March 21

No one knows the future 🤫

Yuna tashqaridan oddiy, quvnoq qizdek ko‘rinardi, atrofida do‘stlari ko‘p edi. Ammo aslida uning yaqin do‘stlari yo‘q edi, va yonidagi odamlar samimiy emasdi.
U ko‘p gapirmas, atrofdagi har bir o‘zgarishni sezardi. Maktabda yaxshi o‘qigan, lekin institutga kelgach diqqatini jamlash qiyinlashdi. Yolg‘izlikni yomon ko‘rmasdi, aksincha, u yerda xavfsiz his qilardi.
Yuna juda mehribon edi, o‘zini emas, boshqalarni o‘ylardi. Ammo u hali bilmas edi — uning hayoti oddiy emas, va hammasi laboratoriyadan qochgan noyob jonzotlar bilan bog‘liq edi.
Yuna

Lina – Yunaning haqiqiy do‘sti. U samimiy, sodiq va har doim Yunani qo‘llab turadi, hatto Yuna uni do‘sti deb bilmasa ham.

Lina

Suga – Yunaning kursdoshi, sirli va jiddiy yigit. U kam gapiradi, lekin kursdoshlar orasida eng aqlli va mehnatkashlardan biri edi. Hech kimga zarar qilmasdi, ko‘pchilik darslarga qatnashmasdi, lekin o‘z ustida doim ishlardi. Suga yashirincha nimadir bilan shug‘ullanar, va uning haqiqiy maqsadlarini hech kim bilmasdi.

Suga

Kun quyoshli edi, lekin havo biroz sovuq va nam edi. Shamol daraxt barglarini silkitib, koridorlarga g‘alati shivirlash olib kirardi. Institut binosi derazalaridan tushayotgan yorug‘lik bilan to‘lib-toshgan, ammo ichkarida talabalarning shovqini yo‘q edi — darslar hali boshlanmagan edi.

Tassavur un havo shunga uxshash edi

Yuna ismli qiz institutda tahsil olardi. Uning hayoti g‘alati tarzda kechardi — ba’zan hammasi yaxshi, ba’zan esa tushunarsiz darajada og‘ir. Go‘yo u ikki xil dunyo orasida yashayotgandek edi.O‘sha kun ham boshqalardan farq qilmasdi… yoki shunday tuyulgandi.Yuna institutga kirib kelar ekan, bugun uni nimalar kutayotganini mutlaqo bilmasdi. Kayfiyati allaqachon buzilgan, yuragi nimadandir siqilib turgandi. Maruza darsida o‘tirib, ustozining gaplarini eshitayotgandek ko‘rinsa-da, xayoli butunlay boshqa joyda edi.Zerikkanidan, ichidagi g‘ashlikdan qutulmoqchi bo‘lib, u ustozidan tashqariga chiqishga ruxsat so‘radi. Ruxsat olgach, asta o‘rnidan turdi va xona eshigini sekin yopib chiqib ketdi.

Karidor

Koridor jimjit edi.Yuna qayerga borishini o‘zi ham bilmas, shunchaki yurardi. Birdan u notanish eshikni ochib yubordi…

Eshikni ochishi

Va shu lahzada uning hayoti o‘zgardi.Xonaga kirishi bilan uning ko‘zi bir g‘alati insonga tushdi. Bu insonda nimadir noto‘g‘ri edi — juda ham noto‘g‘ri. Shunga qaramay, uning chehrasi Yunaga negadir tanish tuyuldi. Bir lahza o‘tibgina Yuna dahshat bilan anglab yetdi — u adashib yigitlar xonasiga kirib qolgan edi.Ammo endi kech edi.U g‘alati inson asta boshini ko‘tardi va Yunaga qaradi. Uning nigohi sovuq va g‘ayritabiiy edi. Keyingi soniyada esa hammasi juda tez sodir bo‘ldi.

Yunani eshikni ochgandagi kurinishi

U kishi to‘satdan Yunaga tashlandi.Yuna qotib qolgandek edi — tanasi bo‘ysunmay qoldi. Notanish mavjudot uning ustiga chiqib oldi va birdan yuziga qon sachratib yubordi. Issiq, temir hidli qon uning yuziga tegdi.Yuna dahshatdan na qichqira oldi, na harakatlana.Hammasi bir necha soniya ichida sodir bo‘ldi. Hatto o‘zi ham sezmagan holda, u qonning bir qismini yutib yubordi.Shu payt ichida nimadir o‘zgardi.Birdan u o‘ziga kelgandek bo‘ldi va bor kuchi bilan uni itarib yubordi.Qaltirab, nafasi bo‘g‘ilib, u xonadan yugurib chiqib ketdi.

Yunanining eshikdan chiqb ketishi

Yuna to‘xtamay qizlar xonasiga yugurdi.

Baxtiga, u yerda hech kim yo‘q edi. U zudlik bilan oynaga qaradi.Ammo…Qiz kuzguga qarar ekan kurgan narsasidan daxshatga tushdiYuzida hech qanday qon yo‘q edi.Go‘yo hech narsa bo‘lmagandek.Bu holat uni yanada qo‘rqitib yubordi. Qo‘rquvdan rangi oqarib ketgan Yuna asta darsga qaytdi. Ammo endi hamma unga boshqacha qarayotgandek tuyulardi.Uning yonida turgan qiz undan nima bo‘lganini so‘radi.

— Yuna, senga nima bo‘ldi?Lekin Yuna javob bermadi. U hanuz o‘sha voqeaning shokida edi. Aytsa ham, hech kim ishonmasligini, ustiga ustak o‘zi yigitlar xonasiga kirib qolganini aytsa, kulgi bo‘lishidan qurqib jim bulib qoldi.

Ammo ichida nimadir o‘zgarib ulgurgandi…Biroz vaqt utgandan sung honaga bir yigit kirib keldi va ustozga salom berib uz joyiga borayotganda yunaga kuzi tushdi va biroz uylanib qoldi va yulida davom etdi .Yigit bir ish buyicha shugillanayotgan edi va usha ishini davom etiraboshladi.Oradan ko‘p o‘tmay, institut bo‘ylab g‘alati xabarlar tarqala boshladi.Aytishlaricha, laboratoriyadan noma’lum, g‘ayritabiiy mavjudotlar qochib ketgan edi…Bu habarni eshitgan talabalar nima qilishni bilmay shokka tushishdi .biri yiglasa 2chisi baqirar edi uqituvchi esa ularni tinchlantirishga harakat qilayotganda yana bir habar kelib qoldi bu habarda"hurmatli talabalar hamma tinchlansn .qochib ketgan hayvonlar yani labaratoriya quyonchalarini insonlarga zarari tegmaydi hamma uzini ishini qilursin hayvonlarni topishni uz mahsus ishchilar topadi"degan habarni eshitgan talabar jimib qolishdi va biroz sukunatdan sung ular uz ishlari bn yani darslarini qila boshladi chunki imtihonlar yaqin edi.ammo bu habarni eshitgan 3talabadan boshqa hamma uz ishi bn mashgul edi .Bu 3talaba bu gaplarni eshitib uzlarini yomon his qila boshlashdi ...... .........

.....sozlarga yoqdi degan umiddmn bu mani 1chi ff kamchiliklar un uzr surimn davomini keyinro ciqaramn🥰😍sz bn yuna💋💝💘