𝕌𝕟𝕨𝕒𝕟𝕥𝕖𝕕 𝔸𝕥𝕥𝕖𝕟𝕥𝕚𝕠𝕟
Y/N ko‘zgu qarshisida tik turgancha, qip-qizil, oddiy, ammo jozibali ko‘ylagini tuzatdi. Uning yuzida yengil makiyaj bor edi ko‘zlari biroz ajralib turardi, lablari esa tabiiy pushti rangda. U o‘ziga shunchaki nazar soldi, so‘ng telifonini tekshirib, uni sumkasiga solib qo‘ydi. Soat 18:45. U ohangrabodek eshikdan chiqdi.
Y/N ikkinchi qavat zinapoyasiga qadam qo‘yar ekan, Suga eshigiga ko‘zi tushdi. U eshik ochilib, Suga uni quchoqlab, yupatishini, “barchasi yaxshi bo‘ladi” deganini hohladi. Lekin o‘ylariga bir tovush aralashdi:
— Nima bo‘ldi, mitti xonim? Nimaga tikilib qolding? — dedi Jimin orqasidan.
Y/N cho‘chib orqasiga qaradi. Ko‘zlari jimjit edi.
— Hech narsa... Shunchaki, ahamiyatsiz.
Jimin odatdagidek jilmaydi, unga bir qadam yaqinlashdi.
— Unda kettik. Bizni muhim ishlar kutmoqda, — dedi u xuddi hech narsa bo‘lmaganday.
Y/N joyidan qimirlamadi. Jim turdi. So‘ng sekin tovushda, lekin aniq ohangda gap boshladi:
— Ketishimizdan oldin... bir narsaga javob ber.
Jimin unga qiziq nazar bilan qaradi.
— Nima?
Y/N sovuq, befarq yuz bilan unga tikildi.
— Otamning yuragi kasal ekani qayerdan ma’lum senga? Buni qayerdan bilasan?
Jimin bir lahzaga qotib qoldi. Nigohi qorong‘ulashdi. Keyin yuzida g‘azab ishorasi paydo bo‘ldi.
— Bu muhim emas. Mening o‘z yo‘llarim bor, — dedi u keskin.
Y/N qoniqmaganini aniq bildirib, qo‘llarini ko‘kragiga chalishtirdi.
— Bu javob emas, Jimin.
Jimin chuqur xo‘rsindi.
— Chunki sening la’nati...
— Otamga til tekkizishga jur’at etma! — deb Y/N birdan ovozini ko‘tardi.
Jimin tishlarini g‘ichirlatdi. Uning sabr kosasi to‘lib bo‘lgandi.
— Chunki... u sening otang, mening o‘gay otam. Endi yur. Vaqtim yo‘q, — dedi u sovuqlik bilan va zinapoyadan pastga tushib ketdi.
Y/N qotib qoldi. Nafas olishni ham unutdi. Aqlini o‘rab turgan savollar, ishonchsizlik, dahshat.
“Bu qanday bo‘lishi mumkin?”
Otasi... o‘gay farzand? Ikki hayot? U bunga hech qachon ishora ham qilmagan edi. Ha, ba’zan “safardaman” deb uzoq ketardi, ba’zan telefonlari o‘chib qolardi… ammo u eng mehribon, eng halol ota bo‘lgan-ku?
Y/N zinapoya oldida shunchaki turib qoldi. Ko‘zlari to‘lib, ichida avval hech bo‘lmagan darajadagi shubha paydo bo‘ldi.
Y/N boshi g‘ala-g‘ovur, yuragi g‘amga to‘lib, zinapoyalardan pastga tushdi. Og‘ir, lekin izchil qadamlar bilan Jiminga yaqinlashdi. Ko‘zlarida ishonchsizlik, yuragida esa bema’ni bir vahima bor edi.
— Menga biroz avval... nima deding? Otam... sening o‘gay otang?.. Yo‘q, bu... bu yolg‘on. Men bunga ishonmayman, — dedi u ovozi titrab.
Jimin unga qarab yurdi. So‘ng, sekin iyagidan ushlab, yuzini o‘ziga qaratdi. Uning nigohi o‘tkir va sovuq edi.
— Ishonishing shart emas. Men uchun bu muhim ham emas. Chunki men allaqachon qasos haqida o‘ylay boshlaganman. Seni malikadek katta qilgan otang... aynan o‘sha odam mening onamni azobladi. Uni baxtsiz qildi... va oxir-oqibat o‘ldirdi.
Y/Nning ko‘zlari kattalashdi. U orqaga bir qadam tashlab, boshi bilan yo‘qlik ishorasini qildi. Ko‘zlaridan yosh oqib tushdi.
— Yo‘q... yo‘q, iltimos. Otamga tegmang. Nima qilsangiz menga qiling, lekin otamni bunga aralashtirmang... Iltimos...
Jimin sokin jilmaydi. Uning yuzi g‘azab bilan emas, qanoat bilan jilmayayotgan ko‘rinar edi. U Y/Nning yonoqlaridan yoshini sekin artdi.
— Xavotir olma, azizam. Men otangga qo‘l tekkizmayman... Men uni boshqacha yo‘l bilan azoblayman.
Yuzini unga yaqin olib, so‘nggi so‘zlarini sekin, lekin og‘ir ohangda aytdi:
— Sen mening xotinimga aylanasan. Men seni ham baxtsiz holatga keltiraman. Va otang... otang buni ko‘rib, har kuni, har daqiqada, ichidan yonadi. Bu mening qasosim bo‘ladi.
Jimin hafsala bilan kuldi. Bu kulgi yengillik emas, balki oldindan pishirilgan, sovuq qasosdan zavqlanish edi.
— Hech qachon... hech qachon men sening xotining bo‘lmayman, — dedi Y/N qat’iy ohangda, ko‘zlarida nafrat chaqnab.
Jimin yelkasini qisdi, yuzi kulgidan qattiqlikka o‘tdi.
— Oh, qanday ayanchli. Hozir ko‘zlarimga yosh kelyapti, — dedi u masxara bilan, — Lekin seni rosa qiynagandan keyin... sen o‘zing buni xohlab so‘raysan. So‘ng meni o‘zingga xotining qilishing uchun harakat qilasan.
U telefonini chiqardi. Bir necha tugmani bosgach, nimanidir Y/Nga yubordi.
— Qara. Telefoningni tekshir.
Y/N nima bo‘layotganini tushunmay, hayrat bilan unga tikildi. Sumkasidan telefonini chiqarib qaradi. Ekranda o‘zining deyarli yalang‘och suratlarini ko‘rdi...
Uning yuragi shu ondayoq muzlab qolgandek bo‘ldi. Qo‘llari titradi, yuzi oqarib ketdi. Hushidan ketishga sal qoldi.
— Tasavvur qil, — dedi Jimin ohista,
— bu rasmlarni butun dunyo ko‘rmoqda. Va sening otang... sevikli otang... u bu sharmandalikni ko‘tara oladimi, a? Bu rasmlarni sening otang ko‘rsa nima qiladi? U seni oppoq malika deb o‘ylagan. U buni ko‘tara oladimi, ha? Balki... yuragi chidolmas.
Y/N ko‘z yoshlariga to‘lib, chekinmoqchi bo‘ldi. Ammo oyoqlari qotib qolganday joyiga mixlanib qolgandi.
— Ertaga... ota-onangning uyiga sovchi yuboraman, — dedi Jimin ohangini pasaytirib, ammo qat’iy ohangda, — va sen... qanday bo‘lmasin otangni rozi qilasan.
U Y/Nga yaqinlashdi, ammo bu safar yelkasidan ohista ushlab,
jimgina davom etdi:
— Bugun hech qayerga bormaysan. Mening fikrim o‘zgardi. Uyingga ertaga qaytasan. Va esingda bo‘lsin... qarshi chiqsang men ham nimanidir e’lon qilaman. Endi sening har bir qadaming menga tegishli.