April 3, 2020

O'z ustingizda ishlang!

Bu postni yozishimdan maqsad, hozirgi karantin paytida vaqtdan unumli foydalanishimiz zarur. Ayrim talabalarimiz uyda vaqtini faqat uyqu bilan o'tqazayotganligi ham bor gap. Xurmatli talabalar inson umrini ko'p qismini uxlab o'tqazadi va uyqu bizning eng katta dushmanimiz .Olimlarning hisob kitobiga ko'ra 8 soatlik uyqu eng foydalisidir! Vaqtimizni unumli o'tqazaylik , kitob o'qib bilimimizni yanada oshiraylik , Fakultetimiz Professor o'qituvchilari tomonidan berilayotgan online vazifalarni vijdonan bajarib o'z hissamizni qo'shaylik.Bo'sh vaqtingizda o'z ustingizda ko'proq ishlang,inglizcha maqolalarni taxlil qiling ,so'z boyligingizni oshiring ! Hozir siz o'rganishingiz uchun juda zo'r vaqt bunday damlarni qo'ldan boy bermang ! Bugundan boshlab kanalimizda inglizcha maqolalar berib boriladi o'ylaymizki siz uni taxlil qilib bilimingizni yanada boyitasiz!