifan Y/N sevimli o‘yinchog‘ini sindirib qo‘ydi. Y/N g‘azab bilan qichqirdi. “Nima qilyapsan?! Sen doim hamma narsani buzasan!”
Uning g‘azabi nazoratdan chiqdi, yuragi g‘amga to‘ldi. Ukasi qo‘rqib ortga tisarildi. Y/N esa bir qadam oldinga yurdi… va ukasini itarib yubordi. Bu oddiy harakat edi, lekin ortida dahshat yashiringan edi.
Ukasi muvozanatini yo‘qotdi va yo‘lga qulab tushdi.
“YO‘Q!” — Y/N qichqirdi, lekin kech edi.
Shiddat bilan kelayotgan mashina signal chalishga ham ulgurmay, bolakay tanasini urib ketdi. Qon. Qichqiriq. Hamma narsa to‘xtab qolganday edi.
Birdan Y/N atrofida ota-onasining qiyofasini ko‘rdi. Ular sovuq, ayblovchan nigohlar bilan unga qarab turar, og‘izlaridan faqat bitta so‘z chiqardi:
“SEN AYBDORSAN.”
Bu so‘zlar butun xona bo‘ylab aks-sado berdi. Yana va yana:
“Sen aybdorsan. Sen aybdorsan. Sen…”
Y/N og‘riqdan, vahimadan baqirib yubordi:
“Yo‘q! Men emasman! Men aybdor emasman!” — u yig‘larkan, qichqirib qayta-qayta takrorlardi — “Yo‘q! Yo‘q! Yo‘q!”
Shu payt u birdan uyg‘onib ketdi. Ko‘zlari yoshga to‘lgan, yuragi tezlasha urardi. Nafasi siqilayotgan edi.
Yonginasida Jungkook zudlik bilan o‘rnidan turdi. U endi ko‘nikib ulgurgandi — Y/N kechasi tez-tez bu qattiq tushlardan uyg‘onardi. U Y/Nning falaj tanasini ehtiyotkorlik bilan quchog‘iga oldi, yuzini uning sochlariga yashirib, ohangdor, tinchlantiruvchi ovozda shivirlay boshladi:
“Bu faqat tush, Y/N. Hammasi joyida. Men bu yerdaman. Sen yolg‘iz emassan.”
U mehr bilan Y/Nning yuzidagi yoshlarni artdi, yana quchdi. Har doimgidek, uning harakati g‘amxo‘r, ammo ichki bir possessiv ehtiros bilan to‘la edi.
“Hech kim senga zarar yetkaza olmaydi. Men bunga yo‘l qo‘ymayman. Men sen bilanman. Har doim.”
Y/N hansirab yig‘larkan, xuddi u hech qachon bu og‘riqdan xalos bo‘lolmasdek his qilardi. Ammo Jungkook quchog‘ida u hech bo‘lmasa bir lahza bo‘lsa-da, o‘zini xavfsiz his qildi... bu xavfsizlik uning erkinligini olib qo‘ygan odamning bag‘rida bo‘lsa ham.!!!
Y/N hali ham yig‘lar, lablari titrar, “Men aybdor emasman…” deb pichirlar edi. Uning ko‘zlarida qo‘rquv va umidsizlik aralash edi. Tanasi esa hali ham tarang, mushaklari qattiq tortilgan, yuragi go‘yo qafasda urayotgan qushday bezovta urardi.
Jungkook bir lahzaga unga qarab qotib qoldi. So‘ng, hech narsa demasdan tezda o‘rnidan turdi va to‘shak yonidagi tortmani ochdi. Ichkaridan kichik shisha idish olib chiqdi — uning ichida tiniq, yumaloq tabletka yaltirardi. Jungkook bu dorini juda ehtiyotkorlik bilan tutdi,
U pastga egilib, Y/Nning boshini sekin ko‘tarib, dori bilan suvni og‘ziga tutdi.
— Ich, Y/N. Bu seni tinchlantiradi… mushaklaringni bo‘shashtiradi — dedi u past, ammo buyruq ohangida.
Y/N uning ko‘zlariga qaradi — ular qorong‘u, lekin g‘amxo‘rlikka to‘la edi. U shubha bilan bosh irg‘adi va dorini yutdi. Suv tomchilari iyagidan pastga oqib tushdi, Jungkook esa barmog‘i bilan sekin artdi.
U yana Y/Nni bag‘riga oldi, yuragining urishini uning quloqlari ostida eshittirib ohangdor ovozda shivirlay boshladi:
“Hammasi o‘tadi. Hammasi yana yaxshi bo‘ladi. Sen endi xavfsizsan. Men seni hech qachon og‘riqqa qo‘ymayman.”
Dori asta-sekin o‘z ta’sirini ko‘rsata boshladi. Y/Nning tanasi sekin-asta bo‘shasha boshladi, nafas olishi bir maromda yurdi. U ko‘zlarini yumdi, lekin yuragidagi aybdorlik hissi butkul yo‘qolmagan edi.
Jungkook esa asta sekin Y/Nning peshonasidan o‘pdi va ichida faqat bitta narsa haqida o‘ylardi:
“Men seni butunlay o‘zimga qaram qilishim kerak… faqat meniki bo‘lishing kerak, Y/N.”
Tong yorishganda, Y/N hali ham biroz lohas edi. Dori uning tanasini bo‘shashtirgan, lekin ongida hali ham tushning og‘ir soyasi muhrlanib qolgan edi.
Jungkook uni ehtiyotkorlik bilan ko‘tarib, quchog‘iga oldi. Uning qo‘llari kuchli, ammo harakati juda muloyim edi.
— Pastga tushamiz, nonushta tayyor. Barchamiz birga ovqatlanamiz,— dedi u mayin ovozda, ammo bu buyruq ekanligi aniq sezilardi.
Y/N hech narsa demadi. U faqat uning ko‘ksiga boshini qo‘ygancha jim turdi.
Zinapoyadan tushgach, katta ovqatlanish xonasida Taehyung va Lia allaqachon o‘tirishardi. Lia quyoshdek jilmaydi, Taehyung esa har doimgiday beparvo va biroz kulgili ohangda Jungkookka qaradi.
— Qarang-aa nihoyat uyg‘ondingizlar. Biz sizsiz zerikib ketdik,” — dedi u.
Jungkook jilmayib qo‘ydi va Y/Nni alohida, maxsus tayyorlangan stulga ehtiyotkorlik bilan o‘tqazdi. Stul qulay, bukilib qolmasligi uchun qo‘llari va bel qismini tutib turadigan uskunalarga ega edi. Y/N o‘zini bola kabi his qildi, ammo bu allaqachon odatiy holga aylangan edi.
Jungkook likopchani oldi va qoshiq bilan ovqatni muloyimlik bilan Y/N og‘ziga tuta boshladi. Har bir harakati ehtiyotkorlik bilan, sevgi bilan bajarilar, ammo uning ko‘zlarida bu sevgi ichida yashiringan qaramlik tuyg‘usi porlab turardi.
Jungkook to‘satdan kulimsirab akasiga qaradi:
“Kecha sizning xonangiz tomondan juda qattiq shovqin eshitildi. Qichqiriqlarmi… balki nolalardir…” — dedi u kinoyali ohangda.
Lia birdan qizarib ketdi, Taehyung esa kulib yelkasini qisdi.
“Eshitmaslikka harakat qillishing kerak edi-ku” — dedi u kulib.
Jungkook yelkasini qisdi, Y/Nning labiga yana bir qoshiq ovqat tutar ekan:
“Xonalar yomon ovoz o‘tkazadi. Yana takrorlansa, eshitmaslik qiyin bo‘ladi.”
Taehyung kuldi, Lia esa boshini egib qo‘ydi, ammo hech biri Y/Nga berilayotgan g‘ayritabiiy g‘amxo‘rlik va nazorat ortida qanday haqiqat yashiringanini bilmasdi.
Ular uchun bu oddiy nonushta edi.
Jungkook uchun esa — bu Y/Nni asta-sekin o‘z olamiga mahkam bog‘lab borayotgan yana bir g‘alaba edi.
Jungkook Y/Nning og‘ziga yana bir qoshiq ovqat tutar ekan, bir zum to‘xtadi. Uning lablarida mayin, lekin qandaydir sirli tabassum paydo bo‘ldi.
—"Aytgancha…” — dedi u beparvolik bilan, lekin ko‘zlari Taehyungga qadalgan edi.
—"Men asal oyimiz uchun Maldivga bilet oldim.”
Taehyung va Lia bir-biriga qarab qo‘ydi. Jungkook esa davom etdi:
— Sizlarni ham o‘yladim… siz va Lia uchun ham bilet olib qo‘ydim.” — u qoshiqni yana Y/N og‘ziga tutdi, so‘ng yumshoq ohangda, lekin g‘alati jiddiylik bilan so‘radi:
“Biz bilan borasizlarmi?”
Taehyung kuldi, ammo uning kulgisida biroz hayrat, biroz ehtiyotkorlik ham bor edi.
“To‘g‘risini aytsam, biz… buni kutmagandik,” — dedi u.
“Lekin, Maldiv yomon tanlov emas.”
Lia esa xursanddek jilmaydi:
“Bu juda romantik. Y/N uchun ham yaxshi bo‘ladi.”
Jungkook asta Y/Nning sochlarini siladi, boshini unga sekin yaqin qilib shivirlay boshladi:
“Ha, Y/N uchun albatta. Unga havo almashtirish, yangi joylar ko‘rish foydali bo‘ladi… va men bilan yanada yaqin bo‘lishi.”
Y/N ichkaridan o‘zini bo‘g‘ilgandek his qildi. Unga savollar bor edi, qochish istagi, ozodlik talabi bor edi… lekin tanasi, bu lohas, o‘ziga bo‘ysunmaydigan tanasi, atigi bir qoshiq ovqatni ham mustaqil yeya olmaydigan bu holati — bularning bari Jungkookga bog‘lab qo‘yar, unga javob qaytara olmaslik darajasida zaiflashtirgan edi.
U faqat ichkarida bo‘g‘iq nido bilan baqirardi:
“Qochishim kerak… kimdir meni ko‘rsin, kimdir sezsin…”
Ammo tashqaridan faqat jimjit jilmayish va atrofdagilarning bexabar nigohlari ko‘rinardi.
Jungkook Y/Nning lab burchagidan to‘kilayozgan sousni muloyimlik bilan artib, sekin jilmaydi. Uning nigohi Y/Nning ko‘zlariga ilindi, va u qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, ko‘zlarini qochirmadi.
“Yana bir narsa,” — dedi Jungkook, ovozida shirin hazil aralash ohang bilan.
“Bugun do‘konga boramiz. Sen uchun yangi kiyimlar olamiz. Bilasan-ku, sening diding menga yoqadi… lekin mening didim ham yomon emas.”
U shaytonvachcha kuldi. Y/N esa ichida bir zumda g‘azab va umidsizlikni his qilgan bo‘lsa-da, yuzida jilmayishga o‘xshagan nimadir paydo bo‘ldi — faqatgina ko‘z yoshlariga berilib qolmaslik uchun.
Bu payt Lia birdan hayajon bilan qarsak chaldi va Taehyungga qarab o‘girildi:
“Ooo! Menga ham yangi kiyimlar kerak bo‘ladi!” — dedi u erkalik bilan.
“Taetae, shundaymi? Men ham xarid qilishni sog‘indim.”
Taehyung kulib boshini chayqadi:
“Sen har hafta yangilab turasan-ku, yana nima kerak?”
Lia og‘zini burdi:
“Agar Y/N yangi kiyimlar oladigan bo‘lsa, men ham ortda qolmayman!”
Jungkook kulib yubordi, qo‘lini Y/Nning yelkasi orqasiga qo‘yib, xuddi u o‘zining eng g‘ururlanadigan asarini ko‘rayotgandek qaradi.
“Qizlarimiz xaridga tayyor. Bugun do‘konlar bizniki.”
U gapini tugatgach, yana Y/Nga ozgina egilib, shivirlagandek pichirladi:
“Seni eng go‘zal ko‘ylakda ko‘rishni xohlayman. Menga tegishli bo‘lgan go‘zallikni butun dunyo ko‘rsin.”
Katta savdo markazida:
Lia darhol hayajon bilan birinchi do‘konga yugurdi. U qirg‘oqqa kerak bo‘ladigan narsalarni tanlashga tushdi — rang-barang ko‘ylaklar, quyoshdan saqlovchi shlyapalar, yirik quyosh ko‘zoynaklari... U har bir topganini hayajon bilan Taehyungga ko‘rsatardi.
Taehyung esa uning ortidan sekin yurib, xarid savatlarini ko‘tarar, ba'zida esa kulimsirab bosh chayqardi. Go‘yoki: "Yana qancha narsa olish mumkin, o‘zi?"
Do‘kon ichida yorqin chiroqlar, musiqa va rang-barang kiyimlar bilan to‘la tokchalar ularni kutib oladi. Lia hayajon bilan do‘konning bir burchagidan ikkinchisiga yugurardi, qo‘liga biri biridan chiroyli ko‘ylaklar va bikini to‘plarini olib:
“Taetae, bular hammasi menga kerak!” — deb kulgili jiddiylik bilan e'lon qildi.
“Axir bu asal oyi, vaqti-vaqti bilan beach photoshoot ham bo‘ladi-da!”
Taehyung unga qarab kuldi, xarid qilish savatidagi kiyimlar sonini ko‘rib:
“Lia, samolyot seni sig‘dirarmikan?”
Lia javoban tilini chiqarib, yana bir ko‘ylak oldi.
Bu orada Jungkook Y/Nning nogironlar aravachasini ehtiyotkorlik bilan do‘konlar orasida surib borardi. U do‘kon peshtaxtalaridan turli liboslarni ko‘rsatib, uning fikrini so‘rardi.
— "Bebegim, bu senga yoqadimi?" — dedi u bir chiroyli moviy ko‘ylakni ko‘rsatib.
Y/N unga qarab jilmaydi va bosh irg‘adi.
— "Ha, chiroyli ekan," — dedi u sekin, ammo samimiy ohangda.
Jungkook tabassum qildi, ko‘ylakni olib sotuvchiga uzatdi va yana Y/Nga egilib:
— "Sen faqat nimani istasang ayt, men ularni olib beraman," — dedi mehr bilan.
Y/N esa unga qarab bir lahzaga jim qoldi. Uning yuragida nimadir siljiyotgandek edi — iliq, lekin shu bilan birga noaniq.
Orqadan Lia shovqin bilan chiqdi.
— "Oppa! Qaranglar-chi!" — deb katta plyaj shlyapasini boshiga kiyib, atrofiga aylanib ko‘rsatdi.
— "Men tayyorman! Agar o‘zini malika deb biladigan kimsa bo‘lsa — u menman!" — dedi u kulib.
Jungkook kulib yubordi:
— "Lia, sen plyajga emas, podiumga ketayotgandek ko‘rinyapsan."
Taehyung esa qoshini ko‘tardi:
— "Podium? Menimcha, bu ko‘proq karnavalga o‘xshaydi..."
Hamma kulib yubordi.
Jungkook keyin yana Y/Nning yoniga qaytdi. U do‘kondagi o‘yinchoqlar burchagiga kirib, har xil yumshoq ayiq va quyonchalarni olib Y/Nga ko‘rsata boshladi.
— "Qaragin, bu sening yangi do‘stlaring. Qaysi birini tanlaysan?" — dedi u, ayiqchani yuziga tutib, go‘yoki o‘yin o‘ynayotgandek.
Y/N jilmaydi, ko‘zlarida uzoq kutilgan sokinlik chaqnadi.
Lia esa shu vaqtda katta ayiqchani ko‘tarib keldi va birdan orqasiga yiqilib tushdi.
— "Oh, men yiqildim!" — dedi u dramatik ohangda, ayiqchani bag‘riga bosgancha.
Taehyung esa xohlamay kuldi:
— "Menga qara, agar yana shuncha xarid qilsang, seni do‘konning o‘zida qoldirib ketaman."
— "O‘shanda do‘kon meniki bo‘ladi," — dedi Lia jiddiy ohangda.
Shu payt Jungkook Y/Ndan so‘radi:
— "Bebegim, qaysi birini istaysan?"
Y/N sekin, ohista ishora qildi:
— "Jungkook… Menga shu ayiqchani olib bera olasanmi?"
Jungkook darhol o‘sha ayiqchani olib, uning tizasiga qo‘ydi va ko‘zlariga boqdi:
— "Mana, bu sening do‘sting. Men esa — sening hamma narsangman," — dedi u ohangida pichirlov bilan.
Y/N ayiqchaga qaradi, uni ushlay olmayotgan qo‘llari sekin qimirlaydi. Bu tuyg‘u ichidan siqayotgan edi.
— "Rahmat, Jungkook… Bu juda yoqimli."
Jungkook esa unga egilib, sochlarini sekin silab qo‘ydi:
— "Sen bundan ham yoqimlisan," — dedi past ovozda.
Shu payt Lia va Taehyung ham ularning yoniga keldi.
— "Tayyormisizlar? Endi uyga qaytamizmi?" — dedi Taehyung.
Jungkook tiz cho‘kib, Y/Nning qo‘llarini ohista tutdi:
— "Sen charchamadingmi, bebegim?"
— "Yo‘q, lekin biroz dam olishni xohlayman," — dedi Y/N yumshoq ovozda, ayiqchani quchog‘ida ushlashga harakat qilgancha
— "Mayli, unda ketdik," — dedi Jungkook.
Ularning hammasi mashinaga chiqib, asta-sekin uyga qaytishdi. Ammo Y/N yuragidagi g‘alati hissiyot — erkalik bilan yashirin xavotir orasidagi kurash — u bilan birga qolgan edi.
Moshinada:
Yumshoq musiqa fonida mashina yo‘l bo‘ylab harakat qilardi. Y/N oynadan tashqariga tikilib o‘tirar, qo‘llarida hanuz ayiqchani tutib turgandi. Lia va Taehyung orqa o‘rindiqda kulishib, xarid qilgan narsalarni ko‘rib chiqishardi.
Jungkook esa mashinani boshqarar, ba'zida Y/Nga qarab jilmayib qo‘yardi.
Shu payt uning telefoniga qo‘ng‘iroq keldi.
Noma’lum raqam.
Jungkookning yuragi bir zumda tez ura boshladi. Qo‘llari bir lahzaga qaltirab ketdi. U telefonga qarab qotib qoldi.
— "Jungkook, telefoning jiringlayapti," — dedi Y/N sokin ohangda.
U sekinlik bilan telefonni olib, bosdi.
— "Eshitaman...?"
Telefon ortidan tanish, lekin unutilishga mahkum ovoz eshitildi.
— "Jungkook? Bu sizmisiz? Men bosh psixolog Kim doktor, Yonghye Sanatoriysidan. Yarim yildan beri sizdan darak yo‘q… Siz holatingizni tekshirish uchun kelishingiz kerak edi. Nega kelmayapsiz?"
Jungkook bir lahzaga gapira olmadi. Ko‘zlari qorayib ketgandek bo‘ldi, yuragi bo‘yniga chiqib urayotgandek edi.
U sekin ovozda, lablarini zo‘rg‘a qimirlatar edi:
— "Iltimos... bu raqamga endi telefon qilmang. Men... men bandman."
— "Jungkook, bu siz uchun jiddiy. Agar siz yana terapiyani davom ettirmasangiz—"
Jungkook darrov telefonga uzib qo‘ydi. Nafasi chuqurlashdi.
Lia oldingi o‘rindiqqa suyanib:
— "Ooo, kim bu? Qiz bola bo‘lsa, meni tanishtir!" — deb hazillashdi.
Jungkook jilmayishga harakat qildi, ammo bu jilmayish muzdek edi.
— "Reklama bo‘lsa kerak... bilmadim."
Taehyung esa unga diqqat bilan qarab qo‘ydi. U har doim hushyor edi.
— "Nega birdan yuraging urib ketdi, Jungkook?" — dedi u hazil aralash, ammo ko‘zlarida shubha chaqnardi.
Jungkook sekin boshini chayqadi.
— "Hech narsa. Charchaganga o‘xshayman, shunchaki."
Lekin uning ichida vahima tobora kuchayardi. 'Agar Taehyung bu qo‘ng‘iroq haqida jiddiy o‘ylasa... agar u o‘sha sirni bilib qolsa... yana meni o‘sha yerga joylashtirishi mumkin.'
Jungkookning kafti terlab ketdi. Y/N esa unga tikilib qarar, o‘zgacha jimjitlikni sezayotgandek edi.
Uyga kirishgach:
Darvoza ochilishi bilan Jungkook mashinani hovliga to‘xtatdi. Lia va Taehyung xarid qilgan sumkalarni ko‘tarib, uyga kirishga hozirlanishardi.
Lekin Jungkook hech kimga hech nima demay, darhol Y/N tomonga o‘girildi. Uning ko‘zlari haligina bo‘lib o‘tgan telefon qo‘ng‘irog‘idan g‘ira-shira bo‘lib turgandi. U Y/Nni ehtiyotkorlik bilan ko‘tarib oldi.
— “Seni yotqizaman, bebegim,” — dedi u sokin ovozda, ammo yuzidagi taranglik sezilib turardi.
Taehyung ortidan kirayotib:
— “Jungkook, narsalaringizni—” deb gap boshladi, lekin Jungkook unga quloq solmadi.
Lia Taehyungga qarab kuldi:
— “Voy, bu ikkalasi bizni umuman ko‘rmayapti ham shekilli!”
Jungkook to‘g‘ri yotoqxonaga yo‘l oldi. Y/Nni karavotga ohista qo‘ydi. U hali ham sumkalarni, xaridlarni, hech narsani ko‘rmagandek harakat qilardi.
U stolga bordi, qutilarni ochdi, dori ampulalarini chiqara boshladi. Harakati shoshilinch, qo‘llari esa qaltirab ketgandi. Yuragi gursillab urayotganini o‘zi ham his qilar edi.
— “Jungkook… bu… ertalab dori ichganman-ku…” — dedi Y/N, ovozida hayrat va xavotir aralash edi.
Jungkook eshitmadi. U dozani odatdagidan ko‘proq tayyorlay boshladi. Shisha shiqillab, suyuqlik to‘kilayotganida, Y/Nning ko‘zlari kattalashdi.
— “Bu… bu juda ko‘p! Nega bu qadar ko‘p qilayapsan?” — dedi u.
Jungkook bir zum to‘xtab qoldi. Ko‘zlari titrab turgandi.
— “Men… shunchaki seni himoya qilishim kerak… hammasi nazoratimda bo‘lishi kerak,” — dedi u asta, lekin g‘amgin ovozda.
— “Lekin bu noto‘g‘ri, bu doza menga zarar yetkazishi mumkin, iltimos…” — dedi Y/N, orqaga tortinib.
Jungkook esa bosh irg‘ab, unga yaqinlashdi. Uning ko‘zlarida vahima, ishonchsizlik va majburlik uyg‘unlashgandi.
— “Sen meni tark eta olmaysan… Men senisiz yana o‘sha joyga tushib qolaman… Men faqat seni o‘zim bilan ushlab qolishim kerak…”
U dori bilan to‘ldirilgan shpritsni ohista lablariga yaqinlashtirdi.
— “Ich… iltimos, bebegim. Shunchaki ich.”
Y/N ko‘zlarida yosh bilan bosh chayqadi, lekin Jungkook uni ohista, lekin qat’iyat bilan majburladi. Nihoyat, u dorini ichishga majbur bo‘ldi.
Y/N asta ko‘zlarini yumdi. Yuzida g‘am, yuragida og‘riq bor edi.
Jungkook esa uning yelkasiga boshini qo‘yib, chuqur nafas oldi.
— “Hammasi yaxshi bo‘ladi… bu sen uchun, biz uchun…”
Lekin ichidan kuchli o‘zi bilan kurash boshlangan edi.